O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
“ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA” FAKULTETI
“METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH” KAFEDRASI
HISOBOTI
ILMIY AMALIYOT
Guruh: 61M-20
Topshirdi: Isroilova Shohsanam
Qabulqildi: Ismatullaev P.M.
Toshkent 2022
Mundarija
Kirish …………………………………………………………….…….2
O’lchash usullari…………………………………………..……….4
O’lchash vositalari haqida tushuncha……………………….……7
Suv o’lchash qurilmalari……………………………………….…..9
Suv hisoblagichlarini qiyoslash haqida ma’lumotlar…………….11
Suv hisoblagichlarining turlari……………………………………14
Xulosa ……………………………………………………………….…17
Adabiyotlar ro’yxati……………………………………………….…..18
Kirish
O‘lchash - har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir.
O‘lchash solishtirish, anglash, aniqlash jarayonida o‘lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi.
O‘lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo‘lmasin).
Oʻlchashlarning bir xilligiga erishish uchun qoʻllaniladigan barcha oʻlchash vositalari toʻgʻri darajalanishi va ularni davriy qiyoslash yoki kalibrlashdan oʻtkazish lozim. Buning uchun kattaliklar birliklarining etalonlari — oʻlchash vositalari, kattaliklar birliklarini asliday qaytarish va ularning oʻlchamlarini boshqa oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan barqarorligi yuqori va aniq maxsus texnik vositalar qoʻllanilgan. Etalonlar yordamida kattaliklar birliklarini qayta tiklash usullarini va ularning aniqligini oshirish yoʻllarini, shuningdek, birliklar oʻlchamlarini oʻtkazish usullari (qiyoslash uchullari) ni ham oʻrganadi. Qonunlashtiruvchi davlat tomonidan aniq belgilanishi va tekshirilishi talab qilinadigan, oʻlchashlar va oʻlchash vositalarining bir xilligigaerishish bilan bogʻliq masalalarni koʻradi. Davlatlarda oʻlchashlar bir xilligini talab etiladigan darajada taʼminlash va saqlab turish uchun boʻyicha milliy idoralar tomonidan boshqariladigan metrologik xizmatlar tashkil etiladi.
O‘lchashlarning yagona birliklari – o‘zaro manfaat keltiradigan xalqaro munosabatlar asosining zarur elementi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan, boshqa chora-tadbirlar bilan bir qatorda, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlariga xorijiy investitsiyalar faol jalb etilishini ko‘zda tutadigan “iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” mamlakatni rivojlantirish zamonaviy bosqichining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. O’zbekiston jaxon iqtisodiyoti birlashmasiga chuqur integratsiyasi tomon yo‘l olib, mamlakatning Butunjaxon savdo tashkilotiga (BST-VTO) kirishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan faoliyat faollashmoqda. Barcha xalqaro savdo va iqtisodiyot faoliyati tomonlarining, ularning har biri bilan bajariladigan sinov va o‘lchash natijalariga qat’iy ishonchi va shu natijalarning o‘zaro e’tirof etishi BST-VTO prinsiplaridan biri hisoblanadi. O‘lchashlar birliligi – o‘lchash natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalangan, shu natijalarning aniqlik tavsiflari esa ma’lum ehtimollik bilan belgilangan chegaralarda bo‘lgan o‘lchov holati bunday o‘zaro ishonchning majburiy shartidir. Faqat o‘lchashlar birliligi har xil vaqtda va har xil joylarda bajarilgan o‘lchash natijalarini solishtirishga imkon berib, tekshirish uchun bajariladigan, ko‘pincha narxi qimmat turadigan o‘lchashlar takroran o‘tkazilishining oldini oladi.
O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz qilish asosida bevosita o‘lchash obyekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jarayeni yordamida esa shu o‘lchash obyekti to‘g‘risida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat ba’zi matematik qayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o‘lchash natijasi) olinadi.
O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexaniq, issiqlik, akustik va x.k.
Hozirgi kungacha O’zbekistonda qo’llanishga ruxsat etilgan birliklar, ularning nomlari va belgilari, o’lcham birliklarining xalqaro belgilarini o’rnatib, O’z DSt 8.012:2005 O’zbekiston davlat standarti bilan reglamentlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |