Buxoro davlat universiteti 5A120701-Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo`nalishi magistranti Bahronova Zarina Ilhom qizining 2021-2022- o`quv yilining sentabr-dekabr oylari davomida bajargan ishlarining
Hisoboti
1.Ilmiy-pedagogik faoliyati
O'quv jarayoniga 2021-yil 6-sentabrdan qatnay boshladik. Men ushbu I jarayonda o`zimizga biriktirilgan "Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi", "Tasavvuf adabiyoti manbalari", "Adabiy manbalar bilan ishlash amaliyoti" kabi fanlar bilan yaqindan tanishib,berilgan ma’lumotlarni o`zlashtirib, ular yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajarib bordim. Yuqorida nomlari keltirilgan fanlar yuzasidan berilgan mustaqil ta’lim topshiriqlari bo`yicha ma’lumotlar yig’ib, chiqargan xulosalarimni qayd etib bordim.
2.Ilmiy tadqiqot ishi .
MD mavzusi : “Sab’ai sayyor”dostonida she'riy san'atlar" (doston nashrlarining qiyosiy tahlili asosida”.) Ilmiy rahbarim Sh. Hayitov menga magistrlik dissertatsiyasini yozish tartibi va adabiyotlardan foydalanish xususida kerakli fikrlar aytildi. “Sab’ai sayyor” ”Xamsa”ning tarkibiga kiruvchi to`rtinchi doston bo`lib , ishqiy-sarguzasht xarakterida bitilgan. Asarda Navoiy o’z davrining ilg’or g’oya va intilishlarini badiiy jihatdan juda keng va chuqur aks ettirganligi diqqatga sazovordir . Ayni vaqtda doston tarkibidagi hikoyaning har biri mustaqil hisoblanadi va mavzular davrning, xalq turmushining muhim tomonlarini qamrab oladi. Xalq hayoti, tinchlik va osoyishtalik, adolat va vatanparvarlik, sevgi va ma’rifat g’oyalari ilgari suriladi.
Men ushbu mavzu uchun zarur bo’lgan adabiyotlar va maqolalarni to`pladim va asarning nasriy bayonlari bilan tanishib chiqyapman. Xususan , 1965,1991,1992-yilgi nashrlarini topib, ular orasidagi farqli o`rinlarni har uchala nashrdan qiyosladim. Bundan tashqari magistrlik ishi uchun zarur bo`lgan Porso Shamsiyevning “Sab’ai sayyor” ilmiy- tanqidiy matnini topib, yuqoridagi nashrlar bilan to`liq qiyoslab chiqdim. Chiqargan xulosalarim yuzasidan “Sab’ai sayyor” ikki nashridagi I-III boblar qiyosiy tahlili” mavzusida 2021-yil 19-20-may kunlari o`tkazilgan “O`zbek filologiyasida matnshunoslik va manbashunoslik muammolari ” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga maqola yubordim. Bundan tashqari Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan " Tafakkur va talqin" jurnalida ham "Sab'ai sayyor" ikki nashridagi V-X boblar tahlili" mavzusida maqolam e'lon qilindi. Hozirda menga berilgan mavzu bo'yicha l bobni yozib tugatdim. Endilikda II bob uchun kerakli manbalar bilan tanishib chiqib, rejalar asosida yozib boryapman.
Kafedra mudiri: H.P.Eshonqulov
Ilmiy rahbar: Sh.A. Hayitov
Magistrant: Z.I.Bahronova
Do'stlaringiz bilan baham: |