Hokim va tobe sozlarning birikish usullari



Download 0,82 Mb.
bet2/2
Sana11.02.2022
Hajmi0,82 Mb.
#442418
1   2
Bog'liq
9-taqdimot. Orfoepiya. Transkipsiya (AIM.UZ)

UNDOSHLAR ORFOEPIYASI

  • Bb undoshi kitob, maktab so‘zlari oxirida kеlganda p tarzida, kеlabеr, sabab, kabob, dorboz so‘zlari o‘rtasida kеlganida v tar­zida aytiladi.
  • Vv undoshi chеtdan kirgan avtobus, avtomat, Iva­nov so‘zlarida f kabi aytiladi.
  • Gg undoshi k, q bilan tugagan so‘zlarda k va q tarzida aytiladi: ek+gan=ekkan, chiq+gan=chiqqan.
  • Dd undoshi obod, ozod kabi so‘zlar tarkibida kеlganda t kabi aytiladi, xursand, farzand kabi so‘zlarda undoshdan kеyin kеlganda esa tushib qoladi.
  • Jj qorishiq portlovchi undoshi avj, mavj so‘zlarida ch kabi aytiladi.
  • Jj sirg‘aluvchi undoshi chеtdan kirgan furajka, tеlеjka kabi so‘zlarda sh kabi aytiladi.
  • Zz undoshi sakkizta, tuzsiz kabi so‘zlarda yonidagi tovush ta'sirida s kabi aytiladi.
  • Nn undoshi manba, tanbur, shanba kabi so‘zlarda m kabi aytiladi.
  • Ff undoshi fakt, taft kabi so‘zlarda p kabi aytiladi.
  • Qq undoshi maqsad, taqsimot, to‘qson, oqshom kabi so‘zlarda x kabi aytiladi.
  • Chеt tillardan kirgan traktor, dirеktor kabi so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inidagi unli dеyarli talaffuz qilinmaydi, lеkin yozuvda saqlanadi.

FONETIK YOZUV (TRANSKRIPSIYA)

  • Og‘zaki nutqda tovushlarning turlicha o‘zgarishlarini, har xil variantlarda talaffuz etilishini aniq aks ettiradigan yozuv fonetik yozuv yoki transkripsiy (lotincha transcription – “qayta yozish”) deyiladi. Bu yozuvda harflardan tashqari, maxsus belgilar ham ishlatiladi.
  • Transkripsadagi ko‘pchilik belgilar alfavitdagi harflardan farq qilmaydi, ayrim o‘rinlarda ba’zi qo‘shimcha belgilar olinadi. Lekin transkripsiyada alfavitda bo‘lmagan ba’zi belgi – harflar ham qo‘llanadi.
  • Transkripsiyaning asosiy qoidalari va unda ishlatiladigan belgi – harflar quyidagilardan iborat:
  • 1. Transkripsiya qilinadigan tovush yoki nutq parchasi kvadrat qavslarga olinadi: kitob –[kitɔp], telefon – [tilifon].
  • 2. Transkripsiyada nutqiy taktlar bir – biridan bitta vertical chiziq bilan, jumlalar esa ikkita vertikal chiziq [ // ] bilan ajratiladi. Katta harflar ishlatilmaydi.
  • 3. Ikki bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda urg‘u belgisi qo‘yiladi, bir bo‘g‘inli so‘zlarda urg‘u qo‘yilmaydi: [paxtá], [paxtakór], [gap].
  • 4. [ɔ] belgisi o unlisini ifodalaydi: [qɔ p], [ɔ zɔ t], [ɔ bɔ t].
  • 5. [o] harf belgisi o‘unlisini ifodalaydi: [ozarɔ], [kon], [sozlar].
  • 6. [ь] belgisi bilan, chigit, kishi kabi ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidagi hamda tik, bir, chit kabi bir bo‘g‘inli so‘zlarda qisqa til oldi unlisini ifodalaydi: bьlan, chьgit, kьshi, tьk, bьr, chьt.
  • 7. [ъ] belgisi qish, g‘isht, xirmon kabi qъsh, g‘ъsht, xъrmon.

FONETIK YOZUV (DAVOMI)

  • 8. b, g, d, z, y, k, l, m, n, p, r, s, t, x, q, g‘, h harflari o‘z vazifasida ishlatiladi.
  • 9. [v] belgisi vaza, vazir, zavod kabi so‘zlarda lab-tish undoshini ifodalaydi: vaza, vazi:r, zavot.
  • 10. [w] belgisi vodiy, sovuq, saylov kabi so‘zlarda lab – lab v undoshini ifodalaydi: [wɔdi:],[ sɔwъq],[ saylɔw].
  • 11. [ f ] belgisi fazo, fabrika, fil kabi so‘zlarda lab – tish undoshini ifodalaydi: [fazɔ], [fabrika], [fil].
  • 12. [ f'] belgisi tufli, tuf, uf kabi so'zlarda lab-lab f undoshini ifodalaydi: [tuf’li],[tuf’], [uf’].
  • 13. [ ĵ ] belgisi juda, jazo, jilva kabi so‘zlarda jarangli qorishiq portlovchi undoshini ifodalaydi:[ ĵuda],[ ĵazo], [ĵilva]
  • 14. [ ņ] belgisi ng til orqa burun tovushini ifodalaydi: [oņ], [eņ],[ miņ].
  • 15. [ç] belgisi til oldi jarangsiz qorishiq portlovchi ch undoshini ifodalaydi: [çьdam], [çaros].
  • 16. [ş] belgisi til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi sh undoshni ifodalaydi: [şaşmaqɔm], [şaşka], [şarɔyit].
  • 17. Unli tovushning cho'ziqligi [:] belgisini unlinking o‘ng tomoniga qo‘yilishi bilan ko‘rsatiladi [ilmi:], [me:mor], [a:lo].
  • 18. Undosh tovushning yumshoq talaffuz qilinishi [‛] belgisini undoshning o‘ng tomoniga, teparoqqa qo‘yilishi bilan ko‘rsatiladi: [aprel‛], [iyun‛], [iyul‛].

UYGA VAZIFA

  • MASHQLAR TO‘PLAMIDAGI TEGISHLI
  • MASHQLARNI SHARTIGA KO‘RA BAJARIB KELISH.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish