Innovatsion o‘qitish
– yangicha o‘qitish tizimi.
Innovatsion texnologiya
– pedagogika rivojini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy
faollik jarayoni.
Demak, innovatsion yondashuv bu – ta‘lim jarayoniga yangicha o‘qitish
tizimini tatbiq etish, yangi texnologiyalarni qo‘llashdan iborat bo‘lib, uni amalga
oshirishda asosan interfaol metodlardan to‘liq foydalaniladi.
Ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalarning muhim
jihati shundaki, u o‘quvchilarni faollashtiradi, ularga fikrni mustaqil ifodalash,
tanqidiy fikr yuritish, tahlil qilish, xulosa chiqarishni o‘rgatadi.
Innovatsion texnologiyalardan foydalanishda quyidagi o‘ziga xos
tamoyillarga asoslaniladi: a) muayyan dars, mavzu, qism, o‘quv predmetidan
kutilgan asosiy maqsadni shakllantirb olish; b) umumiy maqsaddan kelib chiqib,
darsni yoki o‘quv predmetini modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan
maqsadni va modullar ichida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar tizimini aniqlab
olish; v) modul ichida yechiladigan masalalarning har biri bo‘yicha test savollarini
tuzib chiqish; g) maqsadlarga yetish usullari tanlanib, ularni ishlatadigan aniq
joylarni belilab olish; d) dars qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqliklarga va fanlararo
aloqalarga e’tibor qaratish.
. Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, mavjud imkoniyatlarni safarbar
etish o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Darsda uch maqsad
51
ko‘zda tutiladi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish. Mana shu uch maqsadni
amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar yaqindan yordam beradi.
Innovatsion texnologiyalarda foydalanishda quyidagilarga e’tibirini qaratishi
lozim:
•
innovatsion texnologiyalarning mohiyati;
•
ta’lim maqsadlarini amalga oshirishdagi ro‘li;
•
fan bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni qo‘llash tamoyillari;
•
ta’limiy va ishchanlik o‘yinlari;
•
muammoli va rivojlantiruvchi tomonlari;
•
o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilaish yo‘llari;
•
Ko‘rsatmali o‘qitish usullari.
Ona tili darslari innovatsion texnologiya asosida tashkil qilinganda, asosan,
o‘quvchilarda hamkorlikda ishlash ko‘nikmasi shakllanadi, umumiy vazifalar
yechimini topishda bir-birlariga ko‘mak beradilar, o‘quvchilarda ijodiy va mustaqil
fikrlash malakalari tarkib topadi, o‘quvchilar o‘z ishlari natijasiga, o‘qishga, ta’lim
olishga shaxsan mas’ullikni his qiladilar.
Quyida innovatsion texnologiyalardan ba’zilarini keltiramiz va sharhlaymiz:
1. “Aqliy hujum” texnologiyasi.
2. “Klaster yoki tarmoqlanish” texnologiyasi.
3. “Kichik guruhlarda ishlash yoki hamkorlik” texnologiyasi.
4. “Musobaqa” texnologiyasi.
5. “Idrok xaritasi” texnologiyasi.
6. “FSMU” texnologiyasi
7. “Sinkveyn” texnologiyasi.
8. “Seminar-trening” texnologiyasi.
9. “Ajurli arra” texnologiyasi.
11. “Baliq skeleti” texnologiyasi.
12. “Qaysi biri ortiqcha?” texnologiyasi.
52
Do'stlaringiz bilan baham: |