«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani


 Mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarida Namangan viloyatining



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana20.02.2020
Hajmi0,62 Mb.
#40291
1   2   3   4
Bog'liq
namangan viloyai tashqi iqtisodiy faoliyatining mintaqaviy xususiyatlari


 

2.2. Mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarida Namangan viloyatining  

tutgan o’rni 

Mustaqillik  yillarida  respublikamizning  tashqi  savdo  aylanmasi  2063  mln 

AQSH  dollaridan  (1991  y.)  25283,2  mln  dollarga  (28895  mln  dollar,  2013  y.

8



yetdi.  Tadrijiy  o’zgarishlar  dinamikasi  shuni  ko’rsatadiki,  milliy  iqtisodiyotning 

dastlabki  shakllanish  davrlarida,  ishlab  chiqarishning  pasayib  borish  jarayonida, 

ya’ni 1996 yilgacha tashqi savdo aylanmasi o’sib borgan. Jumladan, u 1992 yilda 

oldingi  yilga  nisbatan  birdaniga  2,2  barobarga  ortgan,  so’ngra  o’sib  borib,  1997 

yildan  pasayish  ko’rsatkichlarini  namoyon  etgan.  2002  yilda  respublika  tashqi 

savdo  aylanmasining  hajmi  5700  mln  AQSH  dollariga  tushib  qolgan,  vaholanki  u 

1996  yilda  9311  mln  dollarga  yetgan  edi.  2003  yildan  hozirgi  davrgacha  tashqi 

savdo  aylanmasi  turli  sur’atlarda  ko’payib  borgan.  U  2006  yilda  2002  yilga 

nisbatan deyarli 2 martaga oshgan va keyingi 4 yil davomida bu ko’rsatkich yana 2 

barobarga ko’paygan.  

Tashqi  savdo  aylanmasining  tarkibiy  tuzilishi  ham  yillar  mobaynida  bir  xil 

bo’lmagan. 1996-1997 yillarda u manfiy nisbatga, ya’ni manfiy saldoga ega bo’lga 

holda, qolgan yillarda tovar almashuv muntazam ravishda mamlakatimiz foydasiga 

hal  bo’lgan.  Eksport  hajmi  1995-2015  yillarda  3,8  martaga  ko’paygan  bo’lsa, 

import  bu  davrda  3,0  martaga  oshgan.  Demak,  bu  boradagi  jarayonni  asosan 

eksport belgilab bermoqda. Importni eksport bilan qoplash darajasi so’nggi yillarda 

148-150 foiz bo’lgan. Eksport tarkibida (jami 15087 mln AQSH dollari) ham ba’zi 

o’zgarishlar kuzatilmoqda, jumladan, paxta xom ashyosi, ya’ni paxta tolasining bu 

                                         

8

 2013  yilda  eksport hajmi  10,9  foizga  ko’payib,  ijobiy  savdo  1  milliard 300  mln  AQSH  dollarini tashkil 



etgan.  

 

49 


boradagi ulushi pasayib, uning o’rniga mashinalar va boshqa mahsulotlarni eksport 

qilish, shuningdek, turli xil xizmatlarning ulushi ortib borgan

9



2015  yilda  jami  eksport  hajmining  (12870,3  dollar)5,7  foizi  paxta  tolasiga 



(1990  y.-59,7  %,  2000  y.-27,5  %,  2013  y-17.7),  31,1  foizi  energiya  manbalari  va 

neft mahsulotlariga 25,9 foizi oziq-ovqat mahsulotlariga to’g’ri keladi. Mashina va 

uskunalarning ulushi 1,2 %  (2013 y.-5,5 %), qora va rangli metallar 6,4 %, kimyo 

va  undan  tayyorlanadigan  mahsulotlar  4,8,  xizmatlar  24,5  foizga  (2013y.-16,2%) 

teng. 

Mazkur  yilda  12870,3  ming  dollarlik  import  (2013  y-13807  mln  dollar) 



amallari  bajarilgan.  Importda  mashina  va uskunalar  keskin  ajralib  turadi;  ularning 

hissasiga  jami  import  qilingan  tovar  va  xizmatlarning  40,5  foizi  to’g’ri  keladi 

(1990  y.-12,1  %,  2000  y.-35,4  %,  2009  yilda  56,5  %).  Keyingi  o’rinda  kimyo  va 

undan  tayyorlanadigan  mahsulotlar  (17,0  %),  uchinchi  o’rinda  oziq-ovqat 

mahsulotlari  turadi  (12,8  %).  1990  yilda  oziq-ovqat  mahsulotlarining  jami 

importdagi ulushi 48,9 va 2000 yilda 12,3 foiz bo’lgan.  

Umuman 

olganda, 



zamonaviy 

texnologiyalar, 

mashina 

va 


asbob 

uskunalarning  ko’proq  keltirilishi  (yaponlar  uchun  baliq  emas,  balki  qarmoq 

muhimroq  hisoblanadi)  ma’qulroq.  CHunki,  tashqi  savdo  aylanmasining  bunday 

tarkibiy  nisbati  kelajak  ishlab  chiqarish  uchun  mustahkam  zamin  yasaydi.  SHu 

nuqtai  nazardan  iste’mol  mollarini,  xususan  yengil  va  oziq-ovqat  mahsulotlarini 

o’zimizda, hech bo’lmaganida  mahalliy ehtiyojni qondirish darajasida rivojlanishi 

talab  etiladi.  Aytish  joizki,  mamlakatimizda  olib  borilayotgan  siyosat,  jumladan 

ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirish  (―lokalizatsiya‖),  investitsiya  siyosati  hamda 

kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  jadal  rivojlanishi  ham  aynan  shu 

maqsadlarni ko’zlaydi. 

O’zbekiston Respublikasi jahonning qator mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy 

aloqalarni amalga oshirmoqda. Umumiy qonuniyat shundan iboratki, agar avvallari 

MDH  mamlakatlari  bilan  aloqalar  birmuncha  zaifroq  bo’lgan  bo’lsa,  bugungi 

                                         

9

 2013 yilda umumiy  eksport hajmining 72 foizini tayyor tovarlar ta’minlagan. 



 

50 


kunga kelib ularning ulushi ko’tarilib bormoqda. Masalan, 1995 yilda O’zbekiston 

tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmida MDH mamlakatlarining hissasi 38,4, 

shu  jumladan  eksportda  34,5  va  importda  45,5  foiz  bo’lgan  holda,  bu 

ko’rsatkichlar 2015 yilda, mos ravishda 39; 56,2 va 43,8 foizni tashkil etgan.  

Mamlakatimiz tashqi savdo aloqalarida Rossiya birinchi o’rinda turadi. Xitoy 

Xalq  Respublikasi,  Qozog’iston,  Koreya  Respublikasining  ham  ulushi  katta. 

Boshqa  davlatlar  orasida  biroz  Turkiya,  Afg’oniston,  Eron,  Ukraina,  Germaniya, 

Buyuk Britaniya ajralib turadi. Qolgan mamlakatlarning bu boradagi ishtiroki juda 

sust.  

Respublikamiz  tashqi  savdo  aylanmasining  shakllanishida  barcha  mintaqalar 



bir xil qatnashishmaydi O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmining 36,4 foizini 

birgina  Toshkent shahri ta’minlaydi (eksportda 26 %,  importda 47,1 %). Ikkinchi 

o’rinda  12,5  %  ulush  bilan  Toshkent viloyati  turadi.  SHuningdek,  viloyat 13  foiz 

eksport  va  11,9  foiz  import  ulushiga  ega.  Ko’rinib  turibdiki,  Toshkent  shahri  va 

Toshkent  viloyati  zimmasiga  mamlakatimiz  tashqi  savdo  aloqalarining  44,9  foizi, 

eksportning  39  foizi,  importning  59  foizi  to’g’ri  keladi.  Namangan  mintaqasi 

ko’rsatkichlari  esa  respublika  tashqi  savdosininig  bor  yo’g’i  1,3  foizini  tashkil 

etadi  xolos.  Andijon  viloyatining  ko’rsatkichlari  (1603,8)  Namangan  viloyatiga 

qaraganda salkam 5 barobar ko’pni tashkil 

etadi (1-jadval). 

Namangan 

viloyatining 

tashqi 

iqtisodiy 



aloqalarining 

mintaqaviy 

xususiyatlarini  yuqoridagi  jadval  asosida  tahlil  qilishimiz  mumkin.  Ko’rinib 

turibdiki  Namangan  viloyati  mamlakat  hududining  1,7  %  ini  tashkil  etgani  holda 

mintaqada mamlakat aholisining 8,2% ini istiqomat qiladi. Viloyat hududiga yaqin 

bo’lgan  ko’rsatkichlar  Xorazm,  Farg’ona  va  Andijon  viloyatlariga  to’g’ri  keladi. 

SHu  bilan  birga  ushbu  viloyatlar  hududiga  to’g’ri  keluvchi  aholi  soni  ham 

Namangan viloyatiga to’g’ri keluvchi ko’rsatkichlariga yaqin hisoblanadi. Bundan 

tashqari  mamlakatimizning  ayrim  viloyatlari,  jumladan  Navoiy  va  Buxoro 

viloyatlari  mamlakat  hududining  katta  qismini  (24,7%  va  9,0%)  egallagani  holda 



 

51 


unga to’g’ri keluvchi aholi soni esa oz qismini, ya’ni mos ravishda 3,0  va 5,8% ni 

tashkil etadi.  



1-jadval

 

O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarining hududiy 

tarkibi  

 

Hududlar 

Maydoni 

Aholisi 

YaIM 

Tashqi 

savdo 

aylanmasi 

Eksport 

Import 

O’zbekiston 

Respublikasi 

 

100,0 



 

100,0 


 

100,0 


 

100,0 


 

100,0 


 

100,0 


Qoraqalpog’iston 

Resp. 


37,1 

5,7 


2,5 

0,8 


0,7 

0,8 


Andijon viloyati 

1,0 


9,2 

6,6 


10,0 

5,9 


14,4 

Toshkent viloyati 

3,4 

8,9 


9,8 

11,3 


10,8 

11,8 


Jizzax viloyati 

4,7 


4,0 

2,2 


1,0 

10,2 


1,0 

Sirdaryo viloyati 

1,0 

2,5 


1,9 

1,1 


1,3 

0,9 


Namangan viloyati 

1,7 

8,2 

4,2 

1,3 

0,7 

1,3 

Farg’ona viloyati 

1,4 

11,1 


6,7 

3,5 


2,7 

4,5 


Buxoro viloyati 

9,0 


5,8 

5,5 


3,4 

1,9 


5,0 

Navoiy viloyati 

24,7 

3,0 


5,4 

3,7 


2,9 

4,5 


Samarqand viloyati 

3,7 


11,1 

6,2 


3,0 

1,1 


5,0 

Surxondaryo viloyati 

4,5 

7,6 


4,1 

1,3 


1,8 

7,9 


Qashqadaryo viloyati 

6,4 


9,5 

7,4 


2,5 

2,0 


3,1 

Xorazm viloyati 

1,3 

5,5 


3,1 

0,9 


1,0 

0,7 


Toshkent shahri 

0,0 


7,7 

14,7 


33,5 

22,7 


45,3 

 

Jadval O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. 

 

 

Namangan viloyati egallagan  maydon va unga to’g’ri keluvchi aholi soniga 



mos  holatda  yalpi  ichki  mahsulot  ishlab  chiqarishdagi  ishtiroki  4,2%  ni  tashkil 

etadi.  Namangan    viloyati  aholi  soniga  yaqin  bo’lgan  ko’rsatkichga  ega  bo’lgan 

Toshkent  viloyatining  yalpi  ichki  mahsulot  ishlab  chiqarishdagi  ishtiroki  9,8%  ni 

ya’ni Namangan viloyatiga nisbatan ikki barobar yuqori ko’rsatkichni tashkil etadi. 

Bunga    yeng  asosiy  sabab  mamlakat  poytaxtining  ta’siri  va  qulay  geografik 

joylashuv xisoblanadi. 



 

52 


Namangan viloyatida islohotlarning chuqurlashuvi, barcha sohalarni qamrab 

olayotgan  erkinlashtirish  jarayonlari  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  sohasiga  yangi 

talablar  qo’ymoqda,  bu  sohaning  mintaqa  ijtimoiy  va  iqtisodiy  taraqqiyoti  uchun 

ahamiyati  kuchaymoqda.  O’zbekston  Respublikasining  birinchi  Prezidenti 

I.A.Karimov  ta’kidlaganidek  ―...  joriy  yilning  9  oyida  hududiy  korxonalar 

tomonidan  80  million  dollarlik  mahsulot  eksport  qilinib,  prognoz  ko’rsatkichi  86 

foiz darajasida qolib ketgani bu boradagi ishlar qoniqarsiz ekanidan dalolat beradi. 

Ayniqsa,  Pop,  CHust,  CHortoq,  Uchqo’rg’on,  Namangan  tumanlarida  bu  masala 

o’z  holiga  tashlab  qo’yilgan.  Bundan  tashqari,  fermer  xo’jaliklari  tomonidan 

yetishtirilgan  meva-sabzavot  mahsulotlarini  eksport  qilish  bo’yicha  ishlarni  ham, 

afsuski, birorta

 tumanda qoniqarli yo’lga qo’yilgan, deb bo’lmaydi

10



Taxlilar shuni ko’rsatadiki Namangan viloyatining tashqi savdo aloqalardagi 

ko’rsatkichlar mintaqaviy xususiyatlarni keltirib chiqargan. Bu borada viloyatning 

ko’rsatkichlari  respublikadagi  eng  quyi  pog’onani  tashkil  etadi.  Jumladan  uni 

tashqi  savdo  aylanmasidagi  ishtiroki  1,3 %  ni  tashkil  etadi.  Tabiiyki,  Ushbu  holat 

Namangan  viloyatini  respublikaning  import  va  eksportdagi  ulushini  ham  past 

bo’lishini ko’rsatadi (import-1,3%, eksport-0,7% ).  

Viloyatning    asosiy  mintaqaviy  xususiyatlaridan  biri  sifatida    kichik  biznes 

va  xususiy  tadbirkorlik  sohalarini  rivojlanganlik  darajasini  ham  ko’rsatish 

mumkin.  Negaki,  Namangan  viloyatida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

sohalari  yaxshi  rivojlangan  va  uning  iqtisodiyotidagi  ahamiyati  juda  yuqori. 

Jumladan,  viloyatning  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  subektlarida  mehnat 

resurslarining bandligi 2014 yilda 83 %ni, 2015 yilda 83,4 %ni tashkil etib, ushbu 

holat  bo’yicha  respublikadagi  o’rtacha  ko’rsatkichdan  (2014  y  –  77,6,  2015  y  – 

77,9) yuqori 

(2-jadval).

  

 



                                         

10

 I.Karimov. 2015 yil 26 noyabr kuni xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari 



sessiyasida so’zlagan nutqi. ―O’zbekiston ovozi‖ gazetasi. 2015 yil 28 noyabr.   

   


 

53 


2-jadval 

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida mehnat resurslari 

bandiligi va tashqi aloqalarining ulushi  

 

 

Sohada mehnat 



resurslarini 

bandligi (foizda) 

Eksport 

Import 

2014 y 

2015 y  2014 y  2015 y  2014 y  2015 y 

O’zbekiston 

Respublikasi 

77,6 

77,9 

27,0 

26,9 

45,4 

44,5 

Namangan viloyati 

83,0 

83,4 


74,5 

83,8 


76,8 

74,5 


Jadval O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. 

 

Jadval  ma’lumotlari  ko’rsatib  turibdiki,  eng  ahamiyatlisi  Namangan 



viloyatining  tashqi  savdo  aylanmasida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

subektlarining  roli  juda  yuqori.  Bu  sohaga  viloyatgagi  ekspot  xajmining  80%  dan 

(2014  y  –  74,5%,  2015  y  –  83,8%),  import  hajmining  esa  70%dan  (2014  y  – 

76,8%,  2015  y  –  74,%)  yuqori  qismi  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

subektlari xissasiga to’g’ri keladi. Vaholanki bu ko’rsatkich respublika miqyosida 

ancha  past ko’rsatkichlarni,  jumladan  eksportda  2014  y  27%  ni,  2015  y  26,9%ni, 

importda esa 2014 y 45,4% ni, 2015 y 44,5%ni tashkil etdi. Ma’lumotlar taxliliga 

ko’ra  Namangan  viloyatining  eksport  hajmida  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlik  subektlarining  hissasi  yil  sayin  ortib  borayotgan  bo’lsa,  import hajmi 

esa  kamayib  bormoqda.  Respublika  miqyosida  esa  bu  holat  eksportda  ham, 

importda ham kamayib borayotganligi kuzatilmoqda. 

Mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishda chet el  investitsiyalarining  jalb 

qilinishi,  mintaqalarda  qulay  investitsiya  muhitini  shakllantirish  katta  ahamiyatga 

ega.  2015  yil  ma’lumotlariga  bo’yicha  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi 

korxonalar  O’zbekiston  Respublikasi  jami  eksportining  17,5  foizini  beradi. 

Tabiiyki, bu borada ularning importdagi ulushi ancha yuqori 39,2 %. 

Albatta,  real  voqelikda  barcha  hududlarning  mamlakat  tashqi  savdosini 

rivojlanishi,  uning  investitsiya  va  eksport  salohiyatini  oshirishdagi  ishtirokini 



 

54 


mutlaqo  bir  darajada  qilish  qiyin  va  bu  hech  qachon  bo’lmaydi.  Biroq,  asosiy 

yukni faqat 2 yoki 3 mintaqa ―tortishini‖ ham ijobiy baholash nojoizdir. 

CHet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalar  eksportini  yana  yuqorida 

qayd  etilgan  hududlar,  ya’ni  Toshkent  shahri  va  viloyati,  Andijon  beradi. 

Importning  ham  asosiy  Toshkent  shahriga,  Andijon,  Toshkent  va  Samarqand 

viloyatlariga  to’g’ri  keladi.  Ayni  paytda  eksportda  Sirdaryo,  Jizzax  va  Xorazm, 

importda Jizzax va Surhondaryo viloyatlarining hissasi nihoyatda past. Binobaroin, 

eng  avvalo  mazkur  viloyatlar  investitsiya  muhitini  faollashtirish,  bu  borada 

jozibadorligini  oshirish  talab  etiladi.  SHu  nuqtai  nazardan  transport  va  boshqa 

infratuzilma sohalarining rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega. 

Tashqi  iqtisodiy  aloqalarda  mintaqalardagi  xorijiy  sarmoya  ishtirokidagi 

korxonalarning  faoliyati  ham  muhim  ko’rsatkichlardan  sanaladi.  Namangan 

viloyatining  tashqi  aloqalardagi  mintaqaviy  xususiyatlarini  xorijiy  investitsiyali 

korxonalarining  tashqi  iqtisodiy  faoliyatdagi  ishtiroki  orqali  ham  ko’rib  o’tish 

mumkin 

(3- jadval).



  

3-jadval

 

Mintaqalarda xorijiy investitsiyali korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki 

Hududlar 

Xorijiy investitsiyali korxonalar ulushi 

Sanoat 

Eksport 

Import 

O’zbekiston Respublikasi

 

29,2 

14,5 

37,2 

Qoraqolpog’iston Resp. 

13,1 

22,7 


61,5 

Andijon 


58,9 

39,0 


90,5 

Buxoro 


8,4 

29,7 


8,2 

Jizzax 


12,9 

23,7 


56,6 

Qashqadaryo 

3,3 

0,5 


11,8 

Navoiy 


2,7 

7,2 


12,9 

Namangan 

17,4 

39,3 


27,7 

Samarqand 

43,8 

27,1 


52,4 

Surxondaryo 

15,1 

5,8 


10,7 

Sirdaryo 

10,9 

39,5 


35,7 

Toshkent 

27,9 

17,5 


37,2 

Farg’ona 

16,0 

36,5 


5,9 

Xorazm 


37,5 

4,8 


28,8 

Toshkent.sh 

42,1 

26,2 


33,6 

 

Jadval O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. 

 


 

55 


Jadval  ma’lumotlari  tahlilil  shuni  ko’rsatadiki,  viloyatda  yaratilayotgan  jami 

sanoat  maxsulotlarining  17,4  %i,  eksportning  39,3  %i,  importning  esa  27,7  %i 

xorijiy investitsiyali korxonalari hissasiga to’g’ri keladi. 

Ushbu  holat  bo’yicha  respublikaning  ko’rsatkichlari  taxlil  qilinganda,  jami 

sanoat  mahsulotlarining  29,2%i,  eksportning  14,5%i,  importning  esa  37,2  %i 

xorijiy  investitsiyali  korxonalari  hissasiga  to’g’ri  keldi.  Demak,  Namangan 

viloyatidagi  xorijiy  investitsiyali  korxonalarda  ishlab  chiqarilayotgan  sanoat 

mahsulotlarining  jami  sanoat  maxsulotlaridagi  ulushi  kam  bo’lsada  uning 

eksportdagi  ishtiroki  ancha  yuqori.  Respublika  miqyosida  esa  buning  aksi 

kuzatiladi,  ya’ni  xorijiy  investitsiyali  korxonalarda  ishlab  chiqarilayotgan  sanoat 

mahsulotlarining  jamining  biroz  yuqori,  ammo  uning  eksportdagi  ishtiroki  ancha 

past.  


Ma’lumotlar  tahlili  ko’rsatib  turibdiki,  xorijiy  investitsiyali  korxonalarda 

ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining jami sanoat maxsulotlaridagi ulushi 

juda yuqori bo’lgan ma’muriy tuzilmalarga Andijon (58,9%), Samarqand (43,8%), 

Xorazm  (37,5%)  va  Toshkent  shahri  (42,1%)  kiradi.  Bundan  ko’rinadiki,  ushbu 

viloyatlarda  xorijiy  investitsiyalar  asosida  ko’plab  va  yirik  sanoat  korxonalari 

barpo  etilgan.  Bu  holat  bir  muncha  past  ko’rsatkichlarda  Navoiy  (2,7%), 

Qashqadaryo (3,3) va Buxoro (8,4%) viloyatlarida kuzatildi. 

2016  yilning  1  yanvar  holatiga  viloyatdagi  xorijiy  investitsiya  ishtirokidagi 

korxonalar  soni  66  tani  tashkil  etgan  holda  ularning  55  tasi  sanoat  mahsulotlari 

ishlab  chiqarishga,  2  tasi  savdo  va  xizmat  ko’rsatish  sohasida,    3  tasi  qishloq 

xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga, 3 tasi  telekommunikatsiya, 2 tasi qurilish 

materiallarini  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  va  1  tasi  farmatsevtika  sohalarda 

faoliyat ko’rsatmoqda. 

Mazkur yilda viloyatdagi qo’shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan 

mahsulotlar  va  ko’rsatilgan  xizmatlar  xajmi  486,8  mlrd.so’mni  tashkil  etib, 

mintaqada  ishlab  chiqarilgan  jami  maxsulotdagi  ulushi  18,7  foizga  yetdi  (2013 

yilda  17,4  foiz).  Qo’shma  korxonalarning  eksport  xajmi  oldingi  yilga  nisbatan 


 

56 


110,5  foizga  o’sdi  yoki  viloyat jami  eksportdagi  ulushi  oldingi  yilga  nisbatan  1,2 

bandga  ortib  19,2  foizga  yetdi.  Qo’shma  korxonalarning  import  xajmi  43,2 

mln.dollarni  tashkil  etib,  bu  ko’rsatkich  ham  o’tgan  yilga  nisbatan  105,8  foizga 

ortgan.  

Viloyatlarning eksport ko’rsatkichlarida xorijiy investitsiyali korxonalarning 

ulushi  Qashqadaryo  (0,5%),  Xorazm  (4,8%),  Surxondaryo  (5,8%)  va  Navoiy 

(7,2%)  viloyatlarida  ancha  past  holda  yuqori  ko’rsatkichlar  Sirdaryo  (39,5%), 

Namangan  (39,3),  Andijon  (39%),  Farg’ona  (36,5%)  hamda  Buxoro  (29,7%) 

viloyatlarida ko’zga tashlanadi.   

Viloyatda  2015  yil  yakuni  bilan  334,2  mln.  dollarlik  (2014  yil  yakuniga 

nisbatan  102,7%)  tashqi  savdo  amallari  bajarilib,  shundan  eksport  165,5 

mln.dollarni (113,3%), import 168,7 mln.dollarni  (94,1 %) tashkil etdi.  

      Jumladan  ―Namangan  momiq  sochiqlar‖  MCHJda  5414,4  ming  dollar  

(142,5%),  ―Namangan  to’qimachi‖  MCHJ  4607,1  ming  dollar  (135,2%),  "Kristal 

Agro Aziya" 3264,2 ming dollar (104,9%), "Aisha home textile" QK 1210,7 ming 

dollar (2,5 m.), "Iftixor kiyim sanoat" MCHJ 974,5  ming dollar (129,9%), ―Samo 

tekstil  servis‖  MCHJda  970,4  ming  dollar  (141,7%),  "Tekstil  libos"  MCHJ  693,1 

ming  dollar  (155,8%),  "Tubo-textile"  MCHJ  korxonasi  esa  786,1  ming  dollarlik 

(178,7%) maxsulot eksport qilgan. 

     Bugungi  kunda  viloyatda  eksport  faoliyatini  yurituvchi  korxonalarning  safi 

barqaror o’sib bormoqda. 2014 yilda eksport amallarini bajaruvchi korxonalar soni 

102 tani tashkil etgan holda, 2015 yil yakuni bilan ularning soni 44

 

taga ortib, 146 



tani tashkil etgan. 

Viloyatdagi  eksportyor  korxonalar  soni  ortishi  bilan  bir  qatorda  yangi 

turdagi mahsulotlarni eksportga chiqarish ham yo’lga qo’yilmoqda. Xususan 2015 

yildan  boshlab  viloyatdagi  ―Karmen  Fason‖  MCHJda  41,2  ming  dollar)  erkaklar 

poyabzali,  ―Nam  motor  servis‖  MCHJda  (61,1  ming  dollar)  nasos  agregatlari, 

―Namanganmash‖  AJda  (8,3  ming  dollar)  zadvijkalar,  ―Gabon  Tekstil‖  MCHJda 



 

57 


(306,0  ming  dollarlik)  bo’z  mahsulotlari  kabi  yangi  turdagi  maxsulotlarni 

eksportga chiqarish yo’lga qo’yilgan. 

Albatta  mazkur  amalga  oshirilayotgan  ishlar  viloyatning  O’zbekiston 

Respublikasini  umumiy  ko’rsatkichlardagi  ulushiga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatadi.  Biroq 

mintaqaning  bugungi  kundagi  iqtisodiy  geografik  tahlili  bularni  yetarli  darajada 

viloyat muammolarini hal etadi deb bo’lmaydi.   

Namangan  viloyati  eksport  salohiyatini  rivojlantirish  uchun  faol 

eksport  strategiyasiga  o’tishi,  uning  tarmoq  va  geografik  tarkibini 

takomillashtirish  va  maxsulot  raqobatbardoshligini  oshirish,  xalqaro  savdo 

va  iqtisodiy  hamkorlikning  zamon  talablariga  javob  beradigan  usul  va 

uslubiyatlaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.  

Ushbu  maqsadlarga  erishish  uchun  esa,  quyidagi  omillarni  va  chora-

tadbirlarni izchillik bilan rivojlantirish va amalga oshirish lozim: 

-  mahalliy xom ashyodan foydalanib o’z mahsulotlarini chetga eksport    

qilayotgan     ishlab    chiqaruvchi sub’ektlarning rag’batlantirish;  

-  Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini qo’shni mamlakatlar va MDX davlatlari, 

xususan Rossiya davlatiga ko’proq eksport qilishni ko’paytirish; 

-  Tadbirkorlarni sohaviy xususiyatlariga qarab uzoq va yaqin davlatlarga savdo 

shartnomalari tuzish va marketingni yo’lga qo’yish; 

-  mintaqalarga xorijiy sheriklarni jalb etgan holda biznes forumlarni yo’lga 

qo’yish maqsadga muvofiq.  

 

2.3. Minaqada ixtisoslashuvi va tashqi iqisodiy aloqalaridagi  

muammolar 

 

Mintaqalar  iqtisodiy  salohiyatini  oshirishda  hududiy  mehnat  taqsimotini 

to’g’ri  yo’lga  qo’yish  bosh  ustivor  vazifalardan  sanaladi.  Bozor  iqtisodiyoti 

sharoitida 

mamlakat 

tuzilmalarining 

rivojlanishida 

vujudga 


keladigan 

nomutonosibliklar  asosiy  xavflardan  hisoblanib  mazkur  muammoni  oldini 

olishning  eng  zaruriy  sharti  ishlab  chiqarish  tarmoqlari  o’rtasida  majmualilikni 

yo’lga  qo’yish  sanaladi.    Zero,    ishlab  chiqarish  tamoqlari  o’rtasidagi  o’zaro 



 

58 


hamkorlik  masalalari  har  bir  mintaqaning  hududiy  siyosatini  bosh  omilllaridan 

biridir.  2015  yilda  Namangan    viloyatida  yalpi  hududiy  mahsulot  108,7 foizga, 

sanoat  114,0  foizga,  qishloq  xo’jaligi  105,9  foizga,  chakana  savdo  112,9  foizga, 

qurilish  ishlari  111,1  foizga,  pullik  xizmatlar  113,2  foizga  o’sgan  bo’lsada 

mamlakat miqyosidagi ko’rsatkichlar yuqori darajada deb bo’lmaydi. 

 Birinchidan,  tahlillar  shuni  ko’rsatmoqdaki  viloyatda  so’nggi  yillarda  bir 

qator  sanoat  tarmoqlarining  korxonalarida  sustkashlikka  yo’l  qo’yilishi 

kuzatilmoqda, jumladan ularda ishlab chiqarish sur’atlarini ko’paytirish jarayonini 

jadallashtirish o’rniga jiddiy qoloqliklarga yo’l qo’yilmoqda.  

Agar  aytilgan  xulosaga  aniq  ko’rsatkichlarni  keltiradigan  bo’lsak,  jumladan 

2015  yilda  mamlakatda  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishning  o’sish  sur’ati 

108,0 foizni tashkil etgan bo’lsa, sanoatidagi ulushi yildan-yilga kamayishiga yo’l 

qo’yilmoqda. SHu bilan birga, tashqi bozorga yo’naltirilgan yuqori samarali ishlab 

chiqarish  loyihalarini  oqilona  joylashtirish  va  zamonaviy  muhandislik-

kommunikatsiya  infratuzilma  tizimlarini  barpo  etish  yo’li  bilan  sanoat  hududiy 

tarkibini  yanada  mutanosiblashtirish  masalasi  dolzarb  bo’lib  turibdi.  Masalaning 

bunday keskin qo’yilishi sababi hududlar kesimida bir tekis rivojlanish ketmayapti, 

aksariyat  sanoat  korxonalari  Namangan  shaharlarida  joylashgan.  Misol  uchun, 

Namangan  shaxrining  viloyat  sanoatidagi  ulushi  qariyb  45,8  foizni  tashkil 

etmoqda.  Viloyatning  qolgan  11  ta  hududining  ulushi  esa  54,2  foizni  tashkil 

etmoqda. 

Bunday  sharoitda  ushbu  hududlar  aholi  bandligini  ta’minlash,  mahalliy 

byudjet daromadini oshirish bilan bog’liq masalalarni hal etishda katta muammolar 

kelib  chiqishi  kuzatiladi.  Yaqin  o’tmishda  hududda  eski  asbob-uskunalar  bilan 

jihozlangan  atigi  7 ta  kalava  ip  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  yengil  sanoat 

korxonasi  faoliyat  ko’rsatib,  viloyatda  ishlab  chiqarilgan  paxta  tolasining  9  foizi 

qayta ishlagan va ularning bittasi Namangan shaxrida joylashgan edi. Hozir ushbu 

soxada  viloyatda  zamonaviy  texnologiyalarga  asoslangan  15 tadan  ortiq 



 

59 


eksportbop  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqaradigan  tekstil  korxonalari  ishlab  turibdi 

va ular tomonidan yiliga o’rtacha 50,0 mln dollarlik mahsulot eksport qilinmoqda.  

SHuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  oxirgi  yillarda  viloyatda  mashinasozlik, 

elektrotexnika,  farmatsevtika  kabi  sanoat  tarmoqlarini  rivojlantirishga  e’tibor 

qaratildi.  Mustaqillik  yillarida  viloyatda  faqatgina  paxtani  qayta  ishlashga 

―moslashgan‖ sanoat tizimiga barham berildi. 

SHuningdek,  viloyatda  oxirgi  yillarda  davlat  dasturlari  asosida  Namangan 

shahri  bosh  rejasini  amalga  oshirish,  yangi  zamonaviy  ijtimoiy  va  transport-

kommunal  infratuzilma  ob’ektlarini  barpo  etish  va  rekonstruktsiya  qilish,  tarixiy 

obidalarni  qaytadan  tiklash  va  ta’mirlash  bo’yicha  katta  bunyodkorlik  ishlari 

amalga oshirildi.  

Bosh  reja  asosida  qayta  rekonstruktsiya  qilish  dasturini  amalga  oshirishga 

jami 85,0 mlrd.so’mlik qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 

Dasturni  amalga  oshirishda  shaharsozlik  talablariga  va  qurilish  me’yor 

qoidalariga javob bermaydigan, aholi sog’ligi uchun zararli bo’lgan yo’l-transport 

infratuzilmasi  qaytadan  tashkil  etildi.  SHahar  saylgohlari  va  ko’chalarini 

obodonlashtirish,  yo’l  atroflarida  landshaft  arxitekturasi  asosida  manzarali 

daraxtlar  hiyobonlari  tashkil  qilinishi  yaholi  yashayotgan  ekologik  muhitni 

sog’lomlanishiga ko’maklashdi. 

Viloyatda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  jadal  rivojlanib,  jumladan 

o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1617 ta yangi kichik biznes sub’ektlar tashkil 

etilib,  ularning  soni  15  ming  731  taga    yetdi.  Eng  e’tiborga  sazovorligi 

tadbirkorlarning  hudud  sanoatidagi  ulushi  61,9 foizni  tashkil  etmoqda  (respublika 

–  34,6  foiz),  hamda  buning  evaziga  aholining  ko’plab  tabaqalari  shu  muhim 

faoliyat  orqali  daromad  topib,  ularning  turmush  darajasini  tobora  yaxshilanishiga 

ko’mak bo’lmoqda. 

Butun  respublikada  bo’layotganidek,  Namagan  viloyatida  ham  qishloq 

xo’jaligidagi  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  jarayonida  birinchi  navbatda 

fermerlik  xarakatini  qo’llab-quvvatlash,  ularning  moddiy  va  moliyaviy  bazasini 


 

60 


mustahkamlash, yangi imtiyoz va imkoniyatlarni yaratish asosida faoliyat turlarini 

kengaytirishga keng yo’l berilmoqda.  

Biroq, viloyatdagi sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hamda aholi jon boshiga 

iste’mol  tovarlar  ishlab  chiqarishdagi  ulushlari  hamon  pastligicha  qolmoqda. 

Xususan,  viloyat  sanoatida  tumanlar  ulushini  tahlil  qilsak,  CHortoq  tumanida  2,3 

foizni va Norin tumanida 2,9 foizni tashkil etadi xolos. Qolaversa, viloyatning 5 ta 

hududida, jumladan Mingbuloq, Norin, Pop, Uchqo’rg’on va CHust tumanlarining 

viloyat sanoatidagi ulushi 2014 yilga nisbatan pasaygan. 

Aholi  jon  boshiga  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  bo’yicha  o’rtacha 

ko’rsatkich  Kosonsoy,  Norin,  CHortoq,  CHust  va  Yangiqo’rg’on  tumanlarida 

viloyat ko’rsatkichidan 2,0-3,0 barobar past darajada saqlanib qolmoqda. 

Bundan  tashqari,  aholi  jon  boshiga  xalq  iste’mol  mollari  hajmi  Mingbuloq, 

Norin, Pop, To’raqo’rg’on, CHortoq va CHust tumanlarida viloyat ko’rsatkichidan 

2,0-4,0 barobarga kamni tashkil etgan. 

Viloyatda  2015  yilda  3200  dan  ziyod  faoliyat  ko’rsatayotgan  sanoat 

korxonalari  tomonidan  2,7  trillion  so’mlik  mahsulotlar  ishlab  chiqarilib,  114,0 

foizga o’sgan bo’lsada, mavjud imkoniyatlar va zahiralar to’la safarbar etilmagan.  

Viloyatdagi bir qator (10 ta) sanoat korxonalari tomonidan o’tgan yilning shu 

davriga  nisbatan  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmlari  48,7  mlrd.  so’mga 

kamayishiga yo’l qo’yilgan. 

Jumladan, 

1.  Namangan  shahridagi  "UzCHasis"  QKda  ishlab  chiqarilayotgan 

mahsulotlarga asosiy  iste’molchi "GM  O'zbekiston" QKsi tomonidan buyurtmalar 

kamayganligi hisobiga  mahsulot ishlab chiqarish hajmi 17,3 mlrd so’mga pasayib 

ketgan; 

2.  ―Karbonam‖  MCHJda  korxona  omborida  11,4  mlrd.so’mlik  mahsulotlar 

sotilmay  qolib  ketgan.  Ishlab  chiqarilgan  mahsulotlarni  asosan  Qashqadaryo 

viloyatining "O’zgeoburneftegaz" AK tomonidan neft mahsulotlarini qazish uchun 



 

61 


ishlatiladi,  xozirda  neftni  qazish  ishlari  kamayganligi  sababli  korxona  ishlab 

chiqarish hajmini kamaytirgan;  

3. ―Elektr qurilmalari‖  AJda 1,2  mlrd so’mga,  ya’ni, "Elektrkishloq-qurilish" 

OAJ  tomonidan  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  zarur  bo’lgan  xom  ashyo  qora 

metall 

2014 


yilninga 

nisbatan 

365,9 

tonna 


(2015  yilda  355,4  tonna,  2014  yilda  721,3  tonna)  kam  ajratib  berilganligi  sababli 

mahsulot ishlab chiqarish xajmi keskin kamaytirib yuborilgan. 

4.  ―Namangan  to’qimachi‖  MCHJda  (990,9  mln  so’mga)  korxonada    qishki 

mavsum  davomida  elektr-energiya  ta’minotida  keskin  uzulishlar  bo’lganligi 

hisobiga mazkur davr mobaynida korxona faoliyati vaqtincha to’xtatilgan va 2015 

yilga belgilangan reja to’liq bajarilmagan; 

5.  ―Namanganmash‖  AJda  579,6  mln  so’mga  ishlab  chiqarilayotgan 

mahsulotlar  Ukraina  Respublikasi  hamda  Navoiy  tumaniga  sotilardi,  buyurtmalar 

bo’lmaganligi sababli mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamaygan; 

6.  Namangan  tumanidagi  ―MRT  Tekstil‖  Xor.Kda  6,5  mlrd  so’mga  paxta 

tolasi xarid qilish uchun aylanma mablag’ yetarli emasligi sababli mahsulot ishlab 

chiqarish xajmi kamaygan; 

7.  Norin  tumanidagi  ―Norin  Mexanikal  Plent‖  MCHJda  2,4  mlrd  so’mga 

ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ehtiyot qismlarni  Xitoy davlatidan sotib olib 

kelish  uchun  aylanma  mablag’lar  yetarli  bo’lmaganligi  hisobiga  mahsulot  ishlab 

chiqarish hajmi kamaygan; 

8. Pop tumanidagi ―Pop Fen‖ QKda 7,5 mlrd.so’mga paxta tolasi xarid qilish 

uchun  aylanma  mablag’lar  yo’qligi  xisobiga  tola  sotib  olinmagan  va  reja  to’liq 

bajarilmagan; 

9. ―Uzruberoid‖ AJda 313,5 mln so’mga ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan 

bitum  xom  ashyosini  korxonaning  yuqori  vazirligi  ―O’zneftmaxsulot‖  AK 

tomonidan  ajratilmayotganligi  hisobiga  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmi 

kamaygan; 


 

62 


10.  CHust  tumanidagi  ―CHust  tekstil‖  MCHJda  7,7  mlrd  so’mga  ishlab 

chiqarilayotgan  mahsulotlar  Rossiya  Davlatiga  sotilardi,  byuurtma  kamayganligi 

hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamaygan. 

Albatta  bunday  ko’rsatkichlar  viloyat  iqtisodiyotining  pasayishiga  va 

mintaqaning tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. 

Viloyatda  keyingi  yillarda  amalga  oshirilgan  ishlarga  xolisona  baho  berar 

ekanmiz,  bu  borada  hududning  moliyaviy  holati  to’g’risida  to’xtalish  o’rinli 

bo’ladi. 

Viloyat  mahalliy byudjetining daromadlari hozirgi  kunda 2008 yilga  nisbatan 

2,4 martaga, xarajatlari 4,2 martaga oshdi.  

SHu  bilan  birga,  viloyat,  bir  necha  yil  avval  dotatsiyadan  chiqqanligiga 

qaramay, 

shahar 

va 


tumanlarda 

subventsiya 

salmog’i 

60  foizdan  oshib  ketgan.  Ayniqsa  Kosonsoy,  To’raqo’rg’on,  Uychi,  CHortoq  va 

Yangiqo’rg’on    tumanlarida  mahalliy  hokimliklarning  sanoat  sohalarini 

rivojlantirishga  yetarli e’tibor bermaganligi sababli, ushbu ko’rsatgich  o’ta yuqori 

darajada bo’lmoqda.  

  Barchamizga 

ayonki, 

mahsulot 

eksportini 

oshirish 

masalasi    

iqtisodiyotimizni  mustaqil  rivojlantirishning  eng  muhim  manbai  va  omili 

hisoblanadi. 

Lekin, mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilishga bugungi 

kunning  eng  dolzarb  masalalaridan  biri  sifatida  doimo  e’tirof  etib  kelinayotgan 

bo’linsada, iqtisodiyotning bu yo’nalishida viloyatda kamchiliklar borligini ko’rish 

mumkin.  

Xususan,  viloyatda  hududiy  korxonalar  tomonidan  127,8  mln  dollar 

miqdorida  mahsulotlar  eksport  qilingan.  Lekin  ayrim  hududlarda  mavjud  bo’lgan 

salohiyatdan,  ya’ni  eksportbop  mahsulotlarning  turlarini  va  geografiyasini 

kengaytirish  bo’yicha  ishlar  qoniqarsiz  bo’lganligi  sababli  katta  imkoniyatlar 

qo’ldan boy berilmoqda. 



 

63 


Agar  shahar  va  tumanlar  kesimida  bu  muhim  yo’nalishni  tahlil  qiladigan 

bo’lsak,  asosiy  e’tiroz  o’tgan  yilning  hisobot  davrida  eksport  hajmlari  CHortok 

tumanida (89,1 foiz), Uychi (rejaga nisbatan 84,4 foiz) tumanlari rahbarlarining bu 

muhim yo’nalishga sovuqqonlik bilan yondashganidan dalolat beradi. 

Bugungi  kunda  har  qanday  xalq  va  davlatning  hayot  va  taraqqiyot  darajasini 

ko’rsatadigan  muhim  omillardan  biri  –  bu  iqtisodiyotning  qon  tomiri  bo’lgan 

zamonaviy  transport-kommunikatsiya  tarmoqlari  xisoblanadi.  Lekin  shu  o’rinda 

ta’kidlash  kerakki  –  aksariyat  tumanlarda  yo’l  bo’yidagi  aholining  eski  va 

paxsadan qurilgan uylari mutlaqo qoniqarsiz ahvolda. 

Mamlakat  iqtisodiyotining  hal  qiluvchi  tarmoqlaridan  biriga  aylanib 

borayotgan  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sohasi  viloyatda  izchil 

rivojlanmoqda.  Namangan  viloyatining  Yalpi  hududiy  mahsulot  tarkibida  bu 

sohaning  ulushi  80,2  foizni  tashkil  etayotgani,  ish  bilan  band  aholining  83,4 

foizdan ziyodi ushbu sektorda mehnat qilayotgani, aholi daromadlarining yarmidan 

ko’pi mazkur tarmoq hisobidan shakllanayotgani ayni shu soha bugungi va ertangi 

kunimizni hal qiluvchi tarmoqqa aylanib borayotganining yaqqol isbotidir. 

Ana shunday muhim natijalarni e’tirof etilsada, bu sohada ayrim  muammolar 

borligini ham mavjud. Masalan, viloyatda ro’yxatga olingan 15731 ta kichik biznes 

va xususiy tadbirkorlik sub’ektidan 1637 tadan ortig’i o’z faoliyatini to’xtatgan. 

Kichik  biznes  sub’ektlari  o’z  ishini  tashkil  etishi  uchun  ularga  binolar,  yer 

uchastkalari 

ajratish, 

muhandislik-kommunikatsiya 

tarmoqlariga 

ulanish 

masalalarida  turli  to’siqlar  mavjud.  Bunga  turli  nazorat  idoralari  tomonidan 

tadbirkorlik  sub’ektlari  faoliyatiga  noqonuniy  aralashish  holatlarini  ta’kidlash 

mumkin. 2015  yilda  nazorat organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari  faoliyati 

yuzasidan 391 ta rejadan tashqari tekshirish o’tkazilgani aniqlangan. SHuningdek, 

bir  qator  tumanlardagi  tadbirkorlik  sub’ektlarini  ro’yxatga  olish  inspektsiyalari 

faoliyatida tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini buzish holatlari qayd etilgan. 

Turli  nazorat  idoralari  tomonidan  tadbirkorlik  sub’ektlari  faoliyatiga 

noqonuniy  aralashish  holatlari  ko’zga  tashlanmoqda.  2015 yil  davomida  nazorat 


 

64 


organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari  faoliyati  yuzasidan 205 ta noqonuniy 

tekshirish  o’tkazilgani  va  137  tadan  ziyod  holatda  tekshirish  tartibi  buzilgan. 

SHuningdek, bir qator  mahalliy  hokimliklar tomonidan tadbirkorlarning  huquq  va 

manfaatlarini poymol qiluvchi  noqonuniy  qarorlar qabul qilish  holatlariga barham 

berilmagan. 

SHu  bilan  birga  viloyatdagi  4  ta  qo’shma  korxona  faoliyat  yuritmayapti. 

Xususan,  To’raqo’rg’on  tumanidagi  ―Axsikent‖  (tikuvchilik),  Uychi  tumanidagi 

―Qoratoy  Uychi‖  (qurilish  materiallari  ishlab  chiqarish),  Uchqo’rg’on  tumanidagi 

―Uchqo’rg’on  biznes  poligraf‖  (qog’oz  va  karton),  Namangan  shahridagi  ―Mos-

Nom‖  (xalq  iste’mol  mollari  ishlab  chiqarish  va  savdo)  qo’shma  korxonalarida 

aylanma 

mablag’larning 

yetishmasligi, 

Nizom 


jamg’armasi 

to’la 


shakllanmaganligi,  bank  kreditlaridan  bo’lgan  qarzdorliklarni  qaytarolmasligi 

hamda  xorijiy  investorlarning  loyihalarni amalga oshirishdan  voz kechishi sababli  

faoliyati to’xtab qolgan. 

Tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  kuchaytirishda  yangi  bozorlarni  o’rganish, 

marketing  tadqiqotlarini  olib  borish,  kichik  va  o’rta  biznes  korxonalarni  tashqi 

bozorlarga kirib borishlarida ma’lum darajada qiyinchilik mavjud. 

Bizningcha  kichik  va  hususiy  tadbirkorlik  sub’ektlarining  tashqi  iqtisodiy 

faoliyatdagi  ishtirokini  oshirishda  quyidagilarga  katga  e’tibor  qaratish  maqsadga 

muvofiq: 

viloyat   xududiy   tuzilmalarida   eksportga   moyil   ustuvor sohalarga 



kengroq e’tibor qaratish va bu soxalarda ishlab chiqarish sub’ektlarining 

moliyaviy barqarorligini ta’minlashga dasturiy yondoshish. Viloyatdagi 

tumanlar bo’yicha ishlab chiqarilgan eksportni rivojlantirish dasturlari    

ijrosiga    kichik    va   hususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kengroq jalb qilish; 

kichik va hususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tashqi  bozorlar bo’yicha yetarli 



ahborotlar bilan ta’minlash mexanizmini tashkil qilish; 

 

65 


kichik va hususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi  bozorlarga chiqishda 

qulaylik tug’dirish maqsadida infratuzilmalar faoliyatini nafaqat  viloyat  

ichkarisida,   balki,  tashqarida  ham  tashkil etish zarurati mavjud; 

kichik   va   hususiy tadbirkorlik   sub’ektlarini   yangi   texnika   va 



texnologiyalar,     kredit    resurslari    bilan ta’minlash    bo’yicha imtiyozli 

ta’minot tizimini shakllantirish lozim; 

Tashqi  savdoni  yo’lga  qo’yish  va  mahalliylarni  jahonga  tanitishi  uchun 

kadrlarga  mahsus  kurslar  yordamida  til  o’rgatishni  amalga  oshirish  lozim. 

Namangan  viloyatining  tashqi  iqtisodiy  faoliyatini  rivojlantirish  istiqboli  va 

taktikasi jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv hamda bu borada maksimal foyda 

olishga qaratilishi kerak. 


 

66 


Xulosa  

Mamlakatimizda  iqtisodiy  munosabatlarning  bozor  qonuniyatlari  asosida 

rivojlanishining  bugungi  sharoitida  barqaror  tashqi  iqtisodiy  faoliyatga  erishish 

makroiqtisodiy  o’sishni  ta’minlashning  muhim  shartidir.  Bugungi  kunda 

respublikada  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  rag’batlantirish,  mamlakatning  eksport 

salohiyatini  oshirish  hamda  eksportbop  mahsulot  ishlab  chiqarishni  kuchaytirish, 

ayniqsa  viloyatlar  ishtirokini  faollashtirish  hamda  samarali  tashqi  iqtisodiy 

faoliyatga  erishish  maqsadida  import  o’rnini  bosuvchi  mahsulotlar  ishlab 

chiqarishni  rivojlantirish  yuzasidan  amaliy  ishlarni  olib  borish  lozim.  Bu  borada 

mahalliy  xom  ashyo  va  resurslarga  asoslanish  bilan  bog’liq  davlat  ustuvor 

siyosatini amalga oshirish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi 

bozorga  chiqarish  tizimi  va  tashqi  savdo  infratuzilmasining  samaradorligini 

oshirish bo’yicha dasturlar majmuini ishlab chiqish talab etiladi. 

Xulosa  qilib  aytganda,    O’zbekiston  Respublikasining  tashqi  iqtisodiy 

aloqalarining rivojlnishini siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, qulay sarmoyaviy muhit 

va soliq siyosati, boy mineral-xom-ashyo bazasi, energetika mustaqilligi, transport 

va  ishlab  chiqarish  infratuzilmasi,  mehnat  resurslari  va  intellektual  salohiyat, 

ishlab chiqarish ixtisoslashuvi  kabi omillarga bog’liq deb aytish mumkin.  

Kelgusida,  Namangan  viloyatida  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  rivojlantirish  va 

tashqi  iqtisodiy  majmuani  yanada  takomillashtirish  borasida  quyidagi  masalalarni 

hal etish maqsadga muvofiqdir: 

 

Namangan       viloyatida       tashqi       iqtisodiy       faoliyat qatnashchilari   



manfaatlarini   ham   ichki,   ham   tashqi   bozorlarda himoya qilish; 

 

milliy      iqtisodiyotning      rivojlanishi      va      uning      jahon  iqtisodiyoti     



tizimiga     integratsiyalashuvini     rag’batlantirishga qaratilgan zaruriy shart-

sharoitlarni yaratish; 

 

tashqi    iqtisodiy  faoliyatning  davlat  tomonidan  tartibga  solish  tizimlarini 



yanada rivojlantirish; 

 

67 


 

eksport  salohiyatini  rivojlantirishga  qaratilgan  davlat  dasturlarini   amalga   

oshirilishini ta’minlash; 

 

ishlab        chiqaruvchilar        va        eksportyorlar        faoliyatini        har  taraflama       



qo’llab-quvvatlovchi tizimlarni yanada takomillashtirish; 

 

viloyat  iqtisodiyotining  barcha  jabxalarida  raqobatbardosh  maxsulotlarni 



ishlab chiqarishga mo’ljallangan halqaro standartlarni joriy etish. 

 

xorijiy   mamlakatlar   bilan   zamonaviy   texnologiyalarni standartlashtirish,   



metrologiya      va    sifatni      sertifikatsiya  qilish  sohasida  hamkorlik  qilish 

ko’lamini yanada kengaytirish; 

 

halqaro  standart  talablariga  mos  ravishda  sifat  ustidan  nazorat  tizimini  joriy 



etish; 

 

to’g’ridan-to’g’ri  horijiy  investitsiyalarni jalb etish  va  halqaro   standartlarga   



javob      beradigan      hamda      jahon      bozorida  raqobatbardosh      bo’lgan   

mahsulotlarni      ishlab      chiqarish      maqsadida  viloyatimizning  turli 

hududlarida qo’shma korxonalar yaratilishini ta’minlash va ko’paytirish. 

 

Namangan viloyatining MDX mamlakatlari va ayniqsa qo’shni davlatlar bilan   



savdo — iqtisodiy va moliyaviy hamkorliklarini yanada kuchaytirish; 

 

kichik        va        o’rta        biznes        sub’ektlari        tashqi        iqtisodiy  faoliyati 



rivojlanishiga hamkorlik qilish; 

 

Halqaro  transport  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  orqali  eksport 



tovarlarining transportda tashish xarajatlarini kamaytirish va h.k. 

 

68 


G’

FOYDALANILGAN ADABIYОTLAR RO’YXATI 

 

1. 



O’zbekiston    Respublikasining    ―Tashqi    iqtisodiy    faoliyati  to’g’risida‖gi 

Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 

www.lex.uz

2. 



O’zbekiston Respublikasining ―CHet el investitsiyalari to’g’risida‖gi Qonuni. 

1998 y. 


www.lex.uz

3. 



O’zbekiston  Respublikasining  ―Xorijiy  investorlar  huquqlari  himoyasi 

kafolatlari va choralari to’g’risida‖gi Qonuni. 1998 y. 

www.lex.uz

4. 



O’zbekiston    Respublikasi    Prezidentining    «Tashqi    iqtisodiy  aloqalar  

sohasida    boshqaruv    tizimini    yanada    erkinlashtirish    va  takomillashtirish 

to’g’risida» 2002 yil 21 oktyabrdagi PF-3151-sonli Farmoni. 

www.lex.uz

5. 


O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 23 oktyabrdagi 

«O’zbekiston  Respublikasi  tashqi  iqtisodiy  aloqalar  Agentligi  faoliyatini 

tashkil etish to’g’risida»gi 368-sonli qarori. 

www.lex.uz

6. 


O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ―To’g’ridan  to’g’ri  xususiy 

investitsiyalarni  rag’batlantirishning  qo’shimcha  chora  tadbirlari 

to’g’risida‖gi 2005 yil 11 apreldagi farmoni. 

www.lex.uz

7. 


O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ―Yirik  sanoat  korxonalari  bilan 

kasanachilikni  rivojlantirish  asosida  ishlab  chiqarish  va  xizmatlar  o’rtasidagi 

korporatsiyani  kengaytirishni  rag’batlantirish  chora  tadbirlari  to’g’risida‖gi 

2006 yil 5 yanvardagi farmoni. 

www.lex.uz

8. 



Ўзбекистон 

Республикаси 

Президенти 

Шавкат 


Мирзиѐевнинг 

мамлакатимизни  2016  йилда  ижтимоий-иқтисодий  ривожлантиришнинг 

асосий якунлари ва 2017 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг 

муҳим  устувор  йўналишларига  бағишланган  Вазирлар  Маҳкамасининг 

кенгайтирилган  мажлисидаги  маърузаси

http://uza.uz/oz/politics/tan-idiy-

ta-lil-atiy-tartib-intizom-va-shakhsiy-zhavobgarlik-16-01-2017

9. 



Каримов  И.  А.  Ўзбекистоннинг  ўз  истиқлол  ва  тараққиѐт  йўли.-  Т.: 

Ўзбекистон, 1992. 186 б. 



 

69 


10.  Каримов  И.  А.  Ўзбекистон  буюк  келажак  сари.  -Т.:  Ўзбекистон,  1998.- 

686 б. 


11.  Каримов  И.  А.  Ўзбекистон  иқтисодий  ислоҳотларни  чуқурлаштириш 

йўлида. - Т.: Ўзбекистон, 1995. -268 б. 

12.  Karimov  I.  Yevropa–Kavkaz-Osiyo  (TRASEKA)  transport  tarmog’ini 

rivojlantirishga  bag’ishlangan  Xalqaro  anjumanda  so’zlagan  nutqi  // 

Vatanparvar gazetasi. № 109. 1998 y. 12 sentyabr. 

13.  Karimov  I.A.  2015yil  26  noyabr  kuni  xalq  deputatlari  Namangan  viloyati 

Kengashining  navbatdan  tashqari  sessiyasida  so’zlagan  nutqi.  ―O’zbekiston 

ovozi‖ gazetasi. 2015 yil 28 noyabr. 

14.  Ўзбекистон  Республикаси  биринчи  Президенти  Ислом  Каримовнинг    ―Бош 

мақсадимиз  –  мавжуд  қийинчиликларга  қарамасдан,  олиб  бораѐтган 

ислоҳотларни,  иқтисодиѐтимизда  таркибий  ўзгаришларни  изчил  давом 

эттириш,  хусусий  мулкчилик,  кичик  бизнес  ва  тадбиркорликка  янада 

кенг йўл очиб бериш ҳисобидан олдинга юришдир‖. // Мамлакатимизни 

2015  йилда  ижтимоий-иқтисодий  ривожлантириш  якунлари  ва  2016 

йилга  мўлжалланган  иқтисодий  дастурнинг  энг  муҳим  устувор 

йўналишларига  бағишланган  Вазирлар  Маҳкамаси  мажлисидаги 

маърузаси.

 – Т.: ―Халқ сўзи

‖ газетаси, 2016 йил, 22 январь

.

 



15.  Abdullaev  O.  Farg’ona  vodiysi:  Ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  jarayonlari.  –

Namangan, 2000, 290 b. 

16.  Abdurahmonov  Q.X  va  boshqalar.  Markaziy  Osiyo  davlatlarining  regional 

iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma.-T.: Turon. ―Iqbol‖, 2006. – 424 b. 

17.  Гладкий  Ю.Н.,  Чистабоев  А.  И.  Основи  регионалной  политики.  Санкт-

Петербург.СПб.; ИздМихайлова В.А., 1998. -659 с. 

18. 

Жалолов  Ж.Ж.  ва  бошқалар.  Ташқи  иқтисодий  фаолият  асослари.  –  Т.: 



ДИТАФ, 2003. -156 б.

 

19. 



Иванов  М.Ю.  Внешнеэкономическая  деятельность:  Учебное  пособие.  - 

2-е изд. – М: изд. РИОР, 2006. - 105 с.

 


 

70 


20.  Jumaxonov  SH.,  Mirzaaxmedov  X.,  Soliev  I.  Anklav  va  eksklav  hududlar 

geografiyasi. –Namangan, 2014, 127 b. 

21.  Колосовский Н.Н. Избранние труди. Смолнск; Ойкумена, 2006, -336 с.  

22.  Липец,  Ю.Г.,  Пуляркин  В.А.  Шлихтер  С.Б  География  мирового 

хозяйства. М., 1999. -400 с. 

23.  Мирзаев Р.С. Геополитика нового Шелкого пути. – М.: Известия, 2004 г; 

24.  Назарова  Г.Г.  ва  бошкалар.  Жаҳон  иқтисодиѐтига  интеграциялашув: 

тажриба ва амалиѐт. – Т.: ТДИУ, 2005. – 224 б. 

25.  Набиев Э., Қаюмов А. Ўзбекистоннинг иқтисодий салоҳияти. -Т., 2000, -

140 б. 


26.  Ўзбекистон  Миллий  энциклопедияси  12-жилд.  –Т.:  Давлат  илмий 

нашириѐти, 2006. –712 б. 

27.  Солиев А ва бошқалар. Минтақавий иқтисодиѐт.-Т.,2003. -303 б. 

28.  Солиев А., Қаршибаева Л. Иқтисодий географиянинг назарий ва амалий 

масалалари. - Т., 1999. -181 б. 

29.  Солиев  А.А.  Иқтисодий  география:    назария,  методика  ва  амалиѐт.  –  Т., 

Камалак. 2013. -184 б.   

30.  Солиев А. Ўзбекистон географияси. Тошкент, 2014 й, 404 б. 

31.  Тўхлиев Н. Ўзбекистон Республикаси иқтисодиѐти. -Т.: 1998, -240 б. 

32.  Тухлиев 

Н.,  Таксанов  А.  Националная  экономическая  модел 

Узбекистана. -Т.: Ўқитувчи, 2000. -368 с. 

33.  Улджабаев 

К.У.  Экономическая  реформа  на  железнадорожном 

транспорте. -Т.: Меҳнат, 1999.-303 с. 

Internet manbaalari 

1. 


 www.uza.uz.- O’zbekiston Respublikasi milliy axborot agentligi.  

2. 


www.gov.uz- O’zbekiston Respublikasi hukumat portali.  

3. 


www.mfa.uz- O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.  

4. 


www.mfer.uz- 

O’zbekiston  Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar 

investitsiyalar va savdo vazirligi. 


 

71 


5. 

www.aci.uz- O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi. 

6. 

www.stat.uz - O’zbekiston Respublikasi Statistika qo’mitasi.   



7. 

www. Lex.uz.  - O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi axborot 

bilan ta’minlash markazi. 

8. 


 www.Ziyonet.uz - O’zbekiston Respublikasi ta’lim portali. 

 

 



Document Outline

  • Respublikamiz hududida xo’jalik tarmoqlari, xususan sug’orma dehqonchilik, savdo, hunarmandchilik qadimdan rivojlanib kelgan. Bunga o’rta asrlarda uning Buyuk Ipak yo’lida, o’ziga xos uning muhim bo’g’ini sifatida joylashganligi ham katta ahamiyatga e...
  • Ma’lumki, bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni turli mamlakatlarda umumiy qonuniyatlar negizida ro’y beradi va asta-sekin rivojlanib boradi. SHu bilan birga, bunday mamlakatlarning har biri bu borada o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar xo’j...
  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida mehnat resurslari bandiligi va tashqi aloqalarining ulushi
    • Tashqi iqtisodiy aloqalarda mintaqalardagi xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning faoliyati ham muhim ko’rsatkichlardan sanaladi. Namangan viloyatining tashqi aloqalardagi mintaqaviy xususiyatlarini xorijiy investitsiyali korxonalarining tashqi ...
    • 3-jadval
    • Mintaqalarda xorijiy investitsiyali korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki
    • Jadval ma’lumotlari tahlilil shuni ko’rsatadiki, viloyatda yaratilayotgan jami sanoat maxsulotlarining 17,4 %i, eksportning 39,3 %i, importning esa 27,7 %i xorijiy investitsiyali korxonalari hissasiga to’g’ri keladi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish