2-Boshlovchi:
Bilasizmi do‘stim, dunyo xalqlari bizning o‘lkamiz bilan tobora qiziqmoqda. Shuning uchun sayyohlar soni kun sayin ortib bormoqda. Hozir o‘quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlarini tomosha qilsak.
(Bir nechta chet ellik sayyohlar ovqatlangani “Milliy taomlar” deb nomlangan choyxonalardan biriga kiradilar. Boshida do‘ppi, belida atlas belbog‘, yengini shimargan o‘g‘il bolalar choynakda choy bilan kirib kelishadi. Iltifot bilan mehmonlarga choy quyib uzatishadi va qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, yana sahnaga ko‘tarilishadi. Shu chog‘ “Dilxiroj” musiqasi yangraydi. Ular raqsga tushadilar).
Do'stlaringiz bilan baham: |