Informatika va raqamli texnologiyalar fanidan Amaliyot mashg’ulotini berilgan savollar orasidan jurnaldagi tartib raqamiga mos ravishda topshiriq tanlab olinadi va bu mashg’ulot uchun amaliy mashg’ulot hisobotini tayyorlash kerak bo’ladi.
==========================================================
HISOBOT QUYIDAGI TARTIBDA TOPSHIRILADI.
1. Titul varaqasi: fan nomi; ish mavzusi va raqami; talabaning familiyasi, ismi va otasining ismi; bajarish vaqti.
2. Ishdan maqsad: Masalani qo’yilishi, talaba o’z masalasini keltiradi
3. Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy malumot: masalani yechimini izlash uchun o’rganilgan ma’lumotlarning bayoni.
4. Kerakli jihozlar: talaba foydalangan texnik va dasturiy vositalar.
5. Ishning bajarish tartibi: talaba o’z topshirig’ini turli manbalardan ma’lumot izlab, manba nomini ko’rsatishi, jarayon uchun (komentariya) tavsif yozishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |