Hisoblash texnikasi - hisoblash jarayonlarini, axborotlarni toʻplash, saqlash va uzatish masalalarini hal qilishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalari majmui; texnikannng hisoblash mashinalari va qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Vaqtni hisoblash, yer maydonlarining sathini aniqlash, savdosotiq hisoblari va boshqa yumushlar bilan bogʻliq masalalar qadimdan maʼlum. Hisoblashlarni mexanizatsiyalashtiruvchi dastlabki sodda qurilmalar — abak, xitoy choʻti va oddiy hisoblash masalalarini yechish qoidalari miloddan avvalgi vujudga kelgan. Neper shkalasi, logarifmik lineyka, B.Paskalning (Fransiya) arifmetik mashinalariga oʻxshash hisoblash qurilmalari 17-asrdayoqmaʼlum edi. 18— 19-asrlardagi sanoat inqilobi Hisoblash texnikasi rivojlanishiga turtki boʻldi. 1833-yilda ingliz olimi Ch.Bebbij arifmetik va xotira qurilmali dasturli boshqariladigan katta arifmometr — "analitik mashina" loyihasini ishlab chiqdi, lekin uning loyihasi 100 yil dan keyingina muhanlislar diqqatini oʻziga jalb qildi. 1944-yil AK,Sh da elektromagnit releda ishlaydigan "MARK-1" dasturli boshqariladigan raqamli hisoblash mashinasi (RHM) qurildi. 20-asr 40-yillarida dasturli boshqariladigan elektron RHMning yaratilishi Hisoblash texnikasi taraqqiyotida keskin burilish yasadi. Keyinchalik RHMning texnik parametrlari takomillashti-rilib borildi, ularning ishlash tezligi va xotira hajmi bir necha marta orttirildi. 1950-yilda Ukraina Fanlar akademiyasi akademik S.A.Lebedev rahbarligida birinchi elektron RHM "MESM" (kichik elektron hisoblash mashinasi) qurildi. 1953-yilda S.A.Lebedev rahbarligida Aniq mexanika va hisoblash texnikasi intida "BESM" (tez ishlaydigan elektron hisoblash mashinasi) yaratildi. Elektron texnikasining rivojlanishi Hisoblash texnikasi ning tez takomilla-shishiga sabab boʻldi. Dastlabki EHM lari lampali boʻlgan, keyinchalik ular yarimoʻtkazgichlardan tayyorlana boshladi. Bunday EHMlarning bir necha avlodi yaratildi. Hozir asosan kompyuterlar ishlatiladi (qarang Kiber-netika).
Axborotlarni qayta ishlash tizimlarida, kemalar, samolyotlar, kosmik obʼyektlar va boshqalarning koordinatlarini tez va aniq belgilashda, kutubxonalardagi jarayonlarni va bibliografik ishlarni mexanizatsiyalashda, bank, omonat kassalar va boshqa moliya muassasalarining ishlarni markazlashtirishda Hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi. Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga ega ekanligini ko’rish mumkin. Amaliy asos o’sha davrda texnika erishgan yutuqlar bo’lsa, nazariy asos fanlar sohasida olingan natijalardir. Hisoblash texnikasi nazariy tomondan pozitsiyali sanoq sistemasining rivoji, qat’iy tartib qoida va mantiq nazariyasiga asoslangan.
Eramizdan avval IV asrda yashab o’tgan Arastu (Aristotel) o’zining asarlarida inson fikrlashi va mantiqiy xulosalar chiqarish usullarini tahlil etgan. Bu yo’nalishning rivojiga Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716) belgili mantiq yo’nalishini kashf etish bilan katta xissa qo`shdi. Ingliz matematigi Jorj Bul (1815-1864) Leybnitsning bu g’oyasini “Mantiqning matematik tahlili” asarida (XIX asr) yanada rivojlantirdi. E’tiborli tomoni shundaki, Jorj Bulning asaridagi har qanday miqdor va mantiqiy amallar natijasi faqat 0 yoki 1 qiymatni qabul qiladi. Shunday qilib matematikada Bul algebrasi yo’nalishi vujudga keldi. Bul algebrasi hisoblash mashinalari kashfiyotchilari uchun juda katta imkoniyat ochib berdi. Chunki, zamonaviy kompyuterlar faqat 0 va 1 qiymatlarni tushunadi va shularga asoslanib mantiqiy bog’liqlik asosida ishlaydi.
Hisoblash texnikasining rivojiga vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy “Aljabr va al muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”, “Hind hisobi haqida kitob” va “Qo‘shish va ayirish haqida kitob” asarlari orqali (IX asr) katta hissa qo’shganligini e’tirof etmaslik mumkin emas. Muhammad al-Xorazmiy o’z asarlarida hindlarning sanoq sistemasini tartibga solgan va mukammallashtirgan, arifmetik amallarni bajarish tartib qoidalarini ishlab chiqqan hamda algoritm nazariyasiga turtki bergan va algebra faniga asos solgan. Al-Xorazmiy asarlari oradan 300 yil o’tgach Yevropaga tarqaldi va shundan keyin pozitsiyali sanoq sistemasi butun dunyoga yoyildi. Ma’lumki, zamonaviy kompyuterlarda pozitsiyali sanoq sistemalari qo’llaniladi.
Hisoblash texnikasi tarixi, asosan, 4 davrga bo’lingan. Ular bir-biridan hisoblash vositalarining ishlash prinsipi (tamoyili), tezligi va boshqa imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
1. Mexanik mashinalargacha bo'lgan davr;
2. Mexanik mashinalar davri;
3. Elektromexanik mashinalar davri;
4. Elektron hisoblash mashinalari davri.
Mexanik mashinalargacha bo‘lgan davr. Insoniyat hisoblashga ehtiyoj seza boshlaganda dastlabki hisoblash vositasi sifatida barmoqlardan foydalangan. Shu sababli inson tabiiy hisoblash vositasi hisoblanadigan qo‘l va oyoq barmoqlari yordamida faqat sanash ishlarini bajargan. Lekin, bilasizki, bu vositalar yordamida ikki yoki undan ortiq raqamli sonlar ustida oddiygina qo‘shish amalini bajarish ham juda qiyin ish yoki buni umuman imkoni yo’q. Hisoblash bilan bog’liq muammolarni hal etish uchun insonlar asta-sekin turli sun‘iy hisoblash vositalarini ixtiro eta boshlashdi. Shubhasiz, birinchi hisoblash vositalari eramizdan 6-5 asr avval foydalanilgan cho’pxat (ya’ni, birka – belgi qo’yib biror narsa hisobi olib boriladigan tayoqcha, taxtacha) va eramizdan 5-4 asr avval yunonlar (qadimgi greklar) foydalangan abakdir. Abakka o’xshash vosita boshqa xalqlarda ham foydalanilgan bo’lib, yaponlarda – serobyan, xitoylarda – suan-pan, ruslarda – cho’t deb atalgan. Keyingi e’tiborli hisoblash vositalari bo’lib shotland matematigi Jon Neperning tayoqchalari (1617 yil), ingliz matematika o’qituvchilari Vilyam Otredning doiraviy va Richard Delameynning to’g’ri burchakli logarifmik chizg’ich (1632) loyixalari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |