Hisobot amaliyot joyi mis eritish zavodi “CK4” sexi Talaba Nazirov Otabek Xolmurotovich Amaliyot raxbari Korxonadan



Download 0,95 Mb.
bet3/12
Sana01.01.2022
Hajmi0,95 Mb.
#296790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nazirov otabek xisobot

2.Qo’shimcha adabiyotlar:

11. N. A. Parpiev , H. R. Rahimov Muftaxov, A.G. «Anorganik kimyo nazariy asoslari »,T., O’zbekiston, 2000y.

2. Q.Axmerov, A.Jalilov, R. Sayfuddinov «Umumiy va anorganik kimyo». T., O’zbekiston, 2003y.

3. Q. Ahmerov, A. Jalilov, R. Sayfuddinov, « Umumiy va anorganik kimyo». T. O‘zb, 2006.

4. X.X. Muhiddinov. «Kimyo». T. TDTU, 2005

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati — O'zbekistonda rangli metallurgiya sanoatining yirik korxonasi. Kombinat 2 majmuadan — qo'rg'oshin-rux (Qo'rg'oshinkon, Oltintopgan, Sardoba va Chalata konlari, qo'rg'oshin-rux boyitish fabrikasi va rux zavodi) hamda mis eritish majmuasidan (Qalmoqqir koni, mis boyitish fabrikasi, mis zavodi)dan iborat.

Korxona tomonidan Qurama tog’laridagi polimetalli rudalarning boy zaxirasini keng ko’lamda o’zlashtirish maqsadida kon-qurilish ishlari 1949-yildan boshlangan edi. 1950-yilda qo'rg'oshin koni, 1954-yilda qo'rg'oshinrux boyitish fabrikasi, 1955-yilda Oltintopgan koni qurib bitkazildi. 1961-yilda mis-molibden ruda boyitish fabrikasi, 1964-yilda miss eritish zavodi, 1970-yilda rux zavodi, 1971-yilda Chalata koni, 1974-yilda Sari-Cheka kareri ishga tushirildi. Olmaliq konmetallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati obʼektlarini rivojlantirish 80-yillarda ham faol davom ettirildi. 1999-yildan kombinat ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

K-tda qazib chiqariladyotgan rudalar tarkibidan 13 ta kimyoviy elementlarni ajratib olib mis va mis buyumlar, rux, kadmiy, oltin, kumush, qo'rg'oshin, sulfat kislotasi, mis va molibden konsentratlari, selen, tellur, mis va rux kuporosi kabi mahsu-lotlar ishlab chiqariladi. Korxona bo’linmalarini „Svedala“ (Shvetsiya), „Varmon“ (Germaniya), „Integra Gro-ur“ (Amerika), „Mexanabr-Injiniring“ (Rossiya) va boshqa ilg’or firmalarning zamonaviy asbobuskunalari bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda. Kombinatt mahsulotlari chet mamlakatlarga eksport qilinadi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida modernizatsiya ishlari jadal davom etmoqda

O'rta Osiyodagi yirik sanoat korxonasi sanalgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Mis eritish zavodi 1963-yilda ishga tushgan bo'lib, rangli va nodir metallar ishlab chiqarish bo'yicha O'zbekistondagi yagona zavoddir. Mazkur zavod bugungi kunda mis katodi, sulfat kislotasi, mis kuporosi, molibden kuyindisi, perrenat ammoniy, emallangan mis simlari, selen, tellur, palladiy, affinajlangan oltin, affinajlangan kumush hamda suyultirilgan kislorod kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Hozirga qadar korxonada qator modernizatsiyalash ishlari amalga oshirilib, metallni eritish va undan mahsulot olish

jarayoniga zamonaviy texnologiyalar joriy qilib kelinmoqda.

Xususan, qator sexlarda ma'nan va jismonan eskirgan uskunalar yangisiga almashtirildi. Metallurgiya sexida yangi Vanyukov pechi qurildi, havo taqsimlash sexida kislorod bloki almashtirildi , yangi sulfat kislota sexi barpo etildi.

Zavod direktori Baxtiyor Vaqqosovning so'zlariga ko'ra, mis eritish texnologiyasi yildan yilga rivojlanib, yangi texnologiyalarning amaliyotga tatbiq etilish jarayoni jadal davom etmoqda

.

“Mis ishlab chiqarish jarayonida turli xil zararli gazlar ajralib chiqadi, biz ulardan sulfat kislotasini olamiz. Qancha ko'p sulfat kislotasi ishlab chiqarilsa, atrof-muhitga zaharli gazlarning tarqalishi shuncha kamayadi. Ana shu maqsadda 2015-yilda Germaniya texnologiyasi asosida yangi sulfat kislotasi sexini ishga tushirdik. Natijada 2020-yilgacha sulfat kislotasi ishlab chiqarish unumdorligi ikki barobarga oshib, 688 179 tonnaga yetdi. Hozirda Mis eritish zavodi mamlakatimizning sulfat kislotasiga bo'lgan ehtiyojining 80 foizdan ortig'ini ta'minlab kelmoqda”, – deydi Baxtiyor Vaqqosov.

Qayd etish joiz, sanoat korxonalarida ishlab chiqarish ortgani sari undan ajralib chiqadigan gaz miqdori ham mos ravishda ko'payib boradi. Natijada ularning atrof-muhitga bo'lgan ta'sirini kamaytirish masalasi kun tartibiga chiqadi. Mis eritish zavodida ham bu borada qator chora-tadbirlar olib borilmoqda. Masalan, 2020-yilda zavodning gazlarni changlardan tozalaydigan elektrofiltrlari joriy ta'mirlandi. Joriy yilda ham bu jarayon davom etyapti.

Zavod direktorining ta'kidlashicha, hozirda atmosferaga ajralib chiqayotgan gazlarni kamaytirishga qaratilgan yirik loyihalarning dastlabki bosqichi boshlab yuborilgan. Loyiha doirasida 2021-2023-yillarda Mis eritish zavodida oltingugurt oksidini qayta ishlab, sulfat kislota ishlab chiqarish hajmini 800 ming tonnagacha yetkazish ko'zda tutilgan.

OKMKda ishlab chiqarilayotgan sulfat kislotasi nafaqat ichki bozorga yetkazib berilyapti, balki xorijga, jumladan, ko'shni Qozog'istonga ham eksport qilinmoqda. Sababi jahon bozorida mazkur xom ashyoga bo'lgan ehtiyoj tobora ortib boryapti. Xususan, 2019-yilda 664 ming 402 tonna, 2020-yilda 688 ming 179 tonna sulfat kislotasi ishlab chiqarilib, reja 102,5%ga bajarilgan. Shunga mos ravishda 2020-yilda 100 ming tonnagacha sulfat kislotasi eksport qilingan. Joriy 2021-yilda esa sulfat kislotasi eksportini 130-140 ming tonnaga yetkazish ko'zda tutilmoqda.

Davlat raxbari tomonidan qo'llanib kelinayotgan "Yoshlik 1 konini o'zlashtirish" investitsiya loyixasi doirasida yangi ikki bosqichli Mis eritish zavodi loyihasi amalga oshirilib, 2024-yilda uning 1-bosqichi, 2028-yilda esa 2-chi bosqichi ishga tushiriladi. Mazkur zavod ishga tushgach ishlab chiqarish quvvatlari bir necha barobarga ortadi, xom ashyolardan kompleks foydalanish imkoniyati kengayadi.

Bundan tashqari, loyiha rangli va qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va atrof-muhitga chiqarilayotgan texnologik gazlar, texnogen chiqindilarni bartaraf qilishga yo'naltirilgan. Yirik loyiha doirasida yangi zamonaviy metallurgiya agregatlari, mis elektrolizi sexi, sulfat kislotasi sexi, havo taqsimlash sexi, texnogen chiqindilarni qayta ishlash korxonasi barpo etiladi.



Bu kabi loyihalarning ahamiyatli jihati shundaki, ular to'liq ishga tushgach atrof-muhit uchun zararsiz, xalqaro standartlarga javob beradigan ulkan majmua yuzaga keladi.

“Biz metallurglar jamoasi nafaqat Mis eritish zavodi, kombinatning barcha korxonalari kelajakda yangi texnologiyalar asosida samarali faoliyat olib borishiga ishonamiz va albatta, bunga erishamiz. Asosiy maqsadimiz ham shu”, – deya qo'shimcha qildi zavod direktori.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida yildan yilga o'sib borayotgan ishlab chiqarish ko'rsatkichlari uni muntazam zamon talabiga moslab borishni taqozo etadi. Bu yerda modernizatsiyalash ishlari yakunlangach uning mamlakat iqtiqodiyotiga qo'shayotgan hissasi yanada oshishi shubhasiz

Respublika umumiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlarining o`sish dinamikasida YaIMning muhim qismi bo`lgan sanoatning o`sishi alohida ahamiyatga egadir. O`sish sur`atini saqlash butun ishlab chiqarish sikliga kompleks va innovasion yondashuvni talab etadi. Xomashyoni qayta ishlashga kompleks yondashuv mineralogik xomashyoning dastlabki shakli va tuzilishidan emas balki sanoat chiqindilaridan foydalanishni, ya`ni ulardan qimmatbaho komponentlar olishni talab qiladi.

“Olmaliq KMK” AJda ham texnogen chiqindilarni qayta ishlash, ulardan foydalanish va yo`q qilish bo`yicha butun sanoat sikli shakllantirilgan.

Ishlab chiqarish rejalariga muvofiq shlak ag`darmasining o`rtacha yillik o`sishi 800-900 ming tonnani tashkil etadi. Hisobot davri uchun 1964-yildan boshlab ag`darmani shakllantirilganini inobatga olgan holda 2020-yil 1 avgust holatiga ko`ra, shlak zahirasi 7,9 mln. tonnani tashkil etadi.

So`nggi yillarda “Olmaliq KMK” AJ da ishlab chiqarishning keskin o`sishi va sanoat chiqindilarini qayta ishlash bo`yicha innovasion texnologiyalarni joriy etilishi kuzatilmoqda, xususan, 2-sonli Mis boyitish fabrikasida (MBF-2) shlakni qayta ishlash yiliga 650 ming tonnani tashkil etmoqda. Ushbu texnologik sikl amalda chiqindilarsiz hisoblanadi, chunki boyitish fabrikasida shlaklarni qayta ishlash vaqtida keyinchalik mis konsentratini olish uchun mis birikmalari jalb qilinadi va ishlab chiqarish chiqindilari sement ishlab chiqarishda qo`shimcha temir moddasi sifatida qo`llash maqsadida sement zavodlariga yuboriladi. Boyitish fabrikasida shlaklarni qayta ishlash jarayoni xomashyo uchun ma`lum harorat parametrlarini talab qiladi, shuning uchun suyuq shlaklar sovutish va undan keyinchalik qayta ishlashda foydalanish maqsadida shlak ag`darmalaridagi maxsus ariqlarga quyiladi.

Shuningdek, bizning Filial “Olmaliq KMK” AJning texnogen chiqindilarni keyinchalik qayta ishlash bo`yicha turli loyihalarida ishtirok etadi. Masalan, 460 million so`mlik xo`jalik shartnomasi asosida ishlab chiqarishning texnogen chiqindilaridan rangli, qimmatbaho va noyob metallarni ajratib olishning innovasion texnologiyasi ishlab chiqilmoqda. Janubiy Koreyaning “SEBINE Technology” kompaniyasi, “KITECh” ilmiy-tadqiqot instituti va “KEIMYuNG UNIVERSITY” bilan hamkorlikda “Olmaliq KMK” AJ texnogen chiqindilarini kompleks qayta ishlash loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Ta`kidlash joizki, “Olmaliq KMK” AJ har yili O`zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qo`mitasi hamda Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi tomonidan tasdiqlash uchun texnogen chiqindilarning holati va tarkibi bo`yicha hisobot hujjatlarini tayyorlaydi. Ushbu davlat qo`mitalari shlak ag`darmalarida shlaklarni saqlash sharoitlarini avtonom nazorat qiladi va monitoringini olib boradi.

Sulfat kislota kimyo sanoatini ko'p tonnalik asosiy mahsulotlaridan biridir. Sanoatda bir necha nav H2SO4 chiqariladi va ular o'zaro konsentratsiyasi va aralashmalari bilan farq qiladi. Asosiy qism – texnik kontakt kislota (H2SO4 ning miqdori 92,5%), aralashmalarining miqdori kam bo'lgan akkumulyator kislotasi (H2SO4 92% - 94%), oleum (SO3 – 19% - 24%) va minora usulda olingan kislota (H2SO4 – 75%) ko'rinishda chiqariladi. Ularning xossalari va undan kelib chiqqan ishlatish sohalari kengligi uchun sulfat kislotasini ishlab chiqarish yaxshi rivojlangan.

Xossalari. Suvsiz sulfat kislota (monogidrat) H2SO4 – og'ir, moysimon qiyin qaynaydigan suyuqlik, suv bilan har qanday nisbatda aralashadi va bunda ko'p miqdorda issiqlik chiqadi. Konsentrlangan H2SO4 ning 0⁰C dagi solishtirma og'irligi 1,85 gg'sm3 ga teng, 304 ⁰C da qaynaydi va 100 da muzlaydi. Sulfat kislota moysimon bo'lgani uchun u ba'zan kuporos moyi deb ham ataladi. Bu nom temir kuporosi qattiq qizdirilib, sulfat kislota hosil qilingan vaqtdan beri saqlanib kelinmoqda.

Toza sulfat kislota rangsiz, texnikaviy sulfat kislota esa undagi turli qo'shimchalar hisobiga qaramtir bo'ladi.

Ishlatilishi. Sulfat kislota xalq xo'jaligida hamma tarmoqlarda keng qo'llanilmoqda va uning ishlab chiqarish miqdori uzluksiz ortib bormoqda.

Sulfat kislota mineral o'g'itlar – superfosfat va ammoniy sulfat ishlab chiqarishda ayniqsa ko'p ishlatiladi. Masalan, suvsiz bir tonna superfosfat (ftorapatitdan) olish uchun 600 kg 65% li sulfat kislota sarflanadi.

Suyuq yoqilg'ilarni qayta ishlash, ya'ni kerosin, parafin, surkov moylari hamda, to'yinmagan uglevodorodlarni oltingugurtli birikmalardan tozalashda ko'p miqdorda sulfat kislota ishlatiladi.

Sulfat kislota ko'pgina organik sintezlarda keng qo'llaniladi. Masalan, organik birikmalarni sulfatlab sulfokislotalar, ionitlar, turli bo'yoqlar olinadi. Bundan tashqari, sulfat kislota nitrolash reaksiyasi bilan nitrobenzol, nitrotsellyuloza va nitrolitserin olishda suvni tortib oluvchi birikma sifatida ishlatiladi.

Olinish usullari. Sulfat kislota dastlab XIII asrlarda olina boshlangan. U vaqtda temir kuporosini (FeSO4) termik qayta ishlab H2SO4 olingan. Xozirgi vaqtda sulfat kislota asosan, ikki usul: nitroza va kontakt usullar bilan olinadi. Nitroza usuli 200 yildan beri ma'lum, kontakt usuli esa XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida sanoat tomonidan o'zlashtirilgan bo'lib, nitroza usulini siqib chiqarmoqda.

Ikkala usulda ham avval oltingugurtdan yoki oltingugurtli birikmalardan sulfit angidrid – SO2 olinadi, so'ngra bu gaz sulfat kislotaga aylantiriladi. Buning uchun sulfit angidrid (SO2) ni kislorod ishtirokida oksidlab sulfat angidridga (SO3) o'tkaziladi. Bu jarayonni tezlatish maqsadida katalizatorlardan foydalaniladi. Katalizator sifatida azot oksidlari (sulfat kislotadagi eritmasi) ishlatilsa nitroza usuli, qattiq katalizatorlar ishlatilsa kontakt usuli (SO2 ning katalizator bilan kontakti) bo'lib hisoblanadi.

Nitroza usulida oksidlanish, asosan, suyuq muhitda va to'ldirgichli minoralarda olib boriladi. Shuning uchun ko'pincha bu usul minorali usul deb yuritiladi. Bunday usul bilan suyultirilgan 70 –77% li hamda turli qo'shimchalar bilan aralashgan sulfat kislota olinadi, u asosan mineral o'g'itlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Kontakt usulda sulfat kislota olishda qattiq katalizatorlar ishlatiladi,hozir bunday usulda sulfat kislota ishlab chiqarish ancha takomillashgan bo'lib, olinayotgan kislota juda toza va konsentratsiyasi kuchli bo'ladi. Kontakt usulida ishlab chiqarilayotgan sulfat kislotaning tannarxi nitroza usulidagiga qaraganda bir oz qimmat bo'lishiga qaramasdan, hozir ishlab chiqarilayotgan sulfat kislotaning 70% i kontakt usuli bilan olinadi.

Demak, ikkala usul ham o'z mohiyatiga ko'ra bir xil bo'lib, faqat SO2 ni SO3 ga o'tkazish yo'lining ikki xilligi bilan farq qiladi.

Sulfat kislotasini ishlab chiqarishdagi asosiy jarayonlarni pog'onama – pog'ona ko'rib chiqib, so'ngida umumiy sxemasini muhokama qilamiz. Yo'l – yo'lakay bu ishlab chiqarishning asosiy masalalari bo'lgan xomashyo masalasi, reaksiyalar issiqlik effektidan umumiy foydalanish va tashqi muhitni muhofaza qilishdagi ko'rilayotgan choralarga ham ahamiyat berishga harakat qilamiz.


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish