Malaka ishining tuzilishi va hajmi. Malaka ishi kirish, uchta bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat
I-BOB ELЕKTRОN PОCHTАDА АХBОRОTLАRGА NISBАTАN
MАVJUD ХАVF-ХАTАRLАR VА ULАRDАN ХIMОYALАNISH АSОSLАRINI O’QITISHDAGI INOVVATSIYALAR VA ILG’OR XORIJIY TAJRIBALAR
1.1 Elеktrоn pоchtаdаn fоydаlаnishda interfaol metodlaridan foylanish.
Mamlakatda mustahkam ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash axborot jamiyatini shakllantirish jarayonini amalga oshirish, axborot texnologiyalarini samarali joriy etish va foydalanishni talab etadi.
Davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar yoshlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, yosh fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy ijtimoiy hamda madaniy huquqlari, erkinliklari va qonuniy mafaatlarini himoya qilish va ruyobga chiqarishni taminlaydigan zarur shart sharoitlarni yaratish, jamiyat hayotida ularning o‘rni va faolligini oshirish, sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash maqsadida ishlab chiqariladi va amalga oshiriladi.1
Iqtisodiyotimizning barcha jabhalari, shu jumladan jamiyat hayotiga axborot texnologiyalarini joriy etish ishlab chiqarish samaradorligini oshirib, uning bir necha barobar o‘sishiga imkon yaratadi. Barcha turdagi axborot resurslari: dasturiy mahsulotlar, ma'lumotlar banki va bazasi, axborotlashtirish jarayonida ishlab chiqarilgan boshqa tovarlar axborot texnologiyalarining ajralmas qismi hisoblanadi.
Xorijning rivojlangan mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, istalgan mamlakatning asosiy boyligi - ilmiy-texnik va intellektual salohiyatdan iborat. Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida iqtisodiyotni taraqqiy toptirish yo‘lida intellektual va ilmiy-texnik salohiyatning birlashtirilishi tendensiyasi kuzatilmoqda.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti kompyuter jinoyatchiligi, konfedensial ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish kabi salbiy hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda. Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi hisoblanadi. O‘zbekistonda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi yaratilishida va «Kompyutеr viruslari va unga qarshi dasturlar”ning huquqiy bazasini rivojlantirishda o‘z ifodasini topmoqda. «Axborotlashtirish to‘g‘risida», «Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida», «Elektron hisoblash mashinalari dasturlari va ma’lumotlar bazalarini huquqiy himoya qilish to‘g‘risida» va boshqa qonunlar hamda bir qator Hukumat qarorlari qabul qilindi va amalga tatbiq etildi.
Axborotni muhofaza qilish axborotni ixtiyoriy ko‘rinishda yo‘qotishda (o‘g‘irlash, buzish, qalbakilashtirish) ko‘riladigan zararning oldini olishni ta’minlashi lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot xavfsizligiga oid amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlar asosida va axborotdan foydalanuvchilarning manfaatlariga ko‘ra tashkil etilishi zarur. Yuqori darajada axborotni muhofaza qilishni kafolatlash uchun muntazam ravishda murakkab ilmiy-texnik vazifalarni hal etish va himoya vositalarini takomillashtirish talab etiladi.
Davlatimizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun zamonaviy iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika, texnologiya asosida mutaxassislar tayyorlashning takomillashgan tizimiga bosqichma-bosqich o‘tilmoqda.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va kadrlar tayyorlash milliy dasturini zamonaviy ilmiy tafakkur yutuqlariga, ilg‘or tajribalarga tayangan holda, uzluksiz ta’lim tizimini barcha akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonini ta’minlovchi omil hamda ilmiy - uslubiy texnologiya sifatida amalga oshirishdir.
gi dolzarb muammolardan biri yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini takomillashtirish, zamon talabi darajasida tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirish, pedagog va muhandis- pedagoglarni yangi pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish bo‘lib qolmoqda.
Pedagogik texnologiya - bu, o‘qituvchi amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan pedagogik tizim loyihasidir (V.P.Bespalko).
Pedagogik texnologiya, pedagogik maqsadlarning ro‘yobga chiqishi uchun foydalaniladigan shaxsiy, uskunaviy vositalarning tizimi majmuasini va faoliyat ko‘rsatish tartibini bildiradi (M.V.Klarin).
Pedagogik texnologiya - ta’limda rejalashtirilgan maqsadlarga erishish jarayonining tavsifidir (I.P.Volkov).
Pedagogik texnologiya - bu, o‘qituvchining ta’lim-tarbiya vositalari yordamida talabalarga muayyan sharoitda va ma’lum ketma-ketlikda ta’sir ko‘rsatishi va aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini jadal shakllantirish jarayonidir (N.S.Saidaxmedov).
Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha bildirilgan fikrlarni umumlashtirsak pedagogik texnologiya mazmuni, pedagogning kasbiy faoliyatida eng zamonaviy o‘qitish vositalaridan foydalangan holda o‘qitish samaradorligini oshirish, talabalarning bilim olish sifatini yaxshilash, talab etilgan bilim darajasiga erishi uchun ta’lim jarayonini oldindan loyihalashtirishdan iborat deb tushunish mumkin. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi talaba shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.
O‘quv amaliyotida pedagogik texnologiya tushunchasi quyidagi uch darajaga bo‘linadi:
umumpedagogik texnologiya - ta’lim tizimining aniq qismi, ta’lim muassasasi, ta’lim bosqichining ma’lum davri uchun ta’lim jarayonini tavsiflaydi;
xususiy predmetli (uslubiy) daraja - bir fan, guruh, o‘qituvchi doirasida o‘qitish mazmuni va ta’lim - tarbiyani amalga oshirishga xizmat qiladigan usul va vositalar majmuasi;
lokal (modulli) daraja - ta’lim-tarbiya jarayoni qismlarining texnologiyasi (faoliyat turlari texnologiyasi, dars texnologiyasi, yangi tushunchalarni hosil qilish, takrorlash, nazorat qilish texnologiyasi, tarbiya turlari texnologiyasi va hokazolar).
Axborotli texnologiya yo‘nalishi bo‘yicha pedagogga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
axborotlardan jarayon sifatida bilim olish va ijod qilish;
fan, texnika va madaniyatdagi axborot va kreativ jarayonlarni;
axborotda jamiyatni rivojlantirish muammolarini;
sun’iy intelektning axborot tizimlari va bilim berish usullarini;
axborotlashning texnik vositalari va telekommunikasiya vositalarini;
universal va muammoli-mo‘ljalli axborot texnologiyalarini amalga oshirishning dasturiy vositalari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
o‘qitiladigan fanga ta’luqli bo‘lgan universal va muammoli-mo‘ljalli axborot texnologiyalarni;
ta’limda multimediya texnologiyasini;
axborotni modellashtirish asoslarini;
o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashgan tizimini;
o‘quv materiallari haqida axborotli ma’lumot tizimini bilishi va qo‘llay olishi;
o‘qitiladigan fan bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish;
global Internet kompyuter tarmog‘idan samarali foydalanish;
o‘quv jarayonida amaliy dastur paketlarini qo‘llash;
o‘quv jarayonida elektron pochtadan unumli foydalana olish
Pedagogik texnologiya doirasida yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish quyidagi darajalardan iborat:
Boshlang‘ich daraja - talabaning eshitganlari ularga berilgan namunalar, ko‘rsatmalar algoritm asosida topshiriqlarni bajarish ko‘nikmasini ifodalaydi.
Algoritmik daraja - bilim va ko‘nikmalar mazmunini tatbiq qila olish mahorati, berilgan algoritm bo‘yicha topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarish ko‘nikmasini ifodalaydi.
Evristik daraja - berilgan o‘quv vazifalarini yechish uchun o‘zgarishlar kiritish asosida yangi algoritmlar tuzish, o‘quv muammosini hal etish uchun yangi axborotlarni mustaqil tarzda izlab topish malakasini aniqlaydi.
Ijodiy daraja - avval o‘rganilgan algoritmlardan butunlay farq qiluvchi, sifat jihatidan yangi algoritmlar tuza olish malakasi bilan ifodalanadi.
Pedagogik texnologiyalar sohasidagi yangi izlanishlar bilan tanishish, o‘qitishning faol usullarini bilish va qo‘llay olish har bir pedagogning oldiga qo‘yayotgan zamon talablarining asosiylaridandir. Keyingi davrda matbuotda e’lon qilingan axborotlarni tahlil etgan holda quyidagi ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan interfaol usullar haqida tushunchalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |