«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani, g f. n., dotsent A. A. Nazarov



Download 300,71 Kb.
bet18/22
Sana05.01.2021
Hajmi300,71 Kb.
#54877
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
namangan viloyati tadbirkorlik muhitining shakllanishi va rivojlanishini hududiy xususiyatlari

tadbirkorlik

Ulushi







Sohalar

sub‟ektlari







foizda










maxsulot i/ch






















hajmi (mlrd. so’m)










Qishloq, o‘rmon va baliq

4844,2

99,3







xo‘jaligi













Sanoat

2669,4

68,4







Qurilish

1458,9

93,9







CHakana savdo

5905,8

91,2







Yuk tashish (mln. tn)

19,7

94.8





Jadaval Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari asosida tuzilgan

Jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, qishloq, o‗rmon va baliq xo‗jaliklari tomonidan 4844,2 mlrd. so‗mlik maxsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2016 yilga nisbatan o‗sish sur‘ati 101,2 foizga (qishloq, o‗rmon va baliq xo‗jaliklari yalpi mahsulotining 99,3 foizi) oshgan. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi esa 2669,4 mlrd. so‗mni tashkil etgan holda (jami sanoat ishlab chiqarishining 68,4 foizi) 2016yilga nisbatan 105,5 foizga o‗sganligini ko‘rish mumkin.


Bugungi bunyodkorlik va yangilanish davrida qurilish sohasining ko‘rsatkichlari ham mintaqalar ishtimoiy iqtisodiy taraqqiyotinig asosiy ko‘rsatkichlaridan sanaladi. Bu borada viloyatda 2017 yilda 1458,9 mlrd. so‗mlik

53

qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 93,9 foizi) amalga oshirilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 106,6 foizga ko‗payganligi kuzatiladi.


Bozor munosabatlari sharoitida oilaning iqtisodiy funktsiyalariga uy xo‘jaligi, iste‘molchi, ishlab chiqaruvchi, ishchi kuchi va investor sifatiga qarash mumkin. Oilaning mazkur jamiyatdagi funktsiyalari ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarda qator muammolarni hal qilishga hamda malakat ishlab chiqarish jarayonlarining jadallashuviga xizmat qiladi.
2012 yil 26-apreldagi O‘RQ-327 sonli qarori bilan ―Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida‖gi Qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonun normalari bilan mamlakatimizda bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining kam tahminlangan, lekin iqtisodiy faol qatlamini bu sohaga keng jalb etish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlar va ayollar, umuman mehnat bilan band bo‘lmagan aholi qatlami o‘z ishini yo‘lga qo‘yishi uchun qulay shart-sharoit yaratilgan. Oilaviy tadbirkorlik sohasida, ayniqsa, qishloq joylarda barqaror yangi ish joylarini tashkil etish hisobiga, hozirgi vaqtda norasmiy sektorda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan ishchi kuchlarini shu jumladan mehnat shartnomasini rasmiylashtirmasdan tadbirkorlarga yordam berayotgan oila a‘zolarini rasmiy bandlik sohasiga bosqichma-bosqich jalb etilishini ta‘minlaydi.
Oilaviy tadbirkorlik – kichik tadbirkorlikni tashkil etishning shakllaridan biri bo‘lib, unda bir oila a‘zolari va ularning qarindoshlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan korxonaning mulkdori va ishchisi hisoblanadi. SHuningdek, oilaviy tadbirkorlik oila a‘zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladi va o‘z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilib yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxona xisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni yuritishning bugungi xolati, mamlakat iqtisodiy ko‘rsatkichlarida kichik va xususiy tadbirkorlikni yuqoriligini
54

ko‘rsatadi. Oilaviy tadbirkorlik mamlakat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur xolat, mamlakatda bu soxaga katta e‘tibor qaratilayotganligi bilan birga faoliyatning bunday shakli o‘zbek xalqi uchun an‘anaviyligidan dalolat beradi. Qolaversa, o‘zbek xalqi oiladagi ma‘naviy va moddiy manfaatdorlik uyg‘unligi, oila a‘zolarining birday ma‘sulligi, oilada turli kasb va hunarlarning avloddan avlodga o‘tishi kabi azaliy urf odatlarga ega. Bu xolat oiladagi ijtimoiy munosabatlarning yanada yaxshilanishiga olib kelishi natijasida jamiyat taraqqiyotining barqarorligini hamda iqtisodiy rivojlanish asosini ta‘minlashga xizmat qiladi. Bugungi kundda putr yetgan yuqoridagi o‘zbek oilasiga mansub an‘analar va fazilatlarni ya‘ni, milliy xunarmandchilik, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi azaliy urf odatlar va meroslarni saqlab qolishda oilaviy tadbirkorlikni hissasi katta hisoblanadi. Aytish joizki, oilaviy tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratishdan kam ta‘minlangan oilalar, vaqtincha ishsiz kishilar, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari bevosita manfaatdor bo‘ladi. Yangi ish o‘rinlari yaratilishi va aholi uchun barqaror daromad manbalari muhim ahamiyat kasb etadi.


Namangan viloyatida faoliyat ko'rsatayotgan oilaviy korxonalarning Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida qaralganda oilaviy korxonalarning 76,6 foizi yoki 127 tasi sanoat, 60,9 foizi yoki 37 tasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 26,1 foizi yoki 29 tasi savdo, 12,5 foizi yoki 27 tasi qishloq , o'rmon va baliq xo'jaligi, - 1.6 fo iz i yoki 3 tasi axborot va aloqa, 2 tasi qurilish, yoki 3 tasi tashish va saqlash hamda 12,5 foizi yoki 18 tasi boshqa faoliyat turlari hissasiga to'g'ri kelmoqda (7-rasm).
2017 yilda 98 ta yaangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, 58 ta sanoatda, yashash va ovqatlanish xizmat- larida 12 ta, savdoda va qishloq va o‘rmon va baliq xo‘jaligida 10 tadan, boshqa turlarda 8 ta oilaviy korxonalar tashkil etilgan. Ko‘rinib turibdiki viloyatda oilaviy korxonalar asosan sanoat tarmoqlarida tashkil etilagan. Bu mintaqa sanoat ixtisoslashuvini hamda sanoat koperatsiyasini rivojlanishini keltirib chiqaradi.

55

7-rasm


Faoliyat ko‟rsatayotgan oilaviy korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari bo‟yicha ulushi, foizda




Download 300,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish