2.2. O‘zbek turklarining asosini qarliq-chigil turklari tashkil etishi
O‘zbek elatining shakllanishida Qarluq davlatining roli benixoyat katta. X asr o‘rtalaridan boshlab bu davlat tarixiy manbalarda Qoraxoniylar davlati nomi bilan tilga olinadi. Qarluq xoqonlarining unvonlarida Qora (ulug‘, buyuk ma’nosida ) atamasi mavjud b°lganidan, sharqshunos olim V.V. Grigorev qarluqlar tomonidan tashkil etilgan davlatni Qoraxoniylar davlati deb ilmiy adabiyotlarga kirgizgan. Haqiqatda esa Qoraxoniylar davlati Qarluq davlatining o‘zi uning davomi bo‘lgan.
Qarluqlarning IX-X asrlarda egallab turgan xududda 20 dan oshiq katta shaxar, juda ko‘p qishloqlar bo‘lgan.Qarluqlar, «Hudud al-olam» qo‘lyozma asarida (X asrda) qayd etilishicha, ko‘p sonli, nufuzli xalq bo‘lib bir qismi chorvachilik, bir qismi ovchilik va yana bir boshqa qismi esa o‘troqlashib,dexqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Katta xududda qarluqlarning o‘zlarigina yashamay, ular bilan birga bir qancha turkiy qabilalar xam aralash xolda yashab kelgan. Etnoslarning ichida eng yirigi chigil, xalach va laban bo‘lib, bular VIII asrlarda Teles qabila ittifoqidan ajralib chiqib qarluqlarga qo‘shilgan. Qarluqlar egallab turgan xududda yana turk va turkesh xoqonliklari tanazzulidan keyin shu еrlarda qolib yashagan noshubi, dilu, arg‘u, tug‘si, az, uz, sariq va boshqa guruxlar xam mavjud bo‘lgan.
Qarluqlar xududidagi shaxar va qishloqlarda dexqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelgan turg‘un axoli xam salmoqli o‘rin egallagan. Bu axolining asosiy qismini asrlar davomida o‘troqlashib qolgan turkiyzabon axoli tashkil etgan. Buyuk Ipak yo‘lidagi shaxar va qo‘rg‘onlarda (Isfojob, Taroz, Bolasag‘un, Suyob, Qoshg‘ar, Xo‘tan va bosh.) turkiyzabon axoli bilan birgalikda So‘g‘dilar (so‘g‘dak) va boshqa elat vakillari xam yashagan. Bularning ko‘pchiligi asosan xunarmanlchilik va tijorat ishlari bilan shug‘ullanib, ayrim shaxar va qishloqlarda alaxida jamoa bo‘lib yashaganlar.
Yuqorida tilga olingan mintaqalarda yashovchi barcha axoli VIII asr oxirlaridan (Qarluqlar Yettisuvni egallagan sanadan boshlab) to X asr o‘rtalarigacha qarluq xoqonlari xukmronligi ostida bo‘lgan.
O‘zbek ajdodlari elat bo‘lib shakllanayotgan davrlarda, unda ishtirok etgan etnoslarning aksariy qismi Talas, Chu daryo xavzalarida, Sirdaryo bo‘ylarida, Sharqiy turkistonning g‘arbiy qismida, Shimoliy Farg‘onada yashar edilar. O‘zbek elatining asosiy o‘zagi ayni shu xududda shakllana boshlagan. Shu o‘rinda qayd qilib o‘tish joizki, o‘zbek elatining shakllanishda bu mintaqalarda yashovchi etnoslarning barchasi bir xilda ishtirok etmaganlar.
Qarluq davlati xududida yashovchi ayrim etnik guruxlar, masalan, yobaqu, yoriq (joriq) va boshqa o‘zbek elatining shakllanishida qatnashmagan bo‘lishi xam mumkin. Arg‘u, tug‘si, bijanak (pecheneg), terkesh qabilalarining bir qismi yoki ayrim guruxlari qarluq xoqonlarining itoatida bo‘lsalar xamki, o‘z qabila tuzumini saqlab, shakllanayotgan elatga qo‘shilmay kelar edilar. Demak, o‘zbek elatining shakllanib borishida bu xududda joylashgan barcha etnoslarning barchasi bir maromda ishtirok eta olmaganlar; ularga ma’lum bir xududda asrlar davomida yonma-yon yashab kelgan (oldnlari boshqa tilda so‘zlashgan bo‘lsalar xam), turmush tarzi, an’analari, madaniyatlari bilan bir-birlariga yaqin bo‘lgan etnoslar yoki ularning ma’lum qismi qatnashishi mumkin bo‘lgan.
Etnosni shakllanish jarayoni ma’lum bir davlat xududida o‘tishi etnoginetik shartlardan biri hisoblanadi. Ammo ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo shaxarlari sharoitida qatishgan etnik elementlar qo‘shni davlatlar xududida xam yashab, ma’lum jarajada etnoginetik jarayonda ishtirok etganlar. Masalan, shakllanayotgan tojik etnosi nafaqat Somoniylar hukmronlik qilayotgan еrlarda, balki qarluq va uyg‘ur davlatlari xududida xam yashar edilar; bularning ma’lum qismi tojik xalqining etnoginezida qatnashganlar, ayrim qismlari esa qarluq vag uyg‘ur davlati ichida qolib, bu еrdagi axoliga qushilib ketgan edilar.
IX-X asrlarda mavjud bo‘lgan Somoniylar davlati, garchi tojik davlati xisoblansa xamki, uning xududida turg‘un yashovchi turkiy tilli axoli, Movarounnaxrda qadim davrlardanoq hosil bo‘lgan turkiy qatlam mavjud edi. VIII-X asrlar davomida bu xududda Sirdaryo soxillaridan va uning shimolida yashovchi qabilalar vaqti- vaqti bilan kelib o‘rnashishi, ularning o‘rtoqlashishi xisobiga turg‘un axoli son jixatidan yana xam ko‘payib borgan. Voxa atroflarida, tog‘ oldi qirlarda yarim o‘troq va yarim ko‘chmanchi turkiy qabilalar xam joylashgan edi.
Somoniylar xududida joylashgan turkiyzabon axoli Sirdaryodan shimoldagi qardoshlari bilan doimo iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lib kelgan. Bularning o‘zaro aloqalarini davom ettirishda Qarluq va Somoniylar davlatining chegaralari qat’iy to‘siq bo‘la olmagan. Somaniylar avvaliga ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi turkiyzabon qabilalarni o‘z xududiga kirgizmaslik uchun, voxalar atrofini (Shosh, Samarqand, Buxoro) baland devorlar bilan o‘rab (bu devorlar xalq orasida «kampir devor» deb atalgan), chegaralarda xarbiy soqchilar qo‘yganlar. Ammo bu to‘siqlar vaqtinchalik tadbir edi xolos. Ismoil Somoniy davrida bu to‘siqlarning axamiyati qomagan edi.
Shuni uqtirib o‘tish joizki, Somoniylar xududiga kelib o‘rnashgan turkiyzabon etnoslar va ayrim kishilar, xo‘jaliklar, islom dinini qabulqilishlari kerak edi; bu Movarounnaxrga kelib o‘rnashishning asosiy sharti edi. Somoniylar o‘z xududlarini yomon niyat bilan, yovuzlik qilib bostirib kiruvchi ko‘chmanchi qabilalardan ximoya qilganlar. Islom dinini qabul qilib, najot so‘rab o‘tloq, yaylov, еr so‘rab kelganlar xech qanday qarshiliksiz qabul qilingan.
Ma’lumki, o‘zbek va tojik elatlari qadimgi etnoslardan (sak, massagetlar, baqtriyaliklar, yuechji ,toxarlar, so‘g‘diylar, qang‘arlar va boshq. xalqlardan) tomir olganlar. Shuning uchun xam ularning madaniyat va turmush tarzlarida, urf-odatlarida o‘xshashliklari ko‘p bo‘lgan. Shu bilan birga, ularning xar biriga xos (bir elatni ikkinchisidan fapqini bildiruvchi) xususiyatlari – tili , o‘zligini anglashi, ruxiyati va boshqalar xam mavjud edi. Bu xususiyatlari bilan bir elat ikkinchi elatdan ajralib turgan10.
Xorazm IX asrning ikkinchi yarmi – X asrda Somoniylar davlati tasarrufida bo‘lgan. Lekin Xorazmshoxlar davlatida xorazmliklarning o‘zidan chiqqan shohlar (xorazmshoxlar) xukmronlik qilib kelganlar.
Xorazm yarim mustaqil davlat bo‘lsa xam o‘sha davrda iqtisodiy va madaniy jixatdan taraqqiy etgan o‘lka hisoblangan. Xorazmning turg‘un axolisini o‘z etnik nomiga (Xorazm – nafaqat siyosiy, geografik nom, axolisining nomi xam edi) va tiliga ega edi. Ularning qadimgi tili Eron til guruxi bo‘lsa xam, lekin u tildan katta farq qilgan. Qo‘shni eron va turkiyzabon axolidan xorazmliklar moddiy madaniyatlari (uy-joylari, kiyim boshlari) san’atlari bilan farq qilganlar.
IX-X asrlarda Xorazm o‘lkasida turg‘un yashovchi turkiyzabon axoli (qang‘li, bijanak, o‘g‘uz) xam mavjud bo‘lgan. Ammo bular son jixatidan tub еrli, Xorazm axolisidan kam edi. So‘zsiz turkiyzabon etnoslarning ta’sirida Xorazm axolisining talay qismi (shaxsan alanlar) turkiylashib qolgan edi. Lekin Xorazm xududida yashovchi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi turkiyzabon axoli Xorazmning turg‘un axolisiga iqtisodiy xamda madaniy jixatdan ta’sir etishga ojizlik qilar edi. Xorazmliklarning iqtisodiy va madaniy darajasi, ong sezimi ularga nisbatan yuqori bo‘lgan. Bu o‘lkani tarixiga oid barcha tomonlarini xisobga olib, Xorazm axolisi XII asrlar boshlarigacha (mo‘g‘illar istilosigacha) aloxida elat (xorazm elati) bo‘lgan desak xato bo‘lmas.
Ong sezimi, o‘zligini anglash (albatta o‘z davri darajasida) turkiylik (til jixatdan) tushunchasi IX-X asrlarda o‘zbek ajdodlarining elat bo‘lib shakllangan qismida qat’iylashib qolgan edi, ammo iqtisodiy va madaniy taraqqiyot (o‘zbek ajdodlarining elat bo‘lib shakllangan qismida) xali nixoyasiga еtmagan edi. Shu davrlarda (IX-X) etnogenetik jarayonda qatnashgan etnik guruxlarning ayrimlari ko‘chmanchilikda va yarim o‘troqlikda kun kechirib, chorvachilik bilan dexqonchilik, xunarmandchilik va tijorat ishlari bilan shug‘ullanib kelganlar. Bu guruxlar o‘rtasida xali iqtisodiy aloqalar еtarlik darajada emas edi. Bularning madaniy darajasida xam tafavut katta edi. Qarluq davlati xududida turli diniy e’tiqodlar (tangriga sig‘inish, burxonlik, budda, xristianlik vag boshq.) mavjud edi. Ilm fan taraqqiyoti xam еtarli darajada rivoj topmagan. Qarluq - chigil lahjasi ustivorlik qilib kelayotgan bo‘lsa xam, ammo bu laxja o‘zbek elati tarkibiga kirgan barcha etnik guruxlarga singib, umum elat tili darajasiga ko‘tarilish jarayoni nixoyasiga еtmagan edi.
Etnik jarayon oxirlashi uchun elatni shakllanish darajasini aniqlovchi ko‘rsatkichlar shu davlat xududida rivojlanib elat va xudud ichida qat’iylashib qolishi lozim edi. Buning uchun ma’lum vaqt kerak bo‘lgan.
X asr o‘rtalarida Farg‘onaning shimolidagi xududlarda, Qoshg‘ar yaqinida yashovchi qarluqlar kuchayib, xokimyatni o‘z qo‘llariga oladilar. Bularning davrida Qoraxoniylar (ulug‘ xonlar) va fuqarolar islom dinini qabul qiladilar. Bu islom dini tez vaqt ichida Yettisuv va Sharqiy Turkistonning g‘arbiy mintaqalariga tarqaladi. Islom dini bu xududlarga kirib borishi Qoraxoniylar boshqarayotgan xudud bilan Movarounnaxr musulmonlari o‘rtasida aloqalar kuchayadi, ilmu fan Qarluq-Qoraxoniylar davlati xududida xam keng rivojlana boradi.
X asrning oxirida ichki ziddiyatlar kuchayib Somoniylar davlati kuchsizlanadi. Bundan Qoraxoniylar foydalanadilar; Harbiy yurishlar qilib, ular 998-1011-yillar davrmida Movarounnaxrni katta qismini egallab o‘z xukmronliklarini o‘rnatadilar.
XI asr boshlarida Qoraxoniylar davlati Amudaryodan to Torim daryosigacha bo‘lgan katta xududga egalik qiladilar. Amudaryo Qoraxoniylar bilan G‘aznaviylar o‘rtasidagi chegara bo‘lib qoladi. Shu vaqtdan, o‘zbek ajdodlarining etnogenetik jarayoni taraqqiyoti ikkinchi bosqichga o‘tadi.
Qoraxonlilar Movarounnaxrni egallagandan keyin bu xududda Yettisuv, Sharqiy Turkistonning g‘arbiy mintaqalaridan, Sirdaryo bo‘ylaridan qabilalar, ayrim etnik guruxlarning ko’chib kelishi jadallashadi. XI asr boshlaridan to shu asrning 40-yillarigacha Movarounnaxr xududida qarluq, chigil, xalach, arg‘u, tug‘si, turkesh va boshqa qabilalarning salmog‘li qismi ko‘chib o‘tadi. Bularning ma’lum qismi o‘z yurtlarida qolib Yettisuvda va Sharqiy Turkistonda mavjud bo’lgan siyosiy va etnik uyushmalar tarkibida bo‘ladilar. Sirdaryo soxillarida yashovchi qang‘li va qipchoq qabilalarining qismlari xam Movarounnaxrga va Xorazm voxasiga kelib o‘rnashadilar. Shunday qilib, XI asrning birinchi yarmidayoq bu o‘lkalarning etnik tarkibi bir muncha o‘zgardi: tub еrli turkiy va fors-tojik, xorazmiy tilida so‘zlashadigan axoli tarkibiga turkiyzabon qabilalarining yangi guruxlari kirib keladi.
Movarounnaxr Somoniylar davrida, sharqda iqtisodiy va madaniy jixatdan eng taraqqiy etgan xudud edi. Bu xududning shaxar va qishloqlari obod bo‘lgan. Jamiyatning xamma tomonlarida islom dini va shariyatlari xukm surgan. Movarouunaxrga kirib kelgan Qoraxonlilar shu еtuk madaniyatga egalik qilib, uni davom ettiradilar. Ko‘chib kelgan yarim ko‘chmanchi va yarim o‘troq etnik guruxlar bo‘lib, ular chorvachilik bilan bir vaqtda dexqonchilik bilan xam shug‘ullanadilar. Keyinchalik bularning ko‘pchiligi o‘troqlashib, shaxar va qishloqlarda turg‘un axoli xayotiga moslashib boradilar.
XI asrning birinchi yarmilarida Qoraxoniylar davlatida ichki kurashlar kuchaya boradi. Hokimyat uchun kurash oxir oqibat davlatni inqirozga olib keladi. XI asrning ikkinchi yarmida Qoraxonlilar davlati ikki mustaqil davlatga bo‘linib ketadi. Sharqiy qismining markazi Balasag‘un bo‘lib qoladi, g‘arbiy qismining markazi Samarqand bo‘ladi. Shu sanadan Qoraxonlilar davlati tarixining uchinchi bosqichi boshlanadi.
G‘arbiy Qoraxonlilar davlati XI-XII asrlar davomida iqtisodiy va madaniy jixatdan taraqqiy etgan; Markazlashagan davlat darajasiga ko‘tarilgan edi. Bu davlat XI asr oxirlarida Saljuqlarga; XII asr o‘rtalarida esa Qoraxitoylarga qaram bo‘lgan bo‘lsalar xamki o‘z davlat tuzumining butunligini saqlab qolgan edilar.
G‘arbiy Qoraxonlilar davlati ichida o‘zbek ajdodlarining etnogenetik jarayoni davom etadi. Movarounnaxrga kelib o‘rnashgan etnik guruxlar asrlar davomida bu xududda yashovchi qardoshlari bilan birlashib, ular bilan aralashib boradilar. Tub еrli axoli ta’sirida yarim ko‘chmanchi va yarim o‘troqlikda yashab kelgan etnik guruxlar o‘troqlashib dexqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanadilar. Ularning faqat oz qismi dexqonchilik bilan bir vaqtda an’anaviy chorvachiliklarini davom qilib kelganlar. Movarounnaxr xududidagi turkiy xalqlarning o‘zaro yaqinlashib, qorishib borishi natijasida xudud axolisi o‘rtasida iqtisodiy va madaniy umumiylik qat’iylashadi. Umum elat tili va adabiy til shakllanadi. Movarounnaxr va unga tutashgan mintaqalarda yashovchi barcha turkiyzabon axoli bir xalq (elat) bo‘lganligi ong sezimida butkul °rnashib qoladi. Elat shakllanishidagi barcha etnik alomatlar o‘z maromiga еtib, o‘zbek ajdodlarining elat bo‘lib shakllanish jarayoni oxirlashadi. Ammo bu bilan etnogenetik jarayon to‘xtab qolmaydi. Keyingi bosqichlarda u yana xam takomillashib boradi.
Yuqorida aytganlarimizda xulosa qilib aytmoqchimizki, o‘zbeklarning ilk ajdodlari Movarounnaxr vagunga tutash mintaqalarda madaniyatlari bir-birlariga yaqin, ikki tilda so‘zlaashuvchi qardosh o‘zbek va tojik xalqlari elat bo‘lib shakllangan. Ularning ilk ajdodlari Movarounnaxrda va unga chegaradosh xududlarda qadim zamonlarda yashagan so‘g‘diylar, xorazmiylar, baqtriylar, saklar, toxarlarlar, qang‘lar va boshqa xalqlar bo‘lgan. Shimoliy Xitoyda, Sibir, Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo soxillarida antik davrlarda va ilk o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan turkiy qabilalar (xun, usun, nushibi, dulu, turkash, qarluq, chigil, xalach, yag‘mo va boshq.) ham o‘zbek ajdodlarining etnogenetik jarayonida muxim o‘rin egallagan. Tilga olingan xalqlar va qabilalarning ko‘pchiligi o‘rta asrlar davomida elat bo‘lib shakllangan turkman, qozoq, qirg‘iz va qoraqalpoq xalqlarining xam etnik tarixida juda katta rol o‘ynagan. Demak, Markaziy Osiyoda yashovchi barcha xalqlar asrlar davomida etnik jixatdan bir-biri bilan yaqin aloqada, qavm-qarindosh bo‘lib kelganlar11.
Shunday qilib, IX-X asrlar davomida shakllangan o‘zbek elatining o‘zagi turkiy elatlarning fors-tojik tilli axoli bilan asrlar davomida arlashib, qorishib ketishidan hosil bo‘lgan. XI-XII asrlarda o‘zbek elatining tarkibida turkiy komponentlar ko‘payadi va uning rivojlanishi asosan turkiy komponentlar asosida o‘tadi. Shu asrlar davomida barcha etnik ko‘rsatkichlar majassamlashadi, o‘zbek ajdodlarining aloxida jamoa (elat) bo‘lib shakllanishi nixoyasiga еtadi. Shakllangan o‘zbek elatining taraqqiyoti keyingi asrlarda xam davom etadi.
Maxmud Qoshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘otit turk» asarida turkiy tillar haqida gapirib, «Bularning ichida eng ochiq va ravon til Xoqoniya ulkasida yashovchi axoli tilidir», degan edi. Mazkur til fakat turkiy elatning jonli tili bo‘libgina qolmasdan, balki qarluq Qoraxoniylar davlatining dalat tili va adabiy tili xam edi. Bu tilda Axmad Yugnakiyning (XII asr) «Xibat ul-xaqoyiq» (Xaqiqatlar tuxfasi) dostoni, Yusuf Xos Xojibping (XI asrning ikkinchi yarmi) «Qutadg‘u bilig» (Saodatga yo‘llovchi bilim) asari, Axmad Yassaviyning (XII asr) «Devoni xikmat», «O‘g‘uznoma» dostoni va boshqalar yozilgan. Bu asarlar turkiy tilning qarluq dialektida yozilganligi yirik tilshunos olimlar tomonidan tan olingan. Taniqli elshunos K.Shoniyozovning ta’kidlashicha, karluk shevasiga boshqa turkiy qabila tillariga Qaraganda arab, sug‘diy, fors so‘zlari oldinroq kirib borgan. Chunki, Qorluq-Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan Yettisuv, Sharkiy Turkistonning garbiy ulkalari Movarounnaxrga tutash viloyatlar bulib, u еrlarniig kadimiy o‘trok axolisining iqtisodiy va etnomadaniy ta’siri bu tilda uz aksini topishiga real va keng imkoniyatlar bulgan. Movarounnaxrning shimoli-sharqiy Fargona qismi esa, uning tarkibida edi. Aynan mana shu tillar muxiti ta’sirida IX-X asrlarga kelib, qarluq tili o‘zining fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari bilan kadimgi turk O‘rxun (Enasoy bitiklari tili) tilidan birmuncha fark kilgan va keyinchalik uzbek etnik nomini olgan turkiy elatning tili bo‘lib koladi. Ayniksa, bu til G‘arbiy Qoraxoniylar davlati doirasida yanada jadal rivojlanib, zeki uzbek tilining shakllanishiga va yozma Uzbek adabiyotining shakllana boshlashiga olib keladi.
Qoraxoniylar davlatining ilmiy-madaniy markazi Qoshqarda fan, adabiyot va san’at rivojlandi. Yukorida kayd etilgan Maxmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig» va Axmad Yugnakiyning «Xibat ul-xaqoyiq» asarlari birgalikda turkiy yozma adabiyotning tamal toshini qo‘yish barobarida, uning kelajagini ham belgilab berdi.
«Devonu lug‘otit turk» turkiy tilshunoslikka oid qomusiy asar bo‘lib, undan o‘nlab turkiy xalqlar tarixiga oid qadimgi afsona va rivoyatlar, 200 dan ortiq maqol va matallar, xikmatli so‘zlar, bir necha tozlab she’riy parchalar keltirilgan. Ularning ko‘pchilik kismi turkiy elatlar ogzaki ijodiga xos turtliklardan iborat. «Devon»da keltirilgan she’rlar turkiy she’riyatning asosiy o‘lchov barmoq vazni ekanligini ko‘rsatadi. Bir qisim she’rlar esa islom davri she’riyatiga xos bayt shaklida bo‘lib, bu turkiy adabiyotda aruzga o‘tish boshlanganligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, Maxmud Qoshg‘ariyning «Devonu lugotit turk» asarining til xususiyatlari ko‘prok Yettisuv, Sharqiy Turkiston va Enasoy xavzalarida yashagan turklarning makol, ashula va tillardan namunalar asosida ko‘rilgan. Asarda Toshkent vohasi, Farg‘ona va Zarafshon vodiysida yashagan turk axolisi to‘g‘risida misollar uchramaydi. Movarounnaxr turklarining qadimgi shimoli-sharqiy eroniy va arabiylashgan til laxjalaridan maqol va misollar olinmagan. Shunga qaramay, o‘zbek tilining turkiy uzagi Maxmud Qoshgariy asarida to‘lik o‘z aksini topgan.
Eng muhumi, XI-XII asrlar davomida Maxmud Qoshg‘ariyning «Xoqoniya tili» tarkibidan xozirgi zamon o‘zbek tilining asoslari ajrab chiqdi. Shuning uchun o‘zbek tili «Xoqoniya o‘lkasi»da yashovchi turkiy xalklarning eng ravon va ochik karluk-chigil lahjasi asosida kurilgan tildan va keyinrok shakllangan boshka kushni turkiy tillardan uziga xos jixatlari bilan farq qiladi. Biroq, bu kitobxonda o‘zbek tilining asosida turkiy tillarning qarluq-chigil laxjasi yotmagan, degan ma’no kelib chiqmaydi. Chunki, xozirgi zamonning barcha tillari, tilning rivojlanish konuniyatiga kura, uzga tillar xisobiga boyib, mukammallashib boradi. Hech bir til o‘zining qadimiy uzagidan bevosita, boshka tillar ta’sirisiz rivojlanmaydi. Bundan qarluq-chigil lahjasi asosida tarkib topgan o‘zbek tili xam mustasno emas. Shu bois, XI-XII asrlarda muayyan elat tili sifatida shakllangan o‘zbek tili o‘zining boy lug‘at fondi bilan farq qilib, yangi so‘zlarni yaratilishi, ya’ni uzga uzakning turkiylashishi bilan boyib bordi. Bu ajdodlarimiz orasida sug‘orma dexqonchilik, xunarmandchilik na etnomadaniy xujalik tarakkiyoti natijasida sodir buldi. Chunki, bu tarakkiyot yangi suzlarni topishga olib keldi. «Chi», «lik», «mok», «siz», «ish», «dosh» kabi suz yasovchi suffikslar yordami bilan ayrim suzlardan bir kancha yangi suzlar yaratildi. Masalan, «yul» so‘zidan «yuldosh», «yulovchi», «yullovchi», «yur» fe’lidan «yurmok», «yuradigan», «suv» suzidan «suvchi», «suvlik», «suvsiz» kabi suzlar paydo buldi. Bu birinchidan.
Ikkinchidan, o‘zbek tiliga bir kancha arab va fors so‘zlari kirib, ular xam uzbek tilidagi umumxalk elementlarini ma’lum darajada kuchaytirdi. Bunday suzlar o‘zbek tili tarkibida kagta urin tutibgina qolmasdan, o‘z shakllarini saqlab qolgan xolda, maxalliy dialektlar ta’siriga xam uchradi. Ayni bir vaktda bu suzlar uzbek tili bilan O‘rta Osiyodagi boshqa turkiy tillar o‘rtasidagi ayirmani yanada kuchaytirdi. Uchinchidan, bu davrda o‘zbek tili o‘ziga xos grammatik tuzilish va fonetikasiga, morfologiya va leksikasiga ega bo‘ldi. O‘zbek tiliga xos muxim xususiyatlardan biri suz boshida «d», «g» fonemalari urniga «t», «k» fonemalarining o‘rnashib olishi bo‘ldi. Shu bilan o‘zbek tili turkman va ozarbayjon tillaridan farq qilardi. Masalan, turkman tilida «dush», «guz» yozilsa, uzbek tilida «tush», «kuz» yoziladi. Ayrim suzlar oxirida «v», «u» fonemalari urnini «g» fonemasi egallab oldi. Masalan, «sov» o‘rniga «sog’», «tov-tou» o‘rniga «tog’» talaffuz qilinadigan bo‘ldi. Shu bilan birga, yana shuni xam ta’kidlash zarurki, xozirgi uzbek tilida kadimiy turkiy tillarning boshka yangi turkiy tillarda uchraydigan ayrim elementlari saklanmadi, degan so‘z emas. Bunday atamalar shubxasiz uzbek tilida xam uchraydi. Biroq, ular o‘zbek tilining asosiy xususiyatlarini belgilab bera olmaydi. XI-XII asrlar davomida shakllangan o‘zbek xalqiga xos til o‘z davrining boshqa turkiy tillaridan o‘zining lug’at tarkibi bilan xam farq qiladi. Chunki, uning tarkibida, yuqorida qayd qilinganidek, arab va forscha suz va atamalag ko‘proqdir. Shu bilan birga. arab va forscha suffiks va affikslar vositasi bilan turkiy uzak suzlardan yangi so‘zlar xam yaratilgan. Masalan, o‘zbek tilida «odam», «kitob», «osmon», «non» kabi arab va forscha suzlar bilan bir qatorda. Ayrim turkiy o‘zak so‘zlarga «be» kabi affikslar, «dor», «zor» kabi forscha suffikslar qo‘shilib, yangi so‘zlar yaratildi. Natijada, o‘zak «suv» suzidan «besuv». «karz» so‘zidan «qarzdor», «bug‘doy», «arpa» so‘zlaridan «bugdoyzor», «arpazor kabi yangi suzlar yaratilib, o‘zbek tilining lug‘at tarkibi ma’nodor so‘zlar bilan boyidi. Ayrim qadimiy turkiy so‘zlar o‘rnini, ya’ni turkiy «ochun» so‘zi o‘rnini «olam», «dunyo», «jahon» so‘zlari ishg‘ol qildi, yoki turkcha «kuk» so‘zi qatorida «osmon», «falak». turkcha «quyosh», «kun» qatorida «oftob» kabi so‘zlar ham ishlatila boshlandi12.
Shunday qilib, o‘zbek tilining lug‘at tarkibi Movarounnahr va unga tutash viloyatlar doirasida qarluk-chigil turkiy o‘zakka arab va fors affiks va suffikslarini qo‘shilishi natijasida boyib bordi va o‘zbek etnosiga xos til xususiyatlari shakllanib bordi. Bunda XI-XII asrlarda G‘arbiy Qoraxoniylar davlati hududiy doirasidagi turk bo‘lmagan etnik omillar ta’siri katta bo‘lgan. O‘zbek tarixiy tilshunosligida xozirgi o‘zbek tilining grammatik tuzilishi va fonetikasi, morfologiya va leksikasidagi asosiy xususiyatlar XIII-XIV asrlarda yozilgan asarlarda ilk bor uchraganligini asos qilinib, o‘zbek tili mustaqil elat tili sifatida XIV asrda shakllandi, degan xulosaga kelindi.
Ishbilarmon sug‘diylar Movarounnaxrdan sharqqa Tomon cho‘zilgan xududlarga savdo-sotiq va xunarmand-tadbirkor sifatida xanchalar chuqur kirib bormasinlar, son jixatdan turkiy etnoslarga nisbatan juda oz bo‘lganlar. Ularning ayrim ishbilarmonlari turk xokonlarining saroyida xizmatda bo‘lib, xatto katta lavozimlarni ham egallaganlar. Masalan, An-Suy Szya ismli sug‘dlik savdogar Mo‘g‘uliston xududini boshqargan turk xokonlaridan biri Dupanning eng yakin kishilaridan biri bo‘lgan Sharkiy turk xoqoni Shibo (609-619 yy.) saroyida, xoqonga maslaxatchi bo‘lib Shishi Xusi nomli sug‘d ishlagan. VIII asr boshlarida sug‘diyonalik An-Yan Sharqiy turk xoqonligi xarbiy ko‘shinlarining bosh qomondoni bo‘lgan va Ashina aslzodalaridan biriga kuyov bo‘lgan. Bunday misollarni cheki yuk.
Arab-fors tilli manbalarda qayd etilishicha, turkiy xalqlar qaysi xududda yashamasinlar, o‘sha joyda sug‘diylar turli nisbatda mavjud edilar, Shuning uchun xam Maxmud Qoshg‘ariy o‘z davrida keng tarqalgan quyidagi xalq maqolini keltiradi: «Totsiz turk bo‘lmas, boshsiz burk (kalpok-A.A.) bo‘lmas». IX-X asrlarda chorvador ko‘chmanchilarning qabilaviy tuzumida, turmush tarzida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ko‘chmanchi etnoslarda turg‘un xayot kechirishga intilish kuchayadi. Ayniqsa, bu jarayon qarluq, va chigil qabilalari xayotida yorqin ko‘zga tashlanadi. Chunki, bu ikki qabila argun, tuxsi, turkesh va boshqa turkiy etnoslar bilan ittifoqlikda sug‘diy, xorazmiy, Toxariston, Choch va Qadimgi Farg‘onaning o‘trok maxalliy axolisiga yaqin, yonma-yon yashab kelar edilar. Bular orasidagi bir necha asrlar davomidagi tinch, osoyishta iqtisodiy va madaniy aloqalar. etnoqorishuv jipslashishlar ularning o‘troqlashishiga, bir joyda muhim yashovchi turg‘un turklarga aylanishida katta rol o‘ynadi. X asr o‘rtalarida Qarluqlar davlatining davomi sifatida Qoraxoniylar sulolasi xokimiyat tepasiga kelib, X asr oxirlari va XI asr boshlarida Movarounnaxr Qoraxoniy turklari tasarrufiga o‘tgach. bu jarayon ommaviy tus oldi13.
Bu masalada turkiy urug‘ va qabilalarni o‘zaro va ularni o‘zga etnik gurux aslzodalari bilan bo‘ladigan nikoxlar elatning shakllanishida muxim rol o‘ynagan. Movarounnaxr va Yettisuvda yashovchi turkiy qabila va elatlarning ko‘pchiligi, akademik K.Shoniyozovni ta’kidlashicha, bir urug‘ va jamoa a’zolari orasida jinsiy munosabatlarning bo‘lishini taqiqlamaganlar, ya’ni endogamik nikoh hukm surgan. Nikoxning bu turi urug‘ va qabilalarning xamda turgun axolini bir-biri bilan yaqinlashuvi uchun muxim omil xisoblanadi. Kezi kelganda nafaqat boshqa qavm-qarindosh bo‘lmagan turkiy elatlar bilan, xatto boshqa tildagi va dindagi kishilar bilan quda-anda bo‘lishganlar. Shunday qilib, nikox quda-andalik ro‘li bilan elatlar bir-birlari bilan yaqinlashib, ko‘rishib ketganlar. Bu kuda-andalik nikox an’anasi Turk xoqonligining boshqaruvida vassal xukmdorlar uchun «kuragonlik tizimi»ni joriy etishga olib kelgan. G‘arbiy Qoraxoniylar davlati doirasida etnoslararo bunday nikoxning mavjudligiga shubxa qilmasa xam bo‘ladi. Bunday nikox jarayoni Qoraxoniylar davrida bo‘lmagan, deb kim vakolat bera oladi. Ammo, etnoslararo nikox, uzga davlatlar aslzodalari bilan buladigan nikox O‘ta ta’sirchan kuchga ega bo‘lgan. Bu nikox jarayoni orkali kishilar, urug‘ va qabilalar, xatto davlatlar O‘rtasidagi ziddiyatlarni yumshatish, oldini olish mumkin bo‘lgan.
Ma’lumki, O‘rta Osiyoning markaziy viloyatlarida IX-X asrlarda Somoniylar davlati xukmron edi. Ismoil ibn Axmad davrida (892-907 yillar) Somoniylar davlati markazlashgan kuchli feodal davlatga aylanib, unda iktisod, madaniyat, ilm-fan yanada tarakkiy etadi. Ammo, X asrning ikkinchi yarimidan ichki ziddiyatlar tufayli, somoniylar xokimiyati kuchsizlanib boradi. Unga tobe bulgan viloyatlarda (xususan Xurosonda) somoniylar xokimiyatiga qarshi ko‘tarilgan isyonlar, vorislar urtasida taxt uchun betinim kurashlar, Somoniylar davlatini zaiflashishiga olib keladi. Bunday vaziyatdan Qarluq-Qoraxoniylar davlati foydalanib qoladilar14.
Shunday qilib, X asrning oxiri - XI asrning boshlariga kelib, Movarounnaxrning barcha xududlarida turkiy Qoraxoniylar xukmronligi o‘rnatildi. Endilikda, Qoshg‘ardan Amudaryogacha, Sharqiy Turkistonning katta qismi, Yettisuv, Toshkent voxasi, Qadimgi Fargona, Qadimgi Sug‘d va Baqtriya-Toxaristonni o‘z ichiga olgan katta xududiy geografik kenglikda Qoraxoniylar davlatini tashkil topishi o‘zbeklarning xalq sifatida uzil-kesil shakllanganligini ko‘rsatuvchi etnik belgi edi.
X asrning oxiri va XI asrning boshlarida Somoniylar davlati ag‘darilib, janubiy chegaralari Amudaryogacha bo‘lgan xududlarda Qoraxoniylar davlati barpo etilgach, o‘zbek xalqi etnogenezi tarixida uning xalq sifatida shakllanishi uchun zarur bo‘lgan deyarli barcha etnik omillar va belgilar sodir bo‘ldi. Aniq qilib aytganda, ma’lum bir yirik xududiy-geografik doirada moddiy va ma’naviy madaniyat birligi, antropologik tip birligi, turkiy etnik asosda tashkil topgan o‘zlikni anglash va xukmron turkiy etnik asos atrofida jipslashgan ikki tillilik belgilari asosida qurilgan siyosiy davlat uyushmasi tashkil top. Etnologik nazariy qarashlarda davlat siyosiy uyushmasini tashkil topdi. Muayyan xalqning uzil-kesil shakllanganligidan dalolat berishini bildirgan15: Mana shu nazariy qarashlarga asoslangan ba’zi bir tarixchilar X asrning oxiri XI asrning birinchi choragida Movarounnaxr va Xorazm voxasi xudullarini Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirishi munosabati bilan o‘zbek elati xalq sifatida shakllandi, degan xulosaga keladilar. Ammo, bu yirik siyosiy uyushma ya’ni Qoraxoniylar davlati buyuk Turkiston elining barcha turkiy xalklariga tegishli, ya’ni o‘zbeklar, qozoqlar, turkmanlar, uyg‘urlarning xam birlashgan davlat uyushmasi edi.
Shu bilan birga, uning xududiy doirasida iqtisodiy va etnomadaniy taraqqiyot darajasi xar xil, notekis bo‘lgan turkiy elat va qabilalar yashar edi. Bu davlat turkiy tillarning turli laxjalarida so‘zlanguvchi elatlarning siyosiy uyushmasi bo‘lgani bois, xoqonlik tarkibidagi xar bir elatni; iqtisodiy-xo‘jalik xarakteri, o‘ziga xosligi bilan, etnomadaniy va etnopsixologik jixatlar bo‘yicha xam bir-birlaridan farq qilardi. Xoqonlikning g‘arbiy xududlarining aksariyat axolisi o‘troqlashgan, uning turkiy axolisi tilining arabiy-forsiy tillar bilan omuxtalashganligi bilan ulardan tubdan farq qilar edi. Bu xolatni biz yuqorida Xoqoniya tili va yozma adabiyoti misolida ko‘rdik. Agar biz yuqorida keltirilgan misollardan kelib chiqib, ilmiy asosli xulosaga keladigan bo‘lsak, o‘zbek xalqining uzil-kesil shakllanishi uchun zarur bo‘lgan etnik omillarining eng muximlaridan xisoblangan til birligi va etnosga monan siyosiy davlat uyushmasi еtishmas edi. Jonli eski o‘zbek tilining tarkib topishi, uning umumturk tilidan ajralib chiqishi uchun tegishli shart-sharoitlar va vaqt kerak edi. Tarix taqozosi bilan bu muammo xam o‘z еchimini topdi, ya’ni XI asrning o‘rtalarida (1041-yilda) Qoraxoniylar davlati ikkiga ajralib, uning G‘arbiy Koraxoniylar davlati doirasida jonli eski o‘zbek tilining karluk-chigil laxjalari asosida rivojlanishiga siyosiy va etnomadaniy imkoniyatlar yaratildi. Bu zaminda qadimdan katta qismi o‘troqlashib ulgurgan turk, qaltatoy, qarluk, chigil, tuxsi, argun, musabozori, turkash kabi turkiy kabilalar sutdiyzabon axoli bilan yonma-yon va birlashib yashab, Movarounnaxr va Xorazmda turkiy til muxitining ustunligini tashkil etgan edilar. Oqibat natijada, mintakaning sug‘diy, xorazmiy va boxtariy etnik katlamlarining til jixatidan turkiylashish jarayonlari jadal kechadi. Mavjud turkiy siyosiy xokimiyatlar (Qarluk-Qoraxoniylar va Ga‘rbiy qoraxoniylar davlati) o‘z navbatida, ikki til jamoalari orasidagi iqtisodiy, etnomadaniy alokalarni turkiylar foydasiga xizmat ettirish siyosatini olib boradilar, bu alokalar etnik korishuvlar darajasiga ko‘tariladi. Natijada, turkiy tilning karluk-chigil laxjasi G‘arbiy Koraxoniylar davlati davrida jonli eski uzbek tili sifatida boshqa turkiy til laxjalaridan ajralib chiqadi. Bu ob’ektiv tarixiy dalillar aynan xozirgi O‘zbekiston xududlarining barchasini kamrab olgan G‘arbiy Qoraxoniylar davlati doirasida yuz beradi.
Bu jarayonlar o‘zbek etnogenezining yakuniy oltinchi bosqichini anglatar edi. Agar bu etnogenetik jarayonlarni bizgacha еtib kelgan ilmiy va badiiy asarlar tili asosida taxlil etadigan bo‘lsak, u xolda Maxmud Qoshg‘ariy va Yusuf Xos Xojiblar asarlari eski uzbek tilining shakllanishi uchun birinchi fundamental asos sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, Axmad Yugnakiy va Axmad Yassaviy asarlarining tili o‘zbek xalqi jonli tili asosida rivojlana boshlagan eski uzbek adabiy tilining namunasi edi.
Shunday qilib, xozirgi O‘zbekiston xududlari va uning tevarak-atrof xududlarida kamida ikki yarim ming yil davom etgan etnogenetik jarayonlar natijasida, ya’ni sugdiylar, xorazmiylar, boxtariylar va saklarning shu zaminda bronza davridan boshlab, ular bilan yonma-yon yashab kelayotgan turkiyzabon kabila va kavmlari bilan aralashuvi, qorishuvi natijasida, o‘zbek xalqi XI asrda tulatukis, XII asrda esa uzil-kesil shakllandi, deyish mumkin. Bu etnogenetik jarayonlar o‘zbek xalqining moddiy va ma’naviy madaniyatida xamda xozirgi zamon O‘zbeklarining jismoniy qiyofasida o‘z aksini topgan.
XULOSA
O`zbek xalqini etnik shakllanishi uzoq davom etgan murakkab jarayondir. O`zbek xalqining asosini hozirgi O`zbekiston hududida bir necha ming yillar davomida yashab kelgan mahalliy so`g`diylar, baxtarlar, xorazmiylar, saklar, massagetlar, qang`lilar va dovonliklar tashkil qilgan. Turli davrlarda turli maqsadlarda kirib kelgan qabilalar, elatlar va xalqlar davr o`tishi bilan mahalliy aholiga o`z ta'sirini qisman o`tkazgan. Bu o`rinda shuni alohida qayd etish lozimki, o`zbek xalqi shakllanish jarayonining barcha bosqichlarida mahalliy aholi tashqaridan kelgan aholiga nisbatan doitno ustunlik qilgan. Kelgindi aholi mahalliy aholiga o`z tilini berganligini ham inkor etib bo`lmaydi. Lekin antropologik nuqtai nazardan mahalliy aholining etnik qiyofasini va tashqi ko`rinishini tubdan o`zgartira olmadi.
O‘rta asrlardagi etnik-madaniy jarayonlar. “O‘zbek” atamasi O‘rta Osiyo xalqlarining etnik shakllanishida bu hududga ko`chib turli elat va qabilalar ham ma'lum ma'noda ishtirok etganlar.
O`zbek etnonimi kelib chiqishi davriga qarab o`zbek, turkman, qozoq, qoraqalpoq xalqlarini aniq bir vaqtda paydo bo`lgan deb aytib bo`lmaydi. Bu xalqlar ming yillar davomida hozirgi yashayotgan mintaqalarida yashaganlar. Lekin u paytda hali hozirgi nomi bilan atalgan emas va bu nomlari bilan aytilmagan. Ular umumiy nom bilan "turkiy"' deb yoki bo`lmasa, o`z qabilalari nomlari bilan atalganiar.
Tarixning qadimgi davrlarida aholi ko`p hollarda o`zlari yashagar, joy nomi bilan atalgan bo`lib, o`rta asrlarga kelib bu nomlar o`zgaradi. Xususan, Dashti Qipchoq hududlarida yashagan turkiy aholi Movarounnahr еrlariga kelib, bu еrda yashayotgan o`troq aholi bilan uyg`unlashib ketgan va aholini nomi "O`zbek" deb atalgan. o`rta asrlar tarixiy adabiyotlarida ham bu nom "O`zbek", "O`zbeklar" sifatida tilga olinadi. Ammo shu narsa aniqki, Dashti Qipchoq hududlaridan kelgan turkiy qabilalar mahalliy aholi etnogeneziga, urf-odat va an'analariga sezilarli darajada ta'sir etmadilar. Aksincha, ular orasiga singib.ketib yuqori datejadagi madaniyat ta'sirida bo`ldilar.
Tadqiqotchi A.Ibrohimovning yozishicha, o`zbek xalqi asosan ikki etnik qatlamdan tashkil topgan. Birinchi qatlara Turon-Turkiston hududlarida shakllangan. Ikkinchi qatiam esa Volga (Itil) daiyo bo`ylaridan tortib, to Xorazmning shimoli, Sirdaryoning o`rta va quyi oqimlarigacha bо`lgan hududlarda shakliangan. Bu makon o`tmishda turli nomlar, chunonchi Dashti Qipchoq, Oltin O`rda, O`zbek viloyati, O`zbek mamlakati, O`zbek ulusi deb atalgan. Xalqimizning bu qatlamini shartii ravishda shimoliy qatJam deb atash mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, o`zbek xalqining asosini hozirgi O`zbekiston hududlarida bir necha ming yillar davomida yashab kelgan mahalliy saklar, massagetlar, so`g`diylar, baxtarlar, xorazmiylar, qang`lilar, dovonliklar, chochliklar tashkil etgan. Kelgindi aholi mahalliy aholiga qisman ta'sir etsada, uning genetikasini tubdan o`zgartira olmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |