Hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


O‘zbekistonning biofizika maktabi



Download 22,8 Mb.
bet37/47
Sana28.02.2022
Hajmi22,8 Mb.
#475482
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47
Bog'liq
3.1.-Biologiyani-oqitishda-innovatsion-yondashuv- - копия

O‘zbekistonning biofizika maktabi. Biofizika ilmiy maktabiga 70yillarda akademik B.O.Tashmuxamedov tomonidan asos solindi. B.O.Tashmuxamedov 1985-1992 yillarda O‘zFA Fiziologiya va biofizika institutiga boshchilik qildi, keyinchalik ushbu institutni uning shogirdi professor Po‘lat Bekmurodovich Usmonov boshqardi. Biofizika maktabidan tanilgan biologiya fanlari doktorlari Z.U.Bekmuxametova, A.K.Qosimov, A.I.Gagelьgans,
P.B.Usmonov, N.M.Mirsalixova, M.X.Gaynutdinov, M.U.To‘ychiboev,
R.N.Axmerov, O.V.Krasilьnikov, R.Z.Sabirov, D.Kalikulov, E.M.Maxmudova,
I.G.Axmedjanov, B.U.Otaqo‘ziev, M.I.Asrorov, Z.Z.Gizzatulina etishib chiqdilar.
B.O. Toshmuxamedov qo‘zg‘aluvchan membranalarga doir tadqiqotlarni olib bordi. U o‘z shogird va xodimlari bilan birgalikda nerv hujayralaridagi natriy, kaliy-ATFazaning funksional geterogenligini aniqladi va buyraklarda ionlar tashilishini gormonal boshqarilishing sxemasini ishlab chiqdi. SHu bilan birga mitoxondriyalar va sarkoplazmatik retikulumdagi kalьsiy ionlarining tashilishiga bog‘liq bo‘lgan hujayra bioenergetikasi yo‘nalishida tadqiqot ishlari olib bordi.
B.O.Toshmuxamedov Respublikamizda membranalar faoliyatining fiziologik boshqarilishini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlarga boshchilik qiladi va turli xil fiziologik faol moddalar (gormonlar, yurak glikozidlari, zoo- va fitotoksinlar, pestitsidlar, hasharotlar feromonlari, membranaaktiv kompleksonlar va b.)ning membranalarga va maxsus membrana hosilalariga taьsir qilish mexanizmini o‘rganadi. Nerv impulьsi va ion kanali deb nomlangan dasturni bajarish jarayonida o‘z xodimlari bilan birgalikda modifikator-toksinlar va kanaloformer-toksinlarni klassifikasiyaladi, membranalarning lipid asosiga taьsir etuvchi hamda qo‘zg‘aluvchi membranalarning natriy va kalьsiy kanallariga taьsir qiluvchi bir qator zaharlarni aniqladi.
Universitet biofizika ilmiy maktabi O‘zFAning boshqa institutlarida ham o‘z rivojini topdi va topmoqda: akademik T.F.Oripov rahbarlik qilayotgan Bioorganik kimyo institutining biofiziklari guruhini xaqli ravishda ushbu maktabda tarbiya topgan olim va mutaxassislar tashkil etadi. Professor B.A.Salaxutdinov va qator iqtidorli olimlar: M.V.Ionov, R.Ziyatdinova, P.G.
Kasimbetov shular jumlasidandir. Biofizika maktabining boshqa vakillari Biokimyo institutida (L.YA.YUkelson, E.E.Gussakovskiy, A.V.Shkinev va b.), Zoologiya va parazitologiya institutida (R.N.Axmerov, I.Kazakov, CH.R.Madierov) o‘z tadqiqotlari bilan mashhur bo‘lib, biofizika hamda u bilan bog‘liq ishlarning rivojiga katta hissa qo‘shmoqdalar.
Akademik B.O.Toshmuxamedovning shogirdlari dunyodagi ko‘pgina ko‘zga ko‘ringan ilmiy markazlarda ijodiy-pedagogik mehnati bilan tanilmoqda: Los-Anjelesning Kaliforniya universitetida O.N.Vagina, O.A.Mareninova,
R.R.Azimov, R.K.Azimova, I.Yoqubovdan iborat olimlar guruhi, Birmingemning
Alabama Universitetidagi I.I.Ismoilov, B.Berdiev, D.Kalikulov, YAponiya
Milliy Fiziologiya institutidagi R.Z.Sabirov, I.F.Abdullaev, A.X.To‘ychiev, Braziliyadagi Resifi Universitetidagi O.V.Krasilьnikov, L.N.Yo‘ldsheva, P.G.Merzlyak, Bryussel Universitetidagi V.G.CHlenskiy, London Qirollik kollejidagi A.Abramov, Polshaning Belostok Unversitetidagi M.V.Zamaraeva, Pusshinodagi RF FAning Biofizika institutidagi V.I. Ternovskiy va b.
Akademik, davlat mukofoti sovrindori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi To‘laganov Ahror To‘laganovich “Fitogelmintologiya” ilmiy maktabining asoschisidir. Olim O‘rta Osiyoda fitogelmintlarning tarqalishi, taksonomiyasi, zararini va ularga qarshi kurash choralarini o‘rgangan. Uning shogirdlari: O.Z.Zoxidova, Z.N.Norbaev, O.M.Mavlonov, J.T.Sidikov, Polvanova hozirda O‘zMU Zoologiya kafedrasining mudiri b.f.n., dotsent X.S.Eshova fitogelьmintologiya sohasidagi ishlarni davom ettirmoqda.
O‘zbekistonda biotexnologiya maktabi b.f.d., prof. Raximov Miradxam Mirxakimovich tomonidan yaratilgan. M.M.Raximovning faoliyati geterogen fermentativ reaksiyalarga bag‘ishlangan bo‘lib, olim juda ko‘p sonli tadqiqotlarini lipolitik fermentlarning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishga bag‘ishladi. U 600 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi va 100 tadan ortiq mualliflik guvohnomalari egasidir. Uning rahbarligi ostida 64 nafar fan nomzodi va 12 ta doktorlik dissertasiyalari biokimyo, biofizika va biotexnologiya bo‘yicha himoya qilindi. M.M.Raximov fizik-kimyoviy biologiya va biotexnologiya sohasida yuqori malakali mutaxassis, lipolitik fermentlar sohasidagi ishlari butun jahonda ta’n olindi. O‘zining doktorlik dissertasiyasida lipolitik fermentlarning ta’sir etish mexanizmlari va endogen fermentlar (fosfolipazalar, proteinaza va proteinkinazalar) ning biologik membranalar butunligini saqlashdagi ahamiyati ko‘rsatildi. Lipolitik fermentlarning nazariy va amaliy aspektlari sohasida qilingan ishlar Respublika oliygohlari va ilmiy-tekshirish institutlari orasida eng yaxshi o‘rinni egalagan edi. Olim fan rivojiga qo‘shgan hissalari uchun D.I.Mendeleev, A.V. Palladin oltin medali (Ukraina), «Best Teacher» Kaliforniya universiteti (AQSH) medallari bilan mukofotlangan. Olim birinchilar qatorida immobilizasiyalangan fermentlarni oziq-ovqat sanoatida yuqori rentabillik bilan ishlashi mumkinligini ko‘rsatdi. Ilmiy ishlarning asosiy qismi yuqori sezgir usullarni tavsiflash va ishlab chiqarishga bag‘ishlangan edi. Uning shogidlari prof. A.X. Vaxabov (virusologiya maktabining asoschisi), prof. K.D.Davranov, prof. Sh.S.Tashmuxamedova, dots. X.T.Xasanov va dotsent D.T.Mirzaraxmetova bugungi kunda O‘zbekiston milliy universiteti “Mikrobiologiya va biotexnologiya” kafedrasida ishlarini davom ettirmoqda.
O‘tgan asrning 60-yillarida, ingichka ichak membranasida hazm qilish jarayonining akademik A.Ugolev tomonidan ochilishi Respublikamizda ham o‘z aksini topdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Raximov Karim Raximovich tomonidan respublikamizda ovqat hazm qilish fiziologiyasi maktabiga asos solindi. Olim tomonidan ingichka ichak membranasida hazm jarayoni xususiyatlarini O‘zbekiston sharoitida, yoshga qarab o‘zgarib borishi aniqlandi. Ontogenez davomida oziq moddalarning gidrolizi va so‘rilishida tashqi muhit omillari (harorat, gipokinezaya, giponutritsiya)ning ahamiyati o‘rganilib, funksional mexanizmlari yoritib berildi. K.R.Rahimov va uning shogirdlari tomonidan yana bir yo‘nalish – ovqat hazm qilish tizimi tarkibi va funksiyasining oziq moddalar tarkibiga moslanishi, ya’ni nutritiv adaptasiyasida gidrolitik fermentlarning dinamik o‘zgarishlari kuzatildi. Bo‘shliq va devor oldi (membrana) hazm jarayonlarining sutemizuvchilar turli tur vakillari (kalamush, qo‘y, quyon)da ontogenez davomida o‘rganilib, tahlil qilindi. Ona-bola, onahomila tizimida platsentar-amniotrof yoki laktotrof ovqatlanishning ahamiyati yoritildi. K.R.Raximov xizmatlari uchun Chexoslovakiyada Purkine medalining sovrindori bo‘ldi. Unga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvoni berildi. Olim o‘z ilmiy faoliyati davomida 7 nafar fan doktori, 20 nafar fan nomzodlarini tayyorladi.
Uning shogirdi b.f.n. A.Maxmudov Amerikaning Atlanta shtatida “Kasalliklar nazorati va oldini olish” markazida laboratoriya mudiri bo‘lib ishlamoqda. Akademik A.Ugolev va professor K.R.Raximovning shogirdi B.Z.Zaripov muntazam ravishda AQSH, CHexiya Isroil oliygohlariga ma’ruzachi sifatida jalb etilmoqda.
O‘zbekiston milliy universitetida professor L.S.Kuchkarova, Qarshi davlat universitetida professor Sh.K Kurbanov, Toshkent davlat Jismoniy tarbiya institutida professor B.A.Sodikov, Guliston Universitetida dots. M.Allamuratov ilmiy va pedagogik faoliyat olib borishmoqda.
B iologiya fanlari nomzodi, professor K.T.Almatov va uning shogirdlari gipometaboliklar (benzonal, katatsin, kavergal, gutimin va serotonin) oksidlanish fosforlanishga ta’sir etmay, organizmning
(yurak, jigar, miya mitoxondriyalarida) kislorodga nisbatan
ehtiyojini va energetik sarfini kamaytirishini ko‘rsatib berishdi. Professor K.T.Almatov mitoxondriyada fosfolipiza A2 enzimidan tashqari lizofosfolipiza A1, fosfolipiza D, lizofosfolipiza D, fosfolipiza S va triglitseridlipazalarning borligini va ular tashqi va ichki membranada joylashganligi, ularning turli fiziologik va patologik holatlarda bajaradigan vazifasini aniqlab bergan. Benzonal va flavanoidlarning organizmdagi asosiy almashinuvga, modda va energiya metabolizmiga ta’sirini o‘rgangan. Bu moddalarni kislorod etishmasligiga, issiq harorat va toksik moddalar ta’siriga qarshi ta’sirlarini aniqlagan. Olim o‘z shogirdi b.f.d. X.N.Musaev bilan birgalikda olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida organizm tashqi muhit harorati ko‘tarilib, qiziganda hazm a’zolaridagi energetik almashinuvining buzilishini rivojlantiruvchi mexanizmlarni o‘rganishdi. U o‘zining safdoshi professor R.N.Ahmerov va shogirdi b.f.n. Sh.I.Allamurotov bilan hamkorlikda olib borgan ishlari issiq va sovuqqonli organizmlarning tabiiy va indutsirlashgan gipometabolik xolatlardagi substandart almashinuvining asosiy fiziologik-biokimyoviy ko‘rsatkichlarini tavsifiga bag‘ishlangan.

Download 22,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish