Bog'liq 3.1.-Biologiyani-oqitishda-innovatsion-yondashuv- - копия
3-keys. Respublikamiz ta’lim muassasalarida standart testlardan keng foydalaniladi. Testlardan foydalanish bir qator afzalliklarga ega bo‘lishiga qaramasdan, kamchiliklari ham mavjud: o‘quvchilarning nutq va muloqot madaniyati past darajada, o‘z fikrini bayon etish, fikrini asoslash, mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalari tarkib topmaganligi ma’lum bo‘lib qolmoqda.
Savol va topshiriqlar:
Muammo nimadan iborat?
Mazkur muammoni hal etish uchun o‘qituvchilar qanday ishlarni amalga oshirishlari lozim deb o‘ylaysiz?
Siz bu muammoga qanday echimlar taklif qilasiz?
4-keys. Fan o‘qituvchisi axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish maqsadida o‘quvchilarga turli axborot manbalaridan mavzuga oid ma’lumotlarni to‘plab kelishni topshiriq qilib berdi.
Savol va topshiriqlar:
1.O‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish o‘quvchilarning turli manbalardan mavzuga oid axborotlarni to‘plashlari bilangina to‘liq amalga oshiriladimi?
O‘qituvchi o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirishda nimalarga e’tibor qaratmog‘i, o‘quvchilarga qanday mazmundagi topshiriqlarni berishi kerakligini izohlang.
Mediaxavfsizlik masalalari qanday amalga oshiriladi?
5-keys. Biologiya - eksperimental fan. Tajribalarni olib borish uchun har doim ham imkoniyat bo‘lmaydi.
Topshiriq.
O‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni darsdan tashqari vaqtlarda shakllantirish imkonini yaratish yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqing. 6-keys. Zamonaviy biotexnologiya fani yutuqlari insoniyat hayotidagi qator muammolarni hal qilishga xizmat qilmoqda. Biroq genlari modifikasiyalangan organizmlar, ulardan olingan mahsulotlarga bir guruh olimlar va jamoatchilik “xavfli” deb qarashmoqda.
Topshiriq:
Siz genlari modifikasiyalangan organizmlar, ulardan olingan mahsulotlarni xavfli deb hisoblaysizmi? Javobingizni asoslab bering. Genlari modifikasiyalangan organizmlarning “zararsiz” ekanini isbotlang.
O‘quvchilarning tabiiy fanlar yo‘nalishida bilim darajasini baholashda PISA Xalqaro tadqiqotining ahamiyati.
O‘quvchilarning tabiiy fanlar yo‘nalishida bilim darajasini baholashda TIMSS Xalqaro tadqiqotining ahamiyati.
STEAM ta’limi: mazmun-mohiyati, ahamiyati.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda biologiya ta’limining o‘ziga xos jihatlari.
Biologiya fanini o‘qitishda muammaoli ta’lim yondashuvlari.
Biologiya fanini o‘qitishda rivojlantiruvchi ta’lim yondashuvlari.
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda axborot bilan ishlash kompetensiyasi elementlarini shakllantirish.
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi elementlarini shakllantirish.
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi elementlarini shakllantirish.
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiya elementlarini shakllantirish.
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi elementlarini shakllantirish.
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarida biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o‘tkazish kompetensiyasi elementlarini shakllantirish.
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi va ekologik madaniyat kompetensiyasini shakllantirish.
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish.
Biologiya darslarida muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish.
Biologiya darslarida modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish.
Biologiya fanini o‘qitishda pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash.
Biologiya fanini o‘qitishda ta’limni differensiallashtirish va individuallashtirish texnologiyasidan foydalanish.