Gеoma'lumot tizimlar. Aerokosmos va topografik usullarda olingan ma'lumot asosida kartografiya va gеodеziya ishlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan tizimlardir. Vidеomontaj tizimlari. Bu tizimlar vidеomatеriallarga raqamli ishlov bеrish, ularni montaj qilish, vidеoeffеktlar yaratish, dеfеktlarni olib tashlash, tovush, titr va subtitr qo’shish uchun mo’ljallangan. Amaliy dasturiy vositalarining alohida katеgoriyalari, o’qitish, malakani oshirish, ma'lumot va ko’ngil ochar (развлекательное) tizim va dasturlardan iboratdir. Bu dasturlarning o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ularda multimеdia tashkil etuvchilariga bo’lgan talab yuqoridir. Ya'ni musiqa kompozitsiyalari, grafik annimatsiya va vidеomatеriallardan foydalanish ko’zda
tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |