Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi


Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi



Download 368 Kb.
bet4/5
Sana21.04.2022
Hajmi368 Kb.
#569497
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi

3. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi


4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo’naklar», 4230-«Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar» va 6970-«Hisobdor shaxslarga to’lanadigan qarzlar» schyotlarida nakd pulsiz hisob-kitoblar yo’li bilan amalga oshirib bo’lmaydigan xarajatlarni to’lashga bo’nak (avans) berish bo’yicha hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobga olinadi. Bular ma’muriy xo’jalik, muomala xarajatlari va xizmat safarlari uchun beriladigan bo’naklardir.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi mazkur ob’ekt bo’yicha ichki nazorat va hisob tizimining holatini o’rganishdan boshlanadi. Ichki nazorat tizimini baholashda aniqlangan, uning kuchli tomonlari ( nazorat barcha test qilinadigan yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirilganligi, muomalalar haqqoniyligi, tegishli tarzda ruxsat etilganligi va hisobda aks ettirilganligi), shuningdek, kuchsiz tomonlari ( hisobdor shaxslar ro’yxati, hisobdor summalar beriladigan muddatlar va boshqalarning buyruq bilan tasdiqlanganligi) hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni batafsil tekshirishda e’tiborga olinadi.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditining vazifalari:

  • xizmat safari xarajatlarining qoplanish tartibiga rioya qilinishini aniqlash;

  • hisobdor shaxslar tomonidan qilingan xarajatlarning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini aniqlash;

  • xo’jalik xarajatlarining asosliligini aniqlash;

  • xizmat safari va xo’jalik xarajatlari yuzasidan korxona ma’muriyati farmoyishlarining qonuniyligini aniqlash;

  • bo’nak hisobotlari va ularga ilova qilingan hisobdor summalarning sarflanganini isbotlovchi hujjatlar (transport chiptalari, mehmonxona va aloqa tashkilotlari pattalari (kvitantsiyalar), olingan moddiy boyliklarning schyotlari, har xil ishlar naqd pul hisobidan bajarilgan taqdirda-shartnomalar) rasmiylashtirilishini tekshirish;

  • kassa hujjatlarining ( kassir hisobotlari, kassa kirim va chiqim orderlari va ularni qayd qilish daftarlari) tekshirish;

  • hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo’yicha analitik va sintetik hisob registrlarining ma’lumotlari (7-ASK jurnal -order) ni tekshirish;

  • hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni audit qilishda buxgalteriya hisobi holati bilan tanishishi, hujjatlarning to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirilishi, xizmat safarlari va xo’jalik xarajatlari yuzasidan korxona rahbarining farmoyishi bor-yo’qligi, xodimni bu safarga yuborish va xo’jalik xarajatlarining asosliligini aniqlash lozim.

Auditor buxgalteriya xodimlarining ushbu sohadagi qonunlar va yuqori tashkilotlarning me’yoriy hujjatlaridan xabardorliklariga hamda ularning nusxalari korxona buxgalteriyasida mavjudligiga ishonch hosil qilishi, shuningdek ushbu me’yoriy hujjatlarga amal qilinish darajasini tekshirishi kerak. Buning natijasida quyidagilar aniqlanishi mumkin:

  • ilgari hisobdor pullar yuzasidan qarzi bo’lgan yoki bu pullar yuzasidan hisoblashmagan, hisobot topshirmagan shaxslarga, korxonada haqiqatda ishlamaydigan shaxslarga pul berilmayotganligi; navbatdagi bir yo’la mehnat ta’tiliga chiqarish va xizmat safariga yuborish hollari; xizmat safari vaqtida mehnat qobiliyatini yo’qotib, kasalxonada davolanishda bo’lgan xodimlarga turar joy va kundalik xarajatlari to’lash tartibiga rioya qilinishini, bu muddatning 2 oydan oshmaganligini aniqlash kerak.

Hisobdor shaxslarga bo’naklar berilishining asosliligini aniqlash xo’jalik ehtiyojlari uchun hisobdor summa berish talablariga rioya qilishni tekshirishdan iborat. Bunda auditor hisobini berish uchun bo’nak olgan shaxslar, hamda berilgan bo’naklar summasi va muddatining korxona rahbari buyrug’iga muvofiqligini aniqlaydi.
Xizmat safari bilan bog’liq xarajatlar uchun naqd pul berish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01. 02. 1998 yil 34 F sonli Farmoyishiga asosan, 19. 04. 1998 yilda chiqqan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 28 sonli, yangi № 497I 101 sonli ‘‘MDH hududida xizmat safarlari to’g’risida’’ gi yuriqnomasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Bo’nak berish uchun xizmat safari to’g’risidagi buyruq va xizmat safari guvohnomasi asos bo’ladi. Xizmat safari uchun hisobdor summa berilganligini tasdiqlaydigan kassa chiqim orderlarini tekshirish chog’ida barcha rekvizitlarining to’liq to’ldirilganligiga, xususan, bo’nak berish uchun asosning aks ettirilganligiga e’tibor beriladi. Muayyan hisobdor shaxs tomonidan oldingi olingan bo’nak bo’yicha to’liq hisobot berilganidagina, unga bo’nak beriladi.
Hisobi beriladigan bo’nak berishning asosliligini tekshirish amallari kassa muomalalarini tekshirish chog’ida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda aniqlangan tafovutlar to’g’risidagi axborotlar ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirayotgan auditorga beriladi.
Hisobdor shaxslar tomonidan bo’nak hisobotlarining o’z vaqtida taqdim qilinishini tekshirish, bo’nak hisobotlari haqiqatda taqdim qilingan muddatlarni, xizmat safari to’g’risidagi buyruqda yoki xizmat safari guvohnomasida ko’rsatilgan muddatlarga solishtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Agar auditor ushbu qoidaga amal qilinmayotganligini aniqlasa, unda so’ngra №21 BHMS ning talablariga muvofiq belgilangan muddatlarda qaytarilmagan hisobdor summalarning 9430- «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida aks ettirilishi (Dt 9430 Kt4220, 4230) va keyinchalik ushbu summalarning hisobdan o’chirilishini tekshirish zarur.
Hisobi beriladigan summalar ishlatilishining asosliligini hujjatlar bo’yicha tekshirish ularning sarflanishini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini va to’g’riligini, ularning keyinchalik aks ettirilishini aniqlash yo’li bilan amalga oshiriladi.
Xo’jalik muomala ehtiyojlari uchun qilingan sarflarning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligi bo’nak hisobotida aks ettirilgan ma’lumotlarni unga ilova qilingan hujjatlar (chiptalar, kassa kirim orderi kvitantsiyalari, material( ish, xizmat)lar haqini to’lash haqidagi cheklar va boshqalar ) ma’lumotlariga taqqoslash yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda nafaqat isbotlovchi hujjatlar mavjudligi va ularning bo’nak hisobotlariga mosligi bilan birga ushbu hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini ham aniqlash zarur.
Avvalo «Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun»ning 9-moddasiga muvofiq hujjatlarda majburiy rekvizitlarning mavjudligi aniqlanadi. Masalan, tovar chekida do’kon shtampasi, sanasi, sotib olingan tovar nomining yo’qligi tovarning do’kondan sotib olinganligini yoki ushbu sarflarning ishlab chiqarishga mo’ljallanganligini aniqlashni qiyinlashtiradi.
Jismoniy shaxslar tomonidan qilingan xaridlar uchun tuzilgan dalolatnomalarda ularning tuzilgan joyi va sanasi, tovarning nomi, uning miqdor ko’rsatkichi, umumiy qiymati, sotgan shaxs (xususiy tadbirkor)ning familiyasi, ismi-sharifi va soliq to’lovchi xos raqami (INN), tadbirkorning davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risida guvohnoma rekvizitlari yoki jismoniy shaxsning pasport ma’lumotlari va yashash joyi ko’rsatilishi lozim.
Tovarlar hisobdor shaxslar tomonidan chakana savdo korxonalarida naqd pulga sotib olinganida pul mablag’lari sarflanganligi to’g’risida hujjatlar mavjudligini aniqlash zarur.
Tovar boyliklar ulgurji savdo korxonalaridan yoki ishlab chiqaruvchidan naqd pulga sotib olnganida kassa kirim orderi kvitantsiyasi, tovar hujjati (schyot, nakladnoy, tovar-transport nakladnoyi) va schyot-faktura taqdim etilishi lozim. Bu hujjatlar tegishli tarzda rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak. Shuningdek, barcha hujjatlarda QQS alohida satr bilan ajratib ko’rsatilganligiga va mosligiga alohida e’tibor beriladi.
Auditor hisobdor shaxslar tomonidan sotib olingan buyumlarning kirim qilinganligi va ushbu buyumlarning ishlab chiqarishga yoki foydalanishga berilganlik fakti tasdiqlanmasdan bevosita xarajat schyotlariga olib borish hollari yo’qligini aniqlaydi.
Tovar-moddiy boyliklar kirim qilinganligi to’g’risidagi fakt va tasdiqlovchi hujjatlar yo’qligida hisobi beriladigan summalar hisobdor shaxsning jami daromadiga qo’shilib, daromad solig’i ushlanadi. Auditor bunday hollarda daromad solig’i ushlanganligni aniqlaydi.
Bo’nak hisobotlarini tekshirish chog’ida naqd pul bilan hisob-kitob qilishning belgilangan chegarasiga rioya qilinayotganligiga ham alohida e’tibor qaratish zarur. Dastlabki hujjatlarda (nakladnoy, schyot-faktura, kassa kirim orderi kvitantsiyasi, bajarilgan ishlar dalolatnomasi va sh. o’. ) ko’rsatilgan summalar belgilangan limit bilan solishtiriladi.

Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish