«Himoyaga ruxsat etilsin» Fakultet dekani


II. BOB. KASB-HUNAR KOLLEJLARINING TASVIRIY SAN’AT



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/27
Sana01.02.2022
Hajmi3,4 Mb.
#424649
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
«Kasb-hunar kolleji o‘quvchilariga tasviriy san’at mashg‘ulotlarida

 
II. BOB. KASB-HUNAR KOLLEJLARINING TASVIRIY SAN’AT 
DARSLARIDA O‘QUVCHILARGA MANZARA ISHLASH METODIKASI
VA O‘QUV JARAYONIGA JORIY ETILISHI. 
 
2.1. Kasb-hunar kollejining tasviriy san’at fani mashg‘ulotlarida manzara 
janri. 
Manzara so‘zi tasviriy san’atning izohli terminalari kitobida quyidagicha 
ma’lumot taqdim etgan. Manzara – ma’lum bir joyning ko‘rinishi, tasviri; tasviriy 
san’at janri. Manzarada tabiat tasviri – dengiz ko‘rinishlari /marina/, daraxtzorlar, 
qirlar, shahar va qishloqlarning qiyofasi, umuman, turli joylarning tasviri orqali 
kishining his-tuyg‘ulari badiiy obrazlarda ifodalanadi. Manzara O‘rta asrlarda 
Xitoy, Yaponiya, Uyg‘onish davrida esa Evropada rivoj topdi. O‘zbekistonda 
O‘.Tansiqboev manzara janridagi jozibador asarlari bilan mashhur bo‘lgan. 
Tasviriy san’atda tabiat ko‘rinishlarini tasvirlaydigan janrlardan biri 
manzaradir. Unda, asosan, tabiat va shahar ko‘rinishlari aks ettiriladi. Manzarachi 


21 
rassom o‘z asarlari orqali tabiatga bo‘lgan munosabati, his-tuyg‘ularini ifodalaydi. 
Manzarachi rassomlardan: A. Savrasov, I. Shishkin, I. Levitan, O‘. Tansiqboev, 
N. Karaxan, R. Temurov, I. Haydarov, G‘. Abdurahmonov va boshqalarni sanab 
o‘tish mumkin.
Manzara janrida tabiat ko‘rinishlari orqali jamiyat hayotiga doir muhim 
voqea va hodisalarni aks ettirish, ilgari surmoqchi bo‘lgan g‘oyani aniq tasavvur 
qilish talab etiladi. Shuningdek, manzarada tasvirlanadigan narsalar orasidagi 
masofa, o‘lcham nisbatlari va ranglarning bir-biriga bo‘lgan munosabatlari ham 
ko‘rsatiladi. Manzara janri birmuncha murakkab bo‘lganligi sababli dastlab 
tabiatdagi ba’zi bir narsalarning alohida qismlarini, biror-bir bo‘lagini o‘ziga qarab 
tasvirlash nihoyatda foydalidir. Masalan, daraxt tanasi, novda, shox-shabba va 
hokazolarni chizish mumkin. Bunda narsalarning xarakterli belgilari, bo‘laklarning 
nisbati, yo’nalishini to‘g‘ri tasvirlashga harakat qilish kerak. Keyinchalik esa biror-
bir daraxtni osmondagi bulutlar bilan birgalikda chizish kabi vazifalarni bajarib, 
asta-sekin butun manzara ko‘rinishi chizishga o‘tiladi. Bunday ishlarni avval 
qalam, so‘ngra bo‘yoqda bajarish lozim. Manzara ishlashda yaqin, o‘rta va olisdagi 
narsalar asosan uchta ko‘rinishga joylashtiriladi. Yaqin ko‘rinishdagi narsalar 
aniqroq, olisdagi narsalar ochroq tarzda chiziladi. Bu ko‘rinishlarda to‘g‘ri 
tasvirlash uchun, avvalo, manzarani sinchiklab kuzatish, uzoqdagi narsalarning 
yaqindagiga nisbatan kichik ko‘rinishini hisobga olish kerak va havo perspektivasi 
qoidasiga muvofiq uzoqdagi narsalar rang va tus jihatdan yaqindagilarga nisbatan 
xiraroq va ochroq ko‘rinadi. 
Tabiatning biron-bir qismini tasvirlash uchun datslab ko‘rish nuqtasi va ufq 
chizig‘i 
qaerdan 
o‘tganligi 
qog‘oz 
yuzasida 
aniqlab 
olinadi. 
Rasm 
kompozitsiyasini to‘g‘ri topish uchun chizilayotgan manzarani cheklovchi ramka 
shaklidagi qurilma (karton yoki qog‘ozdan yasalgan maxsus asbob)dan foydalanish 
mumkin. Kompozitsiyasi topilgandan so‘ng engil chiziqlar bilan chizishga o‘tiladi. 
Bunda yaqin va uzoqdagi narsalarning joylashuvi, o‘lchamlari, xarakterli belgilari, 
nisbatlari va boshqa xususiyatlariga e’tibor beriladi. Bo‘yoqda bajarilish vaqtida 


22 
asosiy diqqat tabiatdagi narsa rangining atrofdagi boshqa narsalar rangiga ta’sir 
etishiga, kompozitsiya koloritining yaxlitligiga qaratiladi. 

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish