Yo’ldoshni barvaqt ko’chishi
Normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt ko’chishi — bu yo’ldoshning bola tug’ilishidan oldin (homiladorlik paytida, tug’ruqning birinchi va ikkinchi davrida) ko’chishidir. Maydoniga qarab, yo’ldoshning qisman va to’liq ko’chishi farqlanadi.
Yo’ldoshning bachadon devoridan qisman ko’chishida uning bir qismi ajraladi, to’la ko’chishida esa uning butun qismi. Patologiya progressiv va noprogressiv bo’lishi mumkin.
Tashxis
Tashxis kasallikning klinik ko’rinishi, ultratovushli tekshiruv ma’lumotlari, gemostazdagi o’zgarishlarga asoslanadi. Bunday patologiyada homiladorlikni boshqarish taktikasi quyidagi ko’rsatkichlarga bog’liq: qon yo’qotish miqdori, homilador ayol va homilaning holati, gestatsiya davri va gemostaz holati.
Ko‘p ayollar uchun endi bandaj kiyish vaqti kelgan bo‘ladi, u belga tushayotgan yukni biroz yengillashtiradi. Bandajni tanlashdan oldin albatta doktor bilan maslahatlashing. Zarurat bo‘lganda homiladorlar uchun mo‘ljallangan gimnastikaga qatnashni boshlang, bu sog‘lig‘ingizni bir maromda ushlab turishga yordam beradi va ortiqcha vazn organizmga “hujum” qilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Homiladorlikning 22-haftasida homilaning ahvoli
Sizning kichkintoyingiz kuniga ikki yuz martagacha harakatlar bajaradi, albatta bularning hammasini siz eshitmaysiz. Lekin bolakay sizga sezilarli darajada ko‘p harakat qilayotgan bo‘lsa, ehtimol unga kislorod yetishmayotgan bo‘lishi mumkin. Balki siz kam sayr qilayotgandirsiz. Homilaning bunday harakatidan doktorni xabardor qiling, u kichkintoyning bunday serharakatligining sababini aniqlaydi.
Homiladorlikning 22-haftasi – kichkintoy uchun faol taktil anglashlar davri hisoblanadi. U o‘z yuzini silashi, qo‘llari bilan ushlaydigan harakatlar qilishi, bachadon devorini do‘pillatishi mumkin. Bolakay shunchaki barmoqchalarini so‘rishni yaxshi ko‘radi. Homiladorlikning 22-haftasida qimirlashlar aniq-tiniq seziladi. Hozir bola uxlayaptimi yoki uyg‘oqmi – oson aniqlash mumkin. Kichkintoy – endi shakllanib bovlgan kichkina odamcha bo‘lib qolgan, u yorug‘likni qorong‘ilikdan, onaning o‘zgarib turuvchi kayfiyatini va ohangdor musiqani osonlikcha ajrata oladi. Bolaning g‘imirlashlari va turtinishlariga albatta quloq solish lozim: u sizga noto‘g‘ri o‘tirganingiz, yotganingiz yoki juda baland ovozda gaplashayotganingizdan “xabar” berishi mumkin.
Emotsional jihat: o‘ng‘aysizliklarni haydang
Ko‘pgina onalar ushbu muddatdayoq ularning qadam tashlashi o‘zgarib qolganligini, chaqqon emasliklarini, biroz beso‘naqaylashib qolganliklarini sezadilar. Agar kimdir bunday o‘zgarishlarga bamaylixotir munosabatda bo‘lsa, kimlardir o‘zida o‘ng‘aysizlik sezadi. Bu paytda albatta yaqinlarning qo‘llab-quvvatlab turishi ahamiyatga ega bo‘ladi. Lekin hamma narsani ularning zimmasiga yuklamang, yuz berayotgan o‘zgarishlarga nisbatan o‘zingizni munosib tuting.
Yangi-yangi kiyimlar bilan o‘zingizni xursand qiling, sochingiz turmaklarini har xil qilib ko‘ring, ko‘proq hordiq chiqaring. Ehtimol bu hayotingizdagi eng go‘zal va ajoyib davrdir, uni munosib tarzda o‘tkazish kerak.
Ovqatlanish qoidasi: tez-tez va yog‘siz taom yeng
Ovqatlanish bo‘yicha kundalik tutishni boshlasangiz to‘g‘riroq bo‘ladi. Vazn tezkor sur‘atda oshaveradigan palla keldi. Hamma narsani yeyaveradigan bo‘lsangiz, semirib ketish xavfi kuchayadi. Bu esa homiladorlikning kechishi, tug‘ruq va umuman, yosh xonimning ko‘rinishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Garchand siz vitaminli komplekslarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz-da, foydali moddalarni oziqdan ham olishga harakat qiling. Yog‘li go‘shtlardan ko‘ra mol go‘shtini o‘zingizga lozim ko‘ring. Mayonezli salatning o‘rniga zaytun yog‘i solingan sabzavotli yengil salatlarni yeng. Yong‘oqlar, quruq mevalar, tvorog, dimlangan sabzavotlar – bularning hammasini albatta tez-tez iste’mol qilib turing.
Homiladorlikning 22-haftasida UZI
Mazkur muddatda ham siz ikkinchi skriningga tushishingiz mumkin. Shifokor bolaning o‘zini qanday his etayotganini tekshiradi, kindik va yo‘ldoshning holatiga baho beradi. UZIda homilaning rivojlanishdagi nuqsonlarini, ko‘p suvlilik yoki kam suvlilik holatlarini aniqlash mumkin bo‘ladi (agar ular mavjud bo‘lsa).
Bu tekshiruv kichkintoyning hajmini ko‘rishga ham imkon beradi. Homiladorlikning 22-haftasida homilaning dumg‘azasidan boshining uchigacha bo‘lgan uzunligi 19 sm, vazni esa 350 gramm atrofida bo‘ladi.
Bu muddatda ko‘pincha o‘tkaziladigan boshqa tekshiruvlar qonning umumiy tahlili va siydikning umumiy tahlilidir.
Homiladorlikning 22-haftasidagi sezgilar
Siz hali uncha semirmagansiz, qadam tashlashingiz ham muayyan yengillikni his qilishga imkon beradi. Shuning uchun ko‘zguning oldida ko‘ngil qolishini kutishga hojat yo‘q (ko‘pchilik shunga o‘xshash narsalarni kutadi). Shunchaki, o‘zingizni parvarish qilib yursangiz, o‘zingizga ishonchingiz oshadi va tashqi jozibadorligingiz yarq etib turadi.
Bu muddatda milklar bilan muammolar zo‘rayishi mumkin: agar ular ko‘p qonayotgan bo‘lsa, tish pastasini almashtirish hamda bir qator xavfsiz stomatologik muolajalar qilish vaqti kelibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |