XOM IPАKNI QO`ShIB EShISh TEXNOLOGIYaSI
Qo’shib eshish dastgohlari 2 tadan to 8-12 tagacha iplarni qo’shib ipni har bir metriga 30 tadan to 650 va 3200 tagacha buram beradi. Dastgohlar bir biridan ba`zi bir mexanizmlarini qismlari konstruktsiyasi bilan farq qiladi.
Bu dastgohlarda eshish mexanizmi urchuq, xalqa va yugurdak. Bu mexanizmlar kerakli Z va S yo’nalishli buram berishni ta`minlab, chiqayotgan g’altakka (pakovkaga) iplarni o’raydi.
G’altakka o’ralayotgan iplarni o’ralish shakli, o’rash mexanizmini konstruktsiyasiga bog’liq bo’lib, tsilindrsimon, butilkasimon va ikki cheti konusli, o’rta qismi tsilindrsimon bo’lishi mumkin. TK-2, TK-136-ShL, TK-3I, TKM-8, MT SW D/T va shunga o’xshash dastgohlarda xalqani turi vertikal to’siqligi qo`llaniladi, yugurdakni turi esa quloqsimon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |