HIND ADABIYOTI
HIND ADABIYOTI
Hind adabiyoti, hindiy ada biyoti — Hindistondagi hind tili (hindiy) va uning lahjalarida yara-tilgan adabiyot. Hind adabiyoti sanskrit tilida yaratilgan qad. adabiyot asosida milodiy 1-ming yilliklar oxiridan rivojlana boshlagan. Dastlab diniy-falsafiy mazmundagi adabiyot boʻlib, vishnu-izm, shivaizm, buddizm va jaynizm mazhablari gʻoyalarini bayon etgan. 10— 14-asrlarda hindiy lahjalarda qahramonlikni madh etuvchi nazm taraqqiy etdi. Saroy shoirlari oʻz homiylarining qahramonliklarini ulugʻlab, dostonlar yozdilar [Chand Bardaining "Prithviraj raso", "Khuman raso" (12-a); Narpati Nalxning "Bisaldev raso" (taxminan 13-asr) dostonlari va boshqa]. 15—17-asrlarda Shim. Hindistonda bhaktiy diniy-islohotchilik hara-kati avj oldi. Bu harakat tabaqalanishga qarshi norozilik kurashi boʻlib, Hind adabiyotiga ijtimoiy tenglik, demokratik gʻoyalarni olib kirdi. Bhak-tiy harakati xalq ommasini bir tomondan dinga, ikkinchi tomondan esa adabiyotga yaqinlashtirdi va adabiyotda yangi adabiy shakllarni yuzaga keltirdi. Bu davr bhaktiy shoirlari: Kabir (1440-1518), Nanak (1469-1539), Surdas (1483-1563), Mirabai (14991547), Tulsidas (1532-1624), Dadu-dayal (1544—1603), Sundardas (1596— 1689), Rasxan (16—17-asr), "Ashtachhap" (Sakkiz shoir ittifoqi, 16—17-asrlar) va boshqa shoirlar nazmda asosan doʻhiy (ikkilik), chaupai (toʻrtlik), vinai (qofiyasiz) kabi janrlarda ijod etdilar. Mazmunan esa ular qad. 2 eposni mahalliy hind tillarida (bhaktiy gʻoyasi bilan sugʻorilgan holda) nazmda yana qayta yaratdilar (Surdas boshchiligidagi "Ashtachhap" shoirlari "Mahabharata"ni braj lahjasida, Tulsidas esa "Ramayana" eposini avadhiy lahjasida). Aynan shu davrda tasavvuf adabiyoti ham rivojlandi. Sufiy shoir shoh Muhammad Bandanavozning "Miraj ul-ashiqin" (14-asr), Burhoniddin Janamning "Kalimat ul-Haqaiq" (14-asr), mavlono Doudning "Chandayan" (14-asr), Kutubanning "Mrigavati" (16-asr), Malik Muhammad Jayasiyning "Pad-mavat" (16-asr), Manjhanning "Mad-humalti" (16-asr) kabi asarlarida fors va hind lirikasi anʼanalari oʻzaro chatishib ketdi. Bu davrning bhaktiy va sufiy shoirlari ijodida hayotiy masalalar folklor yoki epos qahramonlari obrazi vositasida aks ettirildi. 17-asr oʻrtalaridan Hind adabiyotidagi diniy-mistik gʻoyalar ham, demokratik ruh ham susayib, u aris-tokratlarning didi va talabiga moslasha bordi. Asarlarning asosiy mavzusi koʻproq inson muammosiga, ayollar goʻzalligini tarannum etishga qaratildi.
19-asrning 1-yarmida qhari boʻliy dialektida nasriy asarlar yuzaga kela boshladi. Sanskrit va ingliz tilidan diniy va dunyoviy adabiyot namunalari tarjima qilindi, hind tilida matbuot paydo boʻddi. Taniqli maʼri-fatparvar Bharatendu Harishchandra (1850—85) publitsistikasi va pyesalarida xalq milliy ongining oʻsishi, mustaqillikka intilish gʻoyalari aks etdi. Uning ijodi hozirgi zamon Hind adabiyoti taraqqiyoti uchun zamin boʻddi. 19-asrning 2-yarmida Hind adabiyotida original qissa va romanlar yaratildi, keyinroq hikoyachilik, adabiy tanqid va adabiyotshunoslik rivoj topdi.
20-asr boshlarida milliy ozodlik harakati taʼsirida Hind adabiyotida vatanparvarlik, vatan ozodligi uchun kurash gʻoyalari tobora yorqin aks eta bordi (Maythilisharan Gupta, 1886—1964; Makhanlal Chaturvediy, 1889—1968; Balkrishna Sharma Navin, 1897— 1960; Ramdhari Sinh Dinkar, 1908 va boshqa sheʼrlari). 20—30-yillardagi Hind adabiyotida romantik yoʻnalish taʼsiri kuchli boʻldi (Sumitranandan Pant, 1900; Jayshankar Prasad, 1889—1937 va boshqalar). 30-yillarda Hindistonda milliy ozodlik harakatining va chet el taraqqiy-parvar adabiyoti taʼsirining keng yoyilishi natijasida Hind adabiyotining barcha janrlarida dolzarb ijtimoiy mavzu tomon burilish koʻzga tashlandi. 1936 yilda Premchand ishtirokida Hindiston taraqqiyparvar yozuvchilar assotsiatsi-yasi tashkil etildi. Hindiston xalqlari milliy adabiyoti keyinchalik ana shu assotsiatsiya taʼsirida taraqqiy etdi. 40-yillarning oxirida freydishning hamda Gʻarbdagi subʼyektivistik nazariyalarning taʼsirida Hind adabiyotida modernizm tarkib topdi. Modernizmga xos boʻlgan bu kayfiyatlar 50—70-yillar hindiy nasri va nazmida ham oʻz taʼsirini saqlab qoldi (Ilachandra Joʻshiy, 1902; Jaynendra Kumar, 1905 va boshqa ijodi). Keyinchalik Sumit-ranandan Pant, Vrindavanlal Varma (1889-1969), Manmoʻhan Gupta (1908), Bhisham Sahniy (1915), Amritlal Nagar (1916) va boshqa ijodida realistik anʼanalar rivojlandi, insonparvarlik gʻoyalari, hind xalqining ijti-moiy va maʼnaviy taraqqiyotiga ishonch tuygʻulari aks ettirildi. Hind adabiyoti vakillaridan Premchand, Yashpal va boshqalarning ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
U shu qadar heterojen va shu qadar ko'p tillarda yaratilganki, uni asar ko'lami nuqtai nazaridan to'liq ta'riflab bo'lmaydi. Shu sababli, bu erda faqat adabiy hayotning asosiy bosqichlari bo'laklarda taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |