“himoyaga ruxsat etildi”



Download 101,17 Kb.
bet13/25
Sana13.04.2022
Hajmi101,17 Kb.
#549509
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
Esonov BMI uz e29f8

T/R

Ko’rsatkishlar

2013 yil
1 may holatiga

1.

Yer solig’i obyektlari soni

8579

2.

Yer maydoni (ga)

323,5

3.

Hisoblangan soliq summasi (ming.s.)

282108,9

4.

Imtiyoz berilgan yer obyektlari soni

914

5.

Yer maydoni (ga)

55,5

6.

Imtiyoz berilgan yer obyektlariga
nisbatan hisoblangan soliq summasi (ming.s.)

35000,8

7.

Soliqqa tortiladigan yer obyektlari soni

7665

8.

yer maydoni (ga)

268

9.

Hisoblangan soliq summasi

247108,1

Jumladan:

-tadbirkorlik maqsadida foydalanilayotgan yer obyektlari soni

1063

-yer maydoni (ga)

18,8

-tadbirkorlik maqsadida foydalanilayotgan yer obyektlariga nisbatan hisoblangan soliq summa (ming.s.)

136613,4

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, Navoiy shahrida jismoniy shaxslarning yer uchastkalaridan soliq undirish bo’yicha 2013 yilning 1 may holatiga shaharda 8579 ta soliq to’lovchi ro’yxatga olingan bo’lib, ular tasarrufida 323,5 gektar yer maydoni mavjuddir. Yer solig’i to’lovchilarning 914 tasi yer solig’idan imtiyoz olganlar, hisoblangan yer maydoni 55,5 gektarni tashkil qiladi. Imtiyoz taqdim






10 Navoiy shahar DSI ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
etilgan yerlardan soliq summasi 35000,8 ming so’mni tashkil qiladi. Soliq to’lovchi subyektlar soni 7665 tani tashkil etib, yer maydoni 268 gektardan iborat va ulardan undiriladigan yer solig’i summasi 247108,1 ming so’mni tashkil etadi. Soliqqa tortiladigan yer uchastkalari tarkibida tadbirkorlar tasarrufida bo’lgan yer obyektlari 1063 tani tashkil etib, yer maydoni 18,8 gektardan iborat hamda ulardan undiriladigan soliq summasi 136613,4 ming so’mni tashkil qiladi.
Soliq to’lanishi to’g’risidagi to’lov xabarnomalari jismoniy shaxslarga davlat soliq organlari tomonidan har yili, joriy yilning 1 mayidan kechiktirmay topshiriladi.
Yer uchastkalarining maydoni o’zgarganda va yil davomida imtiyoz huquqi paydo bo’lganda (bekor qilinganda) davlat soliq organlari bir oy davomida soliqni qayta hisob-kitob qilishlari va soliq to’lovchiga to’lash muddatlari o’zgarganini hisobga olgan holda yangi yoki qo’shimcha to’lov xabarnomasini taqdim etishlari shart.
Yer uchastkalarining mulkdorlari, yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilar yoki ijarachilar bo’lgan jismoniy shaxslar davlat soliq organlari tomonidan har yili 1 yanvardagi holat bo’yicha hisobga olinadilar. Jismoniy shaxslarga shahar va qo’rg’onlarda yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan yer uchastkalarining maydonlari yakka tartibdagi uy-joylarni hisobga olish va nazorat qilish shahar yoki shahar boshqarmasi yoxud ishlab chiqarish uy-joy inspektsiyasining mavjud materiallari bo’yisha hisobga olinib, har yili naturada aniqlashtiriladi.
Jismoniy shaxslarga qishloq joylarda shaxsiy yordamchi xo’jalik (dehqon xo’jaligi) yuritish uchun berilgan yer uchastkalari tomorqa yerlardan va jamoat yerlarida qo’shimcha ajratilgan yer uchastkalaridan iborat bo’lishi mumkin. Bunday holda tomorqa yerlar maydoni yer kadastri ma’lumotlari bo’yicha qabul qilinib, yuz bergan o’zgarishlar har yili naturada aniqlashtiriladi. Jamoat yerlarida qo’shimcha ajratilgan yer uchastkalari maydoni xo’jaliklarning ma’lumotlari bo’yicha hisobga olinib, har yili aniqlashtiriladi.
Xizmat chek yerlarining maydoni o’z xodimlariga yer uchastkalarini bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ma’lumotlari bo’yicha qabul qilinib, ular joyning o’zida aniqlashtiriladi.
Agar jismoniy shaxs yakka tartibda uy-joy qurilishi yoki shaxsiy yordamchi xo’jalik (dehqon xo’jaligi) yuritish uchun berilgan yer uchastkasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullansa yoki yerdan maqsadli foydalanishni o’zgartirmasdan o’z uyini ofis sifatida rasmiylashtirsa, bunda undan yer solig’i yakka tartibda uy- joy qurilishi yoki dehqon xo’jaligini yuritish uchun berilgan yerlar uchun belgilangan stavkalar bo’yicha undiriladi. Jismoniy shaxslar yer solig’ini 15 oktyabrdan kechiktirmay to’laydilar.



    1. Download 101,17 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish