Himoyaga tavsiya etildi


Moliyaviy nazorat turlari



Download 235,13 Kb.
bet5/14
Sana20.03.2022
Hajmi235,13 Kb.
#501672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
MOLIYA

Moliyaviy nazorat turlari


Umumdavlat hamda idoraviy moliyaviy nazoratlar birgalikda davlat moliyaviy nazoratini tashkil etib, davlat hokimiyati organlari va mahalliy o’z- o’zini boshqarish organlari tomonidan olib boriladi. Bunda davlat moliyaviy resurslarining shakllanishi, taqsimlanishi, maqsadga muvofiq va samarali ishlatilishi ustidan, shuningdek davlat va mahalliy mulkdan qonuniy foydalanish ustidan moliyaviy qonunchilik asosida tartibga solinadigan faoliyat tushuniladi. Bu faoliyatning asosiy maqsadi nazorat obyektlari faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlash va mansabdor shaxslarni jazolashgina emas, balki ogohlantirish va yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan qonunbuzarliklarni oldini olishdan iborat. Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (Prezident, hukumat, Oliy Majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy nazoratning bosh maqsadi daromadlarning tushib turishi va davlat xarajatlarining sarflanishi bo’yicha davlat va jamiyatning manfaatlarini ta’minlashdan iborat. Idoraviy moliyaviy nazorat mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotining barcha soha va tarmoqlaridagi davlat vazirliklari, ularning nazorat-taftish boshqarmalari va boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat turi bo’lib, unda tegishli vazirlik qo’mita yoki idoralar(mahkamalar) doirasidagi markazlashgan va markazlashmagan moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishi bevosita nazorat qilinadi. Idoraviy moliyaviy nazorat davlat moliyaviy nazorati vazifalarini tarmoqlar doirasida kokretlashgantiradi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va moliyaviy xizmatlari tomonidan o’tkaziladi. Bu erda moliyaviy nazoratning obyekti sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xo’jalik va moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi. Xo’jalik ichki moliyaviy nazorati xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliya-iqtisodiy xizmatlari tomonidan subyektning moliyaviy faolitini: pul mablag’larining harakatini buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishi faoliyatini korxonaning davlat, moliya-bank muassalari xamkorari va o’z hodimlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarni bajarish holatlari korxonalarning likvididlik darajasini, moliyaviy barqarorligini nazorat qilishdir. Xo’jalik ichki moliyaviy nazoratini amalga oshirishda ichki auditning ahamiyati katta. Ichki audit – bu firma ichidagi auditorlik xizmati bo’lib, bosh firma markazida faoliyat ko’rsatish bilan bir qatorda filiallar va bo’linmalar tarkibida ham faoliyat qilishi ichki auditni faoliyat qilishi mumkin. Ichki auditni faoliyati korxonalarda moliya-xo’jalik faoliyatini takomillashtirish, to’g’ri va oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ko’maklashish hamon minimal mavjud resurslardan foydalangan holda maksimal foydalilik va rentabegillikni ta’minlashga qaratilgan. Ichki xo’jalik nazorati xo’jalik yurituvchi subyektlarning turli resurslari va potensialini saqlab qolish va ulardan samarali foydalanishda, ularning moliyaviy faoliyatida qonunchilik va intizomga rioya etilishini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Biroq davlat manfaatlarini himoyalash nuqtai nazaridan byudjet tashkilotlarida ichki moliyaviy nazoratni tegishli tarzda tashkil etish bundan kam bo’lmagan, muayyan ma’noda esa, bundan ham ko’proq ahamiyatga ega. Chunki bu davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’larni xarajat qilishda qonunchilik va intizomga rioya etilishini ta’minlash bilan bog’liqdir. Shu sababli moliyaviy nazorat umumiy tizimida faqat xo’jalik ichki nazoratini uning bir qismi sifatida ajratish o’zini to’liq oqlamaydi. Shu sababli ichki moliyaviy nazorat tizimi nazorat xo’jalik yurituvchi subyektlar, umuman byudjet tashkilotlari va muassasalari va ularning ayrim tuzilmaviy bo’linmalari moliyaviy faoliyati ustidan xo’jalik yurituvchi ssubyektlar, byudjet tashkilotlari va muassasalarining o’z maxsus xizmatlari (buxgalteriya, moliya bo’limlari) tomonidan moliyaviy munosabatlarda qonunchilik va intizomga rioya etilishi masalalari bo’yicha o’tkaziladigan tekshiruvdan iborat. Jamoatchilik moliyaviy nazoratini nodavlat tashkilotlari, jamoatchilik asosida tashkil topgan turli jamoat tashkilotlari hamda alohida shaxslardan tshkil topgan guruhlar amalga oshiradilar. Nazoratning obyekti uning oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq ravishda aniqlanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2010 yil 30 dekabrdagi N 235-II qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Кarimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo’shma majlisida "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi" mavzuida qilgan ma’ruzasida bayon etilgan qoidalarni amalga oshirish yuzasidan 2011 yilga va keyingi yillarga mo’ljallangan Harakat Dasturi tasdiqlandi. Ushbu Dasturda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan davlat tuzilmalari o’zaro hamkorlikda harakat qilishining samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratishga, davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qonunlarni, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning juda muhim dasturlarini so’zsiz ijro etish bo’yicha faoliyati ustidan fuqarolik institutlari nazorati, jamoatchilik nazorati tizimini yaratishga qaratilgan "Ijtimoiy sheriklik to’g’risida"gi, "O’zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to’g’risida"gi, "Ekologik nazorat to’g’risida"gi qonunlarning qabul qilinishi nazarda tutilgan. Davlat boshlig’ining "Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida"gi hamda "Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to’g’risida"gi qonunlarni takomillashtirishga, O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksini yangi tahrirda qabul qilishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslarida fuqarolarning ijtimoiy faolligini ta’minlashda mahallaning rolini yanada oshirish, mahallani aholini manzilli ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning markaziga aylantirish, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilab beriladi, bu sohadagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslar javobgarligining yuzaga kelishi shartlari nazarda tutiladi. Mustaqil moliyaviy nazorat auditorlik faoliyati asosidagi nazorat bo’lib uning asosiy maqsadi xo’jalik subyektlarida yuritalayotgan buxgalteriya hisobotlarining aniq va to’g’riligini aniqlash va ular tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy xo’jalik operatsiyalarining qonuniy va me’yoriy-huquqiy xo’jaliklarga mosligi haqida xulosalar berishdan iborat. Mustaqil moliyaviy nazoratni mahsus auditorlik firmalari va idoralari amalga oshiradilar.




  1. Download 235,13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish