Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi va avlodlari



Download 0,63 Mb.
bet1/2
Sana23.04.2022
Hajmi0,63 Mb.
#577419
  1   2
Bog'liq
hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi va avlodlari 2 1


HISOBLASH TEXNIKASINING RIVOJLANISH TARIXI VA AVLODLARI





MUNDARIJA:
KIRISH
HISOBLASH TEXNIKASI TARIXI

  1. Abakka

  2. Elektron hisoblash mashinalarining (EHM) rivojlanish tarixi.

  3. Elektron hisoblash mashinalarining avlodlari.

HISOBLASH TEXNIKASI RIVOJIGA O’Z HISSASINI QO’SHGAN OLIMLAR
SHAXSIY KOMPYUTERLAR YARATISHGA BО‘LGAN URINISHLAR.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangidan yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bо‘lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har xil tо‘siqlarga duch keladi va shu tо‘siqlarni yengib о‘tish mobaynida yana yangi ixtirolar vujudga kelaveradi. Lekin, hayot tajribalaridan ma'lumki, kо‘pincha yangi kashfiyot ma'lum bir muammoni hal qilish jarayonida vujudga keladi.Biz sо‘zsiz kompyuterning XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri desak yanglishmaymiz.Davr talabiga kо‘ra bugunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib ketdi.Ma’lumotlarni boshqarish, ayniqsa, hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumotlarni boshqarish tizimlariga bо‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Bunga sabab barcha sohalarda biror bir qaror qabul qilish uchun katta hajmdagi ma’lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga tо‘g‘ri kelyapti. Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan jadal о‘zgarishlar uning bir qismi bо‘lgan informatika sohasiga ham о‘z ta’sirini kо‘rsatmoqda. Bu ta’sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bо‘layotgan о‘zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida о‘zgarib, rivojlanib bormoqda. Qisqa vaqt mobaynida axborot texnologiyalari sohasida juda katta yutuq va о‘zgarishlar amalga oshirildi. Yangi axborot texnologiyalarining yoki kompyuter texnologiyalarining paydo bо‘lishi bu sohadagi xizmat qilish uslubini tubdan о‘zgartirdi.


Komputerlarning yaratilish tarixiga nazar tashlasak, quyidagilarni esga olish mumkin. Insonlar qadim zamonlardan boshlab hisoblash ishlarida duch ke- linayotgan qiyinchiliklarni yengillashtirish ustida bosh qotirib, tinmay izlanib, asta- sekin bu muammoni echa boshlashgan. Dastlab, hisoblash quroli sifatida qо‘l bar- moqlaridan foydalanila boshlangan. Keyinchalik hisoblashni yog‘och tayoqchalari yordamida bajarishgan. Xitoy, Hindiston va Sharqning boshqa mamlakatlarida
sonlarni yozish va hisoblash ishlarini bajarish uchun qadimgi hisoblash asboblari- dan biri bо‘lgan abak hisoblash taxtasidan foydalanishgan.
A

bakka o‘xshash vosita boshqa xalqlarda
ham foydalanilgan bo‘lib, yaponlarda – serobyan, xitoylarda – suan-pan, ruslarda – cho‘t deb atalgan.

XVII asrda logarifm yaratildi va shundan keyin yangi hisoblash asbobi – logarifmik chizg‘ich kashf etildi. Ana shular bilan bir vaqtda Shikkard, Paskal va Leybnitslarning hisoblash mashinalari dunyoga keldi. 1642 yilda fransuz olimi Blez Paskal yaratgan jamlash mashinasi birinchi hisoblash mashinasi deb qabul qilingan. Undan sal kam 200 yil о‘tib, 1820 yili fransuz olimi Sharl de Kolmar sonlar ustida kо‘paytirish va bо‘lish amallarini bajaruvchi arifmometrni kashf etdi. Bu qurilma buxgalterlar stolidan о‘rin oldi. Mexanik arifmometr murakkab masalalarni yechadigan matematik mashinalarning paydo bо‘lishiga asos soldi [1, 10-11 p].


1833 yili ingliz matematigi Charlz Bebbij tomonidan ilmiy va texnik

hisoblarda ishlatiladigan hisoblash mashinalarini loyihasini yaratdi. Uning loyihasiga kо‘ra hisoblash mashinasi darsturiy boshqarilishi kerak edi. Hisoblash mashinasiga ma’lumotlarni kiritish uchun ma’lumot yо‘zilgan qattiq qog‘oz bо‘lagi – perfokartalardan foydalanishni taklif qilingan. Bu paytda perfokartalar tо‘qimachilik sanoatida ishlatilar edi. Perfokartalarga ma’lumotlar kodlangan holatda perforatorlar bilan kichik tо‘rtburchakli teshikcha qilish orqali kiritilishi kerak edi. Lekin yetarli darajada texnika bazasi bо‘lmaganligi tufayli Bebbidj bu ajoyib mashinani oxirigacha etkazishga muyassar bо‘la olmadi. Bebbijning bu g‘oyasi 19-asrga kelib amalga oshdi. 1888 yili amerikalik muhandis German Xollerit birinchi elektromexanik hisoblash mashinasini loyihalashtirdi. Bu mashina “Tabulyator” deb nomlanib, perfokartadagi ma’lumotlarni о‘qish va tartiblashtirish amallarini bajarardi.



Rasm 2.1. Perfokarta


1890 yili Xolleritning bu mashinasidan 11-amerika aholini rо‘yxatga olish jarayonida ishlatildi. Aholini rо‘yhatga olish jarayoni odatda 500 ta ishchi bilan 7 yil ichida bajarilardi. Xollerit mashinasi yordamida esa bu ish 43 ta ishchi va bir oy muddatda bajarildi.


1896 yil German Xollerit “Computing Tabulating Recording Company” nomli firma tashkil etdi. Hozirda bu firma dunyoga dong‘i taralgan mashhur “International Business Machines Corporation” – IBM korparatsiyasi nomi bilan yuritiladi. IBM korparatsiyasi kompyuter texnikaning rivojiga juda katta hissa qо‘shdi.

Ilmiy-texnik rivojlanishning keyingi davri 1940 yillarda yaratilgan birinchi hisoblash mashinalari bilan boshlandi. Nemis muhandisi Konrada Suze “Z1” deb nomlanuvchi birinchi dasturiy boshqariluvchi hisoblash mashinasini yaratdi.
Bundan tashqari rus olimlari V.Bunyakovskiy va P.L.Chebishevlar yaratgan qurilma hisoblash texnikasining taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Taniqli ingliz olimi Bebbidjning mexanik arifmometr yaratishi XIX asrning yana bir kashfiyoti bо‘ldi.
X
X asrning 30-40 yillarida ikkilik va о‘nlik sanoq tizimlardan foydalanib, elektromexanik relelar asosida dasturlanadigan hisoblash mashinalari yaratishga urinib kо‘rildi. 1944 yilda amerikalik muhandis Govvard Eytken “Mark 1” deb nomlanuvchi hisoblash mashinasini yaratd i.Bu hisoblash mashinasi katta xonaga
joylashgan va kо‘p miqdorda energiya iste’mol qilar edi. Bu mashina bilan elektromagnit elementlar bazasida hisoblash mashinalari yaratish imkoniyati uzil- kesil hal bо‘ldi.Lekin elektromexanik relelar yetarlicha tez ishlamas edi.
Bu mashinaning konstruktsiyasini tahlil qilish asosida amerikalik matematik J.Fon Neyman EHM yaratishning asosiy tamoyillarini, shu jumladan, ikkilik sanoq tizimidan foydalanish va dasturni tezkor xotirada saqlash tamoyillarini ilgari surdi.
1946 yili AQSh armiyasi buyurtmasi bilan birinchi keng mashtabli elektron hisoblash mashinasi ENIAK yaratildi. Uni amerikalik olimlar Djon Uilyam Mokli va Djon Presper Ekertlar yaratdi. Bu hisoblash mashinasining asosini vakuumli elektron lampalar tashkil etardi.Shuning uchun ularni elektron hisoblash mashinasi
– EHM deb ataldi. EHMda 17468 ta elektron lampa, 7200ta kremniydan tayyorlargan diodlar, 1500 ta rele, 70000 ta resistor va 10000 ta kondensatorlar ishlatilgan. Energiya sarfi 150kBt edi.Hisoblash quvvati esa sekundiga 300 kо‘paytirish amalini, 500 qо‘shish amalini bajarar edi.Ogirligi 27 tonnani tashkil etardi. ENIAKdan asosan ballistik jadvallarni hisoblashda, obi-havo ma’lumotlarini oldindan aytib berishda, atom energetikasi, aerodinamika va kosmos tadqiqotlari hisob kitoblarini bajarishda foydalanilar edi [1, 83 p].
Sobiq ittifoqda elektron sanoq mashinasi akademik. Sergey Alekseyevich Lebedev rahbarligida 1951 yili Ukraina FA "Elektronika" institutida yaratildi va MESM (kichik elektron sanoq mashinasi) deb nom oldi. 1954 yili aniq mexanika va hisoblash texnikasi institutida S.A. Lebedev rahbarligida BESM (Katta elektron sanoq mashinasi) yaratildi, u 2048 ta xotira yacheykasiga ega bо‘lib, sekundiga 9 ming amalni bajarar edi. Usha vaqtda "BESM" jahondagi eng tezkor mashina edi.
EHMlar qisqa vaqt ichida juda katta rivojlanishni boshidan kechirdi. Shuning uchun EHMlarning rivojlanish taraqqiyotida ularni avlodlarga ajratish qabul qilingan bо‘lib, bu avlodlarning har biri EHMlarni asosini tashkil etuvchi elementlarning tayyorlanish texnologiyasi, jihozlarining parametrlari, shuningdek hal etadigan masalalari va dasturi bilan ajralib turadi.
Hisoblash qurilmalari tarixi bir necha asrni o'z ichiga oladi. Quyida bu tarixning eng salmoqli voqealari va uning ishtirokchilari haqida so'z yuritiladi.
Eramizning 500 yillari. Cho't (abak) – ipga tortilgan toshchalardan tuzilgan qurilma ixtiro qilindi.
Xorazmda 783 yilda tug'ilgan buyuk astronom, matematik va geograf Muhammad ibn Muso al-Horazmiy dunyoga keldi. Al-Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Bular arifmetika sohasi bo'yicha "Qo'shish va ayirish haqida qisqacha kitob”, geografiyaga oid ”Kitob surat-ul-arz asari va astronomiyaga oid: "Zij”, "Usturlab bilan ishlash haqida kitob”, "Ustulab yasash haqida kitob”, Ustulab yordamida azimutni aniqlash haqida”, "Kitob ar-ruhoma”, "Kitob at-ta’rix”, "Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola” asarlaridir. Al-Xorazmiyning arifmetik rosolasi XII asrda Kastliya (Ispaniya)da lotin tiliga tarjima qilingan. Bu tarjimaning XIV asrda ko'chirilgan yagona nusxasi qo'lyozmasi Kembrij universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Risola "Dixit Algoritmi” iborasi bilan boshlanadi. Asarda Xorazmiy to'qqista hind raqamining sonlarini ifodalashda eng qulayligi va ular yordamida har qanday sonni qisqa, osonlik bilan yozish mumkinligini tushintirgan.
A
l-Xorazmiy hind raqamlari asosida o'nlik (pozitsiyali) vaziyat tizimida sonlarning qanday yozilishini batafsil, juda tushunarli qilib bayon etgan. Ayniqsa, nol (0) ishlatishning ahamiyati haqida tushuncha berib, nolni yozmaslik natijaning xato chiqishiga olib keladi, degan.
Shuni eslatib o'zmoqchimiski, o'sha davrda butun Yevropa davlatlari tizimida faqat murakkab rim raqamlari ishlatilar edi. Al-Xorazmiyning yangi raqamlarni ishlatilishi metemetika, kibernetika kabi fanlarining rivojlanishiga asos bo'ldi, chunki bu yangi ixtiro matematika fanida ilk qadam bo'lib, yevropaliklargina emas, baiki butun jahonda boshqa fanlarni rivojlantirishga birinchi qadam, yo'llanma edi.
Xorazmiyning bu arifmetik risolasi XII asrdayoq ilk bor Seviliyalik (Ispaniya) Ioann tomonidan ozgina qo'shimchalar kiritilib nashr qilingan. Keyinchalik Yevropa olimlari Xorazmiyning bu asarini qayta-qayta ishlaganlar, u asosida darsliklar yozgalar. Bu darsliklar "Algoritm kitobi” (Al-Xorazmmiy kitobi) deya nomlangan. Yevropada va boshqa jahon davlatlarida hind raqamlari arablar (Al-Xorazmiy) orqali o'tganliklari uchun, ular "arab raqamlari” deyishadi.
Xorazmiy bu asari haqida shunday yozadi: "Men arifmetikaning oddiy va o'rta murakkab masalalarini o'z ichiga oluvchi "Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqacha kitob”ni taklif qildim. Chunki meros taqsimlashda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda, adliya ishlarida, savdoda, har qanday bitimlarda va yer o'lchash, turli kanallar o'tkazishda amaliy geometriya va boshqa shunga o'xshash turli ishlarda kishilar uchun bu zarurdir”. "Algoritm kitobi” bilan al-Xorazmiy nafaqat fan tarixidan abadiy o'rin oldi, "Algoritm” iborasi keyinchalik butun hisoblash tizimini avtomatlashtirishga olib keldi. Ya’ni algoritm deganda biror maqsadga erishishga yoki qandaydir murakkab masalani yechishga qaratilgan ko'rsatmalar (buyruqlar)ning aniq tushunarli, chekli hamda to'liq tizimi tushuniladi. Dastlab algoritm tushunchasi o'nlik sanoq tizimidagi solar ustida turli arifmetik amallar bajarish qoidalarini ifodalagan. Xorazmiyning algebraik risolasining to'liq nomi "Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala”. Bu nomdagi "Aljabr” so'zi keyinchalik lotincha "algebra” bo'lib, Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomi bo'lib qoldi. U kvadrat tenglamalar va boshqa tenglamalar turlarini aniq misollar bilan tushintirgan.
1614 yil. Shotlandiyalik Jon Neper logarifmni ixtiro qildi. Ko'p o'tmay R. Bissakar logarifmik lineyka yaratdi.

1642 yil. Fransuz olimi Blez Paskal mexanik qurilma – arifmetik mashina yasashga kirishdi. Bu qurilma oddiy arifmetik amallarni bajarar va sonlarni "eslab” qolardi.
1804 yil. Fransuz muxandisi Jakkar avtomatik to'quv dastgohlarini boshqarish maqsadida perfokarta ixtiro qildi.
1834 yil. Angliyalik olim Charlz Bebbidj ma’lumotlarni kiritish va chiqarish, sonlarni eslab qoluvchi, arifmetik amallarni bajara oladigan va mashinaning ishlashini boshqaradigan qurilmalarni o'z ichiga olgan "analitik” mashina loyihasini yaratdi. Loyiha amalga oshirilmay qoldi.
1876 yil. Angliyalik muxandis Aleksandr Bell hozirgi vaqtda juda ommalshib ketgan telefonni ixtiro qildi.

1890 yil. Amerikalik muxandis German Hollerit tomonidan perfokartaga kiritilgan ma’lumotlarni elektr toki yordamida "o'qiy” oladigan statistik tabulyator yaratildi. O'sha paytda tabulyator yordamida AQSh aholisini ro'yxatga olish ma’lumotlarini qayta ishlashda ishlatildi.
1892 yil. Amerikalik muxandis U. Berrouz birinchi tijorat summatorini ishlab chiqardi.
1897 yil. Angliyalik fizik J. Tomson elektron nurli trubka ishlab chiqdi.
1901 yil. Italiyalik fizik Gulelmo Markoni Yevropa va Amerika orasida radioaloqa o'rnatdi.
1904-1906 yillar. Elektron diod va triod ishlab chiqildi.

1936 yil. Alan Tyuring va E. Post bir-birlaridan xabardor bo'lmagan holda abstrakt elektron hisoblash mashinasi konsepsiyasini ilgari surdilar. Ular algoritmlash imkoni bo'lgan ixtiyoriy masalani avtomatlar yordamida yechish mumkinligini isbotlab berdilar.
1938 yil. Nemis muxandisi Konrad Suze birinchi mexanik kompyuterni yasadi.

1938 yil. Amerikalik matematik va muxandis Klod Shennon matematik mantiq asoslarini releli-tutashuv o'tkazish sxemalari analizi va sinteziga tatbiq mumkinligini ko'rsatib berdi.
1939 yil. Bolgar millatiga mansub amerikalik Jon Atanosoff ikkilik elementlariga asoslangan hisoblash mashinasi tajriba nusxasini yasadi.
1941 yil. Konrad Suze elektromexanik elementlarga asoslangan birinchi universal kompyuterni ixtiro qildi. U ikkilik hamda qo'zg'aluvchi vergulli sonlar asosida ishlar edi.

1944 yil. Amerikalik matematik Govard Ayken rahbarligida dastur yordamida boshqariladigan avtomatik hisoblash mashinasi – "Mark – 1” bunyod etildi. U elektro-mexanik relelar asosida qurilgan bo'lib, ma’lumotlarni qayta ishlash dasturi perfolenta orqali kiritilar edi.
1945 yil. Jon fon Neyman "Edvak” mashinasi haqidagi dastlabki hisobotida zamonaviy kompyuterlarning asosiy tashkil etuvchilari va ishlash prinsiplarini tavsiflab berdi
1946 yil. Amerikalik J. Ekkert va J. Mouchli "Ehiak” (Electronic Numerical Integrator and Computer) nomli birinch elektron raqamli kompyuter yasadilar. Unga 20 ming elektron lampa va 1,5 mingta rele ishlatildi. U "Mark – 1” dan ming barobar tezroq ishlab, sekundiga 300 ta ko'paytirish va 5000 ta qo'shish amallarini bajarar edi.
1948 yil. Amerikaning Bell Laboratories firmasida fiziklar – Uilyam Shokli, Uolter Bratteyn va Jon Bardin tranzistor yaratishdi. Buning uchun ular Nobel mukofotiga sazovor bo'lishdi. 
1949 yil. Angliyada Moris Uilks rahbarligida xotirasida dastur saqlanadigan birinchi EDSAC kompyuteri yasaldi.
1957 yil. Amerikaning NCR firmasi tomonidan birinchi tranzistorli kompyuter yaratildi.
1951 yil. Kiyev shahrida Yevropa qit’asida birinchi 600 ta elektron lampaga ega kompyuter – MESM (малая электронная счетная машина – kichik elektron hisoblash mashinasi) yaratildi. Uni S.A.Lebedyev loyixalashtirdi.
1951-1955 yillar. Rossiya olimlari S.A.Lebedyev, M.V.Keldish, M.A.Lavrentyev, I.S.Bruk, M.A.Kartsev, B.I.Rameyev, V.S.Antonov, A.N.Nevskiy, B.I.Burkov va ular rahbarlik qilgan jamoaning samarali faoliyati tufayli Sovet Ittifoqi hisoblash texnikasi sohasida yetakchi davlatlar qatoriga chiqib oldi. Bu qisqa vaqtda muhim ilmiy-texnik masalalarni hal qilish, yadro energiyasini o'zlashtirish va koinotni tadqiq qilish imkoniyatini yaratdi.
1952 yil. S.A.Lebedyev rahbarligida Moskvada BESM-1 (большая электронная счетная машина – katta elektron hisoblash mashinasi) yasaldi. O'z davrida BESM-1 Yevropada eng samarador hisoblash mashinasi edi.
1955-1959 yillar. Rossiya olimlari A.A.Lyapunov, S.S.Kaminin, E.Z.Lyubimskiy, A.P.Yershov, L.N.Korolyov, V.M.Kurochkin, M.P.Shura-Bura va boshqalar "dastutlovchi dasturlar” – xozirgi translyatorlarning ajdodini yaratishdi. V.V.Martinyuk belgili kodlash tizimi – dasturlarni tuzish va tahrir qilishni tezlashtiruvchi vosita yaratdi.1955-1959 yillar. Dasturlash nazariyasi (A.A.Lyapunov, Yu.I.Yanov, A.A.Markov, L.A.Kalujin) va sonli yechish usullari nazariyasiga (V.M.Glushkov, A.A.Samarskiy, A.N.Tixonov) asos solindi. Fikrlash mexanizmi va genetik jarayonlar sxemasi, tibbiy kasalliklarni tashxis qilish algoritmlari modellashtirildi (A.A.Lyapunov, B.V.Gnedenko, N.M.Amosov, A.G.Ivaxnenko, V.A.Kovalevskiy va boshqalar).
1958 yil. Jek Kilbi (Texas Instruments firmasi) birinchi integral sxemani yaratdi.

1959 yil. S.A.Lebedev rahbarligida sekundiga 10 ming amal bajara oluvchi BESM-2 hisoblash mashinasi yaratildi. Kosmik raketalar va Yerning birinchi suniy yo'ldoshlarini uchirish bilan bog'liq hisoblash ishlari aynan shu mashinada amalga oshirildi.1959 yil. M-20 hisoblash mashinasi yaratildi (bosh konstruktor S.A.Lebedyev). U o'z davrining eng tezkor mashinalaridan biri edi (sekundiga 20 ming amal). Bu mashinada o'sha davr fan va texnikasining eng ilg'or sohalarini rivojlantirish bilan bog'liq ko'pgina nazariy va amaliy masalalar hal qilindi. M-20 asosida o'sha davr uchun eng tezkor, ko'pprotsessorli EHM – M-40 yaratildi (sekundiga 40 ming amal). M-20 lar o'rnini BESM-4 va M-220 (sekundiga 200 ming amal) EHM lari egalladi.


1959 yil. Algol dasturlash tili yaratildi. U uzoq vaqt dasturlash tillari sohasida standart bo'lib qoldi.
1961 yil. IBM Deutschland firmasi kompyuterni modem orqali telefon tarmog'iga ulashni amalga oshirdi.
1964 yil. IBM/360 – uchinchi avlod EHM larini ishlab chiqarish boshlandi.
1967 yil. S.A.Lebedyev rahbarligida sekundiga bir million amal bajara oladigan, dunyodagi eng tezkor EHM – BESM-6 ning ommaviy ishlab chiqarilishi tashkil etildi. Uning ketidan "Elbrus” – sekundiga 10 million amal bajara oladigan, yangi turdagi EHM ishlab chiqarildi. 
1968 yil. Intel firmasi tashkil etildi. Xozirda u mikroprotsessorlar hamda kompyuterning boshqa integral sxemalarini ishlab chiqarish sohasida dunyoda yetakchi o'rin tutadi.
1971 yil. Intel firmasi oddiy mix qalpoqchasidan katta bo'lmagan kristalga joylashgan 2250 ta tranzistordan iborat 4004 mikroprotsessorini ishlab chiqardi.
1973 yil. Ken Tompson va Denis Ritchi UNIX operatsion sistemasini ishlab chiqishdi.
1973 yil. IBM (International Business Machines Corporation) firmasi "vinchester” turidagi birinchi qattiq disk ishlab chiqardi.
1974 yil. Intel firmasi 4500 ta tranzistordan iborat 8080 – birinchi universal sakkiz razryadli mikroprotsessor ishlab chiqardi.
1974 yil. AQSh xarbiy xavo kuchlari yosh ofitseri, muxandis-elektonchi Edvard Roberts 8080 mikroprotsessori asosida Altair mikrokompyuterini yasadi. Altair tijoratda katta muvaffaqiyatga erishdi. Uni pochta orqali xarid qilib xonadonlarda ishlatishdi.1975 yil. Yosh dasturchi Pol Allen va Garvard universiteti talabasi Bill Geyts Altair mikrokompyuterida Beysik dasturlash tilini ishga tushurishdi. Keyinchalik ular Microsoft (Maykrosoft) firmasiga asos solishdi. Hozirda u dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi eng yirik firma hisoblanadi.
1975 yil. IBM firmasi lazerli printerlarni sotuvga chiqardi.
1976 yil. Talabalar Stefan Voznyak va Stiven Jobs garajda Apple-1 kompyuterini yasab, Apple korporatsiyasiga asos solishdi.
1979 yil. Intel firmasi 8088 mikroprotsessorini ishlab chiqdi.
1980 yil. Yaponiyaning Sharp, Sanyo, Panasonic, Casio kompaniyalari va amerikaning Tandy firmasi katta kompyuterlarning barcha asosiy xususiyatlarini o'zida mujassam qilgan birinchi cho'ntak kompyuterini sotuvga chiqardi.
1981 yil. IBM firmasi 8088 mikroprotsessori asosida tashkil qilingan IBM PC nomli birinchi shaxsiy kompyuterini ishlab chiqdi.
1
982 yil. Intel firmasi 80286 mikroprotsessorini ishlab chiqdi.
1983 yil. Apple Computers korporatsiyasi "sichqoncha” bilan boshqariladigan birinchi ofis kompyuteri – "Lisa” shaxsiy kompyuterini ishlab chiqdi.
1983 yil. Egiluvchan magnit disklari axborot tashuvchi standart vosita sifatida keng ko'llanila boshlandi.
1983 yil. Anders Xeylsberg ishlab chiqqan Turbo Pascal kompilyatori Borland firmasi tomonidan sotuvga chqarildi.
1984 yil. Sistema bloki displey va klaviatura bilan birlashtirilgan birinchi Laptop (tizzaga qo'yishga mo'ljallangan) tipidagi kompyuter ishlab chiqildi.
1984 yil. Sony va Phillips firmalari CD-ROM kompakt disklariga axborot yosish standartini ishlab chiqdilar.
1984 yil. Apple Compyuter korporatsiyasi operatsion sistemasi va yuqori saviyadagi grafik imkoniyatlari bilan foydalanuvchilar tomonidan tanilgan Macintosh kompyuterlari oilasiga mansub bo'lgan birinchi Macintosh kompyuterini ishlab chiqdi. Bu kompyuterlar MS-DOS operatsion sistemali IBM shaxsiy kompyuterlaridan anchagina ustun edi va shuning uchun juda ko'p millionli, ayniqsa nashriyot va ta’lim tizimida, muxlislariga ega bo'ldi
1985 yil. Intel firmasi 80386 mikroprotsessorini ishlab chiqdi.Texnologik jarayonlarni boshqarishda, operatsiya xonalari yoki tez yordam mashinalarida, raketa, samolyot va vertolyotlarda, suv ostida yoki murakkab holatlarda va xavfli vaziyatlarda maxsus kompyuterlar ishlab turibdi. Quyidagi kompyuter shular jumlasiga kiradi.
Ergotouch (Ergotach) kompyuteri alyuminiydan quyilgan butunligicha germetik qoplamali bo'lib, ishlatish vaqtida oson ochiladigan qilingan. Kompyuter qoplamasi elektromagnit nurlanishlarni deyarli to'liq yutadi. Uning ekrani qo'l tekkanini sezuvchan qilib ishlangan. Kompyuterni o'chirmasdan suv bilan yuvish mumkin. Shu sifatlari evaziga boshqarish va texnologik jarayonlarni kuzatib borish vositasi sifatida ishlatiladi.1989 yil. Amerikaning Poquet Computers Corporation firmasi Subnotebook sinfiga mansub Pocket PC kompyuterini ishlab chiqdi.
1993 yil. Intel firmasi Pentium mikroprotsessorini ishlab chiqardi.
Superkompyuterlar –
sekundiga kamida 100 megaflop
(1 megaflop - sekundiga million amal bajarish) amal bajaruvchi kuchli
kompyuterlardir. Ular o'ta tezkor deb ataladi. Bu kompyuterlar umumiy xotira va
tashqi qurilmali bo'lib, ko'pprotsessorli yoki ko'pmashinali komplekslar
sifatida tashkil etiladi. 
Asosiy portativ (qo'l) kompyuterlar quyidagilar:
Laptop (tizza kompyuteri: lap – tizza, top – ustiga). Tezligi va xotirasi jihatidan shaxsiy kompyuterlardan qolishmaydi.
Notebook (bloknot yoki yozuv daftarchasi). Og'irligi 3 –4 kg atrofida va kattaligi katta xajmdagi kitob o'lchamida bo'ladi. Ularga modem, CD-ROM va boshqa qo'shimcha qurilmalar o'rnatilish imkoniyati bor.Palmtop (palm – kaft) - eng kichik zamonaviy shaxsiy kompyuterlardir. Ular kaftga bemalol sig'adi. Ularda magnit disklar o'rnini mustaqil manbaali elektron xotiralar egallagan. Ularda oddiy kompyuterlar bilan axborot almashish aloqa tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. Agar Palmtopni doimiy xotirasini maxsus dasturlar paketi bilan to'ldirilsa, raqamli shaxsiy yordamchiga (Personal Digital Assistant) aylanadi.Ma’lumki, kompyuterlarni klassifikatsiyalash masalasi nisbiydir. Ishlab chiqarish texnologiyasi va strukturasining rivojlanishi sababli kompyuterlarning yangi sinflari ishlab chiqariladi va oqibatda mavjud sinflar orasidagi tafovut o'zgaradi. Kompyuter texnikasini turli klassifikatsiyasi mavjud. Masalan: 

Tezkor xotiraning
hajmi, baytda

101



102



104





105 - 107

Protsessorning ishlash tezligi (amal/сekundig
a)

104

106

107

108 - 109
kо‘p prosessorlik

Dasturlash tillari

Universal dasturlash tillari, translyatorla r (mashina
kodi)

Operatsion sistemlar, optimallashtiruvc hi translyatorlar (Assembler,
Fortran)

Yuqori darajali dasturlash tillari



Yuqori darajali dasturlash tillari

Foydalanish maqsadi

Ilmiy texnik hisoblar uchun



Texnik va iqtisodiy hisob- kitoblar



Boshqarish va iqtisodiy hisob- kitoblar

Tele- kommunikatsiy a axborot xizmati

Birinchi avlod mashinalari 1950-1960 yillarda ishlab chiqarilgan bо‘lib, asosiy tashkil etuvchilari elektron lampalar bо‘lgan. Bu EHMlar minglab lampalardan tashkil topib, kо‘plab elektr energiya sarfini talab qilgan, kо‘p miqdorda issiqlik ajratib chiqargan va katta joyni egallagan. Bu mashinalarning amal bajarish tezligi past, xotira sig‘imi kichik va tez-tez buzilib turgan. Dasturlar mashina kodida yozilgan. Dastur tuzuvchi о‘zi xotira yacheykalarini dastur orqali taqsimlagan. Birinchi avlod mashinalariga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: BESM-1, BESM-2, Strela, M-3, Minsk-1, M-20 va boshqalar.


Rasm 2.2. BESM-2 elektron hisoblash mashinasi
1960- yillarning boshlarida elektron lampalar о‘rniga yarim о‘tkazgichlar va ular bazasida yaratilgan tranzistorlar ishlatila boshlandi, bu esa mashinaning massasi, о‘lchovlari va iste’mol qiladigan energiya va issiqlik ajralishini keskin kamaytirish imkonini berdi. Yarim о‘tkazgichli mashinalar EHMning ikkinchi avlodi bо‘ldi va ularning ishlash ishonchliligi va tezligi ancha ortdi.
Bu avlodga mansub mashinalarning о‘ziga xos xususiyatlaridan biri ularning qо‘llanilish sohasi bо‘yicha ixtisoslash mumkinligidir. Bu mashinalarda qо‘yilgan masalalarni yechish uchun dasturlash tillaridan foydalanila boshlandi.

Rasm 2.3. PDP-8 nomli ikkinch avlod EHMi

EHMning ikkinchi avlodi 1960-1970 yillarni о‘z ichiga oladi. Ularga misol qilib qо‘yidagi hisoblash mashinalarni aytish mumkin: Minsk-2, Ryazan’, BESM- 6, Mir, Nairi, Minsk-22, Minsk-32 va boshqalar.


Uchinchi avlod mashinalari 1970-1980 yillarda yaratildi.Ishonchlilik, ixchamlik, ishlatishga qulaylik masalalari – EHMlar elementlar bazasini tayyorlashning mutlaqo yangi texnologiyasi yaratilishiga sabab bо‘ldi. Elektron apparatlarning standart sxemalari va bloklari murakkab strukturali yarim о‘tkazgichli monolit kristallar shaklida tayyorlana boshlandi va ular integral
mikrosxemalar nomini oldi. Bu kichik integral sxemalar asosida tayyorlangan EHMlarning tezligi oshib sekundiga bir milliongacha amallar bajaradigan bо‘ldi.Tezkor xotira hajmi ham ancha kengayib, yuz mingtagacha sо‘zga yetdi. Uchinchi avloda EHMlari fan va texnika sohasida keng qо‘llana boshlandi. Uchinchi avlod mashinalari xarakterli tomonlaridan biri EHMlar arxitekturasida katta siljish bо‘lganligidir.Bundan tashqari dasturiy ta’minoti rivojlandi, inson bilan EHM о‘rtasida qulay muloqot tashkil etildi. Bu avvalo, tashqi qurilmalarning – alfavit-raqamli terminallar, diametri 30smli magnit disklar va operatsion tizimlarning rivoji bilan amalga oshdi.
Uchinchi avlod mashinalari davrida EHMlarning qо‘llanish sohasida katta siljish bо‘ldi.Avvallari EHMdan faqatgina ilmiy-texnik hisob kitob ishlari bajariladigan bо‘lsa, endiliklada belgili ma’lumotlarni ham qayta ishlash mumkin bо‘ldi. Bu avlod mashinalariga misol qilib, sobiq ittifoqda yaratilgan katta va о‘rtacha EHMlar: Ural-11, Ural-12, Ural-15 va yagona seriyali ESEHM larni keltirish mumkin. Bu mashinalardan eng quvvatlisi hisoblangan EHM ES-1060
sekundiga 1,5 mln. amalni bajarar edi. ESEHMining operativ xotirasi yuzlab kilobayt va megabayt bilan о‘lchanadi.

Rasm 2.4. Uchinchi avlod mashinasi
Tо‘rtinchi avlod EHMlarini yaratishga 1970 yilning ikkinchi yarmidan kirishilib 1980 yilga yaqin yakunlandi.Bu davrda katta integral sxemlar yaratildi.Ularda “1sm2” ga yuz minglab elektron elementlar joylashtirildi. Bu katta integral sxemalar asosida yaratilgan EHMlarning tezligi va tezkor xotira hajmi birinchi avlod EHMlarinikiga qaraganda yuz ming martaga oshdi va sekundiga 109 amal bajaradigan bо‘ldi. Katta integral sxemalarning paydo bо‘lishi sonli axborotlarni qayta ishlab chiqadigan dastur asosida boshqariladigan qurilmalar –
mikroprotsessorlarning yaratilishiga olib keldi.Sanoatda 1970-yillarda mikroprotsessorlar asosida tо‘rtinchi avlod mashinalari—mikro EHMlar ishlab chiqarila boshlandi. Tо‘rtinchi avlod mashinalari tarkibiga sobiq ittifoqda yaratilgan EL’BRUS-2, M-10 EHMlari va hozirgi zamon shaxsiy komp’yuterlari ham mansub. Mikrokomp’yuterlar qurilmalarining boshqarish qurilmasi, bitta katta integral sxemalar tarzida ishlanganligi uchun ularning tashqi qurilmalari uncha katta emasligi, ishlash tezligi va bahosi arzonligi bilan ajralib turadi.
Mikroelektronikaning yutuqlari asosida shaxsiy elektron hisoblash mashinalari (ShEHM) yaratildi. Arzon, kichik hajmdagi avtonom mikroprotsessorli hisoblash tizimi ShEHMlarining ommaviy qо‘llanilishi kо‘plab dasturli vositalar, ya’ni amaliy dasturlar paketi, operatsion tizimlar, translyatorlar va boshqalarni yaratishga olib keldi.
Ayni vaqtda beshinchi avlod EHMlari ustida ish olib borilyapti.Ushbu avlod mashinalari oddiy sо‘zni "tushunadigan", rasmlarni "kо‘ra oladigan", tovushlarni "eshita oladigan", sekundiga 1 mlrd.atrofida amal bajara oladigan va katta hajmdagi xotiraga ega bо‘lgan holda ixcham bо‘lishi kerak.
EHMlarning hajmini qisqartirishga va komp’yuter yaratilishiga 1948 yilda yaratilgan tranzistorlar sabab bо‘ldi, chunki elektron lampalar о‘rnini kichik hajmdagi tranzistorlar egallashiga imkon yaratildi.
1965 yilda Digital Eguipmentfirmasi RDR-8 rusumli dastlabki minikomp’yuter yaratdi. Ayni shu davrda minikomp’yuterlar yaratilishiga, yana bir yangilik - integral sxemalar kashf etilishi bо‘ldi.
1959 yilda Intel firmasining bо‘lg‘usi asoschisi Robert Noys bitta plastinkada tranzistorlarni о‘zaro bog‘lash usulini yaratdi. Bu elektron sxemalar keyinchalik integral sxemalar deb yuritila boshladi.
Shunday qilib, 1968 yilda Vurroughs firmasi dastlabki integral sxemalar asosida ishlovchi komp’yuter yaratdi.
1970 yildan boshlab Intel firmasi xotiraning integral sxemasini ishlab chiqarib, keng miqiyosda sota boshladi.1973 yilda Intel firmasi tomonidan 8-baytli Intel-8008 mikroprotsessori, 1974 yilda Intel-8080 versiyasi yaratildi.
1970 yilda shaxsiy komp’yuterlarning yuzaga kelishi katta EHMlarga bо‘lgan talabni susaytirdi.Bu esa о‘z navbatida IBM (International Business Machines Corparation) firmasi faoliyatiga keskin ta’sir о‘tkazdi. 1979 yilda boshlangan izlanishlar 1981 yilda (16 razryadli Intel 8088 mikroprotsessori asosida) yaratilgan va bozorda о‘z о‘rnini topgan IBM PC komp’yuterida о‘z samarasini berdi. Oradan ikki yil о‘tib, bozorda о‘zining munosib о‘rnini egalladi.1983 yilda IBM PC XT, 1985 yilda IBM PC AT komp’yuterlari ishlab chiqarildi.
Kо‘p о‘tmay boshqa firmalar ham IBM PC komp’yuterini ishlab chiqara boshladi. Ayni vaqtda u nafaqat Amerika va Evropa mamlakatlarida balki Janubiy- Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, hususan Tayvan, Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur, Malayziya mamlakatlarida ham g‘arb mamlakatlariga qaraganda arzonroq narxda ishlab chiqarilib jahon bozorida sotila boshladi.

1.Ilmiy texnik rivojlanishining keyingi davri nechinchi yilda yaratilgan birinchi hisoblash mashinalari bilan boshlandi?


A.1970
B.1980
D.1960
E.1965

2.Qacon Xolleritning mashinasidan 11-amerika aholini ròyxatga olish jarayonida ishlatildi?


A.1880
B.1890
D.1870
E.1860

3.1896 - yil kim "Computing Tabulating Recording Company " nomli firma tashkil etdi?


A. V.Bunyakovskiy
B. P.L Chebeshev
D. German Xollerit
E.Bebbidj

4.Qachon logarifm yaratildi?


A.XII
B.XX
D.XV
E.XVII

5. 1833 yili qaysi olim tomonidan ilmiy va texnik hisoblarda ishlatiladigan hisoblash mashinalarini loyihalarini yaratdi?


A.Charlez Bebbij
B.Blez Paskal
D.German Xollerit
E.Bunyakovskiy

6. Nechinchi yilda Digital Eguipment firmasi RDR-8 rusumli dastlabki minikomputer yaratdi?


A. 1964
B. 1965
D. 1966
E. 1967

7. Qacon Intel firmasi Pentium mikroprotsessorini ishlab chiqardi?


A.1990
B.1991
D.1993
E.1994

8.1985- yil Intel firmasi nechta mikroprotsesserni ishlab chiqdi?


A.80387
B.80486
D.80487
E.80386

9.1981- yilda qaysi firma 8088 mikroprotsessori asosida tashkil qilingan IBM PC nomli birinchi shaxsiy komputerni ishlab chiqdi?


A. IBM
B. Intel
D. Tandy
E. Casio

10. Qacondan boshlab egiluvchan magnit disklari axborot tashuvchi standart vosita sifatida keng qòllanila boshlandi?


A. 1982
B. 1983
D. 1984
E. 1985..



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish