21-savol
Advokatlar kollegiyasi rahbari yangi advokat – Shavkat Gʻulomovni ishga olayotganini bilib qoldingiz. Advokat Gʻulomov bilan Toshkent davlat yuridik universitetida birga oʻqigansiz va hozirgacha doʻstona munosabatdasiz. Ammo Gʻulomov oʻzining shaxsiy sifatlari (dangasalik, qaysarlik, ichkilikbozlik) bilan jamoangizga foyda keltirmasligini ham yaxshi bilasiz. Shavkatning talabalik yillarida kursdoshlari bilan kelisha olmasligi va jamoaviy berilgan topshiriqlarni bajarishda masʼuliyatsizligi ham esingizda. Shuningdek, Gʻulomovni moddiy ahvoli ogʻir ekani, farzandining operatsiyasi uchun koʻp pul kerakligidan ham xabaringiz bor.
(1) Shunday vaziyatda qanday yoʻl tutasiz? Harakatlaringiz sababini izohlab bering.
(2) Advokatlar faoliyatiga boʻlgan umumiy axloqiy talablarni yoritib bering.
(3) Nima uchun jamoada ishlay olish koʻnikmasi ish beruvchilar uchun bu darajada muhim hisoblanadi?
1. mazkur holatda men uni ishga olishini tavsiya qilgan faqat unga sinov muuddati qoyilishi kerakligini aytardim. Chunki u hozirda yoshi ancha ulgaygan hayot tashvishlarni korgan insob balki men birga oqigan talabadan asar ham qolmagan bolishi mumkin, hozirgi vaziyatda u uchun ish juda zarur va shu sababli ham u ishga astoydil kirishishi mumkin
2. O’zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining II konferensiyasida 2013-yil 27-sentabrda qabul qilingan “Advokatning kasb etikasi qoidalari” qarori qabul qilingan. Advokat Xushmuomala, odobli, jonkuyar, halol, vijdonli, prinsipial bo’lishi, mijozlarini va hamkasblarini hurmat qilishi, kasb muomalasi odatlariga rioya qilishi va kasbga mos kiyinishi kerak.
3. chunki jamoa bolib ishlaganda ishda unum boladi, jamoadan kreativni fikrlar kop boladi
22.
Kuzatayotgan boʻlsangiz, deyarli bir xil yosh va sharoitdagi, bir zamon va makonda yashayotgan turli kishilarning hayotda erishadigan natijalari bir-biridan juda jiddiy farq qiladi. Bu holni sobiq sinfdoshlaringiz, tengdoshlaringiz hayotida ham koʻrmoqdasiz.
(1)Ayni holat vujudga kelishining asosiy sababi nimada, deb oʻylaysiz
Chunki kimdir kop harakat qiladi
23.
Hamkorlar va mijozlarda yaxshi taassurot hosil qilish usul va talablari” mavzusi uchun tayyorlangan maʼruza matnidan quyidagi gap oʻrin olgan: “Agarda siz birinchi uchrashuvning oʻzidayoq toʻgʻri muloqot qilishni va aloqa oʻrnatishni bilsangiz, aksariyat ish vaqtingiz tejaladi, aks holda bu vaqt aniqlashtirishga, savollarga javob topishga, suhbatdosh yoxud sherikni tushunmaslikka, xatolarni tuzatish va hokazolarga sarf qilinadi”.
(1)Ayni gapda qanday salbiy holat ifodalanmoqda? Uning oldini olish uchun, yaʼni birinchi uchrashuvning oʻzidayoq toʻgʻri muloqot qilish va aloqa oʻrnatishni bilish uchun kishidan nimalar talab etiladi?
Quyidagi konikmalar talab qilinadi:
Eshitish
Orinli savol berish shaxsiy hayotga doir savollar bermaslik
Ko’zga qarab gapirish
Imo-ishoralardan foydalanish
Do’stona bo’lish
Togri kiyim tanlay bilish
24.
Empatiya – oʻzga insonning qarashini qabul qila olish, uni tushuna olish layoqati. Empatiya – bu vaziyatni, oʻzganing nuqtai-nazari va his-tuygʻularini hurmat qilish va buni unga sezdirish ekanini bilib oldingiz.
(1)yuridik amaliyotda empatiyaning namoyon boʻlish holatlarini konkret biror misol yordamida koʻrsatib, uning foydali jihatlarni sharhlab bering.
Huquqshunos faoliyatidagizda sizdan turli tipdagi insonlar bilan ishlashni bilishingiz shart. Chunki hamkasblaringiz, rahbar yoki mijozlaringiz o’zlarining nobop fe’l atvori bilan sizning g’ashingizni keltirishi mumkin. Bu esa kelishmovchilikka olib kelishi muqarrar , buni hal qilishda professional nuqtayi nazardan yondashishingiz zarur. Masalan, agarda huquqshunoslar ozining empatiya skilini rivojlantirsa faqatgina firmaning ichidagi muhitni emas tashqi mavqeyini ham kotardi, advokatlarning empatiyasi kuchi bolsa ular mijozning nima haqida oylashi ularga aynan nima kerakligini,ikkilanishlarini yaxshi tushunadi va ularga koproq yordam bera oladi
25.
"Prezident boʻlgach, qoʻriqchilarimga shahar boʻylab aylanib, odamlar hayoti bilan tanishmoqchiligimni aytdim. Kechga yaqin tamaddixonaga kirdik. Ofitsiantdan menyuni olar ekanman, qarshimizdagi stolda oʻtirgan erkak diqqatimni tortdi. Yigitlardan uni stolimizga taklif qilishlarini soʻradim. Taklif haqida eshitgan erkak idishlarini olib biz tomonga yurdi. Koʻz koʻzga tushgach, uning nigohida sergaklik paydo boʻlganini payqadim.
Ovqatlanar ekanmiz, biz jamoa bilan xushchaqchaq suhbatlashar edik, biroq davraga qoʻshilgan erkak boshini koʻtarmay shoshib ovqatlanar, yuzida xavotir aks etgan, qoʻllari titrar edi. Stoldan turar ekanman, harchand urinmay, uning nigohini tuta olmadim. Ammo uning men tomonga minnatdorchilik uchun choʻzilgan kaftini siqib qoʻydim va uzoqlashdim.
"Madiba (Janubiy Afrikaliklar Nelson Mandelani millat otasi sifatida ulugʻlashgan va unga madiba, yaʼni "ota" deb murojaat qilishgan), menimcha, bu bechora kasal – qoʻllari qaltirashdan toʻxtamadi," dedi qoʻriqchilardan biri.
"Buning boshqa sababi bor," dedim tamaddixonadan chiqayotib. "U men oʻtirgan qamoqxonada qoʻriqchi boʻlib ishlagan. Har kech meni qiynoqqa solib kameramga tashlab ketishar, madorim qurib, ogʻriqdan ingrab suv soʻraganimda, har gal u mening tepamga kelib masxara qilar va suvni ustimga separ edi".
Bu gapimdan soʻng yigitlar tamaddixona tomonga hezlanib qaradilar.
"U kasal emas, qoʻrquvdan shu holga tushdi. Ehtimol, men endi Janubiy Afrika prezidenti boʻlganim tufayli uni qamoqqa tiqishim, menga qilgan ishini unga ham ravo koʻrishimdan qoʻrqqandir. Lekin bu ishni qilish – mening feʼl-atvorimga zid. Qasos “manaman” degan kuchli insonlar-u millatlarni ham yoʻq qilgan, kechirimlilik esa doim kuchlilarning tugʻilishiga yordam bergan."
Nelson Mandelaning bu harakatiga baho bering.
Siz shunday vaziyatga tushsangiz, oʻzingizni qanday tutgan boʻlardingiz? Fikrlaringizni izohlang.
Rahbar-lider qanday axloqiy sifatlarga ega boʻlishi kerak?
Axloqiy sifatlarning shaxs takomili, uning hayot yoʻlidagi ijobiy taʼsirini hayotiy misollar bilan asoslab bering.
Rahbar lider ega bolishi kerak bolgan hislatlar;
O’z maqsadini aniq va puxta tushuna olish
Oz-oznini harakat qilish va intuitionsiga quloq solish
Oznini adevkat taminlash
Tavakkkalchilikdan qorqish va unga doimo tayyor bolish
Halollik va ishonchlilik
Motivation faollik va adekvat tashabbuskor
Faol hayot kechirish
Odamlarni jamoaga jamlay olish qobilyati
Har qnaday vaziyatda tezlik bilan harakat qilish
Qiyin vaziyatlarda jamoa azolariga yordam berish va ularni qollab quvvatlshga tayyor turish
* Жамоани мунтазам такомиллаштирган ҳолда бошқариш;
* Жамоа учрашувларини режага мувофиқ вақтида ташкил этиш;
* Сифатни такомиллаштириш методикасини ўрганиш ва қўллаш;
* Агар жамоа ўсишда бўлса, бу ҳақда ҳаммани хабардор қилиб, аъзоларда мотивация уйғотиш;
* Жамоанинг динамик ишлаш тамойилларини – меҳнат қилишдаги ғайратини ўрганиш, кузатиб бориш ва ўзаро хабардор қилиш;
* Турли таълим, тарбия, тажриба, қадриятлар ва эътиқодга эга инсонларнинг биргаликда ҳаракат қилишларини таъминлаш;
* Ўз тажриба ва билимларини бошқа аъзолар билан бўлишиш.
Жамоа лидери дегани ҳамма ва ҳар бир ишни ўзи бажариши, дегани эмас. Лидернинг асосий функцияларидан бири – иштирокни рағбатлантиришдир. Жамоа раҳбари эслатмалар тўплайди ва тақсимлайди, графиклар тайёрлайди, маълумотларни жамлаб, жамоага ғоялар тақдим этади.
Тажрибали жамоа етакчиси жамоанинг барча аъзоларини ишга жалб қила олади. Шунингдек, жамоа лидери топшириқ ижросига нисбатан диққат-эътиборли ҳамда жамоа аъзоларига ғамхўр бўлиши муҳимдир
Inson miyasi muammoning faqat bir tomoniga qattiq eʼtibor berib, boshqa jihatlarini eʼtibordan chetda qoldirishi juda oddiy hol. Bu esa notoʻgʻri qaror qabul qilishga sabab boʻlishi mumkin. Buning oldini olish uchun psixologlar turli xil mantiqiy usullardan foydalanishni tavsiya qilishadi.
(1)Dekart kvadrati usulidan foydalanib, toʻgʻri qaror qabul qilishning ahamiyatini misollar bilan izohlang.
- «Dekart kvadrati» – bu qaror qabul qilishda yordam beradigan juda kam vaqt talab qiladigan oddiy texnika. Bu ahamiyatli tanlov kriteriyalari va har bir qarorning oqibatlarini aniqlashga yordam beradigan usul. Gap shundaki, qaror qabul qilinishi kerak bo’lgan vaziyatda biz ko’pincha uning bir yoki ikkita jihatiga e’tibor qaratamiz va natijada biz uchun ahamiyatli bo’lgan tanlov kriteriyalariga e’tibor bermasdan o’zimizni berk ko’chaga kiritib qo’yamiz.
Uning mohiyati 4 savolga javob berish orqali muammoni va vaziyatni ko’rib chiqishdan iborat:
Agar bu sodir bo’lsa nima bo’ladi? (Men nima olaman, uning plyus tomonlari).
Agar bu sodir bo’lmasa nima bo’ladi? (Hamma narsa avvalgidek qoladi, istaganimizni ololmaganimizdagi plyus tomonlari).
Agar bu sodir bo’lsa, nima bo’lmaydi? (Istaganimizni olishdagi minus tomonlari).
Agar bunday bo’lmasa, nima bo’lmaydi? (Istagan narsangizni olmaganingizning minus tomonlari).
27.
Muloqot maʼlumot, fikr yoki gʻoyaning bir odamdan boshqasiga uzatilish yoʻli boʻlib, u odamlar orasida va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni oʻrnatish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Muloqot samarali boʻlishi uchun uchta asosiy omil talab qilinadi: vosita, sabab va imkoniyat.
(1)huquqshunoslar faoliyatida muloqotning samarali tashkil etilishidagi omillarni konkret biror misol yordamida koʻrsatib, uning vositasi, sabab va imkoniyatlarini sharhlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |