Uchinchidan
, har bir tadbirkor o‘z faoliyatini samarali
tashkil etishda mehnat bozorining talabi asosida innovatorlik, va bunyodkorlik kabi
xususiyatlarga ega bo‘lishini ta‘minlash.
To‟rtinchidan, t
adbirkorlik faoliyatini
istiqbolda rivojlantirishda ularga nisbatan rag‘batlantirishni amalga oshirishda
tadbirkorni mahsulot (ish, xizmat) sifatining va xajmini yaxshilanishi va ilg‘or
texnika va texnologiyadan foydalanish darajasini oshirishi ko‘rsatkichlariga
e‘tibor qaratish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari tadbirkorlarning aholining
ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashda, aholi bandligini oshirishda yangi ish
o‘rinlari barpo etishning samarali yo‘llarini qo‘llaganligini qo‘llab quvvatlash
lozim.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda tadbirkorlikni yaqin istiqbolda moddiy-
texnik ta‘minoti bo‘yicha kelgusidagi amalga oshiriladigan ishlar quyidagilardan
iborat bo‘lishi lozim:
-
birja, auktsion va yarmarkalar savdo doirasini kengaytirish;
-
zamonaviy texnika va texnologiyalar lizingini kengaytirish.
Bunga erishish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirish nazarda tutiladi:
-
respublikada ishlab chiqarilayotgan mini uskunalar, texnologiyalar
katologini tuzish;
62
-
viloyat misolida xom-ashyo, moddiy-texnika, mehnat va boshqa
resurslarning
mavjudligi
to‘g‘risidagi
ma‘lumotlar
bazasini
takomillashtirish;
-
har bir tadbirkorlik sub‘ektlarining xom-ashyo va ishlab chiqarish
imkoniyatlarini hisobga olgan holda ehtiyojini shakllantirish tizimini
takomillashtirish;
-
mamlakatda oziq-ovqat, chakana va ulgurji savdo yarmarkalarining keng
ko‘lamda faoliyat ko‘rsatishini ta‘minlash.
Buning uchun, albatta, tadbirkorlarni axborot-maslahat markazlari bilan
ta‘minlash orqali qo‘llab-quvvatlash zarur
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki tadbirkorlik faoliyatini o‘sishi bilan
mamlakat iqtisodiyotini tayanch tarmoqlarini rivojlantirish vazifasini bevosita hal
qilishga erishladi va tadbirkorlik aholi bandligini ta‘minlaydigan va uning asosiy
daromad manbai bo‘lgan muhim bo‘g‘inga aylanadi. Iqtisodiyotni izchil
rivojlantirishning eng muhim omili o‘lgan tadbirkorlik, jamiyatimiz ijtimoiy va
siyosiy barqarorligining kafolati, mamlakatimizni taraqqiyot yo‘lidan olg‘a
yetaklaydigan faol harakatlanuvchi kuchi sifatida amal qiladi.
Namangan viloyatida tadbirkorlikni istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha
belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda quyidagi holatlarni hisobga
olish maqsadga muvofiqdir:
-
viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy dasturini mintaqa
xususiyatiga mos ravishda ishlab chiqish;
-
hududiy-sohaviy xususiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish tizimini tashkil etish;
-
ma‘muriyatchilikni keskin cheklash;
-
yirik korxonalar bilan kichik korxonalar integratsiyasiga erishish;
-
korxonalarning ishlab chiqarish guruhlarini ya‘ni klasterlarni tashkil etish;
-
tadbirkorlikda innovatsion faollikni oshirish va takomillashtirish orqali sifat
ko‘rsatkichiga erishish.
63
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-
sonli ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida‖gi
Farmoniga
12
muvofiq qabul qilingan 2017 — 2021
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYasini «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish
va liberallashtirish» deb nomlangan uchinchi yo‘nalishi 3.4.-bandida Iqtisodiyotda
davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning
ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom
ettirish belgilab qo‘yilgan. Buning uchun xususiy mulk huquqi va kafolatlarini
ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji
yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay
ishbilarmonlik muhitini yaratish, investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat
iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarni faol jalb qilish, tadbirkorlik sub‘ektlarining muhandislik
tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va
soddalashtirish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, mazkur uchinchi
yo‘nalishadа viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal
foydalanish ko‘rsatib o‘tilgan.
Mamlakatimiz tomonidan amalga oshirish lozim bo‘lgan mazkur vazifalar
hamda o‘rganishlardan kelib chiqib mintaqalar tadirkorlik muxitlarini yaxshilash
va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlarni
amalga oshirish lozim.
Viloyatda hudud iqtisodiyotini mustahkamlanishi, mavjud ichki salohiyatdan
foydalanish imkoniyatlarini kuchaytirish, hudud aholisi daromad darajasini
12
http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=3107036
64
oshirish va shu orqali aholining turmush darajasini ko‘tarishga oid amaliy
tadbirlarni rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyati asosiy omil sanaladi.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki aholining ish bilan bandlik darajasini
oshirishda, mintaqa mahalliy bozorini ichki resurslar hisobiga to‘yintirish hamda
hududning eksport salohiyatini oshirishda tadbirkorlik asosiy o‘rin tutuadi.
Albatta, bu boradagi asosiy mas‘ulyat yirik ishlab chiqarish tuzilmalari
hissasini va ahamiyatini inkor qilmagan holda ko‘p jihatdan kichik va xususiy
tadbirkorlik zimmasiga tushayotganligini alohida ta‘kidlab o‘tish joiz.
Ayniqsa bu borada Namangan viloyati singari iqtisodiyotida qishloq
xo‘jaligi sezilarli darajada ustunlikka ega bo‘lgan hududiy birliklar rivojlanishida
kichik va xususiy tadbirkorlik muhim mavqega ega sanaladi.
SHu nuqtai nazardan Namangan viloyatida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish doimo diqqat e‘tiborda bo‘lmog‘i maqsadga muvofiq.
65
Do'stlaringiz bilan baham: |