Himoyaga tavsiya etildi


Oltin-valuta zaxiralari va tashqi qarz



Download 0,65 Mb.
bet12/14
Sana04.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#738580
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Globallashuv jarayonida moliyaviy xavfsizlikni kuchaytirish masalalari

Oltin-valuta zaxiralari va tashqi qarz.2020 yil boshidan hozirga qadar mustaqil ekspertlar tomonidan qayta-qayta ko‘tarilayotgan masalalardan biri – moliyalashtirish manbasi sifatida oltin-valuta zaxirasidan foydalanish va tashqi qarz masalasi bo‘lib qolmoqda. Ayrim iqtisodiy siyosat tanqidchilari mamlakatning budjetni va investitsiya dasturlarini moliyalashtirish uchun ichki imkoniyatlari bo‘la turib, tashqaridan arzon bo‘lmagan qarzlarni jalb qilishini iqtisodiy mantiq nuqtayi nazardan tushunarsiz, deb hisoblasalar, ayrimlari 2020 yilda yalpi tashqi qarzni 9,88 milliard dollarga (26,3 mlrd dollardan 36,2 mlrd dollarga) oshirmasdan, 5,73 milliard dollarga ko‘paygan oltin-valuta zaxiralaridan foydalanish «oqilona» yechim bo‘lar edi, degan xulosalarni berishdi. Lekin, bir tomondan, tanqidchilar tashqi qarzlarning arzon emasligi bo‘yicha aniq hisob-kitoblarini taqdim etmagan bo‘lsalar, ikkinchi tomondan, ichki imkoniyatlari sifatida ko‘rsatayotgan oltin-valuta zaxiralari o‘zgarishini tahlil qilishda xatoliklarga yo‘l qo‘yishgan. Xo‘sh, 2020 yilda oltin-valuta zaxiralari qaysi omillar hisobiga 5,7 milliard dollarga ko‘paygandan keyin, 2021 yil 1-chorakda 2,2 milliard dollarga kamaydi?
Birinchi navbatda, ta'kidlash kerakki, oltin-valuta zaxiralari o‘zgarishiga (ko‘payishi yoki kamayishiga) 4 xil omil ta'sir qiladi:
-Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati doirasida sterilizatsiya operatsiyalari amalga oshirilishi;
-ishlab chiqaruvchilardan oltin sotib olinishi;
-jahon bozorida oltin narxlari o‘zgarishi;
-O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining Markaziy bankka ishonchli boshqaruvga berilgan aktivlari hajmining o‘zgarishi.
Oltin-valuta zaxiralari o‘zgarishini tahlil qilganda mazkur omillarni hisobga olish lozim bo‘ladi. 2020 yilda oltin-valuta zaxiralari hajmi 5,7 milliard dollarga oshgan bo‘lsa, ushbu summaning 4,2 milliard dollari (yoki 74 foizi) jahon bozorida oltin narxi ko‘tarilishi hisobiga to‘g‘ri keldi. Misol uchun, 2020 yil 1 avgust holatiga 1 troy unsiya (qariyb 31,1 gramm) oltin narxi 1951,7 dollarni tashkil qilib, 1 iyul holatiga (1770,8 dollar) nisbatan 180,9 dollarga qimmatladi. Natijada, oltin-valuta zaxiralari tarkibida sof oltin qoldig‘ining qayta baholanishi zaxiralar hajmining 1,99 mlrd dollarga oshishiga sabab bo‘ldi. Bu go‘yoki, sizning mashinangizning bozordagi narxi 10 ming dollarga (aytaylik, 9000 dollardan 10 ming dollarga) ko‘tarilganda, aynan o‘sha paytda (mashinangizni sotmagan taqdiringizda ham) sizning boyligingiz 1000 dollarga ko‘payadi. Lekin, keyingi kuni mashina narxi 500 dollarga arzonlasa, boyligingiz 500 dollarga kamayadi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish