XISOBOTI
Men Boqiyev Umidjon 01.11.2019 dan 07.12.2019 gacha bo’lgan amaliyot davrini Buloqboshi tumani 43-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida o’tkazdim. Amaliyot davrida 5-sinfdan 11 sinflargacha Informatika (IAT) darsini kuzatdim va dars o’tdim. Darslar juda qiziqarli hamda tushunarli bo’lishi uchun dars jarayonida turli ko’rgazmali qurollar, pedagogik texnologiyalar, taqdimotlar, testlar, pedagogik dasturiy vositalardan unumli foydalanishga harakat qildim. Amaliyot davrida maktab hayoti, o’qituvchilar faoliyati bilan tanishdim. Darsga qanday tayyorgarlik ko’rishni, konspekt yozishni, dars o’tish tartibini, tarqatma materiallar, test, taqdimotlarni tayyorlash va ulardan oqilona foydalanish yo’l-yo’riqlarini o’rgandim. Tarbiyaviy ishlarni bajarish uchun ishga Lobarxon Sotvoldiyeva biriktirildi va ishga pedagogik yordam berdi.
Men amaliyot davrida o’qituvchilik kasbining juda ham mashaqqatli ekanligini, bu kasbni egallash uchun sabr toqatli, izlanuvchan va doimo o’z ustida ishlash kerakligini hamda bolalarni sevish zarur ekenligini his qildim. Mening pedagogik amalyotim qiziqarli va mazmunli o’tdi.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |