Munozara texnologiyasi. Munozara uslubida o‘qituvchi talabalar orasidan yetakchi talabani tanlaydi. Yetakchi esa munozara mavzusini tanlaydi va qatnashuvchilarni taklif etadi. Yetakchi talaba munozara ishtirokchilariga muammo bo‘yicha «Aqliy hujum» masalasini beradi va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi. Yetakchi «Aqliy hujum» vaqtida bildirilgan g‘oya va fikrlarni yozib borish uchun kotib tayinlaydi. Bu bosqichda yetakchi guruh qatnashchilarini har bir a’zosi o‘z fikrini bildirishi uchun sharoit yaratib beradi. Yetakchi ikkinchi bosqichga o‘tishdan oldin qisqa tanaffus e’lon qiladi. Ikkinchi bosqichda «Aqliy hujum» ishtirokchilari bildirgan fikr va g‘oyalarni guruhlashtirib, ularni tahlil qilishga o‘tiladi. Tahlil orqali qo‘yilgan vazifani eng maqbul yechimini topishga harakat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |