«Himoyaga tavsiya etaman» Mintaqaviy markazi direktori


Bitiruv malakaviy ishining maqsadi



Download 3,44 Mb.
bet4/73
Sana31.12.2021
Hajmi3,44 Mb.
#214704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
битирув малака иши (2)

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi:

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi oʼquvchilarga “Elektron pochta va uning imkoniyatlari ” mavzusini interfaol metodlar bilan oʼqitish masalalariga qaratilgan boʼlib, unda Elektron pochta yaratish bosqichlari, asosiy tushunchalar, talablar, yaratish texnologiyasi, strukturasi, mazmuni va ulardan oʼquv jarayonida foydalanish boʼyicha metodik koʼrsatmalar yoritilgan va yaratishda qoʼllaniladigan dasturiy vositalar hamda ulardan foydalanish malakalari takomillashtiriladi.

Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:

 Elektron pochta yaratish va undan foydalanishning afzalliklarini ajratish;

Elektron pochta yaratish tartibi va unga qoʼyiladigan talablar mazmuni bilan tanishtirish;

 Elektron pochta yaratishda zamonaviy telekommunikatsiya va mulьtimedia vositalarining oʼrnini aniqlash;

 Elektron pochta yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositalar tarkibi va ulardan foydalanish koʼnikmasini shakllantirish;

 Elektron pochta yaratish va uning imkoniyatlarini oʼquv jarayonida samarali foydalanish metodikasi mazmunini tanishtirish.



Oʼquvchilarda internetda electron pochta yaratish kursini oʼrganishi natijasida elektron pochtaning imkoniyatlari va undan foydalanish toʼgʼrisida bilim, koʼnikma va malakalar hosil boʼladi. Oʼquvchilar elektron pochta yaratish jarayonini chuqur oʼrganishlari uchun Informatika va axborot texnologiyalari, Programmalash asoslari, Pedagogika, Psixologiya, Yoshga oid fiziologiya, Informatika oʼqitish metodikasi kabi fanlardan yetarlicha bilimlarga ega boʼlishlari talab etiladi.
KIRISH.
Malaka ishining dolzarbligi Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim poydevor bo'ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta'lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Yangi sharoitlardan kelib chiqib, «Ta'lim to'g'risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021 - yillarga mo'ljallangan “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi”, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qaroriga muvofiq, ta'lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta'minlash, ta'limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta'lim standartlarini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o'quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish taqozo etadi.
“Informatika va axborot texnologiyalari fanini o'qitish metodikasi” modulining ishchi o'quv dasturi informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchilari malakasini oshirish kursining o'quv dasturi asosida tuzilgan bo'lib, u informatika va axborot texnologiyalari fanini o'qitish metodikasining mazmun va mohiyatini ochib beradi.

Inson turmush tarzining rivojlanishi yangi yangi kashfiyotlarning yartilishiga sabab bo`lmoqda. Inson yangilik yaratilish jarayonida har xil to`siqlarga duch keladi va shu to`siqlarni yengish jarayonida yangi ixtirolar vujudgal kelaveradi. Lekin hayot tajribalardan ma’lumki, ko`pinch yangi kashfiyot ma’lum bir muommoni hal qilish jarayonida yuzaga keladi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng uning oldida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun, madaniy va ma’naviy yangilanish uchun keng yo’llar ochildi. Mustaqillikning birinchi kunidan boshlab bozor iqtisodiyoti, ishlab chiqarish, zamonaviy texnalogiyani tadbiq etish va jahon iqtisodiy aloqalari tizimiga kirishning eng maqbul yo’llarini qidirish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni mustaqil yechishga to’g’ri keladi.

Shu bois respublikaning barcha sohalarini texnik qayta qurollantirish, zamonaviy texnika va texnalogiya bilanta’minlash hamda xalqaro zamonaviy talablarga javob beruvchi telekommunikasiyali va kompyuterli aloqa tizimini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri bo’lib qoldi. 1991 – 1994 yillarda O’zbekiston hamdos’tlik davlatlari orasida birinchilardan bo’lib axborotlashning yaxlit davlat siyosatini amalgam oshirishga asos soldi. “Axborotlash haqida”gi, “EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasini huquqiy himoyasi haqidagi”, “Aloqalar haqidagi” qonunlar bilan O’zbekiston Respublikasini 2010 yilgacha axborotlash, qayta qurishning milliy dasturi va telekommunikasion tarmoqni rivojlanishining normative huquqiy asoslari yaratildi va axborot resurslari rivojlanishi uchun iqtisodiy, tashkiliy shart-sharoit va kafillik ta’minlandi.

O’bekiston uchun mulkchilikning hususiy va aralash shakllariga o’tish, energatik, xomashyoviy resurslaridan unumli foydalanish davrida kompyuter texnologiyalaridan milliy iqtisodni boshqarishda foydalanish toboro muhim bo’lib bormoqda. 1993 – 1995 yillarda davlat boshqaruvi va bank muassasalarining informasion tizimlarini kompyuterlashtirishga asosiy etibor beriladi. Biz kompyuterni yaratilishini XX – asrning buyuk kashfiyotlardan biri desak yanglishmaymiz. Davr talabiga ko`ra bugunga kelib kompyuter texnalogiysi juda rivojlanib ketdi. Ma’lumotlarni boshqarish, ayniqsa, hozirgi kunda juda muhum axamiyat kasb etmoqda. Ma’lumotlarni boshqarish tizimlariga bo`lgan talab kun sayin ortib bormoqda.

Fan va texnika rivojlanib borayotgan ayni payitda ma’lum bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni axborot texnalogiyalarsiz, jumladan kompyuter texnalogiyalarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi.

Bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida tub islohatlar amalga oshirilmoqda. “Kadirlar tayorlash milliy dasturi” da “kadirlar istiqbollardan, jamiyat extiyojidan, fan, madaniyat, texnika va texnalogiyalarning zamonaviy yutuqlardan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi” deb takitlangan. Demak har bir mutahassis kompyuterdan foydalana oladigan, axborot texnalogiyalarni puxta eggalagan bo`lishi lozim.

Kompyuter va axborot texnologiyalari o‘z foydalanuvchilaridan muloqot uchun ma’lum bir darajadagi maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Bu tayyorgarlikning qay darajada mukammal bo‘lishi muloqotning sifat darajasini belgilaydi. Mazkur muammoni hal qilish esa, boshlang‘ich, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimidagi informatika fani va uni o‘qitish metodikasi oldida turgan eng dolzarb masalalardan biriga aylanib ulgurdi.

Ma’lumki, har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi omillaridan biri hisoblanadi.

Axborotlashgan jamiyat tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborot dunyosida davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormoqda. Jahon kompyuter tarmog‘i davlat boshqaruvini tubdan o‘zgartirmoqda.

Hududiy joylashishidan qat’iy nazar, kundalik hayotimizga turli xildagi axborotlar Internet xalqaro kompyuter tarmog‘i orqali kirib keldi. Shuning uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va o‘zgartirish, yo‘qotish kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi.

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, talabalarda Elеktrоn pоchtа yoki E-mail хоzirgi kundа Internetdan fоydаlаnish jаrаyonining eng mаshхur qismi хisоblаnаdi. E-mail orqali dunyo bo`yisha istаlgаn jоygа bir zumning o`zida хаt yubоrish yoki qabul qilish хаmdа yozilgаn хаtlаrni faqatginа bir kishigа emаs, bаlki mаnzillаr ruyхаti bo`yisha jo`natish imkоniyati mаvjud. E-mail orqali munоzаrаlаr utkаzish imkоniyati mаvjud vа bu yunаlishdа USENET sеrvеri qo`l kеlаdi.

“Elektron pochta va uning imkoniyatlari” moduli bo‘yicha bilim va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Axborot xavfsizligi”, “Kompyuter ta`minoti” fanlarini o‘qitish sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish, bu fanlarni o‘qitish metodikasini tahlil qilish va takomillashtirish Oliy ta’lim tizimidagi eng dolzarb masalalalardan biri hisoblanadi.


Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish