HISOR - ZARAFSHON OKRUGI
Okrug respublikamizning janubiy qismidagi Hisor va Zarafshon tizmalarining g`arbiy va janubi-g`arbiy qismini o`z ichiga olib shimolda Zarafshon, sharqda Surxondaryo, janubda Amudaryo va g`arbda Qashqadaryo okruglari bilan o`ralgan. Bu okrug Tyanshan va Pomir oralig`ida joylashgan.
Tog`lar gersen tog` hosil bo`lish bosqichida ko`tarilgan, keyinchalik pasayib alp burmalanishida qayta ko`tarilgan.
Chaqilkalon tog`i TaxtaQoracha dovonida (1630m balandligi) tugaydi. Shu yerdan g`arbga qarab Qoratepa tog`i davom etadi. Bu tog` intruziv jinslardan tuzilgan bo`lib, eng baland joyi Kamkuton cho`qqisi (2195m). Qoratepa tog`lari Kattako`rg’on shahri janubida yana balandlashib Zirabuloq tog`ini hosil qiladi,u g`arbga tomon 100 km cho`zilgan, uning eng baland joyi sharqiy qismida bo`lib Zindontog` cho`qqisi balandligi 1116 m dir.
Zirabuloq tog`i g`arbda Qarnob yo`lagi orqali Ziyovuddin togidan ajralib turadi. Bu tog`ni eng baland qismi Navoiy shahridansharqdagi Dartko`l(914m) cho`qqisidir. Har ikkala tog` ham shimolida Zarafshon, janubda Qashqadaryo vodiysiga tutashib ketadi.
Hisorni Mura (3799m) dovonidan g`arbda bo`lgan qismi O`zbekistonga qaraydi. Hisor tizmasi 68gr. shk. u. dan Qishtut daryosining (To`polon daryoning irmog`i) yuqori oqimi orqali ikkiga ajraladi.
1) Janubi-g`arbga yo`nalgan Qishtut hamda Qoratog` daryolar orasidagi suv ayirg’ich hisoblanadigan Machitli tog`i. Bu tog`ning faqat g`arbiy qismi shu okrug doirasida, eng baland joyi 3476m.
Shimolga va shimoli-g`arbga tomon chegara bo`ylab yo`nalgan qismi Hazrati Sulton tog`i Hisor tizmasining bevosita davomidir. Hazrati Sulton tog`i to Oqsuv daryo vodiysining yuqori oqimigacha davom etib, so`ngra Sumsar va Shertog` tog`lari orqali Zarafshon tizmasi bilan tutashadi. Butun okrugning hamda O`zbekistonning eng baland nuqtasi - Mustaqillik cho`qqisi (4643 m) shu massivdan boshlanadigan Dixondaryo (To`polon daryoning chap irmog`i) bilan Bodomiston (Qoratog` daryosining o`ng irmog`i) daryolarning yuqori oqimidadir. Hisor tizmasidan janubi - g`arbga qarab, bir biroviga parallel qator tarmoqlar ajralib chiqadi. Bu tarmoqlar Qashqadaryo bilan Surxondaryo orasida suvayirg`ich hisoblanadi. Ularning kattasi Chaqchar, Boysun, Osmontarosh, Beshnov tog`laridir. Bular ichida eng kattasi Chaqchar tizmasidir. (Xuroson cho`qqisi 3744 m).
Chaqchar tog`idan janubi-g`arbga Osmontarosh (3700 m) tog`i ajraladi. Bu ikki tog` tutashgan yerda Seversov (bo`yi 2,3 km, eni 550 m, maydoni 1,38 km. kv) va Botirboy (bo`yi 2,2km, maydoni 1,3 km. kv) muzliklari bor. Osmontarosh tog`ining janubida Beshnov tog`i bo`lib, ularni Tanxoz daryosi ajratib turadi. Chakchar tog`ining janubi-g`arbida Eshakmaydon, Toydala, Xontaxta, Maydanon kabi tarmoqlar ajralib chiqadi.
Chaqchar tog`i sharqida Boysun tog`i joylashgan. U shimoli-sharqda Qushtang (3273 m), o`rta qismida Ketmonchopti (3168 m) va janubida esa Suvsiztog` deb ataladi. Boysun tog`ining janubida Ko`hitang tog`i bor, bu tog`da uzunligi 4 km keladigan g`or bor. Boysun tog`i sharqida unga parallel holda Surxontog` (3722 m) joylashgan. Bu tog`ni janubida shimoli-sharqdan janubi-g`arbga yo`nalgan Kelif - Sherobod (1126 m), shu yo`nalishda Sherobod-Sariqamish past tog`lari (1216 m) joylashgan. Ular orasidan Sherobod daryosi oqib o`tadi. Janubi-g`arbdan shimoli-sharqqa qarab Gazlafon, Beshkiz, Qorabundadir, Takasakradi, Yetimkalos tog`lari joylashgan.
Ziyodullo, [12.05.2022 9:53]
IQLIMI- yanvar o`rtacha harorati tog`larning pastki qismida -0,5 -2C, 2500-3000 m balandlikda -6-10 C, iyul o`rtacha harora- ti 24 +29C. Baland tog`larda 12+17 C Yog`in miqdori 200-400 mm. dan 1000 mm gacha. Yillik yog`inning 45-50 % i bahorda, 34-40 %i qishda, 8-10 % kuzda va 2-3 % i yozda yog`adi. Qor qoplamining qalinligi 80-90 sm. Sovuqsiz davr tog` quyi qismida 200 –220 kun, yuqorisida 100-110 kun davom etadi.
Okrugdagi daryolar Qashqadaryo, Surxondaryo va Sherobod havzalariga kiradi. Surxondaryo havzasiga quyadigan asosiy daryolar To`polon (124km), Sangardak (114 km), Xo`jaipoq (97 km). Okrugdan boshlanuvchi Jinnidaryo (57 km), Oqsuv (115km), Tanxozdaryo (104 km), Yakkabog`daryo (108 km) va Guzordaryo (86 km) kabi daryolar Qashqadaryo havzasiga kiradi. Chaqilkalon va Qoratepa tog`larining shimoli yonbag`ridan 70 ga yaqin soylar boshlanadi. Eng muhimlari Burgutsoy, Omonqo`tonsoy, Ohaklisoy, Sazagansoy, Oqsoy va boshqalar.
Okrugning tuproqlari 800 m gacha oddiy yoki tipik bo`z to`proqlar bo`lib, unda bug`doyiq, qo`ng`irbosh tarqalgan. 800-1500 m balandliklarda to`q bo`z tuproqlar tarqalgan, bundan yuqorida tog` o`rmon-jigarrang va qo`ng`ir tuproq tipi tarqalgan.
1500-2500 m balandliklardan tog` o`rmon - dasht mintaqasi boshlanib, zarang, yongoq, archa, bodom, katrangi butalardan pista , do`lona, inburun, chiya o`sadi.
Okrugning 2500-3000 (3500)m balandliklarida subalp mintaqasi boshlanadi. 3000-3500 m. da alp mintaqasi bo`lib, qo`ng`ir tog`-o`tloq, torfli, tog`- o`tloq tuproqlar tarqalgan. Baland tog`larda nival mintaqa joylashgan. Okrugda Hisor va Kitob Qo`riqxonalari mavjud. Hisor qo`riqxonasida baland tog` landshafti (archa, zira, na'matak, itburun, zirk kabi o`simliklar bilan birga ayiq, qor qoploni, silovsin, tog` takasi va boshqalar) himoya qilinadi. Kitob paleontologik-stratigrafik qo`riqxonasida ochilib qolgan tog` jinslari qo`riqlanadi.
Hisor Zarafshon okrugi 2ta tabiiy geografik rayonga bo`linadi.
1. Zarafshon tabiiy geografik rayonni bo`lib,6 ta landshaft ajratiladi.
2. Hisor tabiiy geografik rayoni, bu ham o`z navbatida 6ta landshaftga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |