So'z birikmasining so'z, sintagma va gapdan farqi.
So'z narsa, belgi, shaxs, ish-harakatni umuman ifodalash uchun xizmat qiladi: Kitob deganda umuman kitoblarni, bordi deganda umuman borilganlikni tushunamiz.
So'z birikmasi ham narsa, belgi, ish-harakatni ifodalaydi va bu jihatdan so'zga o'xshab ketadi, ammo so'z birikmasi narsa, belgi, ish-harakatni boshqa narsa, belgi, ish-harakatlardan ajratib, aniqroq qilib ifodalaydi: o'quvchi - a'lochi o'quvchi, yozish - tez yozish.
Sintagma fonetik hodisa bo'lib, unda ikki so'z o'zaro birikkanda mazmun yetakchi hisoblanmaydi, bitta mustaqil yoki bitta yordamchi so'z ham sintagmani tashkil etishi mumkin yoxud bir so'zning o'zi ham sintagmani tashkil etishi mumkin. So'z birikmasi esa eng kamida ikkita mustaqil so'zdan iborat bo'ladi:
Gap fikr, tasdiq yoki inkor hukmni bildirib, tugallangan ohang bilan aytiladi: Ko'cha katta. So'z birikmasi esa atash ohangi bilan aytiladi: katta ko'cha. Shu xususiyatlari bilan gapdan farq qiladi.
Ergash so'z bilan bosh so'zning birikish usullari.
Ergash so'z bosh so'z bilan quyidagi usullar yordamida birikadi:
1. Boshqaruv. Bosh so'zning talabi bilan ergash so'zning ma'lum grammatik vositani olishi boshqaruv deyiladi. Boshqaruvda ergash so'z bilan bosh so'zning birikishi ikki xil bo'ladi:
1) ular o'zaro tushum, jo'nalish, o'rin-payt yoki chiqish kelishigi qo'shimchasi yordamida birikadi (kelishikli boshqaruv): Ilg'orlarni tabriklash, uyga ketish, shaharda yashash , qishloqdan kelish.
2) ular o'zaro ko'makchilar yordamida birikadi (ko'makchili boshqaruv): Sayr haqida suhbat, paxta uchun kurash, sayohat to'g'risida gapirish.
Ayrim hollarda grammatik vosita (qo'shimcha) bo'lmasligi ham mumkin: Olma terish, shahar borish.
Boshqaruvda tobe so'z ot yoki ot o'rnida qo'llanadigan so'zlardan, shuningdek, harakat nomi va sifatdoshdan iborat bo'ladi. Bosh so'z vazifasida esa ko'pincha fe'l qo'llanadi. Ba'zan bu vazifada ot, sifat, ravish va boshka so’zlar ham qo’llanilishi mumkin:
Boshqaruvda ko'pincha ergash so'z avval, bosh so'z keyin keladi , she'riy asarlarda qofiya talabi bilan bosh so'z oldin, ergash so'z keyin kelishi mumkin:
2. Moslashuv- bosh so'z bilan ergash so'zning shaxs-sonda mosligidir. Bunda bosh va ergash so'z qaratqich kelishigi hamda egalik qo'shimchasi yordamida birikadi: qaratqich kelishigi qo'shimchasi ergash so'zga, egalik qo'shimchasi bosh so'zga (ba'zan har ikkalasiga ham) qo'shiladi: ukamning kitobi. Ega va kesim ham moslashuv usuli yordamida bog'lanadi:
Moslashuvda odatda ergash so'z avval, bosh so'z keyin keladi. Ba'zan she'riy asarlarda bosh so'z avval, ergash so'z keyin keladi: Moslashuvda ba'zan qaratqich kelishigi yoki egalik qo'shimchasi tushirilishi mumkin: maktab hovlisi, bizning maktab kabi.
Nutqimizda uchraydigan a'zoyi badan, oynai jahon kabi fors-tojik tilidan kirgan birikmalar bir so'z sifatida qo'llanaveradi.
3.Bitishuv . Ergash so'zning bosh so'z bilan grammatik vositasiz, faqat ma'no jihatdan yoki so'z tartibi yordamida birikishi bitishuv deyiladi. Bitishuvda doimo ergash so'z avval, bosh so'z keyin keladi: tiniq suv, katta ko'cha. Ularning o'rni o'zgartirilsa, gap hosil bo'ladi: Suv tiniq. Ko'cha katta.
Bitishuvda ergash so'z vazifasida sifat, ravish hamda ular vazifasidagi boshqa so'zlar keladi: qizil gul, tez yurmoq, tilla bilaguzuk, bunday odam, o'qigan odam, jo'shib kuylamoq. Bosh so'z ot va fe’l so’z turkumidan iborat bo’ladi.Birga o'qish, birdan gapirish, qunt bilan tinglash, zavq bilan kuylash, yolg'ondan gapirmoq kabi birikmalar o'rin-payt, jo'nalish, chiqish kelishigi qo'shimchalari, ko'makchilar bilan bog'langan bo'lishiga qaramay, boshqaruv emas, balki bitishuv sanaladi.
Devor soat, uy vazifa, ot to'rva, non zavod kabi xoslik, mansublik munosabatini bildiradigan birikmalar ham bitishuv munosabatiga misol bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |