Suv isitish qozoni Kvr-2.0K
Qozondagi suvning hajmi-280
Isitiladigan joyning hajmi-m2-2000
Suvning nominal bosimi-0,2MPa
Sadok- baliqchi fermer xo’jaligida qo’llaniladi,xovuzdagi baliqni yetishtirish uchun
Ishchi zonasi:6000x6000
Uzunligi-7053
Eni-7053
Balandligi-1400
Og’irligi-470 kg
Imkoniyatlari
Bu dastgohlar markazlarda yuqori aniqlikda detallarni ishlov berishga mo’ljallangan.
Bu dastgohlarda 1500 mm gacha bo’lgan uzunlikdagi aylanish detallarni tashqi va ichki yuzalarini tekis, pog’onali , profilli, konussimon shaklda , hamda en yuzalari ishlov berish imkoniyatlariga ega.
Raqamli indikatsiya qurilmasi,ishlov beruvchi asbobni detalga tekkazishda ovozli nazorat qurilmasi, kesuvchi toshni dinamik muvozanatlash tizimi va boshqalar bilan jihozlash dastgohni texnologik imkoniyatlarini kengaytiradi va dastgohni mayda va o’rta miqdorda ishlab chiqarishning bor bo’lgan sharoitlariga moslashtirish imkoniyatini beradi. Dastgohni boshqarishning takomillashgan tizimi detallarni yuqori aniqlikda tayyorlash imkonini beradi.
Qaychilar , ushbu turdagi qaychilarda kesish mumkin bo’lgan metal listlarni qirqish jarayonida ushlab turuvchi “to’laqonli” xavoli ushlab turuvchi moslamaga ega. Metal listlarning qirqiluvchi qismi kesish jarayonida doimo ushlab turiladi va havoda osilib turmaydi, bu esa o’z navbatida listning sinib tushishiga va chala tayyor detalning oxirigacha kesilmasdan sinib tushishiga sabab bo’lmaydi.
Yoni qaychining foydali qirqish uzunligidan kichik bo’lgan listlarni qirqishda qaychi qirqish uzunligini boshqarish mumkin.
Dastgoh turli sig’imlarni tagliklarni yasash uchun mo’ljallangan. Dastgohda bajariladigan ishlar bir o’rnatilganda aniq o’lchamda tagliklarni avtomatik ravishda tayyorlash, chetlarini ishlov berish bilan ma’lum qolipga detalni butun yuzasi bo’ylab yoyish.
Boshqa usullardan ustunligi:
Faqat bir dastgohda tayyorlash mumkin
Yuqori imkoniyati,4 o’rinli almashinuvchi asbob ushlaguvchidan foydalangan holda tez sozlash
Yuqori darajada qolip shaklini olishga , sig’imlarni slindr qismi bilan yig’ishda oddiylik va aniqlik
Elektr o’lchovli shup orqali raqamli dastur bilan boshqarish orqali sifatni nazorat qilish
Qizdirmasdan diametri 3000mm gacha va qalinligi 15mm gacha bo’lgan tagliklarni shakllantirish
Dastgoh turli sig’imlarni tagliklarini yasash uchun mo’ljallangan.
Maxsus Profil bukuvchi dastgoh, profillarni bukushga mo’ljallangan bo’lib, bu dastgoh yordamida metaldan spiral ko’rinishidagi profillar ishlab chiqarish mumkin.
Neft-gaz sohasiga butlovchi qismlar tayyorlab beradigan korxonaga zamonaviy texnologiyalar keltirib o’rnatildi. Korxona rahbari Sharifjon Yo’ldashevning ta’kidlashicha , ishlab chiqarilayotgan muqobil isitish qozonlari, yuqori bosimga chidamli gaz sig’imi idishlari , gaz ballonlari ilgari valyuta hisobiga xorijdan keltirilar edi. Endilikda neft va gaz sanoati korxonalari uchun o’nlab turdagi butlovchi qismlar hamda tayyor mahsulotlarni ichkibozorga “Qo’qon mexanika zavodi” yetkazib bermoqda.
Shaxar hokimligining investitisiya bo’limi xodimlari shahrimizga kelgan Koreyaning Kongido viloyati ishlab chiqaruvchilar uyushmasi vakillarini investitsion salohiyatiga ega korxonalar bilan tanishtirdilar . Delagatsiya vakillari “Shaffof metan “ MCHJ , Qo’qon mexanika zavodi kabi bir qator korxonalarning imkoniyatlari bilan tanishdilar . Mehmonlarga investitsiya kiritish bo’yicha loyihalar va takliflar taqdim etildi.
Sovuq kunlarda aholi foydalanishi uchun suyultirilgan gazga bo’lgan ehtiyoj ortadi . “Qo’qon mexanika zavodi” AJ da mana shu talabdan kelib chiqib , turli hajmdagi gaz ballonlari ishlab chiqarilmoqda . Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bu yerdagi ishlab chiqarishlar bilan yaqindan tanishar ekan ,zavodning imkoniyatlari tog’risida ma’lumotlar berildi.
Innovatsiyalar – taraqqiyotning muhim omili ekanligini mazkur jamiyat rahbariyati yaxshi tushinadi. Shu sabab zamonaviy texnologiyalar olib kelib, yangi quvvatlarni ishga tushirish yuzasidan say-harakatlar amalga oshirilmoqda. 12 turdagi yangi mahsulotlar ishlab chiqarish o’zlashtirilyapti. Xozirda 400 ga yaqin yangi ishchi – xizmatchilar faoliyat olib borayotgan bo’lsa-da, bu raqamni yangi loyihalar ishga tushsa 900 ga yetkazish mumkin . Biroq, tajribali va yosh mutahasisilarga ehtiyoj bor.
Bu korxona imkoniyatlaridan foydalangan holda yoshlarimizni zamonaviy dastgohlarda ishlashi, o’rganishi bo’yicha bir necha xil yo’nalishda kasb-hunar o’rgatish markazi tashkil etish topshirig’I berilgan.
Xulosa
Sanoat ishlab chiqarish korxonalarini kengaytirish, qayta rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish maqsadida investitsiyalarni jalb etish va bu jarayonlarni takomillashtirish muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biri bu mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, yangi korxonalarni tashkil etish, ularda yangi texnologiyalarni qo‘llash orqali raqobatbardosh eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish, aholi bandligini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishdan iborat ekanligini belgilab berilgan. Xududlarda mehnat resurslariga nisbatan aholining tabiiy o‘sishi yuqori. Biroq ular ham hududlar, tarmoqlar va faoliyat doiralari bo‘yicha tekis taxsimlangan. Tashkil etilayotgan yangi korxonalar va ish joylari soni mehnatga layoqatli aholining o‘sish sur’atlaridan farq qiladi. Xo‘jalik aloqalarining uzilishi, bir qator ishlab chiqarish sabablaridan o‘sish sug‘urtalarining pasayishi, iqtisodiyotning tuzilmaviy o‘zgarishi, aholi bandligi sohasida muammolarni yanada keskinlashtirdi. Aholining bilim va malaka darajasi bozor munosabatlarining yuqori talablariga to‘liq javob bermay qoldi. Ayniqsa, yoshlarning ishga layoqatli qismida ish bilan ta’minlamaganlar soni o‘sib bordi. Muammoning echimi – bu ko‘proq mehnat talab qiladigan kichik va xususiy yangi ishlab chiqarish korxonalarni tashkil etish hisobidan yangi ish joylarini sonini keskin ko‘paytirish, bu yo‘l katta investitsiya vositalari va vaqtni talab etadi. Xususiy kapitalni aholining shaxsiy jamg‘armalarning maksimal jalb qilish, fuqarolarning shaxsiy tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab quvvatlash ularga qonunlar chegarasiga ko‘proq erkinliklar berish, shungidek;
- CHet el kapitalini jalb qilish, uning samarali faoliyat ko‘rsatish uchun sharoit yaratib (huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqalar) berish;
Xududlarda korxonalarni modernizatsiyalashtirish va kengaytirish orqali yangi ish joylarni yaratishga qaratilgan shaxsiy mablag‘lar jamg‘arish qismining ko‘payishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali ser mehnat sohalarni ko‘paytirishda, qo‘shimcha ish joylarini yaratish uzoq muddatli kreditlash
mablag‘larni ko‘paytirish, bank tizimidagi ishlarni faollashtirish. Korxona modernizatsiya qilish loyihalarini mahsulot tayyorlash hajmini ko‘paytirish, tovarlarni yangi turlarini o‘zlashtirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish uchun imkoniyatlarni kengaytirish. Buning uchun esa mahalliy xom-ashyolarni qayta ishlash jarayonida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish va faoliyat yuritayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, eskirgan texnologiyalarni zamonaviy talablarga javob beradiganiga almashtirish uchun maqsadli investitsiyalarni jalb etish. Ishlab chiqarish korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash yanada jadallashtirish, zamonaviy moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etishda, iqtisodiyotning keng tarmoqlaridagi, eksportga yo‘naltirilgan, mahalliylashtirilgan ishlab chiqarish hududlarida joylashgan tumanlarga imtiyozli xorijiy kreditlar, grantlar mablag‘larini tadbirlarini ishlab chiqarish. Yangi texnologiyalar joriy etilgan korxonalarda shaxsiy mablag‘lar hisobini, yoshlarning oliy va o‘rta maxsus ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv maskanlari tarmog‘ini kengaytirish;
Aholi bandlik darajasini ta’minlash orqali mehnatni qo‘llash darajasi doirasi kengayadi. Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmi ko‘payadi. Insonlarning yashash darajasi ko‘tariladi. Jamiyatdagi ijtimoiy tanglik pasayadi. Aholi bandligini ta’minlashda yangi tashkil etilgan sanoat korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi muhim ahamiyatga egadir. Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’min etilganligini tahlil etishni korxonani ijtimoiy rivojlantirish rejasini bajarilish holatini o‘rganish bilan bog‘liq ravishda quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- Xodimlar malakasini oshirish;
- Xodimlarning mehnat sharoitini yaxshilash va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
- Ijtimoiy-madaniy va uy-joy maishiy sharoitlarini yaxshilash;
- Mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy himoya qilinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |