Hoshimxonov Ahrorxon Mo‘minovich : (+998 71) 233-37-48



Download 16,43 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi16,43 Kb.
#683369
Bog'liq
Hoshimxonov Ahrorxon Mo


Hoshimxonov Ahrorxon Mo‘minovich
 : (+998 71) 233-37-48

 :(+998 71) 233-37-48

 :hoshimxonov @tsul.uz
Hoshimxonov Ahror Muminovich 1981 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2003 yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriatini, 2005 yilda institutning magistraturasini tamomlagan.
A.Hoshimxonov o‘z mehnat faoliyatini 2005 yilda Toshkent davlat yuridik instituti “Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasining o‘qituvchisi (2005-2008 yillar), “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi o‘qituvchisi (2008 yil), o‘rindoshlik asosida “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi (2011-2012 yillar) lavozimlarida ishlagan.
Shu bilan birga, A.Hoshimxonov mazkur ta’lim dargohida rahbar lavozimlarida ham ishlab kelgan. Xususan, u 2008-2010 yillar mobaynida Toshkent davlat yuridik instituti “1-huquq” fakulteti dekan muovini, 2010-2013 yillar Magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2013-2016 yillarda u Toshkent davlat yuridik universiteti “Amaliyot, stajirovka va kasbiy o‘sishni monitoring qilish bo‘limi” boshlig‘i lavozimida shuningdek, 2016-2017 yillarda “Ekologiya va qishloq xo‘jaligi huquqi” kafedrasini mudiri lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.
Bundan tashqari u, 2017-2020 yillar davomida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi sudyasi lavozimida ishlagan. A.Hoshimxonov 2020 yilning 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘iga asosan TDYUning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimiga tayinlandi. 
A.Hoshimxonov samarali ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotganligini ta’kidlash joiz. U 2008 yil iyun oyida 12.00.02-Davlat huquqi va boshqaruvi; ma’muriy huquq; moliya huquqi ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huquq ijodkorlik faoliyati: nazariya va amaliyot masalalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyani himoya qilib, yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini olgan. Shu kunga qadar A.Hoshimxonov tomonidan 1 ta risola, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlarni olib bormoqda.
A.Hoshimxonov 2010-2011 o‘quv yilida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining yosh olimlar uchun stipendiyasi sovrindori bo‘lgan.
A.Hoshimxonov universitetning huquqiy targ‘ibot ishlarida ham faol ishtirok etadi. U Toshkent shahrida joylashgan korxona, tashkilot, muassasalar va mahallalarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari yuzasidan aholining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan ko‘plab tadbirlarni o‘tkazgan. Ekspert va mutaxassis sifatida televidenie orqali ham muntazam ravishda chiqish qilib konstitutsiya va qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholi e’tiboriga yetkazishda ishtirok etib kelmoqda.
Download 16,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish