Hisor madaniyati Dushanbedan 25 km ғarbda joylashgan yirik qarorgoxlardan biri Telem Gaziyon manzilgoxining 1953-1958 yillarda o’rganilganidan so’ng arxeologiya faniga kiritilgan



Download 32,51 Kb.
bet4/5
Sana14.07.2022
Hajmi32,51 Kb.
#799842
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hisor madaniyati Dushanbedan 25 km ғarbda joylashgan yirik qarorgoxlardan biri Telem Gaziyon manzilgoxining 1953

«naqshli sopollar madaniyati» yuzaga kelgan.

Joyitunning moddiy ashyolarini Jarmo, Tepa-Guron va Sial 1 ni yuqori qatlam ashyolari bilan o’xshashlik alomat-larini aniqlash natijalari Joyitunni eramizgacha bo’lgan VI ming yillik bilan belgilash imkoniyatini berdi. Bunday xulosani Chagelli- tepani Joyitunning so’nggi qatlamlariga oid qatlamini xronologiyasini 5050Q. 110 bilan belgilani-shi xam tasdiqlaydi.



Joyitun madaniyatini kelib chiqish masalasiga kelsak, bu masala xozirgi kunda juda murakkab masalalardan hi-soblanadi. Chunki xozirgacha Joyitun madaniyati bilan to’ғridan- to’ғri boғliq bo’lgan bu qadim dehqonchilik mada-niyati bilan shuғullangan qabilalarni ajdodlari yashagan yodgorlikni topilmaganidir. Ammo arxeologlar orasida bu madaniyatni ajdodlari avval Kopettoғda yashab so’ng paste-kisliklarga tushib, shu madaniyatni yaratganlar deguvchilar xam bor. Biroq Joyitun madaniyati industriyasini Kaspiy bo’yidagi mezolit yodgorliklarini yaqinligini hisobga olib, Joyitun madaniyatining sohiblarini ana shu Kaspiy bo’yla-ridan kelib o’rnashgan qabilalar tashkil etgan deguvchilar xam bor. Bu masalaga aniqlik kiritish kelajakni ishi al-batta. Ammo bu masala qanday tarzda o’z echimini topishidan qat`i nazar bir narsa aniq, u xam bo’lsa Joyitun madaniya-tining sohiblari ilk dehqonchilik bilan shuғullangan Ya-q-in Sharqdagi qabilalar bilan yaqin aloqada bo’lganlar.

Shuni ta`kidlash joizki, qadimgi ajdodlarimizni iq-tisodiy hayotida tub o’zgarishlarni yuzaga kelishiga sabab bo’lgan o’zlashtiruvchi ko’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’ja-likka o’tish jarayoni Joyitun manzilgohida yaqqol ko’rina-di, chunki Joyitun manzilgohini xo’jaligini asosini ish-lab chiqarish tashkil qilib, bu ishlab chiqarishda birinchi o’rinni dehqonchilik, ikkinchisini chorvachilik tashkil qilar edi. Ovchilik esa garchi xo’jalikdan xali siqib chiqarilma-gan bo’lsada, yordamchi sifatida davom etmoqda edi. Etakchi o’rinni dehqonchilik egallagan edi. Buni yaqqol isboti si-fatida Joyitundan topilgan 1097 ta o’roq sifatida foyda-lanilagan mehnat qurollarini ko’rsatishimiz mumkin. Bu mehnat qurollari Joyitun manzilgohidan topilgan bir ne-cha mehnat qurollarini 37 % ini tashkil qiladi. Bu dali-liy ashyolar Joyitun sohiblarini xo’jaliklarini asosini dehqonchilik tashkil etganiga xech qanday shubxa qoldirmayi. Ma`lumki, toshlardan yasalgan ketmonsifat mehnat qu-rollari Jarmo davridayoq yuzaga kelgan bo’lib, bu turdagi qurollar Xassuni va Sialk yodgorliklari uchun juda xarak-terlidir. Bu ketmonsifat (motnga) qurollar yordamida erni chopganlar, ya`ni erga ishlov berishda foydalanganlar. Қi-ziғi shundaki, bu turlagi mehnat qurollari nafaqat Joyi-tunda, balki Joyitun madaniyatiga oid bo’lgan barcha yodgor-liklarda xam uchramaydi. Faqat bir dona ketmonsifat (mo-tmga) toshdan yasalgan mehnat quroli 1965 yilda O. K. Berdiev va A.F. Gonyalin tomonidan Chaqmoqli-tepadan to-pilgan. Odatda yoғochlardan soplar yasalib, ularni bir tomo-niga xozirgi zamon ketmonlariga o’xshatib motmgalarni o’rnatganlar. Natijada mehnat unumi samarali bo’lgan. Turkmanistonda keyingi yillarda qazish ishlarini sistema-li ravishda olib borilishiga qaramay, nafaqat neolit bal-ki eneolit davrida xam tosh motmgalar ishlatilmaganligi aniqlandi. Hatto Tripolida ishlatilgan suyaklardan yasal-gan motmgalar xam topilmadi. Shundan so’ng arxeologlari-miz oldida tabiiy ravishda muammo tuғildi. Joyitun va Joyitun madaniyatiga oid boshqa yodgorliklarda dehqonchilik bo’lgani aniq. Dehqonchilik qilish uchun erga ishlov berili-shi shart. Erga ishlov berishda ishlatilgan motqga kabi mehnat qurollari esa bizgacha etib kelmagan. Bu masalada ko’pchilik arxeologlarimiz bir xil taxminiy, ammo haqiqat-ga ancha yaqin bo’lgan fikrga keldilar. Ularni fikrlariga ko’ra Joyitun manzilgohida va shu madaniyatga oid barcha yod-gorilklarda motmgalar o’rnida «palka- kopalka» lar (palka-kopalka deyilganda uzunligi o’rtacha 80- 100 sm, yo’ғonligi xozirgi zamon ketmon sopidek, uchi qalam uchiga o’xshatib yo’nilgan va olov yordamida silliqlangan o’tkir uchli tayoq tushuniladi.) dan foydalanganlar. Ammo palka-kopalkalar tabiatni ta`sir kuchiga bardosh berolmay bizgacha saqlanib qolmaganlar. Palka-kopalkalar qatorida erni yumshatishda butoqli shoxlardan xam foydalangan bo’lishlari mumkin de-gan fikrlar xam bor. Arxeolog V. I. Sarianidi bu kabi bu-toqli shoxlardan yumshatilgan erlarda egat telishda omoch si-fatida xam foydalangan bo’lishlari mumkin degan fikrni bayon qiladi. G. F. Korobkovani xulosasiga ko’ra palka-kopalkalardan foydalanishda ularni uchlariga koltso utyatelitel (o’rtasi teshik doira shaklidagi diametri 25-30 sm, qalinligi 3- 4 sm bo’lgan tosh) lar ni o’rnatib ishlat-ganlar. Bundan ko’zlangan maqsad palka-kopalkalarda oғir-likni oshirish bo’lgan deyiladi. Ammo bunday fikrni haqiq-atga yaqin deb bo’lmaydi. Chunki ushbu satrlarni muallif-lardan biri T. Mirsoatovni Belorusiya, Litva, Gruziya o’rmonlarida xamda O’zbekistnning neolit shaxtalarida ko’p yillar davomida o’tkazgan tajribalari shuni ko’rsatdiki, palka-kopalka turidagi mehnat qurolari bilan qazish ishla-rini bajarishda koltso-utyatelitel kabilarni palka-kopal-kalariga o’rnatishga mutlaqo extiyoj bo’lmaydi. Sababi bun-day palka-kopalka turidagi mehnat qurollari odatda qattiq yoғochlardan yasalib, ularni oғirlik darajalari etarli bo’ladi. Bedorusiya va Boltiq bo’ylarida dub daraxtlaridan, Kavkazda samshiddan, O’rta Osiyoda do’lanalardan qazish ish-larini bajarish uchun ana shu turdagi mehnat qurollarini yasab, tajribalar o’tkazganimizda xech qanday koltso-utya-telitellarga ehtiyoj sezmaganmiz. Bunikg ustiga G. F. Ko-robkovani o’zini tan olishicha koltso-utyatelitellar Joyitun madaniyatini oxirlariga kelib paydo bo’la boshlaydi. Dehqonchilik ishlari esa Joyitun madaniyatini ilk bos-qichlaridayoq paydo bo’lgan. U davrda esa koltso-utyatelitellar umuman bo’lmagan. Arxeolog I. N. Xlopin-ning bayoniga ko’ra koltso-utyatelitellar taraqqiy etgan ene-olit davridagina yuzaga kela boshlaydi. YUqoridagilardan xulosa shuki G. F. Korobkovani koltso-utyatelitellarni funktsiyasiga qo’yilgandiagnoz haqiqatdan ancha yiroq. Ammo shuni xam aytish joizki bu koltso-utyatelitellar xozirgacha funktsiyalari aniqlanganicha yo’q.

Joyitun madaniyatiga oid yodgorliklarni moddiy ashyola-rini o’rganish natijalari shun ko’rsatdiki, ularn xo’jaligi-da birinchi o’rinni dehqonchilik egallagan bo’lsa. ikkinchi o’rinni chorvachilik, uchinchi o’rinni ovchilk egallagan. Go’sht maxsulotlarini 75% ini xonakilashtirilgan hayvonlarni go’shti tashkil qilgan bo’lsa, 25% ini ov qilingan hayvon-larni go’shti tashkil qilgan.

Joyitun madaniyatiga xos hususiyatlardan eng qiziғi shundan iboratki bu ma'daniyatni tosh industriyasi juda boy bo’lishiga qaramay, bu yodgorlklarni birontasida ov quroli na kamon o’qi va na ma`lum masofadan irғitib sanchiladigan drotiklarni uchlari topilgan emas. Bunday xolatlarni ar-xeolog olimlarimiz kamon o’qlarini va drotiklarni uchla-ridagi nayzalarni mikrolitlardan yasalgan deb izoxlaydi- lar. Joyitun manizlgohidan shar shakliga o’xshash yuma-

loq toshlar topilib, ular palaxmon toshalri deb ataladi. Garchi palaxmon toshlari Markaziy Osiyoni neolit va ayniq-sa eneolit xamd^ bronza asridagi yodgorliklarida juda ko’plab topilgan bo’lsada, palaxmonni o’zi xozirgi kunga qa-dar biror dona xam topilmagan. Shunday bo’lishi tabiiydir. Chunki palaxmonlar yumshoq matolardan, terilardan qilingan bo’lishi kerak deb taxmin qilishimiz mumkin. Ularni eng dastlabkilari daraxtlarni po’stlaridan qilingan bo’lishi xam mumkin. Palaxmonni uzunligi taxminan 1-1,5 m bo’lib, eni 10-12 sm bo’lgan. Uni xar ikkala uchiga taxminan 30-50 sm ip boғlangan (Ip o’rnida yumshatilgan daraxt po’sti yoki teridan qirqilgan tasmadan foydalangan bo’lishlari mum-kin). Bu iplarni biri kaltaroq, ikkinchisi uzunroq bo’lgan, uzunroғi o’ng qo’lni bilagiga boғlanib, kaltaroғi shu qo’lni bosh va ko’rsatgich barmoqlari yordamida ushlangan. Natijala palaxmon ikki buklangan. Ana shu ikki buklangan palax-monni o’rtasiga yumaloq shar shaklidagi maxsus tayyorlangan tosh solinib bu palaxmon bosh uzra bir necha bor aylantiri-lib mo’ljal tomon zarb bilan otilgan. Ana shu bosh uzra ay-lantirib palaxmon toshini otish jarayonida bosh va ko’rsat-gich barmoq bilan ushlab turilgan ipni uchi qo’yib yuboril-gan. Oqibatda palaxmonni bir uchi qo’lga boғlangani uchi pa-laxmon qo’lda qolib, yumaloq tosh mo’ljal tomon yo’l olgan. Shuni aytish kerakki, jarayon juda murakkab bo’lgani uchun undan foydalanish ko’p mashq qilishni talab qilgan. Bu bo-rada ushbu satrlar muallifi juda ko’plab tajribalar o’tka-zib bir necha o’nlab palaxmon toshlarini yasagan. Palaxmon toshlarini tarixi neolit davridan boshlanib, undan foy-dalanish eneolit, bronza davrlarida xam davom etgan. Kek-salarimizni ma`lumotlariga ko’ra palaxmonlardan XX asrni boshlarida xam cho’ponlar tomonidan bo’rilarga qarshi qo’ylarni ximoya qilishda foydalanilgan.

Eneolitni o’rtalaridan, ayniqsa bronza asrida palax-mon toshlari qatorida loydan yasalgan yumaloqlardan xam keng foydalanilgan. Ammo bular asosan dushman qabilala-riga qarshi o’z manzilgohlarini mudofaa qilishda foydala-nilgan. Bu fikrimizni daliliy isboti sifatida Sopolli tepa yodgorligini mudofaa devorlari ustida loydan yasalgan yumaloqlarni bir nechtasini to’p- to’p xolatda topilganini ko’rsatishimiz mumkin. Bu loydan yasalgan yumaloqlarni dushmanga nisbatan foydalanganliklarini sababi bu loy yumaloqlari dushmanga tekkanda xam tegmay boshqa narsalar ga urilganda xam maydalanib, ikkinchi marotaba otilishga yaramay ishdan chiqqanlar. Demak, bular bir marotaba foydalanishga mo’ljal-langan. Toshlardan yasalganlari esa bir necha bor takroriy ishlatilishi mumkin bo’lgan. Faraz qilaylik, otilgan palaxmon toshi mo’ljalga olingan dushmanga tegmadi. Dushman ana shu palaxmon toshidan shu toshni palaxmondan otgan mudofaachilarni o’zlariga otishda foydalanishi mumkin bo’lgan. Shuning uchun xam ajdodlarimiz loydan yasalgan palaxmon yumaloqlarini dushmanga qarshi ishlatib, toshlardan yasaganlarini ov qilishda foydalanganlar. Joytun madaniyatiga oid yodgorliklardan topilgan ashyolarn o’rganish natijalari shuni ko’rsatdiki shu madaniyatni boshidan to oxirigacha bo’lgan davr mobaynida ayollarni taqinchoq bezaklarini ishlab chiqarish doimo shakllanib, riojlanib kelgan. Asosini loy tashkil qilgan guvalak va xom ғishtlardan qurilgan qurilishlar neolitda boshlangan bo’lsa xozirgi kunlarda xam davom etib kelmoqda. Sababi Marka-ziy Osiyoning iqlim sharoitiga guvalak va xom ғishtlardan qurilgan imoratlar juda mos keladi. Bunday imoratlarning xonalari yozda issiqni, qishda sovuqni o’tkazmaydi. Demak. qishda issiq, yozda esa salqin bo’ladi.V. M. Masson Joyitunda xammasi bo’lib, bir xonali uylardan 30 tasini ochdi, ularni xar birida taxminan 3-4 ishi yashaganini hisobga olib, jami 150- 160 kishi istiqomat qilgan degan xulosaga kelgan. Bular o’rta hisobda xar kuni o’rta hisobda 100 kg don iste`mol qilgan bo’lsalar, yil davomida 36, 5 tonna don ishlatganlarini, agar uruғlik uchun xam ajratib qo’yishlarini e`tiborga olishsa, jami 44 tonna don etishtirganlarini bayon qiladi. Shunga asoslanib, agar xar ga erdan o’rta hisobda 20- 22 tsentner don etishtirgan bo’lsalar, Joyitunliklar xar yili 20 ga erda dehqonchilik qilganlar degan xulosaga keladi. Joyitun manzilgohini uy qurilishiga qarab, bu joyda juft oilalar yashaganlar degan xulosa chiqarish mumkin. Bu juft oilalar o’z navbatida bitta katta guruxga birlashganlari tabiiydir. Bunday birlashuvni sababi birinchidan ularni xavfsizlik-larini taminlasa, ikkinchidan Joyitunliklarni xo’jalik-larini asosini dehqonchilik tashkil etgan. Dehqonchilik esa Markaziy Osiyo iqlimi sharoitida sun`iy suғorishga aso-« langan. Sun`iy suғorish esa imkon qadar yirik gurux kuchi-ni talab etgan. Demak, Joyitun manzilgohida juft oila-lardan tashkil topgan janubiy Turkmanistonni uncha katta bo’lmagan qabilalaridan biri yashagan.

Nafaqat Joyitun manzilgohida yashagan bu qabilalar, balki Joyitun madaniyatiga oid manzilgohlarni barcha qa-bilalari «neolit inqilobini boshidan kechirganliklarini ularni moddiy ashyolarini xar tomonlama o’rganish natija-lari yaqqol ko’rsatdi. 


Download 32,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish