Hisobotni bosmaga chiqarish Antiplagiat



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/44
Sana12.07.2022
Hajmi2,7 Mb.
#780696
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
Bog'liq
UROQOVA IQLIMA FAYZULLO QIZI

1
1


17 
4 – rasm. Makkajo‘xorida urg‘ochi gullarining ko‘rinishi 
o‘simliklar yaxshi rivojlanganda 1000 tagacha gul bo‘lishi mumkin (4.- rasm) 
[31]. 
Makkajo‘xori o‘simliklari bir so‘tali, ikki so‘tadi va ko‘p so‘tali bo‘lishi 
mumkin. So‘taning shakli turlicha bo‘ladi. Aksariyat hollarda silindrik va konus 
shaklida, kamdan-ka hollarda – urchuqsimon, sharsimon va boshqa shaklli. 
So‘taning uzunligi 10 sm dan 25 sm gacha, diametri 2 sm dan 5 sm gacha. 
Vegetasiya davrining davomiyligi 75 kundan 180 kungacha va undan ham ko‘p 
bo‘lishi mumkinligini D.T.Abdukarimov [4] ko‘rsatgan. 
O.Yoqubjonov va S.Tursunovlarning [31] ko‘rsatishicha, makkajo‘xorining 
doni (mevasi) yirik, yumaloq, ovalsimon yoki tishsimon, rangi juda xilma-xil 
4


18 
bo‘ladi. 1000 donasining vazni o‘rtacha 250-300 g bo‘lib, 100-500 atrofida va 
bundan ko‘p o‘zgarib turishi mumkin.
Yana bir ma’lumot, ya’ni H.Otaboyeva, O.Qodirxo‘jayev [3]lar 
ko‘rsatishicha mevasi – don uch qismdan iborat: don qobig‘i, murtak va 
endospermdan iborat. Donning hamma qismini parda (qobiq) o‘rab turadi. 
Pardaning rangi makkajo‘xori naviga qarab har xil bo‘ladi: oq sariq, qo‘ng‘ir g‘ora 
rangda. Qobiqni ostida endosperm joylashadi, u donning 82-85% qismini 
egallaydi. Endospermning yuqori qavati aleyron qavati deyilib, u aleyron 
donachalaridan iborat. Aleyron qavatidan keyin endospermning o‘zi joylashadi va 
ikki xil: shoxsimon (oynasimon), unsimon bo‘lishi mumkin. Shoxsimon 
endosperm juda zich, tiniq kraxmal donachalaridan tashkil topgan, uni zich 
kraxmal qavati o‘rab turadi. Donsimonida shoxsimon endosperm shishasimon 
bo‘lib ko‘rinadi. Unsimon endosperm yumshoq, tiniq bo‘lmagan kraxmal 
donachalaridan tashkil topgan, uni yupqa oqsil qavati o‘rab turadi. 
Doni – dumloq, tuxumsimon yoki tishsimone shaklda. Donining ichida har 
xil nisbatdagi unsimon (kraxmalli) va shoxsimon (shaffof) qatlamlari bor. 1000 ta 
donining og‘irligi 100 g dan 500 g gacha boradi, o‘rtacha 250-300 g bo‘ladi 
deyilgan [5]. 
Bioekologik xususiyatlari.
 
Makkajo‘xori issiqqa talabchan o‘simlik, tuproq 
harorati 7-8

C issiqlikda urug‘larining unib chiqishi tezlashadi. Makkajo‘xori 
qisqa kunli, yorug‘sevar o‘simlik. Makkajo‘xori har qanday tuproqda ham o‘sa 
oladi,lekin unumdor, begona o‘tlardan xoli bo‘lgan yerlarda u yaxshi o‘sadi [3, 6].
Makkajo‘xorining biologik xususiyatlari to‘g‘risida D.T.Abdukarimov [4] 
quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan: makkajo‘xori bir uyli, gullari bir jinsli 
(urg‘ochi va erkak gullari alohida joylashgan), chetdan changlanuvchi o‘simlik. 
Shamol yordamida changlanadi. Erkak gul to‘plami ro‘vak gul nayidan 
chiqqanidan 3-5 kun keyin gullaydi. Gullash davomiyligi o‘rtacha 71 kun. 5 
kundan 15 kungacha o‘zgarishi mumkin. 
Makkajo‘xori o‘simligining past haroratga ham yuqori haroratga ham 
sezuvchanligi salbiy, u qisqa kun o‘simligi. Yorug‘likka talabchan, shuning uchun 
4


19 
u kunning davomiyligigagina emas, balki yoritilish jadalligi va uning sifatiga 
(spektr tarkibi) sezuvchan, issiqlikka talabchandir.Makkajo‘xorining o‘sishi, 
rivojlanishi va hosildorligiga turli omillar ta’sir qiladi. Harorat, namlik, sovuq, 
qurg‘oqchilik, yorug‘lik, kunning qisqa-uzunligi ham makkajo‘xorining o‘sishi, 
rivojlanishi va hosildorligiga ta’sir qiladi. 
Harorat. Makkajo‘xori issiqlikka talabchan. Uzoq davr davomida harorat 
15
0
C va undan past bo‘lsa, o‘simlikning o‘sish va rivojlanishi to‘xtaydi, barglari 
sarg‘ayadi. Makkajo‘xori o‘simligining past haroratga ham, yuqori haroratga ham 
sezuvchanligi salbiy. Havo harorati 45-50
0
C gacha ko‘tarilganda uning o‘sishi 
to‘xtaydi. 
Agar gullash davrida havoning harorati yuqori va nisbiy namligi past bo‘lsa, 
chang donachalarining ko‘p qismi changdonlarning ochilishiga qadar o‘ladi, 
qolganining hayotchanligi atigi bir sutkagacha saqlanishi mumkinligini [4 ]. 
H.Ataboyeva, O.Qodirxo‘jayev [3] makkajo‘xori bahorda tuproq harorati 
10
0
Cga yetganda ekiladi deb ko‘rsatilgan. 
Makkajo‘xori ancha issiqsevar o‘simlikdir. Urug‘lari 7-8
0
C issiqlikda unib 
chiqa boshlaydi, lekin tuproqning urug‘ qadaladigan chuqurligidagi haroratning 
10-12
0
C bo‘lishi urug‘larning unib chiqishi uchun juda qulay bo‘lib, hisoblanadi. 
Harorat 23-25
0
C issiq bo‘lgan paytda makkajo‘xori tez o‘sadi. Yuqoridagi 
makkajo‘xorining o‘sishi va rivojlanishiga haroratning ta’siri haqidagi ma’lumot 
Sh.Beshimova, L.Salimova [5] ishlarida ham ko‘rsatib o‘tilgan. 
Namlik. 
O‘sish va rivojlanishning turli davrldarida namlikning 
yetishmasligiga sezuvchanligi turlicha. Namlikka talabchanlik eng kuchli bo‘lgan 
davr ro‘vaklarni paydo bo‘lishiga 10-15 kun qolganda boshlanib, to donni sut 
pishish fazasigacha davom etilishi aniqlangan. Pishish davrida suvga bo‘lgan talabi 
qisqaradi [4, 20, 19]. 
Makkajo‘xori namni ancha tejab sarflaydi, uning transpirasiya koeffisiyenti 
230-370 atrofida. Biroq, maydon birligiga qaraganda namni ko‘proq iste’mol 
qiladi, chunki ancha ko‘p vegetativ massa to‘playdi va yuqori hosil beradi. 


20 
Makkajo‘xori namga juda talabchan, sezgir. Gullashiga 10 kuncha qolganda va 
gullab bo‘lganidan keyin 20 kun o‘tguncha namga juda talabchan bo‘lib, turadi. 
Namga bo‘lgan talabi jihatidan mana shu 30 kun ancha qaltis davr bo‘lib 
hisoblanadi. Mumpishguncha davom etadigan don to‘lishuvi namga talabchan 
bo‘ladi. Makkajo‘xori eng yuqori tuproq namligi dala nam sig‘imining 65-75% 
gacha miqdorda saqlanib turishi kerak [5].
Tuzlar. Makkajxori sho‘rlikka uncha chidamli emas, tuproqdagi xlorning 
ko‘p deganda 0,01-0,15% miqdorda bo‘lishiga bardosh beradi. Sho‘r bosgan, 
botqoqlashgan va nordon tuproqli yerlarni hisobga olmaganda har qanday yerlarda 
ham o‘saveradi [6,21]. 
Sovuq. Makkajo‘xori issiqlikka talabchan, sezgir bo‘lgani uchun, 
rivojlanishning ertangi fazalarida qisqa muddatli sovuqqa (-2 -3
0
C gacha) chidashi 
mumkin, keyinchalik o‘simliklarni o‘sishi bilan bu chidamliligi pasayadi. Uzoq 
davr davomida harorat 15
0
C va undan past bo‘lsa, o‘simlikning o‘sish va 
rivojlanishi to‘xtaydi, barglari sarg‘ayadi. Makkajo‘xori o‘simligining past 
haroratga ham, yuqori haroratga ham sezuvchanligi salbiy. 
Ob-havo salqin bo‘lganda chang donachalarining hayotchanligi ko‘proq vaqt 
(24 soatgacha) davomida o‘sish qobliyatini saqlaydi. Buning asosida chang
donachalarining hayotchanligini saqlash usullari ishlab chiqilgan. Masalan 2
0

haroratdja eksikatorda, qorong‘i xonada 6-8
0
C da, havoning nisbiy namligi 60-70% 
bo‘lganda, havo yetarli bo‘lgan sharoitda bu usullardan foydalanib chang 
donachalarining hayotchanligini 120 soatdan 2 haftagacha saqlash imkoniyati 
tug‘iladi. Makkajo‘xori yaxshi namoyon bo‘ladigan proterandriya xususiyatini 
o‘simlik, ya’ni ro‘vakdagi gullar urg‘ochi gullarda o‘rtacha 5-8 kun oldin gullaydi. 
Bu xususiyat chetdan changlanishni ta’minlaydi. Ro‘vakning gullashini oxirida 
so‘taning gullashi boshlanishi tufayli tabiiy sharoitda o‘zidan changlanishi ro‘y 
berishi mumkin, bu umumiy hosil bo‘lgan donining 1-5% gacha qismini tashkil 
qiladi. 
Makkajo‘xorining ayrim shakllarida mustahkam proteroginiya kuzatiladi. Bu
xildagi gullash salqin va qisqa kun sharoitida bo‘lishi mumkin. So‘taning gullashi 


21 
davrida urug‘chi ustunchalari so‘tani o‘rab olgan barglaridan chiqib turadi. 
Ustunchalar avval so‘taning ostki qismidan chiqa boshlaydi. Gullash jarayoning 
oxirida so‘taning ustki qismida joylashgan gullarning o‘ta kalta ustunchalari 
chiqadi. 
Agar o‘simlikda ikkita va undan ko‘p so‘ta bo‘lsa, birnchi bo‘lib, ustki so‘ta 
gullaydi, keyin qolganlari yuqoridan pastga qarab, navbati bilan gullaydi. Urug‘i 
tugunchasining hayotchanligi 12-20 kungacha saqlanadi [4]. 
Sh.Beshimova, L.Salimovalar [5] lar ko‘rsatishicha ham makkajo‘xori maysalari 
2-3
0
C sovuqqa bardosh beradi. Harorat -3
0
C dan past bo‘lganida voyaga yetgan 
o‘simliklar odatda nobud bo‘ladi.
 
Qisqa kun ta’siri. Vegetasiya davri makkajo‘xorining navi, qaysi rayonda 
o‘stirilayotgani va ekish muddatlariga qarab 90-160 kunni tashkil etadi. Yozda 
ekilganida birmuncha yuqori harorat va ancha qisqa kun ta’siri tufayli vegetasiya 
davri 15-26 kunga qisqardi deyilgan [4]. Makkajo‘xorining o‘suv davri uning 
naviga qarab 90-140 kunni tashkil qiladi. Qisqa kun tufayli esa vegetasiya davri 
10-20 kunga qisqarishi ko‘rsatib o‘tilgan.
 
Turli 
zararkunadalarning 
ta’siri. 
Makkajo‘xori 
o‘simligiga 
turli 
zararkunandalar ham yomon ta’sir ko‘rsatadi. Shu jumladan makkajo‘xori 
o‘simligida 40 dan ziyod kasallik borligi aniqlangan. Bu kasalliklarning ko‘plari 
turli zamburug‘lar bilan chiqariladi. 
Deyarli hamma joylarda pufakchali qorakuya tarqalib o‘simlikni yerdan 
o‘stki qismini to‘lig‘icha zararlashi mumkin.
Zamburug‘ va bakteriyalar makkajo‘xorining poyasini va ildizini chirishiga 
olib keladi. 
Makkajuxoiriga gelmintosporioz sezilarli zarar keltiradi. Bundan tashqari 
makkajo‘xori zang kasali, yolg‘on (aldamchi) un shudring kasali va barglarining 
chiziqli naqsh mozayka va hol-hol dog‘lilik virus kasalliklariga chalinadi. 
Makkajo‘xoriga 254 dan ziyod zararkunandalar shikast yetkazadi, bulardan 
o‘ta xavflisi – makkajo‘xori yoki poya kapalagi. Uning qurti makkajo‘xorining 
barglarini zararlantiradi, donining ichini, poyaning to‘qimalarini, so‘talarining 
13


22 
o‘qini va so‘ta yeb shikast yetkazadi, natijada hosildorlik pasayadi, o‘simlik sinishi 
va yotib qolganligi uchun hosilni mashinalar bilan yig‘ib olish qiyinlashadi. Qurt 
shikast yetkazgan joylarda zamburug‘li va bakterial kasalliklar rivojlanadi. 
Makkajo‘xoriga makkajo‘xori yoki barg shirachasi katna zarar yetkazadi, donining 
ozg‘in, nimjon bo‘lishiga olib keladi. Kasallik bu zararkunandalarga qarshi o‘ta 
samarali choralardan biri kasallik va zararkunandalarga chidamli duragaylarni
chidamli liniyalar asosida yaratishdir [4]. 
Makkajo`xorining qurg`oqchilikka chidamliligini uning transpiratsiya 
koeffitsiеnti 174-406 bo`lishi bilan izoxdanadi. Bu bug`doy, arpa, suli singari 
g`alla o`simliklarining suv sarfidan ancha kam.
Makkajo`xori ontogеnеzi davrida suvga talabi bir xil emas. Urug`larni 
ko`karishi uchun o`z og`irligiga nisbatan 40-45 % suv yutadi. Dastlabki
rivojlanish fazalarida suv sarflanishi kam. O`rtapishar duragaylarda 7-8, 
kеchpisharlarida 9-11 barglar hosil bo`lganda suv sarfi oshadi va ro`vakning 
gullashi hamda donining sut pishish davrida maksimal darajaga еtadi. Eng ko`p 
suv sarfi ro`vak chiqarishga 10 kun qolganda va ro`vak chiqargandan kеyin 20 
o`tgach kuzatiladi. Aynan shu davrda namlikning yеtishmasligi don hosilini
40 % kamaytiradi.
Makkajo`xorining yana suvga eng talabchan davri donning to`lishi 
hisoblanadi. Ayniqsa, O`zbеkiston sharoitida, sug`oriladigan еrlarda donning
to`lishish davrida namlikning yеtishmasligi don hosilini sеzilarli kamaytiradi. 
Shuning uchun bu davrda albatta bir marta sug`orish o`tkazilishi maqbul.
P. G. Naydin ma'lumoti bo`yicha 5-7 tG`ga hosil bilan makkajo`xori 150-
180 kg azot, 50-70 kg fosfor va 150 kg kaliyni olib chiqadi.
Makkajo`xori vеgеtatsiya davrining birinchi yarmida vеgеtatsiya
davomida o`zlashtiriladigan 40 % azotni, 30 % fosforni, 70 % kaliyni o`zlashtiradi. 

Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish