Hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi



Download 22,8 Mb.
bet13/47
Sana28.02.2022
Hajmi22,8 Mb.
#475482
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
Bog'liq
3.1.-Biologiyani-oqitishda-innovatsion-yondashuv- - копия

1.2. STEAM ta’limi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 05.09.2018 yildagi № PF-5538 Farmonida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy maktab” Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori loyihasi haqida so‘z boradi. Bunda ekologik jihatdan toza materiallar va energiyaning muqobil manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida zamonaviy maktablar qurish; maktablarni, shu jumladan, o‘quv sinflari ichini yangi qulay mebellar, zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, kompьyuter va mulьtimedia texnikasi, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash; o‘quv rejalari va dasturlarini optimallashtirish, innovasion, shu jumladan, masofaviy pedagogik usullardan keng foydalanish, ushbu jarayonning samaradorligini butunlay oshirishni nazarda tutgan holda umumta’lim muassasalarining rahbar va pedagogik xodimlari malakasini oshirish tartibi va tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqilishi belgilangan.
Respublikamizning har bir hududida iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida Prezident maktablari ochiladi, ular STEAM dasturida o‘qitishga ixtisoslashgan bo‘ladi. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, STEAM an’anaviy o‘qitishga muqobil yondashuv hisoblanadi. Bunda bolalar Science (tabiiy fanlar), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika)ni fanlararo bog‘lanishlar va amaliy yondashuvga asoslangan holda o‘rganadilar. STEAM o‘quvchilarning loyiha va o‘quv-tadqiqot faoliyatini maktabda va maktabdan tashqarida amalga oshirilishi imkonini beradi.

STEAM ta’limi Amerikada ishlab chiqilgan. Ayrim maktablar o‘z bitiruvchilarining keyingi faoliyatini kuzatib, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik mahorati, matematika fanlarini integrasiyalashga qaror qilishdi, shunday qilib, STEM (Science, Technique, Engineering and Math) tizimi yuzaga keldi. Keyinchalik unga san’at (Art) qo‘shildi, endilikda STEAM oxirigacha shakllandi. O‘qituvchilarning fikricha, bu fanlardan egallangan bilimlar o‘quvchilarning kelajakda yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib etishishlariga yordam beradi.
STEAM yondashuvining asosiy g‘oyasi quyidagicha: amaliyot nazariy bilimlar kabi muhimdir. Bunda o‘quvchilar ta’lim jarayonida nafaqat o‘z aqlini, balki qo‘llarini ham ishlatishga majburdirlar. Sinf xonasidagi ta’lim olish jarayoni jadal rivojlanayotgan olam o‘zgarishlaridan ortda qolmoqda. STEAM yondashuvining asosiy xususiyati shundaki, bunda o‘quvchilar ko‘pchilik fanlarni samarali o‘rganishda aqli hamda qo‘llaridan foydalanishadi, bilimlarni mustaqil “egallashadi”. O‘quvchilar o‘quv mashg‘ulotlarida tajribalar o‘tkazishadi, modellarni konstruksiyalaydi, musiqa va filmlarni mustaqil yaratishadi, robotlarni yasashadi, ya’ni o‘z g‘oyalarini amalga oshiradilar va mahsulot yaratishadi.
O‘quvchilar qo‘l mehnati bilan yasalgan biologik ob’ektlar
Tishning tuzilishi Virusning tuzilishi Ishchi arining tuzilishi

STEAM ta’lim muhitida o‘quvchilar egallagan bilimlaridan o‘sha zahotiyoq amalda foydalanishlari sababli ular ulg‘ayib, voyaga etgach, real hayotda uchraydigan turli muammolarga duch kelishganida, masalan, atrof-muhit ifloslanishi bo‘ladimi, iqlim o‘zgarishimi, shu kabi murakkab muammmolarni echish uchun faqatgina turli fan sohalari bo‘yicha egallagan o‘z bilimlariga suyanishlari va hamkorlikda ishlashlari zarurligini tushunishadi. Bunda bitta fan doirasidagi bilimlargagina tayanish etarli bo‘lmaydi. SHunga ko‘ra, STEAM yondashuvi fikrlash uslubi hamdir.
STEAM ta’limida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga katta e’tibor berilishi natijasida ularning hamkorlikda ishlash, ijodiy qobiliyati rivojlanadi, irodasi mustahkamlanadi. Aynan shunday bilim va ko‘nikmalar o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lib, butun o‘qitish tizimi shunga intiladi.

AQSH, Singapur, Koreya, Avstraliya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Isroil kabi ko‘pgina mamlakatlarda STEAM-ta’limi sohasida davlat dasturlari amalga oshirilmoqda.
Har kuni yangidan-yangi ish turlari, shuningdek, yangi mutaxassislik sohalari paydo bo‘lmoqdaki, bu bugungi kun pedagoglarini o‘ylashga majbur qilishi kerak. Ular o‘qitayotgan o‘quvchilarining bilim va malakalari hozirgi zamon talabiga mos keladimi?
Ko‘pgina mamlakatlarda STEAM-ta’limi quyidagi sabablarga ko‘ra yuqori baholanadi:
yaqin yillarda dunyoda IT-mutaxassislari, dasturchilar, muhandislar, yuqori texnologik ishlab chiqarish mutaxassislari va boshqa shunga o‘xshash mutaxassisliklarning keskin etishmovchiligi yuzaga keladi; kelajakda hozir tasavvur ham qilish qiyin bo‘lgan kasblar yuzaga keladiki, ularning barchasi tabiiy fanlar bilan bog‘liq holda texnologiya hamda yuqori texnologik ishlab chiqarishga oiddir. Ayniqsa, bio- va nanotexnologiya mutaxassislariga ehtiyoj ortadi; kelajak mutaxassislari har tomonlama tayyorgarlikka ega bo‘lgan va ta’limning turli sohalari: tabiiy fanlar, muhandislik va texnologiyadan bilimlarga ega bo‘lishlari talab qilinadi.
STEAM ta’limi egallangan bilimlarni real ko‘nikmalar bilan chog‘ishtirishga o‘rgatadi. U o‘quvchilarning qandaydir fikrlarni o‘ylab topishlarinigina emas, asosiysi fikrlarini haqiqatda amalga oshirishga imkon beradi.
Massachuset texnologik instituti (MIT) STEAM yondashuvga yorqin misol bo‘ladi. Bu universitetning shiori «Mens et Manus» («Tafakkur va qo‘l») bo‘lib, STEAM kurslari va bolalarning STEAM konsepsiyasi bilan oldindan tanishishlari uchun ba’zi o‘quv muassasalarida STEAM mashq markazlarini ochgan.
2014 yilda Isroilning Quddus shahrida “STEAM forward” Xalqaro Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagicha bayonot berildi:
bolalarni STEAMga jalb qilish. Bunday ta’lim maktabgacha bo‘lgan
yoshdan boshlanishi zarur, shuning uchun dasturni bog‘chalarga kiritish kerak; fan tili – ingliz tili. Ilmni o‘rganish va olim bo‘lishni istaganlar bu tilni
bilishlari kerak; qizlar uchun STEAM-ta’limi dasturlari kerak. Qizlar tabiatan e’tiborli,
tartibli bo‘lganliklari uchun ilmda ko‘p narsaga qodirdirlar; ilm xursandchilik bo‘lishi kerak, u o‘quvchilarni qiziqtira olishi va
jalb etishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, STEAM o‘quvchilarni tajribalar o‘tkazish, modellarni konstruksiyalash, musiqa va filmlarni mustaqil yaratish, o‘z g‘oyalarini amalga oshirish va mahsulot yaratishni rag‘batlantiradi. O‘qitishga bunday yondashuv bolalarga nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini samarali chog‘ishtirish imkonini beradi. O‘quvchilarning ijodkorligini oshiradi, yuqori malakali, zamon talabiga mos kadrlar tayyorlashda mustahkam poydevor bo‘ladi. Nazorat savollari:

  1. Rivojlangan xorijiy davlatlarning biologik ta’lim tizimini o‘rganish siz uchun qanday ahamiyat kasb etadi?

  2. Qaysi rivojlangan davlatlarda biologiya fanini o‘qitish samaradorligi yuqori sanaladi? Buning sabablarini izohlang.

  3. Nima sababdan rivojlangan xorijiy mamlakatlari STEAM-ta’limiga katta e’tibor qaratilmoqda?


Download 22,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish