Honoré de Balzac
Honoré de Balzac (talaffuzi:
Onore de Balzak) (20-may, 1799 — 18-august, 1850)
farang
yozuvchisi
va
dramaturgi
. Balzac jahondagi eng buyuk yozuvchilardan biridir.
[1]
Honoré de
Balzac bir qancha
roman
,
hikoya
,
drama
va
insho
yozgan. Uning eng mashhur asarlaridan biri
„La comédie humaine“ (1842—1848) („Inson komediyasi“) deb nomlanuvchi 90 ga yaqin
roman toʻplamidir. Bu romalarda Honoré de Balzac farang jamiyatini batafsil tasvirlab bergan.
Honoré de Balzac
Honoré de Balzac 1842-yilgi dagerrotip fotosuratda
Tavallud sanasi:
20-may 1799-yil
Vafot sanasi:
18-avgust 1850-yil
(51 yoshda)
Kasb:
yozuvchi va dramaturg
Yoʻnalish:
Nasr va drama
Janr:
Realizm
Balzacning ijodiy merosi janr jihatidan ulkan va xilma-xil:
romanlar, povestlar, dramalardan
iborat. Balzacning koʻpgina romanlari va povestlari umumiy gʻoya asosida birlashtirilgan va
„Inson komediyasi“ deb nomlangan koʻp jildli epopeyani tashkil etadi. Unda Balzac oʻz
zamonasidagi
fransuz jamiyatining haqqoniy, yorqin manzarasini yaratgan. „Inson
komediyasi“ni muallif 3 qismga boʻlgan: „Odatlar haqidagi etudlar“, „Falsafiy etudlar“, „Analitik
etudlar“. Oʻylangan 143 ta asardan 97 tasi yozilgan. Eng katta qismi „Odatlar haqidagi
etudlar“dir, unga 72 ta roman kirgan boʻlib, bular orasida —
„Gobsek“
(1830), „Yevgeniya
Grande“ (1833), „Gorio ota“ (1834), „Yoʻqotilgan orzular“ (183-1843) kabi asarlar bor.
Balzac ijodida fransuz
realizmi
oʻzining yuksak pogʻonasiga koʻtarildi. „Inson komediyasi“
epopeyasi 19-asrning 1-yarmidagi fransuz jamiyatining realistik manzaralarini keng qamrovda
aks
ettirganligi, voqealarga, dalillarga boyligi, turli toifadagi kishilar dramasi yaratilganligi,
yorqin obrazlari va personajlari bilan katta taassurot qoldiradi. Epopeya
asarlari bir-biri bilan
bogʻlangan, qahramonlar taqdiri tutash. Sudxoʻr Gobsek, kommersant Grande, bankir
Nusingen, ziyoli Rastinyak kabi obrazlar asardan asarga oʻta boradi. Balzacning „Inson
komediyasi“ epopeyasi zamondoshlarining yuksak bahosiga sazovor boʻlgan. Balzacning
„Yevgeniya Grande“, „Gorio ota“, „Gobsek“,
„Sagʻri teri tilsimi“
asarlari S.
Muhammadjonov, M.
Mirzoidov, M. Maxmudov va boshqalar tarjimasida turli yillarda oʻzbek tilida nashr etilgan.
1.
"Honoré de Balzac". Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, Vashongton: Microsoft
Corporation. 2008.
„Gobsek“ qissasi Ziyouz kutubxonasida (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_re
mository&Itemid=57&func=fileinfo&id=1214)
Arxivlandi (https://web.archive.org/web/20
120511232749/http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&fu
nc=fileinfo&id=1214)
2012-05-11
Wayback Machine
saytida.
„ Sagʻri teri tilsimi“ romani Ziyouz kutubxonasida (http://www.ziyouz.com/index.php?option
=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=1250)
Arxivlandi (https://web.archive.org/
web/20120511233021/http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid
=57&func=fileinfo&id=1250)
2012-05-11
Wayback Machine
saytida.
Ijodi
Manbalar
Havolalar
Soʻnggi tahrir 9 oylar avval InternetArchiveBot tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?title=Honor%C3%A9_de_Balzac&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz
mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Honoré_de_Balzac&oldid=217
4619
" dan olindi