Hindiston
Respublikasi
भारत गणरा य
Bhārata
Gaṇarājya
Bayroq
Gerb
Shior:
स यमेव
जयते
Jayate)
Sanskritcha: Haqiq
gʻolib
Madhiya
:
जन
(Jana Gana M
Poytaxt
Ya
Hindiston
qirgʻoqlari kam
parchalangan,
past, qumli.
Asosan, Hindiston
yarim orol va
Hindgangtekisligi
da joylashgan;
Himolay va
Qoraqurum
togʻlarining bir
qismini oʻz ichiga
olali. Hindiston
hududining 3/4
qismi tekislik va
Rasmiy til(lar) hin
Hukumat
Pa
Re
•
Prezident
Ram
Kovin
•
Bosh Vazir
Nare
Mod
Mustaqillik
Birlash
Qirollikd
•
Sana
15 avg
1947
Maydon
• Butun
3,2
(7
• Suv (%)
9.6
Aholi
• 2018 roʻyxat
1,3
Tabiati
yassitogʻlik.
Hindiston yarim
orolning deyarli
hammasini Dekan
yassitogʻligi
egallagan
(sharqqa tomom
900 m dan 300 m
gacha pasayib
boradi). Hindis-
tom yarim orol
shimolda allyuvial
Hindgang tekisligi
joylashgan. Yer
sharidagi eng
baland togʻ
tizmasi – Himolay
oʻr
• Zichlik
32
YaIM (
XQT
)
20
ro
• Butun
AQ
mi
• Jon boshiga
AQ
Pul birligi
Hi
(
Vaqt
Mintaqasi
(U
• Yoz (DST)
(U
Qisqartma
IN
Internet
domen
.in
Telefon
prefiksi
+
(Hindistonda
balandligi 8126 m, Nangaparbat togʻi) va
Qoraqurum togʻlari Hindistonni shimoldan
toʻsib turadi. Hindistonda foydali
qazilmalardap toshkoʻmir, temir rudasi,
titam, oltin, tabiiy gaz, marganets, xromit,
boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis,
meft, slyuda, qoʻrgʻo-shin konlari bor.
Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shimolda
tropik mus-sonli iqlim. Iyun – oktabrda
issiq va nam, noyabr– fevralda quruq,
salqin, mart – mayda juda issiq va quruq
iqlim. Nam mavsumda yillik yogʻinning
70–90% yogʻadi. Yillik yogʻin Gʻarbiy Gat
va Himolay togʻlarining shamolga roʻpara
yom bagʻirlarida 5000– 6000 mm,
Shillong platosida 12000 mm (Yer
yuzidagi eng seryogʻin joy), Hindgang
tekisligida 100 mm, Hindiston yarim
orolning markaziy qismida 300–500 mm.
Yanvarning oʻrtacha temperaturasi
tekisliklarda 15° (shimolda), 27° (janubiy
da), may oyiniki hamma joyda 28– 35°,
ayrim vaqtlarda 48°. Togʻlarda oʻrtacha
temperatura yanvarda – G, –8°, iyulda
18–23°. Asosiy daryolari: Gang, irmogʻi
Jamna, Hind (gʻoqori oqimi), Braxma-
putra (quyi oqimi), Narmada, Goda-vari,
Krishna. Daryolari yozda sersuv (musson
yomgʻirlari davrida toshadi), sugʻorishda
keng foydalaniladi, ayrimlarida kema
qatnaydi. Tuproqlari Hindiston
hududining aksari qismida qizil, Dekan
yassitogʻligida qora, Hindgang tekisligi va
dengiz boʻyi pasttekisliklarida jigarrang
tuproq. Himolay togʻlari yom bagʻrida
togʻ-jigar rang, sariq, togʻ qoʻngʻir-oʻrmon.
podzol, togʻ-oʻtloqi tuproqlar pastdan
yuqoriga almashinib boradi.
Oʻsimliklardan akatsiya, bambuk, kokos
va xurmo palmasi keng tarqalgan.
Mamlakatning 25% oʻrmon. Himolay
togʻlarinish quyi yon bagʻirlarida terak,
yuqorida tik, sandal, himolay kedri,
qoraqaragay, oqqaragʻay oʻsadi. Gʻarbiy
Gat togʻlari yon bagʻri, Gang va
Braxmaputra del-talari, Sharqiy Himolay
togʻ oldi doim yashil oʻrmonlardan iborat.
Hindistonda oʻsimliklarming 21 ming turi
tarqalgan. Unda Yer yuzida mavjud
boʻlgan barcha oʻsimlikning yarmidan
koʻpini uchratish mumkin.
Hayionot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchi
hayvonlarning 350 turi, qushlarning 1600
dan ziyod turi bor. Hindiston hududida fil,
maymun, karkidon, sher, qoplon, yoʻlbars,
mangusg va boshqa hayvonlar yashaydi,
ilomning deyarli barchaturi mavjud.
Mamlakatda 75 milliy bogʻ va 420 dam
ortiq qoʻriqxona mavjud. Iirik milliy
bogʻlari: kaziranga, Manas, Dachigan,
Dadva, "Gullar vodiysi" (UttarPradesh),
Sariska va boshqa
Aholisi
Hindiston – dunyoda eng koʻp millatli
mamlakatlardan biri. Hindistonda turli
tillarda soʻzlashuvchi bir necha yuz millat,
elat va qabila yashaydi. Aholisining 72%
hind-yevropa tillarining hindoriy tillari
guruhida soʻzlashuvchi xalqlar –
hindustoniylar, marathlar, bengallar,
bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxonilar,
panjobilar tashkil etadi. Kashmirilar dari
til guruhiga mansub. Hindiston janubda,
asosan, dravid tillarida, shimoliy va
Shimoli-sharqida tibetbirma tillarida
soʻzlashuvchi xalqlar yashaydi. Shahar
aholisi 30%. Rasmiy tillar – hind va ingliz
tillari. Aholining koʻpchiligi (73%)
hinduiylik diniga eʼtiqod qiladi; islom
(16%), xristian (6%), sikhizm (2,5%) va
boshqa dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham
bor. Yirik shaharlari: Kalkutta, Bom-bay,
Dehli, Chennay, Bangalor, Ahmadobod,
Haydarobod, Puna, Kan-pur, Nagpur,
Jaypur, Lakhnau.
Arxeologik topilmalar Hindistonda
odamlar tosh davridayoq
yashaganligidan dalolat beradi. Miloddan
avvalgi 3-ming yillikning 2-yarmi – 2-ming
yillikning 1-yarmida Hind daryosi
vodiysida yuksak darajada rivojlangan
sha\ar madaniyati vujudga kelgan
(qarang
Xarappi madaniyati
). Miloddan
avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida
Tarixi
shimoli-gʻarbdan Hindistonga oriylar kirib
kslib, avval Pan-job, keyinchalik Gang
daryosi nodiysida joylashdilar. Miloddan
avvalgi 6-asrda shimoliy Hindistonning
sharqiy qismida, Gang va Jamna
daryolari havzalarida Maga-y\"adavlati
boʻlgan. Miloddan avvalgi 6–4-asrlarda
iqtisodiy taraqqiyot qad. hind jamiyatida
turmush sharoitlarini ancha oʻzgartirdi.
Kullar va yollanma ishchilarning
mehnatidan dehqonchilik,
hunarmandchilik va konchilik ishlarida
foydalanildi. Ijtimoiy ziddiyatlarning
kuchayishi diniy-sektantlik harakatini
paydo qildi, oqibatda buddizm va jaynizm
dinlari vujudga keldi. Miloddan avvalgi 4-
asr oʻrtalarida Nandalar sulolasi davrida
qariyb butun Hind daryosining vodiysi
magadha davlati tasarrufida boʻlgan.
magadha davlati ravnaq topgan davrda
Hind daresi havzasining bir qis-mini
Axomaniilar bosib oldi. Miloddan avvalgi
327–325 yillarda Hindistonga Iskandar
Maqduniy bostirib kirdi. Magadha
davlatining bosqinchilik urushlari
Mauriylar imperiyasi davrida ham davom
etdi. Podsho Ashoka hukmronligida
qariyb butun Hindiston va hozirgi
Afgʻonistonning bir qismi Mauriylarga
qarashli edi. Milodiy 1-asrda Hindiston
shim.ning katta qismi kushonlar qoʻl
ostiga oʻtdi (qarang Kushon podsholigi).
Kushonlar davlati yemirilgach, 4-asrda
Hindiston shimolda yana Magadha
dalvati ravnaqtopdi. Keyinchalik Guptalar
sulolasi davrida shimoliy Hindistonning
talaygina qismi – sharqda Bengaliya
qoʻltigilan garbda Panjob va Katxiyavar
yarim orolgacha boʻlgan hudud Magadha
davlati tarkibiga kirdi. Xuddi shu davrda
Dekapda Vakata-ka, Pallavlar, Vanga kabi
davlatlar mavjud boʻlgan. 2–4-asrlarda
bu yerda quldorlik tuzumi yemirila
boshlagan. 6–12-asrlarda Hindistonda
bir necha davlat mavjud boʻlgan. 7-
asrning 1-yarmida mahalliy podsholardan
biri Harsha Hindiston shimoldagi bir
necha davlatlarni zabt etib, Harsha
imperiyasiga asos soldi. Bu imperiya 30
yil hukm surdi. 8-asr boshlarida arablar
Sindni bosib oldilar. 11-asr boshlarida
Mahmud Gʻaznaviy Hindiston shimoliga
bir necha marta hujum qilib, Panjobning
bir qismini oʻz davlati tarkibiga qoʻshib
olgan. 12-asr oxiri – 13-asr boshlarida
Hindiston shimolini Gʻuriylar davlati
hukmdori Muhammad Gʻuriy zabt etdi.
Uning oʻlimidan soʻng Gʻuriy noiblaridan
biri Qutbiddin OyboqDe^li sultonligiga
asos soldi. 14–15-asrlarda hind
rojalarining hokimiyati saqlangan
Rajputana (qarang Rojasthon) dan
tashqari Hindiston shimolda mustaqil
Jaunpur, Bengaliya, Gujarot, Malva
hamda Dekanning shimolda Baxmoniy
sul-tonligi paydo boʻldi. Afgʻonlarning
Loʻdiylar sulolasi hukmronligi davri (1451
– 1526)da Gang daryosi vodiysining
talaygina qismi sultonlikka qoʻshib olindi.
15-asr oxirida Hindistonga dastlabki yev-
ropalik mustamlakachilar – portugallar
kirib keldi va 16-asrning 1-yarmida ular
dengiz sohiliga joylashib oldilar. 1526 yil
aprelda Zahiriddin Muhammad Bobur
panipatdagi jangda Ibrohim Loʻdiyni
yengib, Dehli sultonligini egalladi va
Hindistonda Boburiylar davlatiga asos
soldi (bu davlat 1858 yilgacha mavjud
boʻldi). 17-asr boshlarida Hindistonga
Angliya va Gollandiyaning Ost-Indiya
kompaniyalari suqilib kirdi va
portugallarni Hindiston bilan olib
borayotgan dengiz savdosidan mahrum
qilib, mamlakatda qator faktoriya (savdo-
sotiq punktlari) ocha boshladi. 1664 yil
fran-suzlarning Ost-Indiya kompaniyasi
ham tashkil etildi. Boburiylar oʻrtasidagi
oʻzaro ichki kurash ingliz va
fransuzlarning Ost-Indiya
kompaniyalariga Hindistonda harbiy
ekspansiya uyushtirish imkonini berdi.
Hindistonda ustunlikka erishish uchun bu
ikki kompaniya oʻrtasida Jaiubiy
Hindistonda boʻlib oʻtgan janglar (1756–
63) natijasida Angliyaning OstIndiya
kompaniyasi gʻolib chiqib, Bengaliyani
zabt etdi, Karnatik va Aud xonliklarini oʻz
vassallariga aylantirdi. 1803 yil Dehli
bosib olingach, boburiy podsholar
inglizlar Ost-Indiya kompaniyasiga
mutlaq qaram boʻlib qoldi. 1833 yil Ost-
Indiya kompaniyasi savdotashkiloti
sifatida gugatilib, unga Hindistonni
mustamlakachilik asosida boshqarish
vazifasi yuk-latildi. Hindiston sskin-asta
Buyuk Britani-yaga qishloq xoʻjaligi xom
ashyosi yetkazib beradigan bazaga
aylanib qoldi. 19-asr oʻrtalarida
mustamlakachilarga qarshi xalq qoʻzgʻo-
lonlari boʻlib oʻtdi. 1857–59 yillarda boʻlib
oʻtgan mashhur sipohiylar qoʻzgʻo-loni
(qarang Hindiston xalq qoʻzgʻoloni)
Hindistonning keyingi taraqqiyotiga taʼsir
koʻrsatdi. 1858 yil Ost-Indiya kompani-
yasi tugatilib, Hindistonni bevosita Buyuk
Britaniya idora qila boshladi. 19-asrning
80-yillaridan mamlakatda xalqning
norozilik namoyishlari, mitinglar, ish
tashlashlar avj oldi. 1885 yil qator millii
tashkilotlar birlashib, Hindiston milliy
kongressi (HMK)ga uyushdi. 20-asr
boshlari unda B. Tilak boshchili-gida soʻl
demokratik oqim shakllandi. 1905-08
yillarda milliy ozodlik harakati yanada avj
oldi. Ayniqsa, 1908 yilgi Bombay ish
tashlashi muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Buyuk Britaniya hukumati milliy ozodlik
harakatini diniy jamoa belgilari boʻyicha
boʻlib tashlashga harakat qildi va 1906 yil
Musulmonlar ligasi partiyasining paydo
boʻlishiga koʻmaklashdi. Unga qarshi
hindularning Hindu maxasabxa
(hindularning buyuk ittifoqi) siyosiy
tashkiloti tuzildi. Birinchi jahon urushi
davri (1914– 18)da Hindiston
metropoliya tomonida urushda
qatnashdi. 1918 yildan
mustamlakachilikka qarshi kurash
yanada avj oldi. Bu davrda HMK
rahbarlaridan biri boʻlgan M.K.Gandi
mustamlakachilarga qarshi kurashning
satʼyagraxa (kuch ishlatmasdan qarshilik
koʻrsatish) shaklini targʻib qildi. Gandi
taʼlimoti – gandizm HMK partiyasining
rasmiy mafkurasiga aylandi. Ingliz
mustamlakachilarining Amritsar qirgʻini
(1919 yil aprel)dan soʻng dekabrda HMK
itoat qilmaslik kampaniyasini avj oldirdi.
1918–22 yillarda ishchilar harakati
kuchaydi. 1920 yil Bugun Hin-distop
kasaba uyushmalari kongressi tashkil
etildi. 1923–27 yillarda milliy ozodlik
harakati vaqgincha susaydi. 1927 yil
HMKda antiimperialistik kurashni
faollashtirish tarafdorlarini birlashtirgan
soʻl qanot vujudga keldi. Unga J. Neru va
S.Ch.Bos rahbarlik qildilar. 1929–30
yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni
antiimperi-alistik harakatni yangi
bosqichga koʻtardi. 1930 yil HMK
M.Gandi rah-barligida yana
boʻysunmaslik kam-paniyasini boshlab
yubordi. 1931 yil martda HMK rah-barlari
mustamla-kachi hukmron doi-ralar bilan
muzokara boshladi. Har ikki tomon
kelisha olmagach, boʻysun-maslik
kampaniyasi davom ettirildi (1934
yilgacha). 1935 yil Angliya parlamenti
Hindistonni boshqarish toʻgʻrisida hujjat
(qonun) qabul qildi. Bunga koʻra,
viloyatlarning muxtor huquqlari bir oz
kengaytirildi, ularda mahalliy hukumat
tuzildi, lekin hokimiyat ilgarigidek ingliz
mustamlakachilari qoʻlida qolaverdi.
Mamlakatda bu reaksion hujjatga qarshi
namoyishlar boʻlib oʻtdi. 1936 yil HMK
imperialistik kuchlarga qarshi yagona
front tuzish vazifasini ilgari surdi. Ikkinchi
jahon urushi (1939–45) davrida Hindiston
antifashistik koalitsiya tomonida boʻldi.
Urush soʻnggida Hindiston bilan Angliya
imperializmi oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy
ziddiyatlar keskin kuchaydi. 1946 yil
boshida armiya, flot va aviatsiyada
inglizlarga qarshi ommaviy chiqishlar
boʻlib oʻtdi. 1946 yil 18–23 fevralda
Bombaydagi harbiy dengizchilar
qoʻzgʻoloni inqilobiy harakatning yuqori
choʻqqisi boʻldi. Angliya huku-mati milliy
harakat rahbarlari bilan muzokara
boshlab, 1946 yil bahorda Hindistonga
dominion maqomini berishga qaror
qilganligini eʼlon qildi. 1946 yil avgustda
J. Neru boshchiligida muvaqqat hukumat
tuzildi. Milliy ozodlik haraka-tining avj olib
ketishi natijasida ingliz mustamlakachilari
Hindistondan chiqib ketishga majbur
boʻldi. 1947 yil 15 avgustda Hindiston
hududida ikki mustaqil davlat – Hindiston
(asosan, hindulardan iborat) va Pokiston
(asosan, musulmonlardan iborat)
dominionlari vujudga keldi. Hindistonning
birinchi bosh vaziri HMK yetakchisi J.
Neru boʻldi. 1950 yil 26 yanvarda
Hindiston suveren respublika deb eʼlon
qilindi. Mamla-katda agrar islohotlar
oʻtkazila boshlandi. Sanoatda davlat
sektorini yaratish va uni rivojlantirish,
qishloq xoʻjaligida zamindorlik yer
egaligini tugatish yoʻllari bel-gilandi. 1964
yil mayda J. Neru vafotidan soʻng HMK
partiyasining ahvoli ogʻirlashdi. 1965 yil
kuzda Hindiston – Pokiston mojarosi yuz
berdi. 1966 yil Toshkent uchrashuvitsya
imzolangan Toshkent deklaratsiyasi ikki
mamlakat oʻrtasidagi nizolarni hal
qilinishiga asos boʻldi. 1966 yil yanvarda
L.B.Shastri vafotidan soʻng J.Neruning
qizi – I. Gandi Hindiston Bosh vaziri
boʻldi. 1977 yil martda parlamentga
oʻtkazilgan saylovda Janata parti
(partiyasi) gʻolib chiqdi. Bu HMKning
keyingi 30 yil (1947– 77) mobaynidagi
birinchi yirik magʻ-lubiyati edi. Janata
parti yetakchisi M. Desai Hindiston
Respublikasining toʻrtinchi Bosh vaziri
boʻldi. 1977 yil martdagi magʻlubiyatdan
keyin HMK partiyasi inqiroz davrini
boshidan kechirdi. Partiyaning bir qancha
koʻzga koʻringan rahbarlari Janata partiga
oʻtib ketdi. 1978 yil yanvarda sobiq Bosh
vazir I. Gandi va uning bir qancha
tarafdorlari HMK dan chiqib, yangi partiya
– HMK(I)ni tuzdilar. 1980-89, 1991-96
yillar va 2004 yildan HMK [1978 yildan
HMK (I)] hokimiyat tepasida. Hindiston -
1945 yildan BMT aʼzosi. 1991 yil 26
dekabrda UzR suverenitetini tan olgan va
1992 yil 18 martda diplomatiya
munosabatlari oʻrnatgan. Milliy
bayramlari: 26 yanvar – Respublika kuni
(1950) va 15 avgust – Mustaqillik kuni
(1947).
Hindiston milliy kongressi (I) partiyasi,
HMK (1885 yil 28 dekabrda tashkil
etilgan)dagi boʻlinishdan keyin 1978 yil
yanvarda tuzilgan; Bxaratiya janata parti,
Janata parti (1977 yil tuzilgan)ning
boʻlinishi natijasida 1980 yil aprelda
tashkil etilgan; Janata dal partiyasi, 1988
yil 11 oktabrda tuzilgan; Hindiston
Asosiy siyosiy partiya va
kasaba uyush-malari
Kommunistik partiyasi, 1925 yil 26
dekabrda asos solingan; Hindiston
Kommunistik partiyasi (marksistik), 1964
yil noyabrda tuzilgan. Umumhindiston
kasaba uyushmalari kongressi, 1920 yil
tuzilgan; Hindiston kasaba uyushmalari
milliy kongressi, 1947 yil asos solingan;
Hind kasaba uyushmalari markazi, 1970
yil tashkil etilgan.
Hindiston – agrar-industrial mamlakat.
Sanoat ishlab chiqarish, jalb qilinayotgan
xorij sarmoyasi hajmi jihatidan dunyodagi
rivojlangan oʻnta davlat qatoriga kiradi.
Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi,
Xoʻjaligi
oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash 25%,
sanoat 30%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi
45% ni tashkil etadi. Iqtisodiyoti koʻp
ukladli. Yalpi milliy mahsulotining 28% ni
tashkil etuvchi davlat sektori harbiy
sanoat tarmoqlari, atom energetikasi,
transport va aloqada yetakchi oʻrin
egallaydi.
Qishloq xoʻjaligida mayda dehqon
xoʻjaliklari ustunlik qiladi. Mamlakatda 8
mln.dan ortiq fermer xoʻjaligi bor.
Ishlanadigan yerlar (165 mln. gektar)
mamlakat hududining 2/3 qismini tashkil
etadi; shundan 141 mln. gektari faqat
ekinzor (35 mln. gektaridan yiliga ikki
marta hosil olinadi). Qishloq xoʻjaligi
maydonining 20% sugʻoriladi.
Mamlakatda aholi soni koʻp boʻlishiga
qaramay, uning qishloq xoʻjaligi
mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji toʻliq
qondirilibgina qolmay, koʻp qismini
eksport ham qiladi. Qishloq xoʻjaligi
dehqonchilikka ixtisoslashgan. Asosiy
ekinlari – sholi, bugʻdoy, tariq, duk-kakli
don ekinlari va moyli oʻsimliklar.
Hindiston shakarqamish, yer yongʻoq,
choy, jut, kanakunjut, paxta yetishtirish
boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi.
Shuningdek, kauchuk, kofe, makkajoʻxori,
tamaki, qalam-pir, ziravorlar (murch,
kardamon, mushk, dolchin va hokazo)
yetishtiriladi. Xda kokos palmasi, banan,
sit-rus va boshqa mevali daraxtlar ham
oʻsti-riladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy,
echki, choʻchqa, yilqi, tuya, par-randa
boqiladi. Pillachilik rivojlangan. Baliq va
dengiz hayvonlari ovlanadi. Oʻrmon
xoʻjaligida qimmat-baho yogʻoch
tayyorlanadi.
Sanoatida marganets, slyuda (du-nyoda
oldingi oʻrinlardan birida), toshkoʻmir,
titan, temir rudasi, ol-tin, tabiiy gaz, xromit
neft, bok-sit va boshqa qazib olinadi.
Yiliga oʻrtacha 380 mlrd. kVt-soat elektr
energiyasi hosil qilinadi (uning 4/5 qismi
issiqlik elektr stansiyalarida, 1/7 qismi
GESlarda); AESlar ham bor. Yetakchi
sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik (aso-san,
jut va ip-gazlama), oziq-ovqat (qand-
shakar, tamaki), teri-poyabzal sanoati.
Neftni qayta ishlash, se-ment, qogʻoz,
shisha-oyna ishlab chiqarish korxonalari
mavjud. Qora va rangli metal-lurgiya,
kimyo sanoati, mashinasozlik rivojlangan.
Dunyodagi axborot texnologiyalari
yoʻnalishidagi korxonalarning yarmidan
koʻpi Hindistonda joylashgan. Yadroviy
texnologiyalar va koinotni zabt etish
boʻyicha yetakchi oʻrinda. Hindistonda
ishlab chiqariladigan sanoat
mahsulotlarining 40% ga yaqinini mayda
va hunarmandchilik korxonalari beradi.
Transporti
Transportida temir yoʻl transporti muhim
rol oʻynaydi. Transport yoʻlilar uzunligi 75
ming km (15% elektrlashtirilgan).
Avtomobil yoʻllari uzunligi 3 mln. km dan
ortiq. 1984 yil Kalkutta shahrida met-
ropoliten ishga tushgan. Mamlakatda
kemalar qatnaydigan daryo yoʻllari soni
14 ta. Mamlakat tashqi savdo
aylanmasining 90% dengiz yoʻllari orqali
amalga oshiriladi. Dengiz savdo flotining
tonnaji 10366 ming t ded-veyt. Yirik
dengiz portlari: Bombay, Kalkutta, Kochin,
Vishakhapatnam, Chennay. Hindistonning
koʻp shaharlari jahondagi yirik shaharlar
bilan havo yoʻllari orqali bogʻlangan.
Asosiy aeropor-tlari Bombay, Dehli,
Kalkutta, Bangalor, Chennay,
Bxubaneshvar, maduray shaharlarida
joylashgan. Mamlakat ichkarisida xizmat
qiladigan 90 ta aeroport mavjud.
Hindiston chetga mashina va jihozlar,
kiyim-kechak, teri va undan tayyorlangan
buyumlar, kimyoviy tovarlar, ip-gazlama
matolar, jutdan tayyorlangan buyumlar,
temir rudasi, choy, kofe, ziravorlar,
konserva, baliq va baliq mahsulotlari,
brilliant, qimmatbaho toshlar chiqaradi.
Chetdan neft va neft mahsulotlari, ishlab
chiqarish vositalari, isteʼmol mollari va
boshqa oladi. Tashqi savdoda AQSH,
Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya,
Tashqi savdosi
BAA, Belgiya, Italiya, Rossiya, Fransiya,
Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar
bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi –
Hindiston rupiyasi.
Mamlakatda sogʻliqni saqlash
amaliyotida xalq tabobati ham keng
qoʻllaniladi. Tibbiyot xodimlari 100 dan
ortiq tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida, 16 tish
vrachlari kollejlarida va 12 boshqa
tibbiyot bilim yurtlarida, oʻrta tibbiyot
xodimlari 480 tibbiyot maktabida
tayyorlanadi. Mamlakatda koʻplab
tibbiyot markazlari, zamonaviy shifoxona
va ambulatoriya tarmoqlari mavjud.
Tibbiy xizmati
Asosiy kurort maskanlari: Gujarot
shtatidagi Titxal, Ubxrat, Diu, Daman,
Maharashtra shtatidagi Madha, Marv,
Karnatakadagi Ullal, Udili, Mangamuru va
boshqa
Hindiston mustaqillikka erishgan naytda
mamlakat aholisining 96% savodsiz
boʻlgan. 1949 yilda qabul qilingan
konstitutsiya boʻyicha 6 yoshdan 14
yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepud
majburiy talim joriy etildi. 2005 yilda
savodxonlik darajasi 52% ga yetdi.
Mamlakatda katta yoshdagi aholi
Maorifi, madaniy-maʼrifiy
va ilmiy muassasalari
oʻrtasida savodsizlikni tugatish
maqsadida maxsus maktablar ochilgan
boʻlib, ularda 120 mln. kishi shugʻullanadi.
Hindistonda xalq taʼdimi tizimi
maktabgacha taʼlim muassasalari,
boshlangʻich va kichik asosiy maktab,
toʻliqsiz oʻrta va toʻliq oʻrta maktabdan
iborat. Mala-kali ishchilar hunar bilim
yurtlarida tayyorlanadi. Oliy oʻquv
yurtlarida oʻqish muddati 5–6 yil va
oʻqish pulli. Davlat oʻquv yurtlari bilan
birga xusu-siy oʻquv yurtlari ham mavjud.
mamlakatda 219 universitet va institut
hamda 7 mingdan ziyod kollej bor. Yirik
va qadimgi oliy oʻquv yurtlari: Bombay
universiteti, Kal-kutta universiteti,
Chennay universiteti va boshqa asosiy
kutubxonalari: Kalkuttadagi milliy
kutubxona (1902 yil tashkil etilgan),
Dehlidagi ommaviy kutubxona (1951),
Chennaydagi ommaviy markaziy
kutubxona (1896) va boshqa Mamla-
katda 460 dan ortiq muzey faoliyat
yuritadi. Yiriklari: Chennaydagi davlat
muzeyi (1851 yil tashkil etilgan),
Dehlidagi hozirgi zamon sanʼati milliy
galereyasi (1954), Yangi Dehli (Nyu-
Deli)dagi Milliy muzey, Varanasi
shahridagi Sanʼat muzeyi, Kalkuttadagi
Hindiston muzeyi (1814), Birla
Texnologiya muzeyi, Bombaydagi Gʻarbiy
Hindiston muzeyi, Dehlidagi J. Neru
(1964), M. Gandi (1948) memorial
muzeylari.
Hindistonda ilmiy tadqiqotlar universitet
va maxsus markazlarda, ilmiy jamiyat va
assotsiatsiyalarda, fanlar aka-
demiyalarida olib boriladi. Hindiston
milliy fanlar akademiyasi eng yirik ilmiy
muassasa hisoblanadi.institutlarga Ilmiy
va sanoat tadqiqotlari ksngashi, Atom
energiyasi boʻyicha komissiya, Qishloq
xoʻjaligi tad-qiqotlari boʻyicha Hindiston
kengashi, Tibbiyot tadqiqotlari boʻyicha
Hindiston kenga-shi, Universitetlarni
mablagʻ bilan taʼminlash komissiyasi,
Mudofaa tadqiqotlari tashkiloti rahbarlik
qiladi. Hindiston ilmiy kongressi assotsi-
atsiyasi Hindistonning eng ommaviy ilmiy
jamiyatidir. Hindistonda 130 maxsus ilmiy
tadqiqot muassasasi, 700 dan ortiq
ixtisoslashgan laboratoriya ilmiy
tadqiqotlar olib boradi. Mamlakatda ilmiy
tadqiqot bilan 2,5 mln. kishi
shugʻullanadi.
Hindistonda 84 tilda umumiy adadi 51
mln. nusxadan iborat 19 ming gazeta, 35
mln. nusxadan iborat 18 ming jurnal
nashr etiladi. Yiriklari: "Indian ekspress"
("Hind eksprsssi", ingliz tilidagi kundalik
gazeta, 1932 yildan), "Xindustan tayms"
("Hindiston vaqti", ingliz tilidagi kundalik
gazeta, 1923 yildan), "Tayms of In-dia"
("Hindiston vaqti", ingliz tilidagi kundalik
Matbuoti, radioeshittirishi
va telekoʻrsatuvi
gazeta, 1838 yildan), "Steytsmen" ("Davlat
arbobi", ingliz tilidagi kundalik gazeta,
1875 yildan), "Neshnl gerald" ("Milliy
xabarchi", ingliz tilidagi kundalik gazeta,
1938 yildan), "Nav bharat tayms" ("Yangi
Hindiston vaqti", hind tilidagi kundalik
gazeta, 1947 yildan), "Naya patx" ("Yangi
yoʻl", oylik adabiy-badiiy va ijtimoiy-siyosiy
jurnal, 1954 yildan), "Forin affers riports"
("Xalqaro munosabatlar xabarchisi", ingliz
tilidagi oylik jurnal, 1952 yildan), "Hayot"
(urdu tilidagi haftanoma, 1963 yildan),
"Hindu" (ingliz tilidagi kundalik gazeta,
1878 yildan), "Hindustan" (hind tilidagi
kundalik gazeta, 1933 yildan), "Blits"
("Chaqmoq", ingliz, urdu, hind, marathiy
tillaridagi haftalik jurnal, 1941 yildan).
Press Trast of Indiya, Hindistondagi eng
yirik axborot agentligi (PTI), 1947 yil
tashkil etilgan; Yunayted Nyus of Indiya
(YUNI), Hindiston matbuot axborot
agentligi, 1961 yil tuzilgan.
Umumhindiston radiosi 1936 yildan,
Umumhindiston televideniyesi 1976
yildan ishlaydi. Radioeshittirishlar 1927
yildan, telekoʻrsatuvlar 1959 yildan
boshlangan.
Hind adabiyotining 3 ming yildan koʻproq
anʼanasi vedalar – sanskrit tilidagi diniy
gimnlardan boshlanadi. Miloddan avvalgi
10–4-asrlarda xalq ogʻzaki ijodida yirik
Adabiyoti
epik dos-tonlar – "Mahabharata" va
"Ramaya-na" shakllandi. Qadimgi hind
adabiyoti yodgorliklari – puranlar
muqaddas matnlari bu dostonlar
matnlariga yaqin. Qadimgi hind ertaklari
toʻplamlaridan "Panchatantra",
"Xitopadesha", "Vetalapanchavinshati",
"Shuksaptati" mashhur. Mualliflik
adabiyoti milodiy 1-asr boshlarida paydo
boʻldi. Sanskritadabiyotining buyuk shoiri
va dramaturgi Kalidasatr. Bxasa (3–4-
asr) va Shudraka (5–6-asr) ham mashhur
dramaturg boʻlishgan. Sanskrit
adabiyotida Bxo-vabxugi (8-asr) ham
sezilarli iz qoldirdi. Dandin (7-asr)ning
"Oʻn shahzoda sar-guzashti" romani
sanskrit badiiy nasrining choʻqqisi
hisoblanadi. Mil.ning dastlabki asrlaridan
dravid tillari (qarang Dravidlar)da,
jumladan, tamil tshshtgi adabiyot (qarang
Tamil adabiyoti) rivojlandi. taxminan 7-
asrdan oʻrta asrlar adabiyotining tarixi
boshlanadi. Sanskrit va tamil tilidagi
adabiyot bilan bir qatorda boshqa tillarda
ham adabiyot vujudga keldi. Yangi hind
adabiyoti dravid va yangi hind-oriya
tillarida 1-ming yillik oxiridan rivojlana
boshladi. Keyinroq esa kashmir va sindh
adabiyoti, shuningdek pushtu tilidagi
adabiyot shakllana boshladi. Musulmon
davlatlarining paydo boʻlishi va islom
dinining keng tarqalishi natijasida
Hindistonning fors tilidagi adabiyoti
yuzaga keldi (Xusrav Dehlaviy, Mirzo Bedil
va boshqalar). Shoirlardan Vali (17–18-
asr), Mir Toqiy, Mirzo Gʻolib va boshqa
urdu sheʼriyatining eng yaxshi
namunalarini yaratdilar. 19-asrning 2-
yarmida milliy ozodlik hara-katining
rivojlanishi natijasida adabiyotda \ind
maʼrifatparvarlik davri boshlandi. Bu davr
adabiyotida Dinobondxu Mittro,
Premchand Mit-tro, Bonkimchondro
Choddopaddqay va Bengaliyaning
boshqa yozuvchilari samarali ijod qildilar.
Ayni vaqtda ingliz tilida ijod qilgan
dastlabki shoirlar (G. L. V. Derozio, K.
Gosh, T. Datt)ning sheʼrlarida ingliz
romantizmining taʼsiri seziladi. 20-asrning
20-yillarida mustaqillik uchun kurash \ind
adabiyotining markaziy mavzusi boʻlib
qoldi. Bu davrning buyuk yozuvchisi
bengaliyalik R. Tagor boʻldi. Fors va urdu
tillarida ijod qilgai shoir M.Iqbol oʻz
asarlarida yuksak badiiylikka erishdi.
1930-yillarning oʻrtalarida taraqqiypar-nar
yozuvchilarning \arakati vujudga keldi.
20-asrning 30-yillarida Hindistonda ingliz
tilidagi nasr paydo boʻldi (M. R. Anand, N.
K. Narayan, X. Chattopa-dxaya va
boshqalar). 1936 yil Iremchand, M. R.
Anand va Sajjod Zohirlar tashabbusi bilan
Hindistop taraqqiyparvar yozuvchilar
assoniatsiyasi tuzildi. Gan-dizm
adabiyotga chuqur taʼsir koʻrsatdi.
Inqilobiy romaitik oqim shakllana
boshladi (Joʻsh Malihobodiy). Sheʼriyat
shakllari yangilandi, nasr tez rivojlana
boshladi. Ayni vaqtda deka-dentlik
oqimlari \am paydo boʻldi (I.Joʻshi,
M.Varma). Hindistonning mustaqillikka
erishishi (1947) ilgʻor adabiyo-tning
rivojlanishiga yordam berdi.
Mustamlakachilik qoldiqlarini yoʻqo-tish
uchun kurash va iqtisodiyotning
yuksalishi ilgari qoloq boʻlgan bir qator
adabiyotlarning rivojlanishiga qamda
yangi adabiyotlarning shakllanishiga
imkoniyat tugʻdirdi. Hindistonning milliy
tillaridagi adabiyotlar bilan bir qatorda
ingliz tilidagi adabiyot \am rivojlangan.
1940–60 yillarda Hindistonda ind
progressiv adabiyot namo-yandalari
A.S.Jafri, S.K.Chouxan, Xoʻja Ahmad
Abbos, Yashpal, A.N. Kas-mi, A.Nagar va
boshqa oʻz asarlarida mamlakatdagi
ijtimoiyiqtisodiy muam-molarni koʻtarib
chiqib, jamiyatdagi eng lolzarb
masalalarni \al etishga daʼvat etdilar.
Milliy adabiyot vakillaridan
B.Bxattachoriya, M.R.Anand,
M.Bondopaddxay, T. Bondopaddxay,
G.Singx, R.V. Desai, R.Krishnamur-ti,
R.A.Maxadevan, Vshʼchatxol va boshqa
oʻz asarlarida mamlakatda iqtisodiy
istiqlolga erishish, qashshoqlikni bar-
taraf etish, savodsizlikni tugatish,
xalqning maʼnaviy darajasini oshirish kabi
muammolarni koʻtarib chiq-dilar.
Progressiv yozuvchilar Sh.Chou-xan, X.
Dvidedining gʻoyaviy estetik qarashlari
mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy \odisa va
jarayonlar bilan cham-barchas
bogʻlangan. Yozuvchi I.Joʻshi \ind
adabiyotida "psixologik adabiyot" vakili
sifatida namoyon boʻldi. Yozuvchi va
dramaturg V.Prabxakara oʻz asarlarida
mustaqil Hindistonning ijtimoiy
muammolarini \aqqoniy tarzda tasvirladi.
1980–90-yillarda M.Rakesh, Kamleshvar,
B. Saxni, J.Kumar, Dug-gal, A.Pritam,
K.Azmi, Saksena, Vimal va boshqa
adiblar samarali ijod qildilar (yana q.
Xsh"
) adabiyoti).
Hindistonda miloddan avvalgi 3–1ming
yilliklar-dayoq mudofaa, xoʻjalik va turar
Meʼmorligi
joy binolari, bogʻ va suv \avzalari boʻlgan
yirik sha\arlar (Sang\ol, Lot\al, Mathura,
Pataliputra) qurilgan. Miloddan avvalgi
4–2-asrlarda ulkan qalʼa, saroylar (Patali-
putradagi podsho Ashoka saroyi), diniy
ashyolarga moʻljallangan inshoot –
stupalar, memorial ustun (stambxa)lar,
gʻor ibodatxonalari (Karlida, miloddan
avvalgi 1-asr; Ajantat, miloddan avvalgi 2-
asr – milodiy 7-asr) va monastirlar,
ehromlar yaratilgan. Milod boshlarida
budda ibodatxonalarining yangi turlari
(Sangida yer ustiga qurilgan toʻrt
kolonnali peshay-vondan iborat kub
shaklidagi ibodatxona, 5-asr; Ellorda
yaxlit qoyatoshni oʻyib ishlangan
ibodatxona, 8-asr) paydo boʻldi. 6–7-
asrlarda ibodatxonalarning silliq minora
shaklidagi shimoliy (Madya-Pradesh
shtatida joylashgan Kxajuraxo
ibodatxonalar majmuasidagi Kandarya
Maxadeo va Bxubaneshvar shahridagi
Mukteshvara ibodatxonalari) va
zinasimon minora shaklidagi janubiy (Ma-
xabalipuramdagi Dxarmarajaratxa ibo-
datxonasi) turlari shakllandi. Shu davrda
Banoras shahrida \indular ibodatxonalari
qurildi; shaqarda 1500 ga yaqin
ibodatxona bor. 13-asrdan Dexli sultonligi
davrida yirik saroy ansambllari, masjid,
gumbazsimon maqbara, minoralar
(Dexdidagi Qutb Minor deb atalgan
minorali Quvvatul-Islom masjidi, 1 193
yildan qurila boshlangan) \amda
musta\kam qalʼa devorlari bilan oʻralgan
shaqarlar (Siri, Jaqonpa-no, Tugʻlaqobod,
Feruzobod; ammasi 14-asrda oz. Deqli
xududida) qurildi. Boburiylar davlati
tashkil boʻlgach, Hindiston meʼmorligi
yuksak choʻqqilarga erishdi: sha\ar va
qalʼa qurilishi sanʼatining ajoyib
namunalari yaratildi (Agra, Ajmer,
Ollo\oboddagi qalʼalar, "Fate\pur-Sekri"
shaar-qalʼasi, 1569–84), qubbasimon
maqbaralar (De\lidagi Xumoyun
maqbarasi, 1565; Agra shahri yaqinidagi
Tojmahal) qurildi.
Qurilishda marmar eng koʻp ishlatiladigan
qurilish materialiga ailandi. Ayni paytda
Hindistonning ayrim hududlarida
meʼmorlikda mahalliy kolorit saqlanib
qoldi (Asarvdagi Dadagarir buloq
paviloni, 16-asrda., Datiyadagi Bir Singx
Deo saroyi, 17-asr boshi). 16-asrda
yaratilgan Haydaroboddagi Chor Minor
Zafar arki, uning yaqinidagi Makka
masjidi, Ahmadoboddagi chayqalib
turadigan minoralar ulkan tarixiy
obidalardir. 17-asrda "Marvarid" nomi
bilan atalgan masjid, Jahongirshohning
marmardan qurilgan maqbarasi,
Dehlidagi Rang Mahal saroyi, durlar bilan
bezatilgan masjid, sikhlarning
Amritsardagi sajdagohi – Oltin ibo-
datxona bunyod etildi. Baromi (Roja-
sthon), Kanarak (Orissa), Kajuraxo
(Madhya-Pradesh)dagi ibodatxonalar
hind meʼmorligining bebaho
yodgorliklariga aylandi. 19-asrda eski
shaharlar (Kalkutta, Madras, Bombay)
rivojlandi va Yevropa meʼmorligi
uslubidagi inshootlar bunyod etildi.
Mustaqillikka erishgach, mamlakatni
industrlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan
qurilishlar avj oldi. Yangi shaharlar qurildi
(Chandigarx, 1951–56, Le Korbyuzye
boshchiligidagi meʼmorlar guruhi; Bxilai,
1963 yildan qurila boshlangan, hind
meʼmorlari guruhi). Zamonaviy binolardan
yiriklari: Kalkuttadagi bank (1969, meʼmor
A.Gupta), M.Gandi muzeyi (1960–63,
meʼmor Ch.Korrea), Kanpur shahridagi
Texnologiya instituti (1963, meʼmor
A.Kanvinde), Bombaydagi "Tojmahal"
mehmonxonasi (1975).
Hindiston janubda tosh davriga oid
gʻorlardagi rasmlar, qiz-dirilgan loydan
tayyorlangan buyumlar, zargarlik
bezaklari saqlangan. Mohenjodaro,
Xarappa va Hind daryosi havzasining
markazlarida miloddan avvalgi 3–2-ming
yillikda ilk sinfiy jamiyat sanʼati rivojlandi
(hayvon va mifologik obrazlar
tasvirlangan boʻrtma muhrtumorlar,
haykalcha va boshqalar). Miloddan
avvalgi 4–2asrlarda toshdan yodgorliklar
tayyorlandi (Didarganjadan topilgan
Tasviriy sanʼati
maʼbudalar haykali, Sarnatxadan topilgan
"Sherali kaptel"). Milodiy 1– 5-asrlarda
Kushon podsholigi davrida Gandxara
badiiy maktabiga mansub buddaviy
haykallar yasash rivojlandi. 5–7-asrlarda
devoriy rassomlik gul-lab yashnadi
(Ajantadat gʻor ibodatxonalar). 10– 12-
asrlarda bronza haykal-taroshligi keng
tarqaldi [raqs tushayo-tgan Shiva
(Natarajan) haykalchasi]. 13-asrdan Dehli
sultonligi va keyinchalik Boburiylar davlati
davrida amaliy bezak sanʼati va kitob
mini-atyurasi taraqqiy etdi. Oʻrta asrlarda
Hindistonda miniatyura sanʼati rivojlandi.
Dastlabki hind miniatyura maktablaridan
gujarot maktabi mashhur boʻlgan. 16-
asrda miniatyura sanʼatining boburiylar
maktabi vujudga keldi. Bu maktab
vakillari tasvirning haqqoniy boʻlishiga
intildi; tarixiy risolalarga bezaklar
yaratish, portret va ani-malistik janrlar
keng tarqaldi. mustamlakachilik davrida
Hindiston professional sanʼati deyarli
rivojlanmadi, xalq hunarmandchiligi
(gilam toʻqish, kash-tachilik, toʻqish, fil
suyagi va yogʻoch oʻymakorligi, qadama
naqsh, tanga zarb qilish va boshqalar)
taraqqiy etdi. 19-asr oxi-ridan zamonaviy
rassomlik vujudga keldi (R.R.Varma). 20-
asr boshlarida, "Bengaliya uygʻonish
davri"da koʻp ras-somlar milliy anʼanalarni
saqlab qoldilar (rangtasvirchilar A.Tagor,
N.Bos, S.Ukil; haykaltarosh V.P.Kar-
markar va boshqalar). Hindiston tasviriy
sanʼatida turli oqim va maktablar,
jumladan modernistik oqim rivojlangan.
Ras-somlar D.P.R.Choudxuri, B.N.Jija,
S.N.Banerji, haykaltaroshlar K. Sen, Ch.
Kar, P. D. Gupta, grafiklar X. Das va
boshqa milliy sanʼat anʼanalarida asarlar
yaratdilar. Hindistonda amaliy bezak
sanʼati ham rivojlangan.
Musiqasi 4 ming yillik tarixga ega boʻlib,
dunyoda eng qadimgi va oʻziga xos
shakllardan tashkil topgan. Uning ildizlari
xalq bayram va diniy marosimlari,
Xarappa madaniyati (ayniqsa,
Mohenjodaro taraqqiyot davri) bilan
bevosita bogʻliq. Hindistonning qadimgi
yozma yodgorliklari ("Vedalar" –
"Rigveda", "Samaveda", "Atharvaveda" va
"Yajur-veda"; miloddan avvalgi 2–1 ming
yilliklari)da diniy madhiyalar oʻz aksini
topgan. Musiqashunoslar Hindistonda
mumtoz musi-qaning yuzaga kelishini
bevosita "Sa-maveda" bilan bogʻlashadi.
Uning falsafiy-estetik va nazariy
mezonlari Bharataning sanskrit tilida
yozilgan "Natyashastra" risolasida
asoslab berilgan (taxminan milodiy 3–4-
asrlar), Matanganing "Brihadeshi"
risolasida (5–7-asrlar) hind mumtoz
musiqasi haqida batafsil maʼlumotlar
berilgan. sharangadevaning
"Sangitaratnakar" 7 jildli toʻplamida (13-
asr) hind ragalari, ularning parda va ritmik
tuzilishi, milliy musiqa sozlari va boshqa
masalalar yoritilgan. Ramamatyaning
"Svaramelakalanidhi" (16-asr) hamda
hind olimlarining boshqa risolalarida
musiqiy tovushlar (thath) tizimi koinot
quvvati sifatida yuzaga kelgan tovush
(nada)lar hamda olam taraqqiyoti
mahsuli boʻlmish usullar birlashuvi
maʼnosida talqin etiladi. Kosmologik
tasavvurlar asosida Kuyesh tizimining 7
ta sayyorasiga nisbat berilgan 7 ta asosiy
parda, ular negizida 22 yarim tondan kam
boʻlgan interval (shrutilar) tizimi yuzaga
kelgan.
13-asrdan boshlab Shimoliy Hindiston
musiqa madaniyati Markaziy va Urta
Osiyo xalqlarining badiiy anʼanalari,
musulmon sanʼati taʼsirida rivojlanib
borgan. Buning natijasida hind mumtoz
musiqasida 2 asosiy uslub qaror topdi:
shimoliy ("hindustani") va janubiy
("karnatak"). Janubiy Hindiston musiqa
uslubi (karnatak) asosan anʼanaviy
xonan-dalik sanʼati bilan ajralib turadi,
unda ragalar negizida diniy qoʻshiqchilik
janrlari – kirtan, pada (bastakorlar
Purandaradasa, 15–16-asrlar; Kshetrayn,
17-asr), kriti (mumtoz ashulaning asosiy
turi; Shyam Shastri, Muttusvami Dikshitar,
Tyagaraja ijodida ravnaq topgan, 18–19-
asrlar), yengil mumtoz musiqa janrlari –
tillana (18-asr), javalli (19-asr) va boshqa
keng oʻrin olgan.
Shimoliy Hindiston mumtoz musiqasida
eng muhim lirik janrlardan "dhrupad"
(Svami Haridas, Miyan Tansen, 16–17-
asrlar), xonandalikda, soʻngra
sozandalikda ham ishqiy va shirin
kayfiyatni aks ettiruvchi, virtuozli "xayal"
(manbalarda uning asoschisi Amir Xus-
rav Dehlaviy hisoblanadi) janrlari keng
oʻrin olgan. Mumtoz musiqa sohasida
"thumri", "gʻazal", "kavalli", soʻfiyona
"kalam", shuningdek, "dadra", "tappa",
"tarana"lar ham mavjud.
Hind mumtoz musiqasi, musiqiy folklor,
raqs sanʼati shakllari asosida anʼanaviy
musiqiy teatr turlari – jatra, yakshagana,
tamasha va boshqa tashkil topgan.
Mumtoz raqs turlariga bharat natyam,
kathakali, kath-ak, manipuri, odissa va
boshqa kiradi.
Hind xalq musiqa ijodi turlarining boyligi
va rang-barangligi Hindistonda turli millat
vakillarining istiqomat qilishi, ular koʻp
tillarda soʻzlashuvi bilan belgilanadi. Xalq
musiqa cholgʻularidan urma dhol, dholak,
damaru, udukkai, puflama kombu, singh,
tiruchinnam, karnay, murali, mohori,
nagasar, torli-chertma ekta-ra, dutara,
tuntune, jantar, torlikamonli kamaycha,
banam, sarinda va boshqa keng oʻrin
olgan. Professional musiqa sozlaridan
vina, setor, sarod, tampura, sarangi, nay,
bansuri, sur-nay, shohnay, nagasvaram,
fisgarmoniya, pakhovaj, tabla, mridanga,
gha-tam va boshqa ommalashgan.
Hindistonda milliy ozodlik harakati va
mustamlakachilikka qarshi kurashning
kuchayishi (19-asrning 1-yarmi va 20-
asrning oʻrtalari) milliy musiqa
madaniyatining rivojlanishida muhim
davrni boshlab berdi. Rabind-ranat
Tagorning ijodi yorqin sahifa boʻlib qoldi.
Faol ziyolilar orasida milliy musiqa
merosini oʻrganishga qiziqish kuchaydi.
Yangi oʻquv yurtlari ochildi, jamoa
tashkilotlari tashkil etildi: Madras (hozirgi
Chennay)da musiqa akademiyasi (1928),
Kerala sanʼat markazi (1930), Xalq
sanʼatini saqlash Bengaliya jamiyati
(1932), Dehlidagi Gandharva
Mahavidyalay musiqa instituti (1939) va
boshqa Vishnu Narayyana Bhatkhande,
Vishnu Digam-bar Paluskar, Chinnasvami
Mudalyar, Subbarama Dikshitar kabi
musiqashunos olimlar hind musiqa
madaniyatini rivojlantirishda oʻz ilmiy
asarlari bilan katta hissa qoʻshdilar.
Hindiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach
(1947), hind musiqasining rivojlanishida
yangi davr boshlandi. Teatrlarda yangi
musiqali spektakllar qoʻyildi (Shila
Vatsning "Qotgan yer", Gʻulom
Haydarning "Boʻysunmas Pan-job",
S.Shankarning "Poyezd",
G.D.Madgulkarning "Ram haqida qissa"
va boshqalar). Kino musiqasi
kompozitorlik ijodini rivojlantirishda
muhim omil boʻlib qoldi, unda milliy va
Gʻarbiy Yevropa maktablarining uslubiy
omillari uygʻunlashgan. natijada
kompozitorlar tomonidan kino uchun
xalqqa manzur kuy va qoʻshiqlar yaratildi.
1960–90 yillarda A.Vishvas, H.Kumar,
S.Choudhuri, R.Barman, Ravi, Naushad,
Xayyom, Madan Mohan kabi
kompozitorlar kinomusiqa janrida ijod
qilishgan, hozirgi kunda Shankar va
Jeykishan, Lakshmikant Pyarelal,
S.D.Barman, Anu Malik kabi
kompozitorlar bu sohada faol ijod
qilmoqda. Ular bastalagan kuy va
qoʻshiqlarni Talat Mahmud, Gita Datt,
Shamshod Begum, Manna Dey, Lata
Mangeshkar, Muham-mad Rafi, Mukesh,
Asha Bhonsle, Usha Mangeshkar,
shuningdek, Kumar Sanu, Alka, Yagnik,
Anuradha Paud-val, Sonu Nigam, Udit
Narayyan, B.Subramaniam, Kavita Krishna
Murthi, Ar Rahmon Hariharan, Adnan
Sami va boshqa ijro etishgan.
Mumtoz musiqa ijrochiligida Ravi
Shankar (setor), Bismilloh Xon, Ali Akbar
Xon, Amjat Ali (sarod), Hariprasad
Chaurasiya (nay), Pandit Ram Narayyan
(sarangi), Pandit S.R.Vyas va Malikarjun
Mansur (xonanda-raga), Subbulakshmi,
Kishori Amonkar, Sandhya Mukerji
(xonanda-raga), Mukesh Sharma (sarod),
Irshad Xan (setor va surbahor), ustad
Zokir Huseyn va Ilmas Huseyn Xon
(tabla), Jagjit Singh (xonan-da-gʻazal),
Gʻulom Ali (xonanda-gʻazal), Gulfam
Ahmad (sarod va rabab) va boshqa
mashhur.
Hindistonda musiqa maktablari va
kollejlari, universitetlarda musiqa
fakultetlari mavjud. Musiqa sanʼati
sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari,
sanʼatkorlarning ijrochilik faoliyatini
muvofiklashti-ruvchi tashkilotlar, musiqa
sanʼatiga oid konferensiya, forum,
festivallarni tashkil etuvchi idoralar
faoliyat koʻrsatmokda; bular orasida –
Dehli musiqa, raqs va drama akademiyasi
(Sangit Natak Akademi), Bombay
ijrochilik sanʼati milliy markazi, Chennay
musiqa akademiyasi mashhur. Milliy
musiqa madaniyatining turli xil shakllarini
targʻibot etishda Umumhindiston radiosi
bosh vazifani bajarmoqda.
Hindistonda xalq teatr tomoshalari
qadim zamonlardayoq paydo boʻlgan.
Ular qabilalarning turli urf-odatlari, oʻyin
va raqslari asosida vujudga kelgan.
Xalqteatrining asosiy shakllari \ozirgacha
yetib keyagan. Aksariyat teatr
tomoshalarining asosini qadimgi ind epik
dostonlar – "Ramayana" va "Ma-
Teatri
habharata"tn olib oʻynaladigan sa\-nalar
tashkil qilgan. Uning eng koʻp tarqalgan
syujeti dostonlar qahramonlari – Rama
va Krishna hayotidan olingan lavhalardan
iborat. Anʼanaviy teatrlarning yorqin va
taʼsirli vositalaridan biri raqsning bharat-
natyam, kat\akaliy, kathak, manipuriy kabi
turlaridir. Janubiy Hindistondagi koʻp
geatrlarning xoreografik asosini bharat-
natyam va kathakaliy, Shimoliy
Hindistondagi tsatrlar xoreografik asosini
kathak va manipuriy tashkil qiladi. Gʻarbiy
Bengaliya va Oris-sada jatra lirik dramasi
mashhur. Bunda tomoshalar ochiq joyda
oʻtkazilgan, sahna va dekorapiyalar
boʻlmagan. Xalq teatrlari Hindistonning
boshqa rayonlari – Maharashtra
(tomosha), Kashmir (joshi), Rojasthon
(svangi)da ham boʻlgan. Hind mumtoz
teatri taraqqiyo-tida xalq teatrlarining
taʼsiri kuchli boʻldi. Uning gullagan davri
Bxasa, Kalidasa va Shudraka ijodi bilan
bogliq. 12 – 13-asrlarda Hindiston
mumtoz dramasi tanazzulga uchradi. 16-
asrda Mala-bar sohillarida spektakllar
tunda bayramlarda qoʻyiladigan diniy
mavzudagi teatr paydo boʻldi. Bu
teatrning sodda turi – tulal 18-asrgacha
saqlandi. 19-asrning 2-yarmida milliy
ozodlik harakatining kuchayishi, milliy
ongning oʻsishi Yevropa tipilagi teatrni
vujudga keltirdi. Bengal, hind, marath
tillarida dramaturgiya yaratildi. 1872 yil
bengal dramaturgi G.Ghosh Milliy teatrga
asos soldi. U hind teatr sanʼati
taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. 19-
asrning 2-yarmi – 20-asrning 1-yarmida
hind teatrida yangi shakllarning paydo
boʻlishi hind yozuvchisi R.Tagor nomi
bilan bogʻliq. 20-asrning 40-yillari
professional va havaskor teatr jamoalari
vujudga keldi; ular Xalq teatrlari
assotsiatsiyasi (1943 yil asos
solingan)ga birlashdilar.
Mustamlakachilik tuzumining soʻnggi
yillari mustamlakachilikni qoralovchi teatr
tomoshalarining turli shakllari paydo
boʻldi. Hindiston mustaqillikka erishgach,
milliy madaniyat, jumladan, teatr sanʼati
rivoj topdi. 1953 yilda Musiqa, raqs va
drama akademiyasining ochilishi katta
ahamiyatga ega boʻldi. Kalkuttada
"Bohurupiy", "Star", "Rangmahal", "Mi-
nerva", Teatr markazi, "Tarun opera",
Dehlida "Yangi teatr", Bombayda
"Dramatik Vint" teatrlari mashhur.
Shuningdek, Ollohobod, Chennay, Bano-
ras, Puna va boshqa shaharlarda ham
doimiy teatrlar mavjud. Qoʻgʻirchoq teatri
ham teatr tomoshalarining eng qadimgi
turlaridan biridir. Soya teatri keng
tarqalgan.
Hindistonda birinchi film 1912 yilda
ishlangan ("Roja Xarishchandra", rejissyor
D.G.Pxalke). Dastlabki ovozli kino 1931
Kinosi
yil ekranga chiqdi ("Dunyo nuri", rejissyor
A.Iraniy). 1930-yillarda, milliy ozodlik
harakati avj olgan davrda ilgʻor ijtimoiy
goyalar bilan sugʻorilgan "Devdas" (1935,
rejissyor P.S. Baruat), "Kutmagan edilar"
(1936), "Qoʻshnilar" (1939, ikkalasining
rejissyor V.Shantaram) kabi s|>ilmlar
yaratildi. 1947 yil Axborot va
radioeshittirish vazirligi huzurida
kinematografiya boʻlimi tashkil etildi. Xalq
hayetini haqqoniy aks ettirgan filmlar
paydo boʻldi ("Yer farzandlari", 1946,
rejissyor Xoʻja Ahmad Abbos;
"Mazlumlar", 1949, rejissyor N.Ghosh).
1950-yillarda zamonning muhim ijtimoiy
masalalariga bagishlangan "Daydi" (1951,
rejissyor R.Kapur). "Ikki bigha yer" (1953,
rejissyor B.Roy), "Yoʻldosh" (1953,
rejissyor X.A.Abbos) yaratildi. Rejissyor
S.Reyning "Yoʻldagi qoʻshiq" (1955),
"Yengilmaganlar" (1957), "Apulning
dunyosi" (1959)dan iborat kinotrilogiyasi
jahon kino sanʼatida muhim voqea boʻldi.
Usha davrda rejissyor G.Datt "Qogʻoz
gullar", "Chanqoqlik", "Oy nuri" filmlarini
yaratdi. 1960-yillarda koʻngilochar
musiqali filmlar yara-tadigan Bombay
studiyasidan farqli oʻlaroq real voqelikni
aks ettiruvchi filmlar tayyorlaydigan
Kalkutta kino maktabi vujudga keldi
("Xor", 1975; "Parashuram", 1978,
ikkalasining rejissyor M.Sen; "Raqib",
1970; "Uzoq momaqaldiroq" 1973,
ikkalasining rejissyor S.Rey; "Mantxan",
1977, rejissyor Sh.Benegal). 1970-yillarda
rejissyor Ya.Chop-raning "Shoʻʼla",
"Qayerdadir, qachondir", prodyuser
R.Kapurning "Bobbi", rejissyor
R.Reddining "Dafn marosimi" filmlari
ekranga chiqdi. 1980-yillarda rejissyor
M.Kumarning "Inqilob", rejissyor
B.R.Chopraning "Yonayotgan poyezd",
rejissyor A.Gopalakrishnanning "Yuzma-
yuz", rejissyor G.Aravindoning "Oridad"
filmlari shuhrat qozondi. 1990 yillarda
rejissyor A.Chopraning "Dsvona dil",
prodyuser M.Kumarning "Be-tob",
"Yarador" kabi vatanparvarlik goyalari
bilan sugorilgan filmlari ekrapga chiqli.
Kino aktyorlaridan B.Saxni, D.Ananl,
D.Kumar, M.Kumari, Raj, Rishi va
Karishma Kapurlar (q Kapurlar tiasi),
S.Nirgis, A.Bachchan, Amirxon,
Shohruhxon, Salmanxon, R.Mukerji,
A.Patel, M.Dikshid va boshqa mashhur.
Hindistonda hujjatli filmlar ham
chiqarilali. 1960 yil Puna shahrida
Kinematografiya instituti ochilgan. 1954
yildan Bombayda xar yili Butun Hindiston
kinofestivali oʻtkaziladi. Hiid kino sanʼati
vakillari Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi
mamlakatlarining Toshkentdagi
kinofsstinallarida faol qatnashib, koʻplab
mukofotlarni qoʻlga kiritganlar.
Hindistonda yiliga 1000 dan ortiq film
yaratiladi va u jahonda yaratilayotgan
filmlarning 14% ni tashkil etadi.
Asosiy maqola:
Oʻzbekiston — Hindiston
munosabatlari
Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi
munosabatlar bir necha ming yillik tarixga
ega. 1991 yil Oʻzbekiston Respublikasi
mustaqillikka erishgach, Hindiston
Oʻzbekiston mustaqilligini tan olib, 1992
yil diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi va
ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli
aloqalar yoʻlga qoʻyildi.
Oʻzbekiston – Hindiston
munosabatlari
Fotolari
Bombay Borsasi
Tavuskushu olan Hindistonin ulusal kush
Guney Hindiston sahil
Kuzey Hindistonda Dag'lar
Hindiston Parlamenti
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Soʻnggi tahrir 3 oylar avval Kagansky tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Hindiston&oldid=2142616
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |