“himoyaga ruxsat etildi”


III BOB. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLARNI UNDIRISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI



Download 101,17 Kb.
bet18/25
Sana13.04.2022
Hajmi101,17 Kb.
#549509
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
Esonov BMI uz e29f8

III BOB. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLARNI UNDIRISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI




    1. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarini undirishni takomillashtirish


Bizga ma’lumki, jismoniy shaxslar yuridik shaxslarga nisbatan son jihatdan ko’pchilikni tashkil etsada, ulardan undiriladigan soliqlar yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlardan bir necha barobar kam. Bu oradagi farqni kamaytirish, ya’ni jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarni davlat byudjetidagi salmog’ini oshirish uchun aynan soliq to’lovchi jismoniy shaxslarni faolligini oshirish, soliq siyosatining tarkibiy qismi sifatida strategik va taktik yo’ldan adashmaslik hamda amaliyotda rejalashtirilgan natijalarga erishishni ta’minlash lozimdir.


Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tarkibida, barqaror rivojlanish va byudjet munosabatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatishning muhim vositasi sifatida, soliq siyosati islohotlarni zamonaviy talablariga moslashtirib borilishini talab qilmoqda. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning: “Soliq tizimining eng muhim vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy-xom ashyo, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to`plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishdir”, − degan fikrlari, jumladan, soliq tizimida jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’iga ham to’liq tegishlidir.
Agar yer solig’iga ta’rif beradigan bo’lsak yer solig’i – bu yerdan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, yerni o’zlashtirish va qo’riqlashni rag’batlantirish hamda turli sharoitda yerdan foydalanuvshilarning iqtisodiy ahvolini tenglashtirishni ko’zda tutib, yerdan foydalanuvchilar tomonidan byudjetga to’lanadigan majburiy to’lov turidir.
Respublikamizda yangi Soliq Kodeksi qabul qilinishi yer solig’ini
hisoblashdagi ayrim kamshiliklarni hisobga olgan holda “Yuridik shaxslardan
olinadigan yer solig’i” va “Yagona yer solig’i” alohida ajratilib, muvofiq ravishda soliq bazasi va stavkalari, imtiyozlari belgilandi. Shu bilan birga qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarni oborotga kiritish va ulardan samarali foydalanishni rag’batlantirish maqsadida soliq imtiyozlari belgilangan.
Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan yer va mulklar turlari va miqdori tobora ko’payib bormoqda. Bu holatlar esa soliqqa tortishdan qochish, daromadlarni ko’chmas mulklarga aylantirish hamda jamiyatda tabaqalanish jarayoni kuzatiladi. Shuning uchun fuqarolar daromadlarini «xaqli» ravishda soliqqa tortish yo’llaridan biri – jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarni takomillashtirish hisoblanadi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig’ini tahlil etish asosida ushbu soliq mexanizmini xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda takomillashtirish lozim.
Jahon iqtisodiyoti integratsiyalashuvi jarayonida Davlat byudjeti samarali ijrosini ta’minlashning davlat tadbirlari ichida turli darajadagi mahalliy byudjetlarni boshqarishda yer solig’idan keng foydalanish va byudjet amaliyotida shu asosda tub o’zgarishlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan yer solig’i bo’yicha amaliyotda vujudga kelayotgan muammolarni hal etish va to`lanishi bo’yicha soliq to’lovchilarni ma’suliyatini oshirish va yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi takliflarni amaliyotga tadbiq qilinsa maqsadga muvofiq bo’lar edi:

  • soliq yukining og’irlashuvi natijasida kelib chiqadigan oqibatlarni tahlil qilish va buni oldini olish yo’llarini o’rganish, soliq yukini yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida taqsimlanishini optimallashtirish, uni kamaytirish barobarida byudjetga tushumlar qisqarib ketishini oldini olish bo’yicha optimal variantlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi;

  • mamlakatimizda mavjud qonunchilikning amal qilinishi ustidan operativ nazorat o’rnatish hamda soliqqa tortishdan qochish, noqonuniy faoliyat va yashirin iqtisodiy operatsiyalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish;

  • jismoniy shaxslarning yer solig’i va mulk solig’ini birlashtirib, xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda ko’chmas mulk solig’ini joriy etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bu birinchidan, jismoniy shaxslarning soliqlarini hisoblash va undirish xarajatlarini qisqartiradi. Ikkinchidan, ko’chmas mulk solig’ini joriy etilishi soliq tizimidagi soliqlar yanada soddalashgan bo’lar edi deb hisoblaymiz.

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig’ini undirishda proportsional stavka qo’llaniladi. Bunda mol-mulk ob’ekti qiymatidan qat’iy nazar bir xil stavka qo’llaniladi. Agar O’zbekistonda ham jismoniy shaxslar mol-mulk solig’ini proressiv stavka bo’yicha undirilsa, mahalliy byudjet daromadlarida mol-mulk solig’i ulushining oshishiga olib keladi. Progressiv stavka qo’llanilganda mol- mulk qiymati tabaqalashtiriladi va kam mol-mulkka ega bo’lgan jismoniy shaxslar past stavkada soliq to’laydi, ko’p mol-mulkka ega bo’lgan soliq to’lovchilar esa yuqoriroq stavkada soliq to’laydilar. Bunday stavkani qo’llashda kam ta’minlanganlar ijtimoiy himoyalanadi. Mazkur soliqni undirishdan asosiy maqsad mahalliy byudjet daromadlarini to’ldirish bo’lgani uchun ham progressiv stavkani qo’llash maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Ijtimoiy himoyani yanada kuchaytirish maqsadida ko’pgina xorijiy mamlakatlarda qo’llanilayotgan mol-mulk solig’iga tortilmaydigan mol- mulkning minimum qiymatini ham amalga kiritish kerak. Bunda kam ta’minlangan va o’rtahol aholi qatlamlari uchun soliq yukini kamaytirish, ko’pchilik hollarda esa istisno etish uchun ham mol-mulkning soliqqa tortilmaydigan minimal qiymatini joriy etish maqsadga muvofiqdir. Mol- mulkning muayyan miqdori va turi odamlarning zaruriy hayotiy ehtiyoji hisoblanadi. Bunda mol-mulkning zaruriy minimumi soliqqa tortishdan ozod qilinishi kerak va zaruriy ehtiyojdan ortib qolgan qismi soliqqa tortilishi kerak.
Mol-mulkning soliqqa tortilmaydigan minimum qiymatini belgilashda soliq to’lovchi joylashgan hududning rivojlanganlik darajasi, oila a’zolarining soni, soliq to’lovchining ijtimoiy ahvoli, to’lovga qobiliyatlilik darajasi kabi turli xil omillarga e’tibor berish kerak. Shunday qilib, madaniy va hatto, iqtisodiy nuqtai
nazardan saqlab qolinishi kerak bo’lgan minimal qulaylik soliqqa tortilmasligi kerak.
Jismoniy shaxslar mol-mulkiga hisoblangan soliq summasini, ular ishlaydigan korxona, tashkilotlarda hisoblangan ish haqidan to’lanishini yo’lga qo’yish taklifini beramiz. Bunday to’lash usuli davlatga foydadan holi emas. Chunki bunday to’lashusuli soliq summasini byudjetga tushishinio’z muddatida amalga oshiradi hamda ushbu soliq turini undirishdagi xarajatlarni kamaytiradi. Shuningdek, bu soliq turini jismoniy shaxslar tomonidan to’lamaslik hollari keskin qisqaradi. Soliq summasi teng ulushlarda oylar bo’yicha taqsimlangan holda davlat soliq inspektsiyasi hisobraqamiga o’tkaziladi. Bunda oylar bo’yicha taqsimlangan soliq summasining og’irligi soliq to’lovchiga sezilmaydi.



    1. Download 101,17 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish