Bog'liq Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi
Ichki hisob-kitoblar auditida hal etiladigan vazifalar
Auditning vazifalari
Ichki hisob-kitoblar muomalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish bo’yicha savollar
1. Ichki hisob-kitoblarga doir muomalalarni hisobga olish va ichki nazorat samaradorligining holatini baholash
Mehnat haqi to’lash va hisobdor summalarni berishni belgilovchi hujjatlarning mavjudligi va tahlili.
Kadrlar, ish vaqti va ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) hisobini hujjatlashtirishning tashkil etilishini baholash.
Haq to’lash va ish haqidan ushlanadigan summalar turlarining klassifikatori (turkumlagichi) mavjudligi.
Ish haqi va hisobdor summalar berilishi ustidan nazorat.
Hisobot ko’rsatkichlarining sintetik va analitik hisob registrlari ma’lumotlariga mosligi.
2. Xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar
to’g’risidagi hisob va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini tekshirish.
Haq turlari bo’yicha ish haqi hisoblashning to’g’riligi.
Ish haqidan ushlanadigan summalar to’g’riligi.
Ish haqi xarajatlarini tannarx tarkibiga qo’shishning asosliligi.
Ish haqi hisoblash va undan ushlanadigan summalarni buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish.
Soliqqa tortish maqsadida jami daromadni hisobga olishning to’g’riligi.
3. Davlat byudjetidan tashqa-ri fondlar, ijtimoiy sug’ur-ta va ta’minot fondlari bi-lan hisobkitoblarni hisob-lashning
Byudjetdan tashqari ijtimoiy sug’urta va ta’minot fondlariga to’lovlarni hisoblash bazasini aniqlashning to’g’riligi.
Ijtimoiy sug’urta va ta’minot fondlari bilan hisob-kitoblarni hisobda aks ettirishning to’g’riligi.
to’g’riligi
4. Hisobdor shaxslar bilan hisob- kitoblarga doir hisob va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini tekshirish.
Hisobdor shaxslarga bo’nak berishning asoslanganligi.
Bo’nak hisobotlarining o’z vaqtida taqdim etilishi.
Hisobdor summalarni ishlatishning hujjatlar bilan asoslanganligi.
Hisobdor summalarni xarajatlar tarkibiga qo’shishning asosliligi.
Soliqqa tortishning to’g’riligi.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligi.
5. Xodimlar bilan boshqa muomalalar bo’yicha hisob-
kitoblar to’g’risidagi hisob va hisobot ma’lumotlarning ishonchliligini tekishirish.
Kreditga sotilgan tovarlar uchun hisob-kitoblarni hisobga olishning to’g’riligi.
Qarz berishning qonuniyligi va asosliligi.
Berilgan qarzlar bo’yicha hisob-kitoblarni hisobga olishning to’g’riligi.
Kamomad va o’g’irliklarning ayibdor shaxslar zimmasiga to’liq olib borilishi.
Moddiy zararni qoplashga doir hisob-kitoblarni hisobga olishning to’g’riligi.
6. Ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirish natijalari bo’yicha umumiy
xulosa
Tekshiruv bo’yicha ishchi hujjatlar materiallarini umumlashtirish va tahlil qilish.
Xatolarning katta- kichikligini (jiddiyligini) aniqlash. Xatolarning hisobot ishonchliligiga ta’sirini aniqlash.
Auditor tekshiruv chog’ida hisobot ko’rsatkichlarida jiddiy hatolar yo’qligiga etarli darajada ishonch hosil qilishi lozim. Dalil-isbotlarni to’plash uchun har xil manbalardan shakllanadigan axborot bazasidan foydalaniladi. Auditor tekshiruvni boshlashdan oldin ichki hisob-kitoblarni tekshirish uchun zarur bo’lgan me’yoriy hujjatlar paketi, sintetik va analitik hisob registrlari va boshlang’ich hujjatlarni komplektlaydi.
Ichki hisob-kitob muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish bo’yicha belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi Me’yoriy hujjatlar paketi auditor tomonidan mijoz-korxona faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Dastlabki hujjatlar ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirishda asosiy ma’lumot manbaasi hisoblanadi. Jumladan, xodimlar va yollangan shaxslar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda: ishga qabul qilish va boshqa ishga o’tkazish to’g’risidagi, ta’tilga chiqarish to’g’risidagi, mehnat shartnomasini to’xtatish to’g’risidagi buyruqlar; kontraktlar, mehnat shartnomalari; shtatlar jadvali; shaxsiy kartochkalar(T-2sh); ish vaqtini hisobga olish tabeli(T-13sh); mehnatga layoqatsizlik varaqasi; hisoblashuv-to’lov vedomosti(T-49sh); hisob-kitob vedomosti (T-51sh); to’lov vedomosti (T-53sh); shaxsiy hisob varaq (T-54sh); ijro varaqalari; daromad va daromad solig’ini hisobga olish bo’yicha soliq kartochkasi;
- ijtimoiy sug’urta va ta’minotga doir hisob-kitoblarni tekshirishda:
«Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi mablag’lari bo’yicha hisob-kitoblar vedomosti» (F. 4-ISJ), «Ro’yxatga olinganlik to’g’risidagi ma’lumotlari», «Sug’urta qildiruvchiga xabarnoma», «Ijtimoy sug’urta jamg’armasiga o’tkazilgan badallar hisobidan pensiya va nafaqalarni to’lash bo’yicha vedomost»;
-hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda: bo’nak (avans) hisoboti; xizmat safari guvohnomasi; xizmat safariga boruvchi va keluvchi xodimlarni ro’yxatga olish daftari; 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo’naklar», 4230-«Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar» va 6970 –
«Hisobdor shaxslardan qarzlar» schyotlari bo’yicha inventarizatsiya ro’yxatlari; -Xodimlar bilan boshqa muomalalar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirishda: kreditga sotilgan tovarlar uchun topshiriqnoma-majburiyat; qarz shartnomasi; moddiy zararni qoplash to’g’risidagi buyruq (farmoyish); sud qarori; ijro varaqalari; to’lov topshiriqlari; kassa kirim orderlari.
Dastlabki hujjatlarni tekshirishda auditor dastlabki hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shakllaridan foydalanilganligini ham aniqlashi zarur.
Ichki hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ushbu muomalalarni hisobga olish va ichki nazoratning ahvolini oldindan baholashni nazarda tutadi.
Bunda xodimlarni ishga yollash va ishdan bo’shatishda qonunchilikka rioya qilinishini, ro’yxatdagi hisob va nazorat xodimlariga xizmat vazifalarini, ish vaqtini va bajariladigan ishlarni taqsimlash holati; mehnatga haq to’lash, mukofotlash va moddiy yordam to’g’risidagi nizomlarga rioya qilinish va boshqalarni aniqlaydi.
Auditor ichki nazoratning holatini o’rganganidan so’ng («a’lo», «yaxshi», «o’rta») ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirish uchun tanlash hajmini aniqlaydi.
Korxonaning tashqi hisob-kitob muomalalari mol etkazib beruvchilar va pudratchilar, xaridorlar va buyurtmachilar, turli debitorlar va kreditorlar bilan, mustaqil balansga ajralib chiqqan bo’linmalar, shu’ba va tobe korxonalar bilan, ssudalar bo’yicha banklar soliqlar va boshqa yig’imlar bo’yicha byudjet bilan hamda byudjetdan tashqari tashkilotlar bilan shuningdek, da’volar bo’yicha hisob-kitoblarni o’z ichiga oladi.
Korxonaning to’lov layoqati, moliyaviy ahvoli va investitsion muhiti ko’p jihatdan ushbu hisob-kitoblarning holatiga bog’liq. Tashqi hisob-kitoblarning ahvoli to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlarining aniqligiga ishonch hosil qilish barcha hisobot talabgorlari uchun zarurdir. Shu boisdan, auditor tashqi hisobkitob muomalalarining holatini maxsus puxta tekshiruvdan o’tkazishi lozim.