Excel uchun Qisqa Klaviatura Buyruqlari Har kim bilishi foydali bo’lgan ushbu qulay Excel navigatsiyalarini qo’llash bilan o’tkazgichni ishlatishni to’xtating!
Home (Qator boshiga) – Qatordagi chapdan eng avvalgi katakchaga qaytish uchun klavituradagi Home tugmachasini bosing (odatda bu A ustun bo’ladi).
Ctrl+Home (Tepadagi chap burchak) – Tepadagi chap burchakka borish uchun Ctrl+Home klaviaturalari kombinatsiyasidan foydalaning (odatda A1 katakchasi bo’ladi).
Ctrl+End (Pastki o’ng burchak) – Ma’lumotlaringizning pastki o’ng burchagiga borish uchun Ctrl+End ni bosing.
Ctrl+8 (Reja ko’rinishni Ko’rsatish/Yashirish) – Subtotal rejimida tuzilma darajalaringizni yo’qotib qo’ydingizmi? Hozirgi subtotallaringizni ko’rinali saqlab qolgan holda ularni qaytarish (yoki yashirish) uchun Ctrl+8 dan foydalaning.
Ctrl+9 (Qatorni yashirish) – Ctrl+9 bilan qatorni tez yashiring (Ishora: Yashirilgan qatorni ko’rsatish uchun Shift ni qo’shing). U bir necha qatorlarda ham ishlaydi. Yashirilgan qatorlarni osongina ochsa bo’ladi, shuning uchun ma’lumotlarni “himoyalash” uchun buni ishlatmang.
Ctrl+T (Jadval yaratish) – Ctrl+T bilan ro’yhatning ichida xohlagan joydan jadval yarating. Siz hamma kataklarni tanlashingiz shart emas, keyin u jadvalni kengaytirishingiz mumkin.
Shift+F11 (Yangi varaq ochish) – Shift+F11 bilan faol varaqning o’ng tomonidan yangi varaq qo’shing. Ikkita yoki ko’proq kerakmi? Sizga kerak bo’lgancha varaqlarni tanlang, so’ng qisqa buyruqdan foydalaning.
Ctrl+F1 (Lentani yashirish) – Ctrl+F1 ni bosish bilan lentani yashirish orqali ekran maydonini kengaytiring. Bu sizga menyular lentasidan ko’ra ko’proq ma’lumot ko’rishni xohlaganingizda juda qulay!
Ctrl+Shift+O (Izohlarni topish) – Ctrl+Shift+O dan foydalanib izoh bo’lgan barcha kataklarni topish va tez o’chirish. Agar siz barcha izoh ko’rsatkichlarini yashirgan bo’lsangiz juda zo’r qisqa buyruq.
Microsoft-ning umumiy boshqaruv vositalari dasturning asosiy xususiyatlarini o'z ichiga oladi: ochish, saqlash, fayl yaratish va hk. Ushbu funktsiyalarga kirishni ta'minlaydigan yorliqlar quyidagilar:
Ctrl + N - fayl yaratish;
Ctrl + S - kitobni saqlash;
F12 - saqlash uchun kitobning formatini va joylashishini tanlang;
Ctrl + O - yangi kitob ochish;
Ctrl + F4 - kitobni yopish;
Ctrl + P - chop etishni oldindan ko'rish;
Ctrl + A - butun varaqni tanlang.
Ma'lumotni tahrirlash uchun tezkor tugmalar jadvalni tezda ma'lumot bilan to'ldirishga imkon beradi.
F2 - belgilangan katakchani tahrirlash rejimi;
Ctrl ++ - ustunlar yoki satrlar qo'shish;
Ctrl + - - Microsoft Excel elektron varag'idagi tanlangan ustunlar yoki satrlarni o'chirish;