Hisobotni tayyorladi: 3-kurs mo-75 guruh Nazarov Azizbek Yoqubjon o’g’li


O’zbekiston respublikasi prezidentining 2018-2020-yillarda O’zbekiston respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori



Download 84,02 Kb.
bet4/6
Sana01.01.2022
Hajmi84,02 Kb.
#288884
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aziz

O’zbekiston respublikasi prezidentining 2018-2020-yillarda O’zbekiston respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori

Zargarlik san’atining ko‘p asrlik an’analarini tiklash va yanada rivojlantirish, mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqarilishini rivojlantirish, zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlarning raqobatdoshligini ta’minlash, shuningdek, aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O‘zbekiston zargarlik sanoati uyushmandii (keyingi o‘rinlarda — “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanndi.



2. Quyidagilar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmandiing asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanndi:

  • birinchi, O‘zbekistonning turli hududlarida zargarlik san’atining ko‘p asrlik an’analarini saqlash va rivojlantirish;

  • ikkinchi, zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish, ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izchil olib borish;

  • uchinchi, tayyor zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish, uning dizaynida talab etilayotgan yo‘nalishlar va texnologiyalarni ko‘proq o‘zlashtirish, xalqaro talablarga muvofiq zargarlik mahsulotlarini sertifikatlashtirish va standartlashni ta’minlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish;

  • to‘rtinchi, mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlari o‘tkazish, ichki va tashqi bozorlarda zargarlik buyumlariga bo‘lgan narxlarni monitoring qilish, zargarlik mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish, zargarlik mahsulotlariga bo‘lgan narxlarni shakllantirishga oid maqbul mexanizmni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar berish;

  • beshinchi, dunyo bozorlarida raqobatbardosh bo‘lgan, yuqori likvidli zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan san’at mahsulotlari ishlab chiqarilishini tashkil etish, to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini hamda zamonaviy texnologik uskunalar va innovatsiyaviy izlanishlarni tatbiq etish tajribasiga ega xorijiy investorlarni jalb etish;

  • oltinchi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish orqali davlatdan yordam olishida ko‘maklashish, imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish, xalqaro moliya institutlari mablag‘larini hisobga olgan holda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish;

  • yettinchi, zargarlik sanoati uchun tizimli professional kadrlar tayyorlashni tashkil etish va yangi ish o‘rinlari yaratish.

3. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmandiing tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 16 nafardan iborat tuzilmasi 1- va 2-ilovalarga muvofiq ma’qullanndi.

  • “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi raisiga, zarur hollarda “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi markaziy apparatining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

  • “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamandiing Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradi;

  • (4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)

  • xususiy tadbirkorlar erkin ravishda yagona tashkilotga birlashish yo‘li orqali “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasida qatnashishlari mumkin;

  • “O‘zbekzargarsanoati” uyushmandiing raisi va uning o‘rinbosarlari muassislar umumiy yig‘ilishining qarori bilan saylanadi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi hamda maqomiga ko‘ra tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;

  • “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi ijro etuvchi apparatining joriy ta’minoti va faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga shartnoma asosida kiruvchi zargarlik sohasi tashkilotlarining ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

5. Quyidagilarni o‘z ichiga olgan 2018 — 2020-yillarda zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi:

  • 2018 — 2020-yillarda asosiy turdagi zargarlik buyumlari ishlab chiqarishning maqsadli parametrlari 3-ilovaga muvofiq;

  • zargarlik sanoatini shakllantirish, rivojlantirish va davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash bo‘yicha kompleks tadbirlar (“yo‘l xaritasi”) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlanndi.

6. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmandii tashkil etish va zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish va amaliy yordam ko‘rsatish Ishchi guruhi 5-ilovaga muvofiq tuzildi.

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmandii tashkil etish va zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashayotgan Ishchi guruh rahbari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, iqtisodiyot vaziri G.K. Saidova, moliya vaziri B.A. Xodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmurodov, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga mazkur qarorning 3- va 4-ilovalarida nazarda tutilgan tadbirlarni sifatli va to‘liq hajmda bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklanndi.

7. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi uch oy muddatda 2018 — 2020-yillarda zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangi quvvatlarni tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga oid manzilli dasturni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritndi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi mineral-xomashyo bazandii rivojlantirish va qayta to‘ldirish bo‘yicha har yillik davlat dasturlari doirasida zargarlik va badiiy buyumlarga yaroqlilik darajandii hisobga olgan holda, zargarlik sanoati ehtiyoji uchun qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar konlarini qidirish va sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirishni ta’minlandi.

9. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda zargarlik tarmog‘i uchun malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish, ilg‘or oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida, shu jumladan xorijiy muassasalar negizida ularning malakandii oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritildi.

10. 2021-yilning 1-yanvarigacha “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga kiradigan zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etildi;

11. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga davlat bojini to‘lamagan holda Uyushma a’zolarining manfaatlarini ko‘zlagan ko‘rinishdagi da’vo arizalari berish, davlat organlari qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqlari berildi.

12. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 9-kvartal, S. Yusupov ko‘chasi, 50-uyda joylashgan “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi binosiga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirildi.



Download 84,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish