Himoyaga tavsiya etildi


I Bob.‎ Fiskal siyosatning mazmuni va uning barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni



Download 0,86 Mb.
bet7/28
Sana05.09.2021
Hajmi0,86 Mb.
#165267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
BMI Qaxramonova G

I Bob.‎ Fiskal siyosatning mazmuni va uning barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni

1.1 Fiskal siyosatning mazmuni

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga oid tub islohotlarning olib borilishi davlatning iqtisodiy barqaror o‘sishini mustahkamlashda fiskal siyosatining samarali ijrosini ta`minlashni ko‘zda tutadi. Ma`lumki, islohotlarning uzoq muddatli strategiyasi davlat iqtisodiy siyosatining keng ko‘lamli dastaklarini o‘z ichiga qamrab oladi. Mana shunday eng muhim dastaklardan biri bu davlatning izchil modernizatsiya qilib borilayotgan fiskal (budjet-soliq) siyosatidir. Fiskal siyosati qo‘yilgan maqsadlarni hayotga tatbiq etish uchun, bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalarning amaliy ijrosini ta`minlashda muhim o‘rin egallaydi. Budjet-soliq siyosati haqida so‘z borar ekan, uning nihoyatda ko‘p qirrali va murakkab kategoriya ekanligini alohida ta`kidlash lozimdir. Fiskal siyosatning iqtisodiy mazmuniga doir turli xil qarashlar mavjud va ularni tahlil qilish, aniq iqtisodiy-ijtimoiy tizimlar sharoitidagi amaliy xususiyatlarini belgilash zarurdir. Chunki, davlatning tashkil topishi bilan fiskal siyosat jamiyatdagi turli xil iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning mavjud tarkibiy qismlaridan hisoblanadi va jamiyat rivojlanishining ob`ektiv talablaridan biri bo‘lib kelgan. Davlatlarning tuzilmaviy shakliga qarab uning moliyaviy dastaklari ham to‘xtovsiz o‘zgarib, takomillashib borgan. Inglizcha so‘z orqali kirib kelgan «fiskal siyosat» tushunchasi xorij va mamlakatimiz iqtisodiy adabiyotlarida turlicha talqin qilinadi, ko‘p hollarda «budjet - soliq», «moliya - soliq» va «moliyaviy siyosat» kabi turlicha nomlariga duch kelishi mumkin.Davlat fiskal siyosati - bu davlat budjeti daromadlari va xarajatlari tarkibiy qismini o‘zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga ta’siri tushuniladi. «Fiskal» lotincha «fiscus» so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi3. Bu shuningdek, «xazina siyosati» degan ma`noni ham anglatadi. Iqtisodiy barqaror o‘sish maqsadlaridan kelib chiqib, fiskal siyosat bandlilik darajasini va bu orqali YaMM real hajmini oshirishga yo‘naltiriladi. Bunda rag’batlantiruvchi kuch sifatida fiskal siyosat dastaklari bo‘lib:

1) davlat xarajatlarining oshishi;

2) soliq foiz stavkalarining pasayishi hisoblanadi4.

Iqtisodiyotning siklli rivojlanishida muvozanatni saqlash uchun fiskal siyosati muhim bir dastaklardan biri hisoblanadi va makraiqtisodiy o‘sishni ham ta`minlab beradi. Ma`lumki, iqtisodiy adabiyotlarda va amaliy hayotda fiskal siyosat ikki xil turga ajratiladi:

1) Diskretsion fiksal siyosat yoki bevosita davlat tomonidan olib boriladigan siyosat;

2) Nodiskretsion fiskal siyosat yoki avtomatik barqarorlashtiruvchi siyosat.

Nodiskretsion fiskal siyosat bu soliq intizomining mustaqil barqarorlashtiruvchi bir qator layoqatlari va qandaydir boshqaruvchi organlarning bevosita aralashuvlarisiz ayrim xususiyatlari tushuniladi. Davlat xarajatlarining oshishi yoki tushushi va soliqlar miqdorining ham xuddi shu holatlari ayrim vaziyatlarda avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Barcha turdagi soliqlar ham SMM (sof mahsulot miqdori) o‘sishiga mos ravishda sof soliqlar tushumini ko‘paytiradi. SMM miqdorining o‘sib borishi individual daromad soliqlari, korxonalarning daromad va foyda soliqlari, QQS, aksizlar miqdori oshib borishiga olib keladi. Yoki SMM miqdori kamaysa soliq tushumlari ham kamayadi. Bu yerda transfert to‘lovlari aks ta`sir xususiyatiga egadir. Chunki iqtisodiy o‘sish sharoitida ishsizlarga nafaqalar, fermerlarga beriladigan subsidiyalar kamayadi va iqtisodiyot inqirozga uchrayotganda ko‘payadi. Quyidagi chizma soliq tizimi qanday qilib barqarorlikni oshirishini tushunish imkoniyatini yaratib beradi. Ushbu rasmda davlat xarajatlarining asli SMM mahsulot miqdori qanday bo‘lishidan qat’iy nazar davlat tomonidan bir xil qilib belgilanishi aks ettirilgan. Soliq tushumlari ham SMM miqdori bilan mos ravishda o‘sib boradi. SMM miqdori va soliq tushumlari orasida bu holat to‘g`ri proportsiyani hosil qiladi. Bu to‘g`rilik muhim ahamiyat kasb etadi.





Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish