Hol, uning turlari



Download 64,46 Kb.
bet2/20
Sana15.04.2022
Hajmi64,46 Kb.
#553555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot

Holning turlari. Hollar quyidagi turlarga bo‘linadi: ravish holi, payt holi, o‘rin holi, daraja-miqdor holi, sabab holi va maqsad holi.
Ravish holi ish-harakatning qay tarzda bajarilishini bildiradi.
Ravish hollari holat (tarz) ravishi: (Ohista qarab qo‘ydi. Tez ketib qoldi) sifat (chiroyli so‘zladi, qisqa gapirmang), ravishdosh (shoshib ishladi, bora-bora charchadi) ot (qunt bilan o‘qidi, sabr-toqat bilan chidadim), sifatdosh (qoniqqan holda qaradi, qizargan holda kirdi), taqlidiy so‘z (mimema)lar (suv shotir-shutir oqdi)bilan ifodalanadi.
Payt holi ish-harakatning bajarilish paytini bildiradi (Ertalab turdim. Kechqurun dam oldik). Payt hollari payt ravishlari, ba’zi olmoshlar (o‘sha-o‘sha do‘stimdan xat olmadim), payt bildiruvchi otlar (yozda dam olamiz. Bahorda ishlaymiz), son (soat ikkida mashg‘ulot boshlanadi) bilan ifodalanadi.


Mashq. Matndagi ravish hollarini aniqlang va uning qanday so‘z turkumi bilan ifodalanganini izohlang.
Maktabga tez-tez borib turaman. Machit orqasidagi tor hovlida, tollar orasida oqqan muzday suv bo‘yida o‘tiraman. Hammamiz chuvvos bilan o‘qiymiz. Domlam bir chetda po‘stak ustiga to‘rt qavat taxlab solingan eskigina ko‘rpacha ustida qo‘shni boy ota bilan sekingina gaplashib o‘tiribdi. Boy gavdasi semizgina, ustida yarqiragan yalang to‘n, boshida katta salla, qulog‘iga bir atirgul qistirgan, chap qo‘li bilan qalin soqolini o‘ynab-o‘ynab, o‘ng qo‘lidagi tasbehni tinmay aylantirardi. Ularga yaqin o‘tirganim uchun suhbatlarini yaxshi eshitaman. Domlam piyolaga quyuq, famil choyni quyib, ehtirom bilan boyga uzatdi. (Oybek).


Mashq. Keltirilgan misollar orasidan payt holini aniqlang. Ularning qanday so‘z turkumi bilan ifodalanganini tushuntiring.
1. O‘qlar yog‘ilib turgan, hayot-mamot janglari bo‘layotgan paytlarda ular bilan gaplashdi (S.Ahmad). 2. Qirq etti, qirq sakkizinchi yillarda, «Sharq yulduzi» jurnalida ishlayotgan paytlarimda Oybek uyushmamizning raisi edi (S.Ahmad). 3. Ayriliq, iztirob damlarida inson bitta maqsad bilan yashaydi (S.Ahmad). 4. Bobo, nega egilib yurasiz? Nimani izlaysiz?—Yoshligimni (Sh.Xolmirzaev). 5. Yursang doim piyoda, umring bo‘lar ziyoda. 6. Har kuni ertalabdan kechgacha shu erdamiz. 7. Talabalar yozgi imtihon davrida o‘qish zalidan chiqmas edilar. 8. Onam birpasda oshxonadan bir kosa kepakni ko‘tarib chiqdilar (Oybek).


Mashq. Matndagi payt holi va ravish hollar ishtirok etgan gaplarni ko‘chiring. Shu gaplar tarkibidagi bosh bo‘laklarni aniqlang.
Ertalab samovar burqirab qaynadi. Xurjundan bir kulcha olib burdaladim-da, ishtaha bilan edim, ustidan issiq choyni ho‘plab-ho‘plab ichdim. Tezda oftob ham chiqdi. Birin-ketin yo‘lovchilar kela boshladi. Bir vaqt qarasam «Assalom» deb, otini etaklab Qosim aka ko‘rinib qoldi. Men suyunganimdan irg‘ib o‘rnimdan turdim-da, unga qarab yugurdim. « E, tovba, sho‘tdamisan» deydi Qosim aka yoqasini ushlab. ...«Yanglishibman-da, oydin ekan, tong otibdi debman, qoq yarim kechada yo‘lga tushibman. Yo‘lda biram dahshatli voqea bo‘ldiki, hozir aytib beraman». Men bugun bo‘lgan voqeani Qosim akaga so‘zlab berdim (Oybek).


Mashq. Keltirilgan misollar ichidan ravish va payt hollari ishtirok etgan gaplarni ko‘chiring. Ular qanday so‘z turkumi bilan ifodalanganini ayting. Tanlangan gaplar tarkibidagi sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilarni ajratib ko‘rsating.
1. Taqachilar terlab, azob bilan otlarning oldida ishlaydilar. (Oybek). 2. Bir pas sukutdan keyin gapira boshladim (Oybek). 3. Erta bahor edi o‘shanda. Maysalar endi bosh ko‘tarib sabza bo‘lgandi (Maqsud Qoriev). 4. Tog‘-toshlardan urilib-surilib, vodiy tomon shoshilib kelayotgan sho‘x daryo shalolalari g‘oyat go‘zal bo‘lsa ham, bugun kishiga yoqimsizdek tuyuladi (M.Qoriev). 5. Viloyatlardan kelgan qizlar normani bemalol bajaradi. Avval ham qilib yurgan ishi (O‘.Hoshimov). 6. Ular bir etakni to‘ldirguncha peshin bo‘ladi. ўayrat qilmasa bo‘lmaydi. Bir kuni jon-jahdi bilan ishlashga qasd qilishdi. Birinchi etak ancha tez to‘ldi (O‘.Hoshimov). 7. Qo‘rquv ichida molxona eshigini ochdi ...Qor kechib bostirma oldiga bordi. Pastak eshikni tortgan edi, negadir ochilmadi (O‘tkir Hoshimov).



Download 64,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish