Aa – aruz
|
Qq – qofiya
|
Bb – bayt
|
Rr – ramz
|
Dd – dramma
|
Ss – satira
|
Ee – epos
|
Tt – tashbeh
|
Ff – fard
|
Uu –’’ Ufq“romani
|
Gg – gumanizm
|
Vv – voqeaband g‘azal
|
Hh – hadis
|
Xx – xamsanavislik
|
Ii – ilhom
|
Yy – yumor
|
Jj – janr
|
Zz – zullisonayn
|
Kk –komediya
|
O‘o‘ – o‘xshatish
|
Ll – lirika
|
G‘g‘ – g‘azal
|
Mm –masal
|
Sh sh– she‘r
|
Nn – nazira
|
Ch ch – chiston
|
Oo – obraz
|
Ng ng –’’Shudring“ she‘ri
|
Pp – peyzaj
| |
’’ TUSHUNCHALAR TAHLILI “ METODI
Adabiy til - umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma‘lum bir me‘yorga solingan shakli.
Atama – termin, istiloh, fan-texnika, kasb-hunarga oid bir ma‘noli so’z.
Davlat tili-davlatning o’z fuqarolari bilan gaplashadigan rasmiy tili.
Filologiya-(yun.philologia-so‘zni sevish,so‘zga mehr)gumanitar fanlar-tilshunoslik,adabiyotshunoslik,manbashunoslik va boshqa sohalar hamkorligidan tarkib topgan umumiy fan; yozma yodgorliklarni lisoniy va stilistik jihatdan tahlil etish orqali inson ma‘naviy madaniyatining tarixi va mohiyatini o‘rganadi.
Fonetika-tilshunoslikning tovush tomonini o‘rganadigan bo‘limi.
Grafika– tilshunoslikda yozuvni o‘rganadigan bo‘lim.
Lahja– bir-biriga yaqin shevalar yig‘indisi.
Toponimlar-joy nomlari.
Sheva –ma‘lum bir hududdagina ishlatiladigan so‘zlar.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak,bugungi o‘tilgan darsimiz orqali fanning maqsad va vazifalari bilan tanishdik. Amaliy mashg’ulotlar orqali esa o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o‘rinli foydalangan holda og‘zaki hamda yozma nutq bo‘yicha savodxonligimizni ma‘lum darajada oshishiga erishdik.
TOPSHIRIQLAR:
1.Fanning maqsad va vazifalarini o‘rganish lozim (konspekt asosida).
2.O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida Qonun (yangi tahriri)ning mazmun-mohiyatini o‘zlashtirish kerak.
3.Davlat tili maqomini bilib olishi kerak.
4.Mavzu bo‘yicha adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish kerak.
5.Mavzu yuzasidan testlarni ishlash lozim.
Mustaqil bajarish uchun vazifa: Davlat tili haqidagi qonun va uning ijrosi haqida yozma ish tayyorlash kerak (kamida uch bet).
KERAKLI ADABIYOTLAR:
1.Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. – Toshkent, 2000.
2.Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi. 3.INTERNETdagi manzili: www.samdu.uz.files/web/index.htm.
4.Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik. Uslubiy qo‘llanma. Tuzuvchi: Boltayev M. – Samarqand: SamDU, 2007.
5.Mahmudov N. va bosh. Ish yuritish asoslari. – Toshkent: O‘zME davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
6.Sanaqulov U., Abdiyev M., Qurbonov A. O`zbek tilida ish yuritish asoslari.- Samarqand, 2014.
7.Абдиев М. Соҳавий терминологиянинг систем таҳлили муаммолари. –Тошкент: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти. 2004.
8.Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. – Toshkent, 2015.
9.To‘xliyev N. Ish yuritish. – Toshkent, 2017.
10.Abdiyev M., Umarov Y. Ish yuritish. – Samarqand, 2018.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |