REJA: Kirish ……………………………………………………………………….. Hisob-kitob pul hujjatlari haqida tushuncha va ularning turlari…………..
Bank muassasalarida ish kuni va hujjatlar aylanishining tashkil qilinishi ..
Banklarda ichki nazoratni amalga oshirish tartibi…………………………
Banklarda buxgalteriya hujjatlarini saqlash tartibi………………………...
Xulosa ……………………………………………………………………….. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………
Kirish Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng, iqtisodiyotimizda bir qator muhim islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, bank sohasida ham o’zgarishlar bo’ldiki, natijada ularning faoliyatini amalga oshirish xalqaro andozalar talablariga yaqinlashtirildi desak mubolag’a bo’lmaydi. Buning isboti sifatida mamlakatimiz 1-Prezidentining mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasidagi quyidagi so’zlarini keltirib o’tish kifoyadir: “SHuni ham ta’kidlashimiz zarurki, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida olib borayotgan ishlarimiz xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning reytinglarida o’zining ijobiy ifodasini topmoqda. O’tgan yilning oktyabr oyida Jahon banki “Biznes yuritish” reytingini e’lon qildi. Ana shu reytingda O’zbekiston faqat bir yilning o’zida 16 pog’onaga ko’tarilib, 87-o’rinni egalladi. SHuni alohida qayd etish kerakki, “yangi biznesni qo’llab-quvvatlash” deb ataladigan mezon bo’yicha mamlakatimiz ayni paytda jahonda 42-o’rinni, tuzilgan shartnomalar ijrosini ta’minlash bo’yicha 32-o’rinni, iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan qo’llanadigan bankrotlik tizimining samaradorligi bo’yicha 75-o’rinni egallab turibdi. “Kichik biznes sub’ektlariga kredit berish” deb nomlanadigan ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston so’nggi uch yilda 154-o’rindan 42-o’ringa ko’tarildi va o’tgan yilning o’zida reytingini 63 pozitsiyaga yaxshiladi.” CHunki O’zbekistonda bank tizimini isloh qilish va rivojlantirishda dastlab uning qonuniy hamda me’yoriy asoslari yaratildi. O’zbekiston Respublikasiga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozning kirib kelishi jarayonida bank tizimini rivojlantirish va ularning moliyaviy barqarorligini oshirish ob’ektiv zaruriyat bo’lib, bu o’z navbatida bank faoliyatini uzluksiz nazorat qilishni va ularni O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. - 8 - samarali boshqarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar ba’zasini vujudga keltiruvchi buxgalteriya hisobining uslubiy asoslarini takomillashtirishni talab etadi. Banklarda hisob tizimini takomillashtirish ko’p jihatdan uning uslubiy asoslarining yaratilishiga ham bog’liqdir. Tijorat banklarida buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda amalga oshirilgan operatsiyalarni rasmiylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, banklarda likvid aktivlar aylanganligi uchun uni hisobga olish o’z vaqtida rasmiylashtirish zarur hisoblanadi. Bu esa ortiqcha xarajatlar va burdsizliklarga olib kelishini oldini oladi. Yuqoridagilarni inobatga olib bank tizizmi rivojlanishini bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir.