Hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi



Download 22,8 Mb.
bet20/47
Sana28.02.2022
Hajmi22,8 Mb.
#475482
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Bog'liq
3.1.-Biologiyani-oqitishda-innovatsion-yondashuv- - копия

PISA topshiriqlaridan namunalar


Moddalar almashinuvi intensivligi (MAI) nafas olish, hazm qilish va qon aylanish tizimi uchun kerak bo‘ladigan energiya hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 23°C haroratli xonada tinch va uyg‘oq yotgan odam uchun aniqlanadi. Quyidagi formula yordamida ayollardagi moddalar almashinuvi intensivligi (MAI) aniqlanadi.
MAI = 9.74m + 172.9p - 4.737b + 667.051
Bu erda MAI - moddalar almashinuvi intensivligi, kilokaloriyalarda, m– tana massasi, kilogrammlarda, p–bo‘ybalandligi, metrlarda, b–yosh, yillarda.
Massasi 60 kg, balandligi 1,70 metr va yoshi 35 yil bo‘lgan ayollarda moddalar almashinuvi intensivligi darajasini hisoblang. Javobingizni eng yaqin butun songa yaxlitlang.

Topshiriq. Asalari uyalari nobud bo‘lishi sindromi
1/5-savol
O‘ng tomonda joylashgan “asalari uyalari nobud bo‘lishi sindromi” matnini o‘qing. Savolga javobingizni yozing.
Mant: “Butun dunyodagi asalari uyalariga xavfli hodisa tahdid soladi. U “asalari uyalari nobud bo‘lishi sindromi” deb nomlanadi. Buning mohiyati shunda-ki, asalarilar o‘z uyalarini tark etishadi va natijada nobud bo‘lishadi. Shunday qilib, mazkur sindrom o‘n milliardlab asalarilarning o‘limini keltirib chiqardi. Olimlarning fikricha, asalarilar oilalari nobud bo‘lishining bir nechta sabablari bor.”

Savol: “Asalarini ko‘paytirayotgan va ularni tadqiq etayotgan insonlar shuni bilishlari muhim-ki, “asalari uyalari nobud bo‘lishi sindromi” asalarilargagina ta’sir etib qolmaydi. Qushlarni o‘rganayotgan insonlar ham uning ta’sirini payqashdi. Kungaboqar ham asalarilar, ham qushlar uchun oziq manbai bo‘lib xizmat qiladi. Asalarilar o‘simlikning nektari, qushlar esa urug‘i bilan oziqlanadi.
Shu bog‘liqlikni inobatga olib, asalarilarning yo‘q bo‘lib ketishi qushlar populyasiyalarining qisqarishiga olib kelishi mumkinligini tushuntiring”.
Mazkur savolga to‘g‘ri javob berib, ball olishlari uchun o‘quvchilar gullar changlanmasdan turib, urug‘ hosil qila olmasliklarini o‘z javoblarida ifodalashlari kerak. Bu topshiriq “Hodisalarni ilmiy asoslash” kompetensiyasiga oid bo‘lib, o‘quvchilar tabiiy fanlardan egallagan bilimlariga asoslanib, hodisani ta’riflashlari zarur.

Savol raqami

CS600Q01

Kompetensiya

Hodisalarni ilmiy asoslash

Bilim - Tizim

Mazmun-Tirik

Kontekst

Mahalliy/Milliy – Atrof-muhit sifati

Kognitivlik darajasi

O‘rta

Savol formati

Ochiq javob – ekspert tomonidan kodlanadi

Topshiriq. Asalari uyalari nobud bo‘lishi sindromi
2/5-savol
Savol: O‘ng tomonda joylashgan “Imidaklopridning ta’siri” matnini o‘qing.
Ochiluvchan ro‘yxatdan to‘g‘ri tugallangan jumlani tanlang.
Keyingi jumlani to‘ldirib, olimlar tomonidan o‘tkazilgan tajribani tavsiflang.
Matn: “Olimlar fikricha, asalarilar oilalarining nobud bo‘lishining bir qancha sabablari bor. SHulardan bittasi imidakloprid deb nomlangan insektetsid bo‘lib, uning ta’sirida asalarilar uyasidan tashqarida mo‘ljal olish qobiliyatini yo‘qotishlari mumkin.
Olimlar imidakloprid asalarilar oilalarining nobud bo‘lishiga ta’sir etishi yuzasidan bir necha tajribalar o‘tkazishdi. Ular uch hafta davomida asalalarilar oziqasiga imidaklopriddan qo‘shishdi. Turli uyalarda turli xil konsentrasiyalar qo‘llanildi. Ayrim uyalarda esa insektetsid umuman qo‘llanilmadi.
Insektetsid bilan ta’sirlashganidan keyin hech bir asalari oilasi darhol nobud bo‘lmadi. Shunga qaramasdan, 14-haftaga kelib, asalarilar uyalari bo‘shab
qoldi. Tajriba natijalari quyidagi chizmada keltirilgan:”
Vertikal chiziqda o‘lgan asalari oilalari soni

Insektetsid ta’siridan keyingi haftalar soni
O‘quvchilar ochiluvchan ro‘yxatdagi uchta javobdan bittasini, ya’ni to‘g‘ri javobni tanlashlari kerak bo‘ladi. Bunda ular savol mazmunini tushunishlari aniqlanadi. SHunday qilib, bu topshiriqni bajarishda o‘quvchilarning tabiiy fanlarning tadqiqot metodlarini qo‘llay olish kompetensiyasiga tegishli bo‘lgan ko‘nikmalari tekshiriladi. Ochiluvchan menyuda quyidagi uchta variant taqdim etiladi:
asalarilar oilasining nobud bo‘lishi; imidaklopridning ovqatdagi konsentrasiyasi; asalarilarning imidaklopridga ta’sirchan emasligi.
To‘g‘ri javob – bu birinchi variant. “Asalarilar oilasiga ko‘p miqdorda imidokril ta’sir ettirilganda, asalari oilalari tezroq nobud bo‘lgan.” CHizmani tahlil qilib, shunday xulosaga kelish mumkin, ya’ni 14-haftadan 20-haftagacha 20 mg/kg ga nisbatan 400 mg/kg miqdorda preparat ta’sir ettirilganda asalarilar oilasining nobud bo‘lish foizi oshgan.

Savol raqami

3

Kompetensiya

Tabiiy fanlarni tadqiq etish xususiyatlarini tushunish

Bilim tipi

Amaliy bilim

Kontekst

Atrof muhit; mahalliy/milliy

Bilish darajasi

O‘rta

Savol formati

Murakkab ko‘p tanlov javobli


Download 22,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish