Endosentrik (endo–ichida) qo’shma so’zlar – bunday qo’shma so’zlar ikki mustaqil morfemadan tashkil topgan bo’lib, yangi ma’no beradi. Ammo farqli tomoni shundaki, komponentlar bir–birini aniqlashtirib kelishi kerak. Endosentrik qo’shma so’zlarda bosh (head) so’z aniqlanmish, tobe so’z (determinant) aniqlovchi vazifasida keladi. Odatda bular ikki xil usul yasaladi. 1-chi tobe so’z hokim so’zdan oldin kelishi va 2–si hokim so’z qo’shma so’z komponentida birinchi so’z bo’lishi. Odatda tobe komponent o’zidan oldin yoki keyin kelgan bosh elementni ma’nosini ravshanlashtirib konkretlashtiradi. Bunda e’tibor bosh qismga qaratiladi.
Qiyoslanayotgan har ikkala tilda ham bu hodisa qo’shma ot tarkibida ko’p uchraydi. Masalan: back door – orqa eshik, front door – asosiy kirish eshigi. Door
– aniqlanmish bo’lib, back va front uning aniqlovchisi hisoblanadi va aynan qanday door (eshik) ekanligini aniqlashtirib kelyapti.
O’zbek tilida bular aynan mos kelmasada, qisman o’xshaydi. Misol uchun: yotoqxona – yotish uchun mo’ljallangan xona, mehmonxona – mehmonlar uchun ajratilgan xona, oshxona – ovqat pishirishga mo’ljallangan xona.
Bosh so’z “xona”, tobe so’z esa shu xonani qanday ekanligini bildiruvchi ot so’z turkumidagi so’zlardir. Tobe so’zlar birinchi qimsda kelgan bo’lsada, ular qo’shma so’zning so’z birikmasi va sodda so’z bo’lib qolmasligini ta’minlab beruvchi eng muhim omil sanaladi. Ikkinchi turida xuddi qoidalardagidek birinchi
bosh so’z, keyin tobe so’z keladi. Masalan: bookcase – kitoblar javoni, bookshop – kitoblar do’koni.
Xulosa qiladigan bo’lsak, komponentlar ma’nosining yig’indisidan yangi ma’no berishi endosentrik qo’shma so’z deyiladi.
Ekzosentrik qo’shma so’zning ma’nosi komponentlar o’rtasidagi ma’nodan tushunilmaydi. Bu yerda mantiqiy bog’lanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu termin ilk marotaba Blumfild tomonidan Sanskritlar grammatikasida “bahuvrihi” deb tanishtirilgan. Tilshunoslar fikriga ko’ra esa ekzosentrik qo’shma so’zlar to’liq yoki qisman idiomali bo’ladi. R. Benezesning fikricha esa bu jarayonda metaforikal aloqa yaratish jarayoni eng ustuni hisoblanadi (Benezes, 2006, b. 241). Ekzosentrik qo’shma so’zlarga misollar beradigan bo’lsak, redneck – qizil bo’yin emas, balki qishloqilik qasshoq odam ma’nosida. Demak, komponentlar o’rtasida to’liq ma’no yo’qolgan bo’lib, yangi ma’no beryapti. O’zbek tilida: qizilishton – kiyimi qizil bo’lgan emas, balki qush nomi bo’lib, oyoqlarining rangi qizil bo’lgani uchun shunday atalgan va qisman ma’noli ekzosentrik qo’shma so’z
hisoblanadi.
Biz yuqorida qo’shma so’zlarning komponentlari va farqlari haqida alohida to’xtalib o’tdik. Endi esa qiyoslanayotgan har ikkala tilda qo’shma so’zlarning so’z turkumlari bo’yicha turlarini berib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Ingliz va o’zbek tillarida qo’shma so’zlar turini quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin [qarang: jadv. 1.2].
Do'stlaringiz bilan baham: |