«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani


 O’zbekistonning jahon xo’jalik tizimiga integratsiyalashuvida tashqi



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana20.02.2020
Hajmi0,62 Mb.
#40291
1   2   3   4
Bog'liq
namangan viloyai tashqi iqtisodiy faoliyatining mintaqaviy xususiyatlari


 

1.2. O’zbekistonning jahon xo’jalik tizimiga integratsiyalashuvida tashqi 

iqtisodiy aloqalarning ahamiyati 

 

Mustaqil O'zbekiston nafaqat jahon siyosati balki jahon iqtisodiyotiga ham tez 

kirib  bormoqda  va  qator  mamlakatlar  bilan  savdo-sotiq  aloqalarini  o'rnatish  va 

rivojlantirishga  intilmoqda.  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  xalqaro  hamkorlikning  eng 

muhim  sohalaridan  biridir.  Turli  mamlakatlar  bilan  iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy  va 

madaniy  aloqalarini  tobora  takomillashib  borishi,  ayrim  tarmoqlarni  zamonaviy 

texnika  va  texnologiya  bilan  qurollanishga,  yer-suv,  qazilma  boyliklar  va  mehnat 

resurslaridan samarali foydalanish imkonini yaratadi. 

Jahon  talablari  darajasidagi  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishni  kengaytirish, 

ularning  raqobatbardoshliligini  oshirish  muhim  vazifa  hisoblanadi.  Buning  uchun 

sub’ektlarni zamonaviy ilg’or texnologiya, eng yangi uskunalar, ayniqsa kichik va 

o’rta  sub’ektlar  uchun  mo’ljallangan  ixcham  uskunalar  bilan  jihozlash  talab 

qilinadi

1

..  Hozirgi  davrda  xalqaro  mehnat  taqsimotida,  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni 



samarali  yo’lga  qo’yish  va  kengaytirishda  faol  ishtirok  etish  uchun  respublikada 

katta imkoniyatlar mavjud. 

O'zbekiston  juda  qadim  zamonlardan  buyon  ko’hna  karvon  yili-Buyuk  ipak 

yo’lida joylashib, tashqi dunyo (G'arb bilan Sharq) bilan faol iqtisodiy aloqalar olib 

borgan.  Mustaqillik  sharofati  bilan  esa  mamlakatimiz  iqtisodiyotida  yangi 

yo’nalish  -  tashqi  dunyo  bilan  turli  sohalarda  hamkorlikka  keng  yo’l  ochildi. 

Endilikda  O'zbekiston  tovarlar,  kapital,  ishchi  kuchini  mamlakatlararo  tranzit 

etishga,  jahon  iqtisodini  integratsiyalash,  yirik  transmilliy  va  xalqaro  loyihalarni 

amalga oshirishga qodir. 

Mamlakatda  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  rivojlantirish  va  tartibga  solish 

                                         

1

 И.А.Каримов. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. – Т.: Ўзбекистон, 1995. 



102-103-бетлар.  

 

19 


maqsadida  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  agentligi,  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  milliy 

banki, bojxona qo’mitasi tuzildi. 

Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  sohasida  yangi  strategiya  ishlab  chiqilib,  unda 

eksportning xom ashyoviy yo’nalishini bartaraf etish hamda xorijiy investitsiyalar 

oqimi  kengayishiga  ko’maklashish  kabi  yo’nalishlar  belgilab  olindi.  Mamlakatda 

tashqi  iqtisodiy  aloqalar  tizimi,  ularni  yo’lga  qo’yishdagi  asosiy  tamoyillar  ishlab 

chiqildi. Xorijiy davlatlar firma, bank tizimlari bilan aloqalarni barpo etish yo’lida 

siyosiy,  huquqiy  va  tashkiliy  omillar  yaratildi.  "Tashqi  iqtisodiy  faoliyat 

to'g`risida",  "Chet  el  investitsiyalari  va  xorijiy  sarmoyadorlar  faoliyatining 

kafolatlari  to'g`risida"gi  va  boshqa  bir  qator  qonun  va  me`yoriy  hujjatlar  qabul 

qilindi.  Ular  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  amalga  oshirish,  tashqi  iqtisodiy  faoliyat 

sohasida  xalqaro  shartnomalar  tuzish  va  ularni  bajarish  uchun  sharoit  yaratdi. 

O'zbekiston  jahon  hamjamiyatiga  dadil  kirib  borib,  ko’pchilik  davlatlar  bilan 

iqtisodiy,  texnikaviy,  savdo-sotiq  va  madaniy  aloqalarni  amalga  oshirmoqda. 

Tashqi  aloqalar  ham  ko’p  tomonlama,  ham  ikki  tomonlama  rivojlanmoqda. 

Vatanimizda  iqtisodiy  faoliyatni  keng  ko’lamda  rivojlantirish,  yuksak  taraqqiy 

etgan  davlatlardagi  ishlab  chiqarishning  texnologiya  va  iqtisodiy  jarayonlari  bilan 

tanishish,  xorijiy  sarmoyadorlar  bilan  hamkorlikda  qo’shma  korxonalar, 

supermarketlar, savdo filiallari tashkil qilish imkoniyati yaratilmoqda. 

Respublikamiz  ijtimoiy  -  iqtisodiy,  madaniy  -  mafkuraviy  taraqqiyotining 

hozirgi  bosqichida  ko’p  ukladli  iqtisodiy  tizimni  tashkil  etish,  yangi  davlat 

mustaqilligini  mustahkamlash,  uning  jahon  xo’jaligi  tizimiga  jadal  kirib  borishini 

ta’minlash  sharoitida  insonning  jismoniy  va  ma’naviy  salohiyatidan,  uning  aql-

zakovatidan samarali foydalanish, ehtiyoj va manfaatlarni hisobga olish masalalari 

birinchi  o’ringa  chiqadi.  Ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishdan 

iborat  o’z  yo’limiz  va  dasturimizni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish,  demokratik 

huquqiy  davlat  va  fuqarolar  jamiyati  qurish  vazifasini  hal  etish  bevosita  inson, 

uning  professional  bilimlari,  mas’uliyati,  milliy  ma’naviyati,  tadbirkorligi, 

tashabbuskorligi va boshqa bir qancha fazilatlariga bog’liqdir. 


 

20 


Hozirgi  kunda  yuzlab  korxonalar,  xususiy  firmalar,  kichik  biznes  vakillari, 

fermer va dehqon xo’jaliklari qo’yingki har bir fuqaro respublikamizning iqtisodiy 

salohiyatini oshirishga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.  

   SHuni  ham  ta’kidlash  lozimki,  zamonaviy  bilimlarsiz,  yangi  texnika  va 

texnalogiyalarsiz  bozor  sharoitida  muvoffaqiyatga  erishish  mumkin  emas. 

SHunday  ekan  iqtisodiyotni  boshqarish,  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish,    tashqi 

iqtisodiy 

faoliyatni  samarali  amalga  oshirish,  jahon 

va  ichki  bozor 

kon’yunkturasini  tadqiq  qilish,  talab  va  taklif  munosabatlari,  zamonaviy 

menejment  va  marketing  bilan  bog’liq  bo’lgan  bilimlarni    puxta  egallash  bugungi 

kun  talabiga  aylanib  bormoqda.  Bozor  munosabatlari  har  bir  ishtirokchisida  o’z 

iqtisodiy  faoliyatini  baholash  ko’nikmalarini  hosil  etish,  tashqi  iqtisodiy  aloqalar 

bilan  bog’liq bo’lgan shartnomalar tuzish,  hamkorlarni tanlash,  xalqaro  marketing 

tamoyillaridan  o’z  faoliyatlarida  foydalanish,  shular  asosida  qarorlar  qabul  qilish, 

ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishning,  jahon  bozoriga  raqobatbardosh 

mahsulotlar chiqarishning qudratli omili sifatida maydonga chiqadi.  

Respublikamizning  jahon  hamjamiyatiga  qo’shilishining  shart-sharoitlari  va 

tashqi  iqtisodiy  faoliyatini  amalga  oshirish  imkoniyatlari  mustaqilligimizni  qo’lga 

kiritish  bilan  vujudga  kela  boshladi.  Vujudga  kelgan  vaziyat  tashqi  iqtisodiy 

majmuani  boshqarishning  o’ziga  xos  tizimini  shakllantirish,  aloqalarni  yo’lga 

qo’yish  borasida  qoida  va  tamoyillarni  ishlab  chiqish,  respublikamizning  jahon 

iqtisodiy hamjamiyatiga qo’shilish yo’llarini belgilashni taqazo etdi. 

O'zbekistonning  tashqi  iqtisodiy  faoliyati  keng  qamrovli  bo’lib  bormoqda. 

Mamlakatimizda  chet  el  firmalari  mablag`i  ishtirokida  tuzilgan  qo’shma 

korxonalar  soni  6  mingdan  oshib  ketdi.  Hozirgi  vaqtda  O'zbekistonni  dunyoning 

170  ga  yaqin  mamlakati  tan  olgan,  shundan  140  dan  ortig’i  bilan  diplomatik 

munosabatlar  o'rnatilgan.  Poytaxt  -  Toshkentda  50  ga  yaqin  mamlakatning 

elchixonalari  faoliyat  ko’rsatmoqda.  O'zbekistonning  chet  mamlakatlarda 


 

21 


elchixonalari, konsulliklari va 30 dan ortiq vakolatxonalari ishlab turibdi. 

O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimovning ―O’zbekiston 

-  bozor  munosabatlariga  o’tishining  o’ziga  xos  yo’li‖,  ―O’zbekistonning  o’z 

istiqlol  va  taraqqiyot  yo’li‖,  ―O’zbekiston  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish 

yo’lida‖  va  ―O’zbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik 

shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari‖  asarlarida  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  amalga 

oshirishning asosiy tamoyillari o’z aksini topgan.  

O’zbekiston  o’zining  tashqi  siyosatini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirishda 

milliy  xususiyatlaridan  kelib  chiqib,  yaratilgan  tamoyillarga  qat’iy  rioya  qiladi, 

ularni  boyitib  va  kengaytirib  borib,  tashqi  siyosiy  hamda  iqtisodiy  faoliyatning 

asosiy yo’nalishlarini qat’iyat va izchillik bilan turmushga tadbiq etadi

4



Mavjud  imkoniyatlardan  samarali  va  oqilona  foydalanish  natijasida 

respublikamizning  kuch  va  qudratini,  iqtisodiy  salohiyatini  oshirish,  xalqaro 

mehnat  taqsimotida  o’z  o’rnini  egallashida  iqtisodiyotning  ustuvor  yo’nalishlarini 

rivojlantirish,  import  o’rnini  bosadigan  va  eksportga  mo’ljallangan  mahsulotlar 

assortimenti, hajmini kengaytirish bugungi kunning asosiy vazifasidir.  

Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  hamon  davom  etayotganiga  qaramasdan, 

hisobot  yilida  yalpi  ichki  mahsulot  8  foiz,  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish 

hajmi  8  foiz,  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  qariyb  7  foiz,  qurilish-montaj  ishlari 

hajmi salkam 18 foizga oshdi.

5

 



2015  yilda  O’zbekiston  tashqi  savdo  aylanmasi  25,3  mlrd.  AQSH  dollarini 

tpshkil  etgan.  Bu  ko’rsatkich  2012  yilda    26,286  mlrd  AQSH  dollariga  teng 

bo’lgan. 

                                         

4

 И.А.Каримов. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиѐт йўли.- Т.:Ўзбекистон, 1992. 24-27 бетлар. 



 

5

 Ўзбекистон Республикаси биринчи Президенти Ислом Каримовнинг   ―Бош  мақсадимиз  –  мавжуд  қийинчиликларга 



қарамасдан, олиб бораѐтган ислоҳотларни, иқтисодиѐтимизда таркибий ўзгаришларни изчил давом эттириш, 

хусусий  мулкчилик,  кичик  бизнес  ва  тадбиркорликка  янада  кенг  йўл  очиб  бериш  ҳисобидан  олдинга 

юришдир‖.  //  Мамлакатимизни  2015  йилда  ижтимоий-иқтисодий  ривожлантириш  якунлари  ва  2016  йилга 

мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси 

мажлисидаги маърузаси.

 – Т.: ―Халқ сўзи

‖ газетаси, 2016 йил, 22 январь

.

 



 

 

22 


Ayni  vaqtda,  O’zbekistonning  MDH  mamlakatlari  bilan  tovar  ayirboshlash 

hajmida  ham  bir  muncha  pasayish  2015  yilda  kuzatiladi.    Mazkur  yilda  tashqi 

savdo  ko’rsatkichi  9,9  mlrd.ga  teng  bo’lgan.  2012  yilda  esa  12,4mlrd.ni  dollarni 

tashkil etgan di.  

 Boshqa    mamlakatlar  bilan  tovar  ayirboshlash  hajmi  15,4  mlrd  dollarni 

tashkil  etgan  holda  oldingi  yillarga  nisbatan  bir  muncha  ortganligini  ko’rish 

mumkin. 2012 yilda 13,884 milliard dollarni tashkil etgan. 

Ma’lumotlarga    ko’ra,  2015  yilda  O’zbekiston  eksport  hajmi  2014  yilga 

nisbatan  5,0    foizga  kamayib,  yuqorida  ta’kidlanganidek  25,3  milliard  dollarni 

tashkil  etgan,  import  hajmi  esa  11,2  foizga  kamaygan  va  12,4  mlkd.  dollarga 

yetgan.  

Respublikamiz  tashqi  savdosida  nafaqat  miqdoriy  o’zgarishlar  yuz  berib 

qolmasdan,  balki  tarkibiy  o’zgarishlar  ham  amalga  oshirildi.  Asta  sekinlik  bilan 

eksport  tovarlari  tarkibida  xom-ashyo  emas  tayyor  mahsulotlar  ulushi  sezilarli 

darajada  oshib  bormoqda,  shu  bilan  birga  import  tarkibi  ham  o’zgarib  bormoqda. 

Asosiy  e’tibor  mashina  va  asbob-  uskunalar,  yangi  texnologiyalar  va  ―nou-xau‖ 

keltirishga qaratilmoqda  

Tashqi  iqtisodiy  faoliyatda  Markaziy  Osiyo  davlatlari  bilan  ko’p  tomonlama 

aloqalarni  rivojlantirishga  katta  e’tibor  berilmoqda.  Respublikamizning  Yaqin 

SHarq  va  Janubiy-SHarqiy  Osiyodagi  rivojlanayotgan  mamlakatlarga  yaqinligi  va 

chegaradoshligi,  Yevropa  va  Osiyo  mamlakatlari  savdo  yo’lida  joylashganligi 

tashqi  iqtisodiy  faoliyatning  rivojiga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatmoqda.  Bu  eksportga 

ixtisoslashgan  qo’shma  korxonalarni  yaratish,  tabiiy  resurslardan  foydalanish 

bo’yicha  chegaradosh  xo’jaliklarni  tashkil  qilish,  erkin  iqtisodiy  mintaqalarni 

shakllantirish 

negizida 

tashqi 

iqtisodiy 



faoliyatni 

yanada 


rivojlantirish 

imkoniyatlari  vujudga  keladi.  Respublikamizning  qadimiy  ―Buyuk  Ipak  Yo’li‖  da 

joylashganligi  sababli  yevroosiyo  iqtisodiy  va  madaniy  ko’prik  vazifasini  o’tashi 

mumkin.  Ana  shunday  ko’prik  doirasida  tovarlar,  texnologiyalar,  sarmoyalar, 



 

23 


ishchi  kuchi,  madaniy  qadriyatlarning  harakat  qilishi  va  ayriboshlanishi  uchun 

qulay shart-sharoit yaratilishi mumkin. 

   Hozirgi  kunda  respublikamizda  importni  o’rnini  qoplash  va  eksportga 

yo’naltirilgan  ishlab  chiqarishni  qo’llab-quvvatlash  dasturi  amalga  oshirilmoqda. 

Tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  yanada  erkinlashtirish,  xorijiy  sarmoyalarni  ustuvor 

yo’nalishlarga  jadalroq  jalb  qilish,  ularga  kafolat  va  imtiyozlar  berish,  litsenziya, 

―nou-xau‖lar sotib olishda, kadrlarni tayyorlashda valyuta tushumlarini sarflashda 

erkinliklar berishga qaratilgan izchil siyosat olib borilmoqda. 

   Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish ushbu sohada boshqaruvni 

takomillashtirish,  eng  avvalo  sanoat  korxonalarining  boshqarish  va  iqtisodiy 

rag’batlantirish tizimini yaratishga ko’p jihatdan bog’liqdir.  

Jahon  talablari  darajasidagi  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishni  kengaytirish, 

ularning  raqobatga  bardoshliligini  oshirish  muhim  vazifa  hisoblanadi.  Buning 

uchun  korxonalarni  zamonaviy  ilg’or  texnologiya,  eng  yangi  uskunalar,  ayniqsa 

kichik  va  o’rta  korxonalar  uchun  mo’ljallangan  ixcham  uskunalar  bilan  jihozlash 

talab  qilinadi

6

.  Haqiqatdan  ham  jahon  bozori  tovarlarga,  ularning  sifatiga  yuksak 



talab qo’yadi, raqobat kurashida yenga olgan korxonagina o’z tovarini sota oladi. 

Umuman  olganda,  Tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  rivojlantirishda  xorijiy 

sarmoyalarni  jalb  etish  uchun  qulay  shart-sharoitlar  yaratishga,  hamda  zarur 

bo’lgan  infrastrukturalarni  yaratishga  katta  ahamiyat  berilmoqda.  Bular  jumlasiga 

Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  vazirligi,    Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  milliy  banki,  Xorijiy 

sarmoyalar 

bo’yicha  agentlik,  ―O’zbekinvest‖  eksport-import  sug’urta 

kompaniyasi,  AQSH  bilan  hamkorlikda  tuzilgan  ―O’zAIG‖  interneyshnl  sug’urta 

kompaniyasi  va  hokazolarni  kiritishimiz  mumkin.  Bu    tashkilot  va  muassasalar 

                                         

6

 И.А


.Каримов.  Ўзбекистон  иқтисодий  ислоҳотларни  чуқурлаштириш  йўлида.  -Т.: Ўзбекистон,  1995.  24-27 

бетлар


 

 



 

24 


respublikamizga  xorijiy  sarmoyalarning  kirib  kelishini  tezlashtirishda,  ustuvor 

yo’nalishlarni  aniqlashda,  ularni  sug’urtalashda,  bank  va  konsalting  xizmatlari 

ko’rsatishda  o’z  hissalarini  qo’shmoqdalar.  Natijada  esa  xorijiy  sarmoyalarning 

ulushi yil sayin oshib mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanib bormoqda. 

 

  1.3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning huquqiy va me’yoriy 



asoslari 

 

Jahon  tajribasi  ko’rsatishicha,  islohotlarning  natijalari  va  mamlakatning  ichki 



rivojlanishi  davlat  tomonidan  amalga  oshiriladigan  tashqi  siyosiy  va  tashqi 

iqtisodiy  faoliyatning  samaradorlik  darajasiga  hamda  uning  faollik  bilan  amalga 

oshirishga  bog’liq  bo’ladi.  O’zbekiston  mustaqillikning  dastlabki  kunlaridan 

boshlaboq  o’zining  tashqi  siyosiy  va  tashqi  iqtisodiy  ustuvor  yo’nalishlarini 

belgilab  olishga  va  xalqaro  munocabatlapda  o’zining  ishtirok  etish  strategiyasini 

ishlab  chiqishga  kirishdi.  O’zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosatiga  quyidagi 

muhim tamoyillar asos qilib olindi: 

1.  O’zaro  manfaatlarni  xar  tomonlama  hisobga  olgan  holda  davlat  milliy 

manfaatlarining ustunligi; 

2.  Teng  huquqlilik    va    o’zaro    manfaatdorlik,    boshqa  davlatlarning  ichki 

ishlariga aralashmaslik; 

3.  Mafkuraviy  qarashlardan  qat’iy  nazar  hamkorlik  qilish  uchun  ochiqlik, 

umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 

4. Xalqaro hyquq normalarining ichki davlat normalaridan ustuvorligi; 

5.  Tashqi  aloqalarni  ham  ikki  tomonlama,  ham  ko’p  tomonlama  bitimlar, 

kelishuvlar asosida rivojlantirish. 

O’zbekiston  bu  tamoyillarga  amal  qilar  ekan,  qisqa  muddat  ichida  jahon 

hamjamiyatiga  kirish  yo’lida  muayyan  natijalarga  erishdi,  jahon  xo’jalik  tizimiga 

izchillik bilan integratsiyalanish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratdi.  

Xalqaro  munosabatlarning  teng  huquqli  ishtirokchisi  bo’lish  xalqaro  mehnat 

taqsimoti  tizimiga  integratsiyalashuv  uchun  barcha    zarur  shart-sharoitlarni 


 

25 


yaratish  talab  etiladi.  Avvalo  huquqiy  tizimni  yaratish  kerak,  chunki  tashqi  

siyosatning  asosiy  tamoyillaridan  biri,  xalqaro  huquqning  hamma  e’tirof  etgan 

normalarigacha rioya qilish va xalqaro andozalarga izchillik bilan o’tishdan iborat. 

SHu  munosabat  bilan  1991  yilda  O’zbekiston  Respublikasining  «Tashqi 

iqtisodiy  faoliyat  to’g’risida»gi  Qonuni  qabul  qilindi,  u  iqtisodiy  islohotlarning 

dastlabki  bosqichlarida  ma’muriy  usullardan  bozor  usullariga  sekin  asta  o’tishda, 

shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishda muhim rol o’ynadi. 

Mamlakatning  tashqi  iqtisodiy  faoliyatini  yanada  kuchaytirish  uchun 

O’zbekiston  Respublikasi  Prizidentining  1992  yil  24  iyulda  «O’zbekiston  

Respublikasida    tashqi    iqtisodiy    faoliyatini  rag’batlantirish,  xorijiy 

investitsiyalarni  jalb  etish  va  himoya  qilish  chora-tadbirlari  to’g’risida»gi  maxsus 

Farmoni asosida davlat organlarining ichki bozorini kundalik extiyoj mollari bilan 

boyitish sohasidagi birinchi navbatdagi chora-tadbirlar belgilab berildi. Farmonda, 

shuningdek,  qo’shimcha  kapital  mablag’lar  jalb  qilish,  ilg’or  texnologiyalar  va 

boshqaruv  tajribalaridan  foydalanish,  xorijiy  investorlar  huquqlarini  himoya 

qilishning ishonchli  kafolatlarni,  umuman  respublikaning  iqtisodiy saloxiyatidan 

samarali foydalanishni ta’minlash ham nazarda tutilgan edi. 

Mustaqil    rivojlanishning    boshlang’ich    bosqichidayoq O’zbekistonning 

tashqi  iqtisodiy  faoliyatini  kuchaytirish  bilan  bog’liq  bo’lgan  vazifalar  davlat 

faoliyatini  ana  shu  sohasi  institutsional  tuzilishini  takomillashtirish  zarurligini 

keltirib chiqaradi. 

Ana  shu  maqsadda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1992  yil  21 

fevraldagi  Farmoni  bilan  O’zbekiston  Respublikasi  tashqi  iqtisodiy  aloqalar 

vazirligi  tashkil  topdi,  uning  asosiy  vazifalari  -  respublika  uchun  xorijiy 

mamlakatlar  bilan  hamkorlikning  ustuvor  yo’nalishlarini  belgilab  olish  asosida 

davlatimizning tashqi iqtisodiy siyosatini shakillantirish va amalga oshirish; tashqi 

savdoni  rag’batlantirish  mexanizmlarini  ishlab      chiqish;      tashqi      iqtisodiy   

faoliyat      qatnashchilari  operatsiyalarini  nazorat  qilish;  respublika  iqtisodyotiga 

xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishdan iborat edi. 


 

26 


Mamlakatning  tashqi  iqtisodiy    faoliyati  tuzilishini  shakllantirish  zarurligi 

ichki ehtiyojlari bilan bog’lik bo’lib, ayni  paytda jahon  moliyaviy tizimga jadallik 

bilan  integratsiyalashuv  ham  talab  etilmoqda  edi.  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  1991  yil  7  sentyabrdagi  Farmoni  bilan  O’zbekiston  Respublikasi 

tashqi  iqtisodiy  faoliyat  Milliy  banki  tashkil  etildi,  u  bugungi  kunga  kelib 

Markaziy Osiyodagi eng yirik tijorat banki bo’lib qoldi. Bank o’z e’tiborini xorijiy 

kreditlarni  va  bevosita  investitsiyalarni  jalb  etishga  qaratmoqda.  O’zbekistonning 

tashqi  iqtisodiy  faoliyatiga  doir  huquqiy  hujjatlar  tizimida  xorijiy  investitsiyalar 

masalasiga bevosita taalluqli bo’lgan, iqtisodiyotga  xorijiy  mamlakatlarning  ilg’or 

texnologiyalari  jalb  qilishga  va  umuman  jahon  andozalariga  erishishga  xizmat 

qiladigan  xorijiy  investitsiyalar  sohasidagi  mavjud  qonunchilik  bazasini  qayta 

ko’rib chiqish zarurati ob’ektiv ravishda paydo bo’ldi. 

SHu munosabat bilan 1998 yil 30 aprelda mamlakatimiz parlamenti   «Xorijiy  

investorlar      to’g’risida»    O’zbekiston  Respublikasi  qonunini  va  «Xorijiy 

investorlar  huquqlarining  kafolatlari  va  ularni  himoya  qilish  chora-tadbirlari 

to’g’risida» qonunni qabul qildi.  

Davlat  tomonidan  ko’rilgan  chora-tadbirlar  natijasida  faqat  1999  yildagina 

iqtisodiyotning  ustuvor  tarmoqlarida  1324  mln.  AQSH  dollari  miqdorida  xorijiy 

investitsiyalar o’zlashtirildi. 

Biroq,  davlatimizning  tashqi  iqtisodiy  siyosatida  investitsiya  sohasidagi  ana 

shunday  muvafaqqiyatlarga  qaramasdan  hali  xal  etilmagan  ko’pgina  muammolar 

bor. Bundan tashqari, vaqt o’tishi bilan respublikaning ijtimoiy - siyosiy hayotidagi 

va  umuman jahon  miqyosidagi o’zgarishlar nuqtai nazaridan  mamlakatimiz tashqi 

iqtisodiy  faoliyatidagi  qonunchilik  bazasini  qayta  ko’rib  chiqish  zarurati  paydo 

bo’lmoqda. O’zbekiston Respubilkasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov birinchi 

chaqiriq  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  XIV-sessiyasida  xuddi  ana  shu 

nuqtai  nazardan  quyidagilarni  ta’kidlab  o’tdi:  «Tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  tashkil 

etishning  butun  tizimini  tubdan  qayta  qo’rib  chiqish  kerak.  Mening  fikrimcha,  u 

haddan  ziyod  reglamentlashtirilgan.  Unda  iqtisodiy,  ta’rif  sohasida  tartibga 


 

27 


solishdan  ko’ra  ma’muriy  tartibga  solish  ustunlik  kiladi.  Biz  tashqi  iqtisodiy 

faoliyatning  butun  dunyoda  qabul  qilingan  tsivilizatsiyali  shakllariga  tezroq 

o’tishimiz lozim». 

Bu  fikr  davlatimiz  rahbari  tomonidan  uning  ikkinchi  chaqiriq  O’zbekistan 

Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiyasidagi va islohotlar hamda investitsiyalar 

bo’yicha   idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash  majlisidagi   nutqlarida   ham 

chuqurlashtirildi. 

Ana  shu  vazifalarni  amalga  oshirish  maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi 

«Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi Qonun ishlab chiqildi va ikkinchi chaqiriq 

O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  ikkinchi  sessiyasida  (2000  yil  26  may) 

yangi  tahrirda  qabul  qilindi.  Unga  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  erkinlashtirish 

jarayonini aks ettiruvchi yangi qoidalar kiritildi. Bunga xususan quyidagi   qoidalar   

kiradi:    

Qonunning  birinchi  moddasi  ushbu  Qonunning  asosiy  vazifalari  deb  yuritilib 

unda  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  amalga  oshirish  bilan  bog’liq  munosabatlarni 

tartibga  solishi,  uning  asosiy  vazifalari  tashqi  ishiqtisodiy  faoliyatni  amalga 

oshirishda  O’zbekiston  Respublikasining  iqtisodiy  xavfsizligini  ta’minlash,  uning 

iqtisodiy  suvereniteti  va  iqtisodiy  manfaatlarini  himoya  qilish,  milliy  iqtisodiyot 

rivojini  rag’batlantirish,  mamlakat  iqtisodiyotining  jahon  iqtisodiy  tizimiga 

integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratligi belgilangan. 

Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  to’g’risidagi  qonun  hujjatlari  deb  nomlanuvchi  2 

moddada  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  to’g’risidagi  qonun  hujjatlari  ushbu  Qonun  va 

boshqa  qonun  hujjatlaridan  iboratligi  va  agar  O’zbekiston  Respublikasining 

xalqaro  shartnomasida  O’zbekiston  Respublikasining  tashqi  iqtisodiy  faoliyat 

to’g’risidagi  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilganidan  boshqacha  qoidalar 

belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llanilishi ko’rsatib o’tilgan. 

SHuningdek,  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  deganda  O’zbekiston  Respublikasi 

yuridik  va  jismoniy  shaxslarining  xorijiy  davlatlarning  yuridik  va  jismoniy 

shaxslari, shuningdek  xalqaro tashkilotlar  bilan o’zaro  foydali  iqtisodiy aloqalarni 


 

28 


o’rnatish  va  rivojlantirishga  qaratilgan  faoliyati  tushunilishiga  uchinchi  moddada 

oydinlik kiritilgan.  

O’zbekiston  Respublikasida  ro’yxatga  olingan  yuridik  shaxslar,  shuningdek, 

O’zbekiston  Respublikasining  hududida  doimiy  yashash  joyiga  ega  bo’lgan  va 

yakka  tartibdagi  tadbirkor  sifatida  ro’yxatga  olingan  jismoniy  shaxslar  tashqi 

iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishga haqlidir. 

O’zbekiston  Respublikasining  davlat  organlari,  agar  qonun  hujjatlarida 

boshqacha  qoida  belgilanmagan  bo’lsa,  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  amalga 

oshirishlari mumkin. 

Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: 

- tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi; 

- tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining tengligi; 

- savdo-iqtisodiy  munosabatlarni  amalga  oshirishda  kamsitishlarga  yo’l 

qo’yilmasligi; 

- tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o’zaro manfaatdorlik; 

- tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat 

tomonidan himoya qilinishi. 

O’zbekiston  Respublikasida  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  amalga  oshirayotgan 

yuridik  va  jismoniy  shaxslari  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  sub’ektlari  hisoblanadi  va 

tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo’nalishlari quyidagilar hisoblanadilar: 

-  xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik; 

-  tashqi savdo faoliyati; 

-  chet el investitsiyalarini jalb qilish; 

-  O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati. 

Xalqaro  iqtisodiy  va  moliyaviy  hamkorlik  ishlab  chiqarish,  moliya,  bank  va 

sug’urta  faoliyati,  ta’lim  va  kadrlarni  tayyorlash,  turizm,  sog’liqni  saqlash,  ilmiy-

texnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa sohalarda qonun hujjatlarida 

belgilangan  tartibda  O’zbekiston  Respublikasi  tashqi  iqtisodiy  faoliyat 

sub’ektlarining  xorijiy  davlatlarning  yuridik  va  jismoniy  shaxslari,  shuningdek 


 

29 


xalqaro  tashkilotlar  bilan  o’zaro  foydali  aloqalarni  o’rnatishi  va  kengaytirishga 

qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish sanaladi.



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish