O’quv va o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha.
Ilmiy maslaxatchim dots.K.X.Rashidova bilan kafedra tomonidan belgilangan jadval bo’yicha uchrashib maslahatlar oldim. Umummetodologik va mutaxasislik fanlari ,“s nazariy asoslari“, "Analizning instrumental usullari", "Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi", “Amaliy xorijiy til“ dars mashg’ulotlariga to’liq qatnashib bordim.
Yuqorida ko’rsatilgan fanlardan mustaqil ish tayyorlab topshirdim hamda bilmagan savollarimning javobini adabiyotlardan izlab topdim. Har bir ma’ruza darslarga faol qatnashishga harakat qildim. Seminar bilan birgalikda o’qituvchilarning laboratoriya mashg’ulotlariga qatnashdim.
1. Ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha.
Dissertatsiya mavzusiga tegishli adabiyotlar va maqolalar bilan tanishdim:
S.S.Vaqqosov N.S.Tangyarikov “Organik kimyo” kitobi bilan tanishib chiqdim. Bu kitobda men organik kimyoning asosiy tushuncha va qonuniyatlari haqida chuqur bilimlarga ega bo’ldim. Shu bilan bir qatorda azotli organik birikmalar turlari- nitrobirikmalar, aminlar, aminokislotalar, tarkibida azot saqlagan siklobirikmalarni o’rganib chiqdim. Ularning olinishi va ularda boradigan barcha turdagi kimyoviy reaksiyalarni o’rgandim.
Ilmiy-pedagogik ishlar bo’yicha.
1. Dekabr oyi davomida kafedraning yetakchi professor-o’qituvchilaridan
dots. Rashidova K.X. ma’ruza mashgulotlarida, k.f.n. Sharipov Sh.R. tomonidan o’tkazilgan seminar va amaliy mashgulotlarda qatnashdim, ularning mashg’ulot o’tkazish tajribalarini o’rgandim. Jumladan: 2-dekabr kuni ilmiy rahbarim k.f.d. Sharipov Shavkatning “ Polimerlar kimyosi” fanidan bakalavriant ta’lim yo’nalishi 307-guruh talabalariga ’’Metilmetakrilatning polimerlanish tezligiga insiator konsentratsiyasi ta’sirini o’rganish’’ mavzusidagi amaliy mashgulot darsida qatnashdim. 4-dekabr kuni k.f.n. Rashidova Komila Xamidovnaning kimyo o’qitish metodikasi bakalavriant ta’lim yo’nalishi 3- kurs talabalariga “Fizikaviy kimyo” fanidan o’tgan “Qattiq eritmalar. Eftetik nuqta va kimyoviy birikmalar hosil qiluvchi sistemalarda kongurent va inkongurent nuqtalar” mavzusidagi ma’ruzasida ishtirok etdim. Dars davomida talabalarga qattiq eritmalar, eftetik nuqta, kimyoviy birikmalar hosil qiluvchi sistemalar, hamda ularning fizik va kimyoviy xossalari haqida ma’lumotlar berildi.
Ilmiy rahbar:
|
|
Dots K.X. Rashidova.
|
Magistratura talabasi:
|
|
Abdualiyeva S.Z.
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI ANIQ VA TABIIY FANLAR (KIMYO) FAKULTETI
5A110301- Kimyo o’qitish metodikasi mutaxassisligi I kurs magistranti: Abdualiyeva Sevinch Zafar qizining 2020-2021 o’quv yili
I kurs yanvar oyida amalga oshirgan ishlar
Do'stlaringiz bilan baham: |